ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Quyidagi gapda xatolikning qaysi turi uchraydi?
Qiz boshini ham qilib, bemorlar xalatida uning ortidan yurdi.
Anonymous Quiz
35%
Imloviy xatolik
52%
So'z qo'llash bilan bog'liq xatolik
8%
Ishoraviy xatolik
6%
Qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xatolik
❤‍🔥7🎉7👍6🤔4🌚4
Izoh:

Belgilangan imlo qoidalarining buzilishi imloviy xatolik hisoblanadi:
- bosh harflar imlosi;
- ajratib yozish;
- qo'shib yozish;
- chiziqcha bilan yozish;
- asos va qo'shimchalar imlosi;
- harflar imlosi;
- ko'chirish qoidalarining
buzilishi imloviy xatolikni keltirib chiqaradi.

Uslubiy xatolik haqida bu yerda batafsil yozganman 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu/18676
👍11❤‍🔥2👀1
Qaysi biri to'g'ri?
____ – o'ziga qaram kishilarni moddiy jihatdan ta'minlab turuvchi, ularga ne'mat beruvchi shaxs.
Anonymous Quiz
60%
Valine'mat
40%
Valiyne'mat
👍8🎉53❤‍🔥2
Etimologiya | Chuvrindi

Mahmud Koshg'ariy lug'atida chubra so'zi keltirilib, "eski kiyim" ma'nosini anglatishi aytilgan. Bu ot -a qo'shimchasi bilan yasalgan. Bu qo'shimchani ajratsak, chubr qismi qoladi, lekin o'zbek tilida (umuman turkiy tillarda) fe'l leksema oxirida ikki undosh qator kelmaydi; demak, bu so'z asli chubur shakliga ega bo'lgan (-a qo'shimchasi qo'shilgandan keyin ikkinchi bo'g'indagi tor unli talaffuz qilinmay qo'ygan: [chubur + a = chubura » chubra].

Ko'rinib turibdiki, o'zbek tilidagi chuvrindi so'zi asli qadimgi turkiy tildagi "uvada holga keltir" ma'nosini anglatgan chubur fe'lining "o'zlik" ma'nosini -(u)n qo'shimcha qo'shilgan shaklidan -di qo'shimcha bilan yasalgan; keyinchalik tovush o'zgarishi bilan chuvrindi shakliga kelgan: [ chubur + un » chuburun + di » chubrundi » chubrindi » chuvrindi ]

© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍17❤‍🔥4
Darsimiz boshlanishiga 1 soat vaqt qoldi!

Bugun 3 oylik kursimizning birinchi darsi bo'lib o'tadi.
Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi

Darsda qatnashish uchun havola 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.
👍25❤‍🔥2👏2👌1
Boshladik. Fayzimizni bersin!
👍70❤‍🔥10👏4🕊3🔥2
Live stream started
Live stream finished (57 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi


Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍32❤‍🔥6🏆3👀321
Fonetika | Unli va undosh tovushlar
ProEducation | O'zbek tili
🎙 Audiodars

Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍18❤‍🔥9
Bugungi mavzuning taqdimoti va ertangi mavzulashtirilgan test platformaga joylanadi.

Platformaga a'zo bo'lish uchun 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
👍6❤‍🔥3🎉1
Sinonimlar | Qalbaki

Qalbaki, soxta, yasama, sun'iy, yolg'ondakam, g'ayri tabiiy, botil. Haqiqiy emas.

Qalbaki, soxta kengroq tushunchaga ega va asosan adabiy uslubga xos. Oddiy so'zlashuvda kam qo'llanadi.
Yasama, yolg'ondakam so'zlari esa, aksincha, so'zlashuvda ko'p qo'llanadi.
Yasama, sun'iy, yolg'ondakam so'zlari asosan odamdagi xatti-harakatga nisbatan qo'llanadi.

Pul qarz olib, yeb ketish, qalbaki hujjatlar yasash, soddadil odamlarning uy-joylarini o'ziga qaratish singari harom ishlarning piri edi. (Oybek)
Elmurod: "Mening sevgan qizim borligini ayt, shunda mendan soviydi", – deydi. Yo'q! Bu – soxta metod. (Shuhrat)
Bo'ronbekning kesak rang yuzida soxta kulgi yiltiradi. (H. G'ulom)
Ko'zlaridagi kinoya, labidagi sun'iy iljayish bilan Yo'lchiga qo'l uchini berdi va bir zumda bog' ichida g'oyib bo'ldi. (Oybek)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍21👌3❤‍🔥2
Eslatma

Do'zax va jahannam so'zlari ko'chma ma'noda ma'nodosh bo'lsa ham, o'xshatish sifatida ikki xil ma'noda ishlatiladi.

Do'zaxday – juda issiq, azobga soladigan darajada qizish.
M: Tank ichi chindan ham do'zaxday qizib borardi. (O'. Hoshimov)

Jahannamday – qop-qorong'u, qo'rqinchli bo'lib, ko'rinish.
M: Narvon o'ramining bir tomoni jahannamday qop-qorong'u pastlik qa'riga tushirildi. (J. Abdullaxonov)

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👌9👍6❤‍🔥1
Qaysi biri to'g'ri?
____ – yolg'on-yashiq gaplarni o'ylab, to'wib chiqaruvchi, yolg'onchi.
Anonymous Quiz
65%
uydirmachi
35%
uydurmachi
🎉20😐10👍7❤‍🔥4
Kechagi videodarsning taqdimoti, videosi va audiosi platformaning barcha guruhlariga joylandi.

Bugun soat 20:00da esa mavzulashtirilgan 40talik test joylanadi.

Platformaga obuna bo'lish uchun 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
👍20❤‍🔥2🎉1
Bepul Kurs 3 oy.pdf
65.1 KB
Taqvim reja ushbu faylda 👆

O'tilgan barcha videodarslar hamda ularning sinovlari kanalimizning maxsus platformasiga joylanadi.

Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.

Sharti:
Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

ProEducation | O'zbek tili
ProEducation | Adabiyot
👍18❤‍🔥3👌2
Qaysi biri to'g'ri?
____ haqiqiy, tabiiy kabi ma'nolarni anglatadi.
Anonymous Quiz
27%
Asil
73%
Asl
👌12👍7❤‍🔥31🏆1
Bepul Kurs | 3 oy

Birinchi darsimizning vazifasi soat 20:00da platformaga joylanadi.

Topshiriqlar soni 32ta.
Savollar soni 100ta. Har bir savol uchun 1 ball beriladi.

Ushbu testning tahlili ertaga bo'lib o'tadi.

Platformaga obuna bo'lish 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
👍6❤‍🔥21
Bepul Kurs | 3 oy

Birinchi darsimizning vazifasi soat 20:00da platformaga joylanadi.


Topshiriqlar soni 32ta.
Savollar soni 100ta. Har bir savol uchun 1 ball beriladi.

Ushbu testning tahlili ertaga bo'lib o'tadi.


Testga kirish uchun ko'k yozuv ustiga bosing 👇
https://forms.gle/67wrdHYaUMmvskwZ7
https://forms.gle/67wrdHYaUMmvskwZ7
❤‍🔥5👍4👌2🏆2
Sizlardan bir narsani judayam qattiq iltimos qilmoqchiman.

Kanalda yozilgan narsani oʻqib, keyin birorta savol beringlar. Bu xuddi 1-sinf o'quvchisiga qo'shish amalini o'rgatsang-u, 2 ga 3ni qo'shsa, necha bo'ladi, deb so'ragandek bo'lyapti. Sizdan ham o'quvchingiz endi tushuntirgan mavzuyingizni yana qayta so'rasa, bir marta qayta tushuntirasiz, keyin yana so'rasa, asabiylashib so'kib berasiz.

Izohlarda bitta savol 20 marta beriladi. To'g'ri bir marta savol berdim-ku, deyishingiz mumkin. Lekin shuncha odamdan "platformaga qanday kiriladi" degan savol menga 30 kishi bir martadan yozsa, men oʻsha savolni 30 marta o'qiyman.

Men platforma haqida 2 marta videochat qildim, kunda kamida 3-4 marta tushuntiraman. Yuqorini o'qib keyin yozaylik.

Keyin yana bir masala. Biz bir jamoa bo'lib harakat qilayotgan ekanmiz, siz ham guruhda o'qigan savolingizga javob berishingiz mumkin. Sheriklaringizga yordam bering, bahamjihat ishlaylik.

Kanaldagi har bir obunachi alohida-alohida emas, birgalikda, bir oiladek bo'lishi menga ham, sizga ham foydali. Pozitiv kayfiyat uyg'onadi, shu kanal boshqachada kirsam, ko'nglim yorishadi, degan fikr uyg'onadi.

Biz hammamiz shu ilm izidan bir aravaga tushdik. Aravani yurgizish bizdan, dars o'tish, test berish – hammasini biz qilamiz, sizdan yagona yordam o'zaro hamjihatlikni yo'lga qo'yish.

Savol kelsa, ikkilanmay siz ham javob berib ko'ring. Bir-biringiz bilan ilm almashish, tajriba almashish maydoniga aylantirish shu kanalni.

Anchadan beri aytaman deb yurgandim. Shunga ko'payib ketdi, erinmay o'qib chiqsangiz, xursand bo'laman 😊
👍97👌541
Sizlar bilan ishlayotganimdan faxlanaman. Chindan. 🫡

Har doim har bir harakatimni qo'llab-quvvatlagansizlar. Hozir yozganlarimdan keyin izohlarni oʻqib ko'nglim juda yorishdi. (Ishdan och kelgandim, qornim ham to'yib qoldi 😁)

Nimayam deyman, oqibatimizga ko'z tegmasin, jigarlar 🫂
(Endi kanalga jigarlar, jigarlarim deb murojaat qilaman 😊)
👍86👌17❤‍🔥5