ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
1 soatdan so'ng darsni boshlaymiz.

Qo'shilish uchun πŸ‘‡
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream=56d8478e2ee729a161
πŸ‘7❀‍πŸ”₯1πŸ‘Œ1
Bugungi dars avvalgilaridan sizda ham gapirish va test tahlilida ishtirok etish imkoni borligi bilan ajralib turadi.

Test o'qib, tahlil qilish xohishi borlarga navbat beramiz.
πŸ‘30⚑3❀‍πŸ”₯1
Live stream started
Boshladik, jigarlar. Fayzimizni bersin!
πŸ‘46❀‍πŸ”₯5πŸŽ‰3πŸ•Š3🌚3
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
πŸŽ™ Videodars

Mavzu: Fonetika | Test tahlili


Bepul kurs πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘15❀‍πŸ”₯1
Fonetika | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
πŸŽ™ Audiodars

Mavzu: Fonetika | Test tahlili


Bepul kurs πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘6❀‍πŸ”₯2
Ertaga Aruz kanali bo'yicha yangilik qilamiz!

Kanal ochildi. Materiallarni tayyorlash ertadan boshlanadi.

Eng muhimi bepul tayyorgarlik ko'rish uchun. Barchasi siz uchun faqat bir narsani iltimos qilaman: ketkazayotgan vaqtimni hurmat qilgan holda kanal va unda berib boriladigan dars va topshiriqlarga jiddiyroq qarashingizni so'rab qolaman.

Bu qilayotgan mehnatimizning samara berishini ta'minlaydi!
πŸ‘77✍22❀‍πŸ”₯3
ProEducation | O'zbek tili
Bayt tahlili | Topshiriq Javoblaringizni izohlarda qoldiring πŸ‘‡ Bepul kurs πŸ‘‰ bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Izoh:

Ul parivashkim, bo'lubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayronu man hayron anga.

Nasriy bayoni:
Ul parisifat sohib jamol meni shunday maftun va behud qilibdiki, uning ishqida sarsonligimga qarab, olam ahli menga hayron, men esa ul go'zalning jamoliga hayronu devonaman.

Taqtesi:
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
Ramali musammani mahzuf

She'riy san'atlar:
- parivash so'zi orqali istiora san'ati yuzaga kelgan
.

Qofiya:
Baytda sargardon va hayron so'zlari qofiyadosh so'zlar hisoblanadi.
- raviy: n tovushi (qofiyadosh so'z asosining oxirgi undosh tovushi);
- raviyga ko'ra muqayyad qofiya (raviydan so'ng so'z davom etmagan).

Bepul kurs πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘19πŸ‘Œ2❀‍πŸ”₯1
πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰

"ProEuducation | Aruz" kanali ochildi!

Bugun va ertaga tayyorlangan materiallar yuklanadi va dushanbadan obunachilar qabul qilish boshlanadi. Bugundan boshlasak ham bo'lar edi, lekin sizni bo'm-bo'sh kanalga qo'shishdan nima foyda?! Shu sababdan 1 yarim kun sabringizni sinaymiz 😁. Albatta, hazil.

Ha aytgancha, bu kanalimizda ham dars bepul yo'lga qo'yiladi. Lekin bu sifatsiz degani emas. Barchasi sizning sifatli bilim olishingiz uchun!
πŸ‘38πŸ‘13πŸŽ‰8πŸ”₯3πŸ‘Œ3❀‍πŸ”₯1πŸ—Ώ1
Izoh | Jigar

Jigar
so'zi ko'chma ma'noda eng yaqin kishi, tug'ishganday, yaqin birodar; farzand kabi ma'nolarni anglatadi.

Sen yetim emassan, Tinchlan jigarim. (G'. G'ulom)
Madamin buni kutmagan bo'lsa kerak, shovqin soldi: – Xizmatkorimi emas! Xudoyqul mening o'z jigarim, ammamdan qolgan sag'ir. (P. Tursun)
Avazning bir dardiga yuz dard qo'shildi. U jigarlarini xayolchan mung'ayib kuzatib qo'ydi. (S. Siyovov)

P.s Sizlarga nisbatan bu so'zni ishlatishim aynan yaqinlik darajasini ko'rsatish ma'nosida edi. Hech qanday ko'chadagi yosh o'smirlarga taqqoslash emas. Buni noto'g'ri qabul qilishning o'zi noto'g'ri.

Bepul kurs πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘24❀‍πŸ”₯3✍1
❓Qaysi so'z ushbu ta'rifga mos tushadi?
_____ – baland boΚ»yli, novcha, bo'ychan.
Anonymous Quiz
16%
daroyi
84%
daroz
πŸ†19πŸ‘11πŸŽ‰3❀‍πŸ”₯2
Tahlil uchun foydali

Testda doim savolni to'g'ri tushunish, bizdan nima so'ralayotganini aniqlashtirib olish muhim. Chunki shoshib, savolni tushunib-tushunmay berilishiga o'tganingiz bilan noto'g'ri javobga borasiz.
Shu sababli hozir ham vaqtdan yutish, ham to'g'ri javob topish uchun test tahlili jarayonini bir nechta bosqichlarga bo'lib chiqamiz.

1-bosqich:
Testda savoldan avval (ayrim hollarda undan keyin) tahlil uchun gap berilgan bo'lsa, siz u gapni tashlab keting va birinchi bo'lib test savolini o'qib chiqing. Bu vaqtdan yutishga oz bo'lsa ham yordam beradi. Chunki siz nimani topishingizni bilmasdan gapni o'qishingizdan foyda yo'q. Tasavvur qiling, bir xonaga kirdingiz, xonada turli-tuman buyumlar uyulib yotibdi. U yerda sizga kerakli narsa ham bor, kerasizi ham. Lekin sizga nima kerakligini qayerdan bilasiz?! Buni bilish uchun o'sha xonaga kirishdan avval eshikka yopishtirilgan yo'riqnoma bilan tanishib chiqishingiz kerak. Savoldan avval berilishini o'qish xuddi shu holatga o'xshaydi.

2-bosqich:
Test savollarida ko'pincha bir emas, bir nechta grammatik obyektga e'tibor qaratishimiz so'raladi. Masalan, "ot + sifat qolipidan yasalgan qoβ€˜shma otdagi undosh tovushlarni birlashtiruvchi belgi qaysi qatorda toβ€˜gβ€˜ri ko'rsatilgan?"
Ushbu savol namunasida ko'rib chiqamiz.
1. Qo'shma so'zlarni aniqlaymiz.
2. Ot + sifat tipidagi qo'shma otni topamiz.
3. Undosh tovushlarning birlashtiruvchi belgilarini aniqlaymiz.

Mana shu tartibda keyingi qadamingizni rejalashtirib olishingiz kerak. Tartibsiz tarzda test yechsangiz, birinchidan, etiboringiz so'ralayotgan birliklarlarda uzilib qoladi, ikkinchidan, ortiqcha vaqt sarflaysiz.

Yuqoridagi tavsiyalar biroz uzun, balki murakkabroq ko'ringandir, lekin shu usulda ozgina mashq qilgach sezasizki, test yechish unchalik ham qo'rqinchli emas.

ProEducation - ta'limning pro versiyasi!
πŸ‘29✍3❀‍πŸ”₯2⚑2πŸ‘Œ1πŸ‘€1
Morfemikada shakldoshlik

Shakldoshlik so'zlardan ko'ra qo'shimchalarda ko'proq muammo tug'diradi. Chunki o'qib-o'rganish davomida qo'shimchadan ko'ra so'zga e'tiborimiz ko'proq tortiladi va biz uning ma'nolarini to'liq bo'lmasa ham, yetarlicha bilib ulgurganmiz.
So'zlardagi shakldoshlik ularning atash ma'nosi bilan bog'liq bo'lsa, qo'shimchalardagi shakldoshlik ularning vazifasi bilan bog'liq:
- so'z yasovchi qo'shimcha va shakl yasovchi qo'shimcha o'zaro shakldoshlik hosil qilishi mumkin: kitob+im β†’ kiy+im (birinchi so'zda egalik, ikkinchi so'zda ot yasovchi);
- so'z yasovchi va so'z yasovchi o'zaro shakldoshlik hosil qilishi mumkin: supur+gi β†’ yoz+gi (birinchisi ot yasovchi, ikkinchisi sifat yasovchi);
- shakl yasovchilar ham o'zaro shakldoshlik hosil qilishi mumkin: bordi+m β†’ aka+m (birinchisida shaxs-son, ikkinchisida egalik).

Hammasi tushunarli bo'lsa ham, mustaqil holda test yechayotganingizda baribir shu qo'shimchalar shakldoshligini topa olmayotgan bo'lsangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
- so'zga to'g'ri savol berib, uning so'z turkumini, qaysi ma'no turiga tegishli ekanligini aniqlab oling: chorvador - kim?, puldor - qanday?. Ikki so'zda ham bir xil qo'shimcha, to'g'ri savol berish orqali ularning birini ot, boshqasini esa sifat ekanligini aniqlab oldik;
- so'zni morfemik tarkibga to'g'ri ajrating. Bu qo'shimchaning turini topib olishingizga yordam beradi: boyimoq so'zini morfemik tarkibga ajratmaguncha uning tarkibidagi -i fe'l yasovchisini anglamay turaveramiz.

Ba'zi qo'shimchalarni esa alohida belgilar orqali ajratib olishimizga to'g'ri keladi. Ular haqida keyingi postda gaplashamiz...

#maqola

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

✈️ Telegram |πŸ“· Instagram |πŸ–€ You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘16⚑6❀‍πŸ”₯3πŸ‘Œ1
❓Qaysi so'z ushbu ta'rifga mos keladi?
______ – qattiq uxlab qolmoq
Anonymous Quiz
8%
dang' qotmoq
80%
dong qotmoq
12%
ikkovi ham
πŸ‘8πŸŽ‰8πŸ‘€3❀‍πŸ”₯2
❓ Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
____ – xursandchilik, xushchaqchaqlik bilan qilingan suhbat.
Anonymous Quiz
65%
chaqchaq
35%
chaq-chaq
πŸŽ‰13❀‍πŸ”₯3πŸ†3πŸ‘2
ProEducation | O'zbek tili
❓Qaysi so'z ushbu ta'rifga mos keladi?
______ – qattiq uxlab qolmoq
Izoh:

Dang': dang' qotmoq – qattiq uxlab qolmoq; qoΚ»rquv yoki hayratdan es-hushini yo'qotib qotib qolmoq.
Bola goh u ishga, goh bu ishga yugurar, kechalari holdan toyib, horib, dang' qotib uxlar edi. (M. Ismoiliy)

Dong: dong qotib uxlamoq, dong qotmoq – juda qattiq uxlamoq.
Yo'l azobi xiyla toliqtirgan ekan, dong qotib uxlab yotsa, o'g'li kirib uyg'otibdi. (H. Nazir)

Β© O'zbek tilining izohli lugΚ»ati

Bepul kurs πŸ‘‰ bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
πŸ‘9❀‍πŸ”₯2✍2
❓Yetim-yesir so'zining "yesir" qismi qanday ma'no anglatadi?
Anonymous Quiz
30%
ma'no anglatmaydi
38%
bechora
32%
beva
πŸ‘17πŸŽ‰5❀‍πŸ”₯3⚑3
Kanal – bu ochiq maydon. Biror maqola, xabar, qo'llanma yoki test joylandimi, demak, foydalanish uchun joylangan. Siz foydalanmoqchimisiz, marhamat, foydalaning. Muallifini ko'rsatish-ko'rsatmaslik – sizning ishingiz.

Kanal yurituvchilarga maslahatim: boshqa guruh yoki kanallardan osonlikcha o'zlashtirib olingan maqola va turli yangiliklar bilan kanal kelajagini qura olmaysiz. O'z shaxsiy imzoyingiz bo'lgan ishlardan foydalaning. Obunachilaringiz kanalni hurmat qilishini istasangiz, siz ham ularni hurmat qilgan holda ko'chirilmagan ishlarni ulashing.

Ijodkorlikni ishga soling. Bo'lmasa, o'zlashtirayotgan kanalingizdan bir qadam ortda yuraverasiz.
πŸ‘54❀‍πŸ”₯4πŸ‘Œ1
Bepul Kurs _ Mumtoz adabiyot.pdf
63 KB
πŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰

Marhamat!
"Bepul Kurs | Mumtoz adabiyot" kursining to'liq jadvali.

Darslar 19-sentabdan boshlanadi.
Har bir mavzu ushbu telegram kanalimizda bo'lib o'tadi.
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Mavzular 3 toifaga ajratilgan:
- Aruz ilmi;
- She'riy san'atlar;
- G'azal.
Haftada 2 marta videodars tashkil etiladi. Har bir darsdan so'ng mustahkamlash uchun maxsus topshiriqlardan iborat viktorina sizga taqdim etiladi.

Kuttirganidan a'lo darslar boshlanish arafasida!
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Darslar maxus yopiq guruhda bo'lib o'tadi. Kurs bepul, faqat qo'shilishning o'z shartlari bor:

1
. ProEducation | O'zbek tili kanaliga obuna bo'lish;
2. Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

Bundan tashqari grammatika bo'yicha quyidagi ushbu kanalda 3 oylik bepul kurs ham tashkil etilgan:
ProEducation | O'zbek tili
πŸ‘38❀‍πŸ”₯2⚑1