ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Bugun mumtoz adabiyot bo'yicha 2-darsimiz bo'lib o'tadi.
Mavzu: She'riy san'atlar | Tashbeh, istiora, husni ta'lil, tamsil.

Sizga aruz, she'riy san'atlar, umuman, g'azalni erkin tahlil qilishga o'rgata oladigan bepul kurs kerak bo'lsa, marhamat kanalimizga a'zo bo'ling 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Mavzular 3 toifaga ajratilgan:
- Aruz ilmi;
- She'riy san'atlar;
- G'azal.
Haftada 2 marta videodars tashkil etiladi. Har bir darsdan so'ng mustahkamlash uchun maxsus topshiriqlardan iborat viktorina sizga taqdim etiladi.

Kurs bepul, faqat qo'shilishning o'z shartlari bor:

1
. ProEducation | O'zbek tili kanaliga obuna bo'lish;
2. Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

Bundan tashqari grammatika bo'yicha quyidagi ushbu kanalda 3 oylik bepul kurs ham tashkil etilgan:
ProEducation | O'zbek tili
👍7❤‍🔥2
Adabiyot kanalida darsdan so'ng:

Ustoz:
– Darsimiz tugadi, hozir topshiriq beraman.

O'quvchi:
🗿Bepul kurs ham shunday bo'ladimi?!

Ha, bunaqasi faqat "ProEducation"da bo'ladi. Bizda bepul ta'lim = sifatli ta'lim. Barcha steriotiplarni parchalab tashlaymiz.

P.s Steriotip – "dejurniy" fikr. Biror narsa har doim shunday bo'lgan va shunday bo'lib qoladi deb fikrlash. Masalan, bepul taʼlim sifatsiz bo'ladi yoki yaxshi narsa reklamaga muhtoj emas, deb fikrlash bu – steriotip.
👍42❤‍🔥3👏2🤷‍♀1🎉1🏆1🤓1
Yuqoridagi fikrning davomi:

Har bir narsa reklamaga muhtoj. Aks holda, hammamiz juda yaxshi Pepsi yoki Coca cola reklamasini TV orqali har o'n besh daqiqada hammamizni asabimizni buzib, takrorlayverishmas edi. Yoki qon bosimni oshiradigan dori reklamalari ham ko'payib bormas edi.

Reklama bu zamonaviy bozorning ajralmas qismi. Yana bir misol. Kanaldagi izohlarda yoki shaxsan o'zimga ham qancha ustozlar yozishgan, kanalni bugun yoki kecha topib oldim, kirdim-u xazina topgandek bo'ldim, deb. Agar shuni mingta yoki ikki mingta obunachi bilan indamasdan dars o'tib yurganimda shuncha inson qayerdan xabar topar edi. Qo'pol qilib aytganda, vahiy tushadimi.

Bu post "Tarqating" deganimda jig'ibiyroni chiqadiganlar uchun bag'ishlanadi. To'g'ri tushuning, kanaldan men hech qanday moddiy manfaat topmayman. Kanalga hech qanday pulli reklama joylamayman, pulli kurs o'taman deb ham sizlarni yig'ib olayotganim yo'q, yoki birorta kitobimni sotish uchun majburlamayapman. Agar shu kanaldan menga pul kelganda, bu reklama uchun sarflagan bo'lar edim. Sizlarga hadeb tarqat deyish o'zimga ham xijolatli. Qisqasi, mazza qilmayman, sizlarga tarqat deb.

Xulosa. Bu yerda bo'layotgan ishlardan boshqalar ham ogoh bo'lishi uchun tarqat deyilgan postni iloji boricha ko'ngildan chiqarib tarqatishga harakat qiling. Nima qilibdi tarqatsangiz: uyatli yoki fahshga chorlovchi narsa tarqatmayapsiz-ku. Sizni sabab kimdir kanalga obuna bo'lsa, ishoning tushungan odam shaxsan o'zingizga rahmat deydi ogohlantirganingiz uchun, men shunga aminman.

Ba'zida shaxsiy profilimga yoki guruhlarga quyidagicha xabarlar keladi:
Bugun Uzmobile yoki Ucellning tug'ilgan kuni ekan. Shu xabarni faloncha guruhga tarqating. Keyin hisobingizni tekshiring. 100ming mb tushgan bo'ladi, deydi.
Bu xabarni men imloviy jihatdan to'g'ri yozdim. Lekin anavi tarqalayotgan xabarni ichidan to'g'ri yozilgan so'zni o'zini topish muammo. Eng qizig'i, Uzmobile yoki Ucell unday insonlar uchun har hafta "tug'iladi". Baraka topkur, shunaqa xabarni tarqatishga uyalmaysiz, lekin ilmga targ'ib qiluvchi kanalni tarqat, degan odamni malomat qilasiz.

Xulosadan keyin ham ancha yozib qo'ydim-u a?! 😁
Yana bir xulosa. Oxirgisi.
Tarqatishga uyalmaydigan darajada mehnat qilyapmiz. Agar biror guruhga shunday xabarni yuborganingizda bekorchi kanal ekan, nima qilasan buni tarqatib, degan malomat eshitsangiz, men kanalni yopib yuborishga tayyorman.

Yaxshi dam olinglar!
👍33❤‍🔥10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: She'riy san'atlar | Tashbeh. Istiora. Husni ta'lil. Tamsil

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍22❤‍🔥4
Mumtoz adabiyot | She'riy san'atlar
ProEducation | Mumtoz adabiyot
🎙 Audiodars

Mavzu: She'riy san'atlar | Tashbeh. Istiora. Husni ta'lil. Tamsil

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍19❤‍🔥732🎉1
Bugungi darsning yozib olingan varianti.

Oramizda kimningdir bugun tug'ilgan kuni bo'lsa, shu videoni sovg'a sifatida qabul qilar 😁

Hazil
👍75🎉8❤‍🔥5👌3🔥1🤩1🌚1
Kanalimizning yangi obunachilari uchun:

Bizda hozirda "Bepul Kurs | 3 oy" kursi davom etmoqda. Bugunga qadar 8 ta dars o'tildi. Quyida shular bilan tanishishingiz mumkin.
Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi
Fonetika | Test tahlili
Fonetika | Fonetik hodisalar. Bo'g'in. Urg'u
Morfemika | Asos va qo'shimchalar
Takrorlash | Fonetik hodisalar
Takrorlash | Morfemika
Leksikologiya | 1-qism
Leksikologiya | Test tahlili
Leksikologiya | 2-qism

Darslar haftaning toq kunlarida soat 21:00da tashkil etiladi.
To'liq taqvim bilan bu yerda tanishishingiz mumkin 👇

To‘liq taqvim
👍17❤‍🔥4🤓1
Til – ijtimoiy hodisa.
Shu jumlaning mohiyati nimada ekanligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Quyida Alibek Rustamovning "So'z xususida so'z" asarida tilning mohiyatan jamiyatga xos ekanligi chiroyli yoritib berilgan:

"Tovush tabiatan havo to'lqinlaridan iborat bo'lgani uchun u jonsiz tabiiy hodisalarga o'xshaydi Ammo til tovushi og'izdan chiqib quloqqa eshitiladi. Mana shu aytilish va eshitilish jihatdan u har bir kishiga xosdir. Ammo til yakka shaxsfa xos tug'ma hodisalarga kirmaydi. Chunki til mavjud bo'lishi uchun ko'pchilik, jamiyat bo'lishi shart. Masalan, kishi bolalikdan odamlar orasida o'smasa, u umuman til bilmaydi. Odamlar orasida o'sganda millatdan qat'i nazar qaysi xalq orasida o'ssa, shu xalq tili unga ona tili bo'ladi. Ingliz Arabistonda katta bo'lsa, arab tilini bilib, ingliz tilini bilmaydi. Agar arab Angliyada ulg'aysa, ingliz tilini bilib, arab tilini bilmaydi. Arablar orasida o'sgan ingliz o'z xalqining tilini o'rganmoqchi bo'lsa, uni chet tili kabi o'rganadi. Inglizlar orasida voyaga yetgan arab ham o'z xalqining tilini o'rganishni istasa, uni chet tilini o'rganganiday o'rganadi.
Demak, tili tabiiy hodisa ham, yakka shaxsga xos hodisa ham emas ekan. Til faqat bir jihati, ya'ni tovush tomoni bilan tabiiy, yana bir jihati – nutqiy qobiliyat tomoni bilan yakka shaxsga xos. Ammo mohiyat e'tibori bilan jamiyat mahsuli bo'lib, ijtimoiy hodisa ekan".

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍19❤‍🔥42
Qaysi so'z berilgan ta'rifga mos keladi?
Minora yoki devorga o'rnatilgan va musiqa jo'rligida zang uradigan soatlar...
Anonymous Quiz
18%
Kvarts soat
65%
Kurant soat
17%
Mexanik soat
👍30❤‍🔥5👏31
Yaqinroq kelinglar, yaxshilar, yangilik bor!

Tez kunda yangi loyiha. Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanmoqchisiz, lekin sifatli va bepul dars qidirib yurganlar uchun ajoyib imkoniyat.

Shohruh Arabjonov (Grant Channel) bilan hamkorlikda "Milliy sertifikat | Bepul Kurs" loyihasini boshlamoqdamiz. Vaqti va sanalarini kanalda e'lon qilamiz.

Kunni mana shunday yangilik bilan yakunlash qanday yaxshi!
👍170❤‍🔥16👏14👎3👀3🌚1
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️
Bepul Kurs | 3 oy
9-dars


Soat 21:00da.
Mavzu: Leksikologiya | Test tahlili


Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan
.

Darsda qatnashish uchun 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
👍124❤‍🔥32👌2
Sinonimlar | Fahm

Fahm, farosat, did, tamiz, uquv, zehn, idrok.
Kishining to'g'ri mulohaza yurita olish, to'g'ri xulosa chiqara olish, biror narsaning mohiyatiga tushuna olish qobiliyati.

Fahm so'zi ma'no jihatdan ba'zi o'rinlarda aql so'ziga yaqinroq turadi.
Did so'zi biror narsadagi go'zallikni, nafislikni, uning yaxshi-yomon tomonini ajrata olish qobiliyatini ham bildiradi.
Tamiz so'zi hozirgi adabiy tilda juda siyrak qo'llanadi. U asosan tamizi yo'q, tamizi yetmaydigan kabi salbiy tushunchalarni ifodalashda qo'llanadi.

Madrayimga yuborgan xati haqida gapirib, ya'ni o'zining yomon qariganidan, anchayin narsalarga fahmi yetmaydigan bo'lib qolganidan nolidi. (A. Qahhor)
Shunaqa paytlarda ota-buvalarimiz ham, o'zimiz ham aql bilan, farosat bilan ish bitirib kelganmiz. (M. Ismoiliy)
Sut-qaymoqqa to'g'ralgan jimjimador patir kulchalar, sovimagan tandir somsalar hammasi farosat, did bilan qo'yilgan. (S. Anorboyev)
Tamizu aqlu idrok – bu uchov mendin yuz o'g'irdi, Ketib borur uchovlon bir-birining qo'lin ushlab.
Otabek o'zining ochiq ko'zi, o'tkir zehni orqali bunday o'zboshimchalik orqasidan mudhish falokatli manzaralar ko'rar edi.
(A. Qodiriy)
Nimaga desang, zehning o'tkir, o'qigan yo eshitgan narsangni darrov ilib olasan. Xushyorsan, Samad. (M. Ismoiliy)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍15❤‍🔥2
Husnixatga e'tibor qilmaymiz.

-gani yoki -gan+i
Rasmda bu ikkovini ajratish uchun savol berishga urg'u berilmoqda.

-gani yaxlit holda maqsad ravishdoshi bo'lgani uchun nima maqsadda? savoli beriladi;
-gani+i qo'llangan so'z esa sifatdosh otlashib, nima? savolini qabul qiladi; nima sababdan? savolini qabul qilib sabab holi vazifasida keladi.

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍36🤓3❤‍🔥2
Million asr avval yashagan allomaning aytgan gapini ilmga hech qanday aloqasi yoʻq. Yoshlar maʼnaviyat soatdan zerikkan, butun maktab davrida shundan boshqa hech nima oʻrganolmadi. Natijada miyasi boʻm-boʻsh, ichi quruq gaplarga ergashadigan ilmsiz avlod yuzaga keldi. Qolganlar bundan foydalanib "soqqa" qiladi, xolos.

Menga X asrda yashagan Sharif Idrisiyning: "Jismlarning yerga yopishib turishi, yerning tortishi tufaylidir. Bu jismlar og‘irligidan magnit kabi yerga tortiladi", degan gapi emas, Nyutonning shu qonunni ilmiy asoslab, tasdiqlab bergani qiziq. Men shuni oʻrganaman va insonning quruq oʻy-fikrlaridan koʻra, nimanidir isbotlay olgani jamiyat rivoji uchun muhimroq omil deb sanayman.

Manba
: ilyosbek
👍2611❤‍🔥4

1-oktabrdan
👍10❤‍🔥3👎1
Batafsil ma'lumot bilan kechroq tanishtiraman.

Bepul bo'lsa-da, mazza-da!
👍63❤‍🔥4👎3
Attestatsiya haqida:

11-sentabr, 2023-yil.
Prezidentning "O'zbekiston – 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori imzolandi.

Unga ko'ra:
2023-yilning noyabr oyiga
qadar pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi;

2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilinadi;

Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida o‘tkaziladi.

Aruz darslari 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍10
Mabodo 2024-yil 1-sentabrga qadar Milliy sertifikatdan ko'zlangan "soqqa" yetarlicha to'planmasa, BMBA 2025-yilga qadar hech qanday sababsiz attestatsiyani yana ortga surishi mumkin.

Tavsiya: hurmatli o'qituvchilar, milliy sertifikat olib qo'ymasangiz, yana bir yil davomida vazirlikdan tortib, maktab direktorigacha tizim a'zolari sizga tinchlik berishmaydi. Bizda shunaqa davlat o'zini mahsulotini mana shunday monopoliya bilan o'tkazmasa, o'tmay qolishi ehtimoli katta. Bo'lmasa, attestatsiya va milliy sertifikat bir-biriga xalaqit bermay, parallel ravishda olib borish mumkin bo'lgan test sinovi hisoblanadi.
Hammani qiziqtirish uchun ustama miqdorini ham 50% ga oshirib qo'ygani ham bunga bir isbot.
👍36🤩4🤓4❤‍🔥2
Shu bo'yicha kimdir o'qituvchilarning o'zidan so'radimi yoki o'zidan o'zi yuklamalar ko'payib ketdimi?
🤔13❤‍🔥3👍1
Vaqt topib, ushbu qarorni o'qib chiqishingizni maslahat beraman.

https://lex.uz/docs/-6476175?ONDATE=31.05.2023%2000#-6476539
👍5❤‍🔥2