❓Savol:
Qaysi o'xshatish "qattiq jismoniy yoki rihiy azob beradigan darajada ta'sir etish" ma'nosida ishlatiladi?

Anonymous Quiz
54%
ignaday
46%
ilonday
❤🔥13⚡2👀1
Sinonimlar | Yemoq
Yemoq, tanovul qilmoq, iste'mol qilmoq, totmoq, olmoq, tushirmoq, urmoq, ham qilmoq. Organizmga taom qabul qilmoq.
Tanovul qilmoq, isteʼmol qilmoq kitobiy.
Totmoq oz miqdorda yemoqni ifodalaydi.
Olmoq, tushirmoq, urmoq oddiy so'zlashuvga xos; tushirmoq, urmoq ko'p midqorda yeyishni bildiradi va ma'lum darajada salbiy bo'yoqqa ega.
Ham qilmoq go'dak nutqiga oid.
Ayniqsa palov isidan ko'nglim ketadi... Achchiq narsalar yegim keladi. (A. Qodiriy)
Anvar o'rtaga dasturxon yozib, ikki lagan manti chiqarib qo'ydi, uch kishi qamti o'tirib manti tanovul qildilar. (A. Qodiriy)
Yaqinlarda tabiblarga koʻrsatgan edim, qoningiz oz, qimiz iching, xo'rak oldidan moviz iste'mol qiling deb kengash berdilar. (A. Qodiriy)
Asal totganda qaysi chamanning gulidan yig'ilganini ham bilmaysiz. (A. Eshonov)
Bu yerning odati shunaqa... Qani, olib o'tiring! (P. Tursun)
© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

👍14❤🔥3✍2⚡1
Holat:
– Kanalda bepul kurs boshladim.
– Ooo, zo'r-ku. Attestatsiyami yoki milliy sertifikatgami?
Shu payt men 🤦♂️
Bafurja, birorta ham xabarni qoldirmay ko'rib chiqsangiz, bu kanal nomiga mos holda o'zbek tili haqidaligini anglaysiz. Attestatsiya ham Milliy sertifikat ham bilimni baholash uchun ishlab chiqilgan test tizimi. Ikkovida ham sizning o'zbek tilidan bilimingiz baholanadi.
Siz umuman tilni o'rganing, u yog'i o'z-o'zidan boʻlaveradi. Test ajratmaysiz. Tizimini tushunib olsangiz, bo'ldi.
Xulosa: ayam yoshligimda ovqatdan narsa ajratsam: "Qozonga yeydigan narsa tushadi, ajratmay ye!" – der edi. Menda ham shunga o'xshash gap: "Kanalga o'rganadigan narsa tushadi, ajratmay o'rganinglar, jigarlar" 😁

👍65🤓11🤩8👌8❤🔥4
Aruz uchun alohida bepul yopiq kanal tashkil etishni rejalashtirib turibman.
Nega yopiq kanal, shu kanalda bersa ham bo'ladi-ku?! degan savol paydo bo'layotgandir.
Javob:
Aruz vazni qiyin va o'rganish uchun murakkab ilm ekanligi sizga ma'lum. Shu sababdan unga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni batafsilroq berib, o'rganish xohishi bo'lganlar bilan birga ishlamoqchiman. Bu degani faqatgina test uchun o'qiydiganlar qo'shilishi shart emas, o'zining rivojlanishini xohlaganlar bo'lsa, marhamat.
Menimcha, ko'pchilikka ma'qul g'oya. Yaqin kunlarda rejasini tuzib chiqsam, boshlab yuboramiz.

👍123❤🔥9⚡2🤔1
Bayt tahlili | Topshiriq
Javoblaringizni izohlarda qoldiring 👇
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Javoblaringizni izohlarda qoldiring 👇
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍6❤🔥3
1 soatdan so'ng darsni boshlaymiz.
Qo'shilish uchun 👇
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream=56d8478e2ee729a161

👍7❤🔥1👌1
Bugungi dars avvalgilaridan sizda ham gapirish va test tahlilida ishtirok etish imkoni borligi bilan ajralib turadi.
Test o'qib, tahlil qilish xohishi borlarga navbat beramiz.

👍30⚡3❤🔥1
Boshladik, jigarlar. Fayzimizni bersin!
👍46❤🔥5🎉3🕊3🌚3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars
Mavzu: Fonetika | Test tahlili
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Mavzu: Fonetika | Test tahlili
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍15❤🔥1
Fonetika | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
🎙 Audiodars
Mavzu: Fonetika | Test tahlili
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Mavzu: Fonetika | Test tahlili
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍6❤🔥2
Ertaga Aruz kanali bo'yicha yangilik qilamiz!
Kanal ochildi. Materiallarni tayyorlash ertadan boshlanadi.
Eng muhimi bepul tayyorgarlik ko'rish uchun. Barchasi siz uchun faqat bir narsani iltimos qilaman: ketkazayotgan vaqtimni hurmat qilgan holda kanal va unda berib boriladigan dars va topshiriqlarga jiddiyroq qarashingizni so'rab qolaman.
Bu qilayotgan mehnatimizning samara berishini ta'minlaydi!

👍77✍22❤🔥3
ProEducation | O'zbek tili
Bayt tahlili | Topshiriq Javoblaringizni izohlarda qoldiring 👇 Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Izoh:
Ul parivashkim, bo'lubmen zoru sargardon anga,
Ishqidin olam manga hayronu man hayron anga.
Nasriy bayoni:
Ul parisifat sohib jamol meni shunday maftun va behud qilibdiki, uning ishqida sarsonligimga qarab, olam ahli menga hayron, men esa ul go'zalning jamoliga hayronu devonaman.
Taqtesi:
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
Ramali musammani mahzuf
She'riy san'atlar:
- parivash so'zi orqali istiora san'ati yuzaga kelgan.
Qofiya:
Baytda sargardon va hayron so'zlari qofiyadosh so'zlar hisoblanadi.
- raviy: n tovushi (qofiyadosh so'z asosining oxirgi undosh tovushi);
- raviyga ko'ra muqayyad qofiya (raviydan so'ng so'z davom etmagan).

👍19👌2❤🔥1
🎉🎉🎉
"ProEuducation | Aruz" kanali ochildi!
Bugun va ertaga tayyorlangan materiallar yuklanadi va dushanbadan obunachilar qabul qilish boshlanadi. Bugundan boshlasak ham bo'lar edi, lekin sizni bo'm-bo'sh kanalga qo'shishdan nima foyda?! Shu sababdan 1 yarim kun sabringizni sinaymiz 😁. Albatta, hazil.
Ha aytgancha, bu kanalimizda ham dars bepul yo'lga qo'yiladi. Lekin bu sifatsiz degani emas. Barchasi sizning sifatli bilim olishingiz uchun!

👏38👍13🎉8🔥3👌3❤🔥1🗿1
Izoh | Jigar
Jigar so'zi ko'chma ma'noda eng yaqin kishi, tug'ishganday, yaqin birodar; farzand kabi ma'nolarni anglatadi.
Sen yetim emassan, Tinchlan jigarim. (G'. G'ulom)
Madamin buni kutmagan bo'lsa kerak, shovqin soldi: – Xizmatkorimi emas! Xudoyqul mening o'z jigarim, ammamdan qolgan sag'ir. (P. Tursun)
Avazning bir dardiga yuz dard qo'shildi. U jigarlarini xayolchan mung'ayib kuzatib qo'ydi. (S. Siyovov)
P.s Sizlarga nisbatan bu so'zni ishlatishim aynan yaqinlik darajasini ko'rsatish ma'nosida edi. Hech qanday ko'chadagi yosh o'smirlarga taqqoslash emas. Buni noto'g'ri qabul qilishning o'zi noto'g'ri.

👍24❤🔥3✍1
❓Qaysi so'z ushbu ta'rifga mos tushadi?
_____ – baland boʻyli, novcha, bo'ychan.
_____ – baland boʻyli, novcha, bo'ychan.
Anonymous Quiz
16%
daroyi
84%
daroz
🏆19👍11🎉3❤🔥2
Tahlil uchun foydali
Testda doim savolni to'g'ri tushunish, bizdan nima so'ralayotganini aniqlashtirib olish muhim. Chunki shoshib, savolni tushunib-tushunmay berilishiga o'tganingiz bilan noto'g'ri javobga borasiz.
Shu sababli hozir ham vaqtdan yutish, ham to'g'ri javob topish uchun test tahlili jarayonini bir nechta bosqichlarga bo'lib chiqamiz.
1-bosqich:
Testda savoldan avval (ayrim hollarda undan keyin) tahlil uchun gap berilgan bo'lsa, siz u gapni tashlab keting va birinchi bo'lib test savolini o'qib chiqing. Bu vaqtdan yutishga oz bo'lsa ham yordam beradi. Chunki siz nimani topishingizni bilmasdan gapni o'qishingizdan foyda yo'q. Tasavvur qiling, bir xonaga kirdingiz, xonada turli-tuman buyumlar uyulib yotibdi. U yerda sizga kerakli narsa ham bor, kerasizi ham. Lekin sizga nima kerakligini qayerdan bilasiz?! Buni bilish uchun o'sha xonaga kirishdan avval eshikka yopishtirilgan yo'riqnoma bilan tanishib chiqishingiz kerak. Savoldan avval berilishini o'qish xuddi shu holatga o'xshaydi.
2-bosqich:
Test savollarida ko'pincha bir emas, bir nechta grammatik obyektga e'tibor qaratishimiz so'raladi. Masalan, "ot + sifat qolipidan yasalgan qo‘shma otdagi undosh tovushlarni birlashtiruvchi belgi qaysi qatorda to‘g‘ri ko'rsatilgan?"
Ushbu savol namunasida ko'rib chiqamiz.
1. Qo'shma so'zlarni aniqlaymiz.
2. Ot + sifat tipidagi qo'shma otni topamiz.
3. Undosh tovushlarning birlashtiruvchi belgilarini aniqlaymiz.
Mana shu tartibda keyingi qadamingizni rejalashtirib olishingiz kerak. Tartibsiz tarzda test yechsangiz, birinchidan, etiboringiz so'ralayotgan birliklarlarda uzilib qoladi, ikkinchidan, ortiqcha vaqt sarflaysiz.
Yuqoridagi tavsiyalar biroz uzun, balki murakkabroq ko'ringandir, lekin shu usulda ozgina mashq qilgach sezasizki, test yechish unchalik ham qo'rqinchli emas.
ProEducation - ta'limning pro versiyasi!

👍29✍3❤🔥2⚡2👌1👀1
Morfemikada shakldoshlik
Shakldoshlik so'zlardan ko'ra qo'shimchalarda ko'proq muammo tug'diradi. Chunki o'qib-o'rganish davomida qo'shimchadan ko'ra so'zga e'tiborimiz ko'proq tortiladi va biz uning ma'nolarini to'liq bo'lmasa ham, yetarlicha bilib ulgurganmiz.
So'zlardagi shakldoshlik ularning atash ma'nosi bilan bog'liq bo'lsa, qo'shimchalardagi shakldoshlik ularning vazifasi bilan bog'liq:
- so'z yasovchi qo'shimcha va shakl yasovchi qo'shimcha o'zaro shakldoshlik hosil qilishi mumkin: kitob+im → kiy+im (birinchi so'zda egalik, ikkinchi so'zda ot yasovchi);
- so'z yasovchi va so'z yasovchi o'zaro shakldoshlik hosil qilishi mumkin: supur+gi → yoz+gi (birinchisi ot yasovchi, ikkinchisi sifat yasovchi);
- shakl yasovchilar ham o'zaro shakldoshlik hosil qilishi mumkin: bordi+m → aka+m (birinchisida shaxs-son, ikkinchisida egalik).
Hammasi tushunarli bo'lsa ham, mustaqil holda test yechayotganingizda baribir shu qo'shimchalar shakldoshligini topa olmayotgan bo'lsangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
- so'zga to'g'ri savol berib, uning so'z turkumini, qaysi ma'no turiga tegishli ekanligini aniqlab oling: chorvador - kim?, puldor - qanday?. Ikki so'zda ham bir xil qo'shimcha, to'g'ri savol berish orqali ularning birini ot, boshqasini esa sifat ekanligini aniqlab oldik;
- so'zni morfemik tarkibga to'g'ri ajrating. Bu qo'shimchaning turini topib olishingizga yordam beradi: boyimoq so'zini morfemik tarkibga ajratmaguncha uning tarkibidagi -i fe'l yasovchisini anglamay turaveramiz.
Ba'zi qo'shimchalarni esa alohida belgilar orqali ajratib olishimizga to'g'ri keladi. Ular haqida keyingi postda gaplashamiz...
#maqola
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
✈️ Telegram |📷 Instagram |🖤 You Tube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16⚡6❤🔥3👌1
❓Qaysi so'z ushbu ta'rifga mos keladi?
______ – qattiq uxlab qolmoq
______ – qattiq uxlab qolmoq
Anonymous Quiz
8%
dang' qotmoq
80%
dong qotmoq
12%
ikkovi ham
👍8🎉8👀3❤🔥2