❓Savol:
Tuzuk // "Chig'atoy gurungi" siyosat bilan mashg'ul bo'lmoqni istamadi, yolg'iz til, imlo, adabiyot bilan shug'ullandi. (Fitrat)
// belgi o'rnida qaysi tinish belgisidan foydalanishimiz kerak? (Javobingizni izohlashga harakatga qiling.)
Sertifikat kursi 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍8❤🔥1✍1
Sinonimlar | To'xtovsiz
To'xtovsiz, tinimsiz, betinim, muttasil, uzluksiz, bosim, surunkasiga, paydar-pay, ketma-ket. Tinmagan, to'xtamagan holda.
Tinimsiz so'zida belgi darajasi kuchliroq.
Muttasil, uzluksiz so'zlari uzoqroq davom etuvchi so'zlarga nisbatan qo'llanadi.
Bosim bu ma'noda kamroq qo'llanadi.
Shunda uch kun to'xtovsiz otishdik. Fashistning qolgan-qutganini ham talay yerga eltib qo'ydik. (Oydin)
Endi-chi, endi ko'chalarimizda avtomobillar tinimsiz qatnaydi.
Yomg'ir betinim yog'ar, lekin uning tomchilari chang zarralaridek ko'zga ilinmas edi. (P. Tursun)
Uch kecha-kunduz muttasil yoqqan laylak qor kuni kecha bosildi. Uylar, molxonalar qor tagida ko'milib, tep-tekis bo'lib ketdi. (S. Anorboyev)
Agar yaqin orada havo ochilmay, surunkasiga yomg'ir yog'ib bersa, nima qilamiz? (N. Safarov)
© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

👍10❤🔥1🌚1
Izoh:
Tuzuk, "Chig'atoy gurungi" siyosat bilan mashg'ul bo'lmoqni istamadi, yolg'iz til, imlo, adabiyot bilan shug'ullandi. (Fitrat)
Tuzuk so'zi gapda kirish so'z vazifasida kelganligi sababli bu yerda verguldan foydalaniladi.

👍15👌2❤🔥1
❓Qaysi ta'rif berilgan so'zga mos keladi?
Kungay – ______
Kungay – ______
Anonymous Quiz
58%
Quyosh tik tushadigan
25%
Me'moriy imoratlar tishga o'xshash maxsus bezagi
17%
Kun hisobi bilan to'lanadigan
❤🔥5👍5⚡2
Bugungi darsimiz chorshanbaga qoldirildi.
O'tilgan darslarni takrorlab turishingiz mumkin👇
https://t.iss.one/rustamov_edu/19169

🫡13😢12👍6👌4🔥1
2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.
Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.
Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Manba: AttestatUz
P.s Rasmning postga aloqasi yo'q

👍20😁8❤🔥2🎉2
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:
Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 11 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism
Leksikologiya | Test tahlili (1-qism)
Leksikologiya | Test tahlili (2-qism)
Morfologiya | Ot
Morfologiya | Sifat
Ot | Test tahlili
Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇
To‘liq taqvim

👍14❤🔥1🔥1
❓Qaysi biri berilgan ta'rifga mos keladi?
_____ – oshxamir yoyish uchun ishlatiladigan uzun silliq tayoqcha.
_____ – oshxamir yoyish uchun ishlatiladigan uzun silliq tayoqcha.
Anonymous Quiz
26%
O'xlov
69%
O'qlov
5%
O'hlov
⚡7👍4🔥3❤🔥2🌚1👀1
Zanjir o'yini:
Izohlarda shu shaxsga tegishli ma'lumotlarni (bir-birimizni takrorlamasdan) yozishga harakat qilamiz.
O'zim boshlayman:
Bu shaxsning ismi ruboiy so'ziga mos tushadi va ijodining katta qismini shu janrda yozgan.
(209ta)
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Izohlarda shu shaxsga tegishli ma'lumotlarni (bir-birimizni takrorlamasdan) yozishga harakat qilamiz.
O'zim boshlayman:
Bu shaxsning ismi ruboiy so'ziga mos tushadi va ijodining katta qismini shu janrda yozgan.
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍17✍6🔥3❤🔥1🎉1
Milliy sertifikat | Bepul Kurs
2-dars
Mavzu: She'riy san'atlar
Dars 21:30da boshlanadi. Qatnashish uchun👇
https://t.iss.one/proeducation_bepul/164

🔥6👍4❤🔥2
Dushanba – Grammatika (21:00)
Seshanba – Mumtoz adabiyot (21:00)
Chorshanba – Grammatika (21:00)
Payshanba – Milliy sertifikat (21:00)
Juma – Grammatika (21:00)
Shanba – Milliy sertifikat (06:00)
Yakshanba – Milliy sertifikat (06:00)
Oxirgi vaqt 2ta dars qoldirilganini hisobga olmasak, har kuni dars va bularning uchovi ham bepul kurslar.
Ba'zida odam og'rinib ketadi, shunaqa vaqtda darslar ostiga yozilgan izohlarni o'qib, ozgina bo'lsayam kuch olaman. Yaxshi ishning, ayniqsa, ta'limning mevasi kech pishadi. Shuning uchun ayrim vaqtlarda dars qoldirilishi bu kursning kechikishi uchun emas, aksincha, bunga qo'shimcha kuch berish uchun o'zimga energiya yig'ish uchun bo'ladi. Chunki sizga bergan energiyam qaytmayapti, qizg'anyapsizlar, shekilli 😁
Maktab o'qituvchilariga murojaat qilmoqchiman: ona tiliga qiziquvchi o'quvchilaringizni ham kanalga jalb qilishingiz mumkin. Bu ishingiz orqali bizni judayam mamnun qilgan bo'lasiz.
Ertaga soat 21:00da darsda ko'rishguncha.

👍45⚡13❤🔥5🎉1
Ha, yana bir gap:
Dars falon vaqtda bo'lsin, bu vaqt menga mos emas, deb izoh qoldirayotganlar uchun gapim bor edi. Anchadan beri yig'ilib qoldi-da.
Butun boshli kurs faqat sizning vaqtingizga moslashishini guruhga yozishingiz xudbinlikdan boshqa narsa emas. Biz ham bekorchi odam emasmiz. Kunduzi ishlab kechki payt o'zimizga sarflashimiz kerak bo'lgan vaqtda qizg'onib, sizga kurs o'tmoqdamiz. Jadval tuzayotganimizda tavakkaldan vaqt belgilamaganmiz: o'zimizning rejalardan, ishlardan kelib chiqib, vaqt belgiladik, 21:00 va 06:00 yomon vaqt emas, menimcha. Hammada sharoit har xil buniyam tushunamiz va shuni his qilgan holda darsni audio va video shaklda yozib olib kanalga joylaymiz, toki kira olmaganlar ham shundan bahramand bo'lsin deb.
Issiq jon, kasal bo'lishimiz, kuchimiz tugab qolishi ham mumkin, qo'l ishga bormay qolishi degan gap bizga ham tegishli, ba'zida shunday ham bo'ladi, hamma narsani yig'ishtirib ozgina dam olamiz. Shu vaqtlarda, iltimos, kanalda nega dars bo'lmayapti, endi nima bo'ladi, aldaganmidingiz, degan bosimli gaplarni yozmang. Aldash maqsadimiz bo'lganda kartangizdagi pulni yechib olardik, bu yo'l bilan siz qanday aldanishingiz mumkin, hayronman.
Yaxshi gap yaxshi, albatta. Mayli, "so'zning kuchini o'tin yorishga sarflamaylik", uning o'rniga tafakkur qilaylik.

👍109❤🔥7🔥2
Chilonzor savdo markazi (тарговый центр) yonida bir amaki kitob do'kon tashkil etgan. Asosan, sovet davri adabiyotini jamlagan bu do'konda istagan mavzuyingizdagi kitobni topishingiz mumkin.
Ayniqsa, tarix fanidan ilmiy ish qiladiganlar uchun bu yerda manba talaygina.
Alisher Navoiy xamsasining ruscha tarjimasi, izohli lug'atning deyarli barcha qismlarini o'sha yerdan topish mumkin.
Bir borishli joy. Alisher Navoiy muzeyi yopiq bo'lsayam, bu do'kon yopiq bo'lmaydi. Kelaveringlar bemalol.

👍62🤩9❤🔥4⚡3👌1
4-oktabr. 85 yil oldin o'zbek millati o'z tomiriga bolta urayotganlarga o'zi ham yordamlashib yubordi. Bugun o'sha mash'um kunga 85 yil to'ldi.
1938-yil 4-oktabr kuni SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining qaroriga muvofiq millatimizni yorug' kunga olib chiqishga tirishayotgan bir qator olim, shoir va yozuvchilar qatag'onga uchradi. Ular orasida Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon ham bor edi.
Oxiratlari obod bo'lsin!
Shoirlarin o'ldirgan xalq
Bo'lar ekan o'zi qonga g'arq.
Bo'g'sa agar, bo'g'ilar o'zi,
Mil tortsa, ko'r bo'ladi ko'zi.
Xor etsa gap, o'zi xor bo'lgay,
Zor etsa gar, o'zi zor bo'lgay.
Qulog'iga quysa qo'rg'oshin
O'zi uqmas hurlik tovushin.
Shoir – bayroq, jang qilar oni,
Shoir qoni erur xalq qoni.
© Xurshid Davron

👍28😢10❤🔥2✍2🌚2🔥1🏆1👀1
Ofisga kelsam, stolim ustiga qo'yib ketishibdi. O'qituvchilar nutqidagi eng mashhur so'zlardan iborat stikerlar jamlanmasi. Talim.uz kompaniyasidan bu kabi sovg'alar sizga ham yetib borib qolishi mumkin.
O'ng tomondagi rasmni esa kompyuterimga yopishtirdim, ish vaqti kayfiyat tushib ketmasligi uchun.
Siz qaysi jumlalarni ko'p ishlatasiz yoki bugun qaysi jumlalardan foydalandingiz 😁

😁34👍12❤🔥3🔥1
Ona tilini o'rganish uchun qanchadan qancha qo'llanmalar yozilgan, tayyor kitob bor, lekin nega shunda ham repetitorlik tugatilmadi.
Nazarimda, bu kabi qo'llanmalar fanni endi o'rganishni boshlaganlar uchun emasdek. Masalan, ingliz tilini o'rganishga kirishganlar bo'lsa, biladiki, ularda A1 darajadan boshlab, C2 darajagacha bo'lingan holda o'rgatiladi. Grammatik qoidalar ham xuddi shunday. Kitoblari ham shu daraja uchun moslashgan. Ya'ni kitobni o'qisangiz, tartibini, nimani maqsad qilganini tushunasiz. Bizdagi darsliklarni esa gapirmay qo'yaqolay, qo'llanmalar ham shu tomonga og'ib boshlagan.
Tilimizni darajalab chiqishni taklif qilmayapman, chunki hozir islohot o'tkazishmoqchi bo'lsa, bizda aksta'sir beradi, ahvolni yanayam yomonlashtirib yuborishadi.
Mening taklifim, o'rganuvchilar uchun: siz o'rganmoqchi bo'lyapsiz, lekin sira o'xshamayapti, darajangiz oshmayotgandek tuyilyaptimi, bu hozirgi tizim uchun norma. Aslidayam shunday bo'lishi kerak, chunki tizim yaxshimas, bosqichma-bosqich tuzilmagan. Bu holatda faqatgina o'zingizga nisbatan ishonchni tushirib yubormaslik eng katta yordamdir.
O'zing qo'llanma chiqarmay, aqllilik qilasan, deb o'tirganlar ham bordir-a 😁
Hazil, albatta. Fikr bildirish uchun qo'llanma yozishim shart emas. Muhimi o'rinli fikr bildirish. Chunki men shu vaqtgacha eshitmaganman: repetitorga bormay, mustaqil holda falon qo'llanma yoki falon darslikdan ona tilini o'rgandim, degan o'quvchini. Demak, tanqidim o'rinli.

👍41❤🔥4🔥3
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
12-dars
Soat 21:00da.
Mavzu: Morfologiya | Son. Olmosh. Ravish
Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.
Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.
Darsda qatnashish uchun 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

👍23❤🔥4