ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Morfologiya | Olmosh

Sertifikat kursi
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4❤‍🔥3🏆2
Morfologiya | Olmosh
ProEducation | O'zbek tili
🎙 Audiodars

Mavzu: Morfologiya | Olmosh

Sertifikat kursi
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍83❤‍🔥2🤩1
Bugun Milliy sertifikat kanalida she'riy san'atlar mavzusida 2-dars bo'lib o'tadi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun quyidagi havola orqali o'tib, shartni bajarishingiz talab etiladi 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
👍8❤‍🔥22👌1
👍12❤‍🔥3👌1
Sinonimlar | Xursand

Xursand, xushvaqt, shod, xurram, xushnuq, masrur, sarafroz.
Sevinch-quvonch holatida, kayfi chog'.

Shod jonli so'zlashuvda xursand so'ziga nisbatan juda kam qo'llanadi.
Xurram, xushnud kitobiy.
Xurram yakka so'z holida juda ham kam qo'llanadi. U asosan shod so'zi bilan juft so'z holida (shod-xurram) qo'llanadi.

Yosh zamondor bilan bahslashib, xalq g'oyalarini, manfaatlarini himoya qilgani uchun o'zi xursand edi. (Oybek)
Gulnor ochilgan toklarni ishkomga ko'tarib, tol po'stlog'i bilan mahkamlab bog'laydi. Uning ko'ngli shod, ko'ksida xasrat emas, yorqin umidlar yonadi. (Oybek)
Uning yuzida hech qanday malol alomati ko'rinmas, aksincha, har kungidan hurramroq edi. (A. Qahhor)
Bu suv qishloqning butun dard-falokatini, butun qashshoqligini yuvib ketayotganday hamma shod-hurram, hamma ahil, orada o'tgan past-baland gaplar unutilgan edi. (A. Qahhor)
Non bo'ktirib, bahuzur yeb-ichib olgan go'shtli sho'rva uning jonini kirgizgan, rangidan nihoyat xushnud va baxtli ekani ko'rinib turardi. (P. Tursun)
Tong nurlari yuvar ekan Yuzini mag'rur, Qiz o'sarkan tashvish nima – Bilmasdan, masrur. (Shuhrat)
U shirakayf, shirin umidlarning safosi bilan masrur edi. (Sh. Toshmatov)
Senga bor mehrimni berdim, lolazorimsan, Vatan, Gulshanim, bog'im, sarafroz ro'zg'orimsan, Vatan. (Uyg'un)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

Sertifikat kursi 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍14❤‍🔥3
🔗 Bugungi zanjir o'yinimizni adabiyot emas, ona tiliga bog'laymiz.

Hozir bir-birimizni takrorlamasdan omonim qo'shimchalar va ular qanday vazifalar bajara olishini yozamiz.

Maqsad:
Bilim almashish. Izohlarni o'qib chiqqan obunachi shu yerdan nimadir olib chiqib ketishi.

Har doimgidek eng yaxshisini kanalda ulashaman.

O'zim boshlab beraman:

-im:
kitobim (egalik)
-im: kiyim (ot yasovchi)
👍14🔥5❤‍🔥1
💯 👍👍
17👍13❤‍🔥1👏1
She'riy san'atlar darsi boshlanishiga 4 soatdan oshiq vaqt qoldi.

Darsni jonli kuzatish uchun kanalga qo'shilishga ulgurib qoling 👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164
👍6🎉3👎21👌1
100% tabiiy, ishondik, lekin qofiyalanishi qanday? 😁

Murabba
Murabbo


Sertifikat kursi 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
😁34👍32❤‍🔥1😢1🌚1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
74%
xaroba
26%
haroba
👍14❤‍🔥5🌚1
👀👀👀

Men:
Aya, qornim og'riyapti.

Ayam:
Kun bo'yi telefonga qarab yurganingdan keyin og'riydi-da.

Telefon bilan oshqozon qanday bog'lanishini tushunmayotgan men:
🗿🗿🗿

"Ana kir yuvadig'on moshina-yu, mana tilvizor"...

Ertangi dars uchun ruhan tayyorgarlik ko'rdik 😁
🔥31👍26😁22❤‍🔥6👌3
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
13-dars

Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Ravish
[Sifat mavzusi bo'yicha test tahlili]

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍12❤‍🔥5🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Yangi O‘zbekistonda – yangicha ta'lim!
Bu qanday deysizmi?
• 1 millionga yaqin ta'lim resurslari;
• Audio va videodarslar;
• Virtual laboratoriya va simulyatorlar;
• Twig videoqo'llanmalari.

Bularning barchasi Talim.uz va Twig-talim.uz platformalarida!

Mashg'ulot joyi va vaqtini o'zingiz tanlaysiz.

Unutmang! Yangi O'zbekiston kelajagini sifatli ta'lim bilan barpo etamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing.👇

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍7❤‍🔥6
Najmiddin Komilov, eng avvalo, ismi, ruhiyati, dunyoqarashiga mos komil inson edi. Uning inson kamoloti haqidagi tushunchalari faqat qog’ozda emas, qalamining har qoralamasida, davrada yoki kafedra aytilgan har bir so’zida hayot va tafakkur hikmatlari namoyon bo’lar, Aziziddin Nasafiy komil insonga ta’rif berib yozgan to’rt narsa: yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif Najmiddin akaning suratida ham, siyratida ham mujassam edi.

Navoiy tili bilan aytganda:

Foniyvasheki, ham so’zidur pok, ham o’zi.
Xush davlat ul kishigaki, tushgay aning ko’zi.

Mo'tabar kitoblarning birida bitilganidek, ”Mavtul olimi mavtul olami”, ya’ni olimning o’limi olamning o’limidir. Bu hikmatdan ko’zlangan ma’no Najmiddin akaning insoniy hayoti va olimlik faoliyati o’ziga xos takrorlanmas va bebaho olam edi, ayni shu sababdan uning o’limi nafaqat o’zbek, balki Sharq tafakkur taraqqiyoti uchun og’ir yo’qotish bo’ldi.

Najmiddin aka universitetda menga saboq bergan domullam edi. Najmiddin aka bu hayotda kamdan-kam odamni ustoz deb tan oladigan o’jar tabiatli shoirlarning, shu jumladan mening ma’naviy ustozim edi. Garchi men shu paytgacha biron marta Najmiddin akaga qarata “Ustoz” deb murojaat qilmagan bo’lsam-da,yuragimning tub-tubida bu insonga nisbatan asl ustoz va muallimlargagina doxil ehtirom yashirin edi.
Ustozimizni Olloh rahmat qilsin!

Xurshid Davron
O’zbekiston xalq shoiri

Najmiddin Komilov bilan suhbatlar:
Birinchi qism
Ikkinchi qism

Sertifikat kursi 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍11❤‍🔥5
🔗 Bugungi zanjir o'yinimizni ma'no ko'chish usullari haqida bo'ladi.

Hozir bir-birimizni takrorlamasdan har bir ma'no ko'chish turiga bittadan misol yozamiz.

Maqsad:
Bilim almashish. Izohlarni o'qib chiqqan obunachi shu yerdan nimadir olib chiqib ketishi.

P.s Agar kimdir xato qiladigan bo'lsa, keskin tanqid qilmang, oliy ma'lumotli insonlardek yondashing va jamoadoshingizga yotig'i bilan nima uchun xato ekanligini isbotlab, tushuncha bering.

Har doimgidek eng yaxshisini kanalda ulashaman.

O'zim boshlab beraman:

Metafora
: yuragi yonmoq;
Metonimiya: Har kuni ishga 63da kelaman. (63-yo'nalishdagi avtobus)
Sinekdoxa: Kuz kelib, bu yerdan o'tadigan oyoq kamaydi. (odam ma'nosida)
Vazifadoshlik: Mashinamning g'ildiragi teshilib qoldi.

Sertifikat kursi 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍19❤‍🔥4💯1
Nobel mukofoti – 2023 (28-sentabr – 9-oktabr)

Shu yilning 5-oktabrida adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining g'olibi aniqlandi. Bu maqomga norvegiyalik dramaturg va shoir Jon Foss loyiq deb topildi.

Shevetsariya akademiyasi a'zosi Ander Olsen mukofot aynan Jon Fossga topshirilganini quyidagicha izohladi:
"Jon Foss insonning ichki olamidagi xavotirlarni, hayot va o'lim oralig'idagi savollarga o'z asarlari orqali javob bera oldi, tabu bo'lib qolgan mavzularga qayta jon bag'ishlay oldi. U yozgan har asarida yuqori darajadagi ta'sirni his etasiz, xoh drama, xoh she'riyat, xoh proza bo'lsin, barchasida jamiyatga o'z murojaatini ta'sirli yetkaza oldi".

Ma'lumot uchun Jon Foss bu mukofot uchun 11 million shved kronasi, ya'ni deyarli 1 million dollar pul mablag'i bilan taqdirlanadi.

Manba: Reuters
Tarjimon: O'zim 🥸

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍12❤‍🔥3🔥1👏1
Dab-durustdan nega bu odam Nobel haqida gapirib qoldi, tinchlikmi o'zi, deb o'ylayotganlar uchun izoh:

Oramizda lingvist Iroda Azimova haqida eshitganlar bo'lsa kerak, mana shu inson yaqinda o'z telegram sahifalarida bir maqolani e'lon qildirlar.
Tanishib chiqishingiz mumkin.

Maqolani o'qib bildingizki, bu insonning faol ishtirokida boshlang'ich sinflar uchun yangi variantda darsliklar tuzib chiqilgan. Biroq orasidagi Nobel mukofoti mavzusi bir guruh tushunmaganlar tomonidan keskin tanqidga olinadi.

O'ylab qarang, shu kungacha fan yangiliklari uchun vaqt ajratganmisiz? To'g'ri, ro'zg'or, ish, qaynana-qaynata. Ayollarni tashvishi ko'p. Lekin shu kabi mavzularni alohida kitob yoki internet titib qaramasin, deb yangi darsliklarda fan yangiliklari, dunyoqarashni o'stiruvchi turli mavzular bilan boyitilganda, shaxsan o'zim nechta o'qituvchidan eshitdim, ona tili kimyoga, fizikaga aylanib ketdi, biz nimani o'rgatamiz degan fikrlar bildirildi.

Hozirgi darsliklarni oqlamoqchi emasman. Bu darsliklarning asosiy kamchiligi grammatikadan ko'ra yuroqidagi dunyoqarashni o'stiruvchi mavzu va topshiriqlarga urg'u berib yuborganida bo'ldi. Agar grammatika ham joyiga qo'yilsa, hozirgi darslik bilan bolaning dunyoqarashi qanchalik kengayadi. Birinchidan, bu sizga qo'l keladi: faqatgina quruq qoida bilan emas, shu qoidalarni amaliyotda qo'llashga doir tayyor mavzular bilan dars o'tasiz.

Fan yangiligi bilan qiziqib borish yaxshi baribir. Chunki oqim qayoqqa oqayotganini bilasiz, shunga qarab 2-3 yilni prognoz qila olasiz. 2 yil avval o'qituvchilar uchun ham milliy sertifikat topshirish boshlanganda hamma yangilik deb qabul qildi. Vaholanki, ungacha ham 2 yil davomida abituriyentlar uchun bu amal qilib kelayotgan edi.

Misol qilaman desam misol ko'p. Shuncha gapdan xulosa qiladigan bo'lsak, yotvolib test yechgan bilan fan kishisi bo'lib qolmaysiz. Fan faqat test va qoidadan iborat emas. Siz ham fanning qaysidir muammolarini hal qilish ustida bosh qotiring. Qaysi mavzuni bolaga yaxshiroq tushuntirish mumkin, qanday yangi metodika qo'llash mumkin, kabi o'y-fikrlarni kun mavzusi qilib ko'tarib turing.
👍35❤‍🔥7
Ma'no ko'chishning tesha tegmaganlari bir joyda 🔥
👍16❤‍🔥6🔥2