ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Sinonimlar | O'jar

O'jar, qaysar, qiyiq, tixir, battol, aks, sarkash, kajbahs, ters, goj. To'g'ri yo'l-yo'riqqa (maslahatga) ko'nmaydigan, o'zinikini to'g'ri deb turib oladigan, zid ish qilishga moyil.
Qiyiq, aks nisbatan kam qo'llanadi.
Battol so'zida belgi darajasi kuchli.
Kajbahs, sarkash so'zlari juda kam qoʻllanadi.

Saidolomxon qaysar bola, aytganini qilmasdan qo'ymaydi. (Oydin)
Bundan buyon ishni bizlar do'ndiramiz, Qaysarlarni so'zimizga ko'ndiramiz.
U qiyiq odam bo'lganidan, har qanday bo'lmasin, biror e'tiroz ustida o'ylardi.
(Oybek)
Sening rejang bilan sarkash daryolar, Irodamiz oldida egdi boshini. (G'ayratiy)
Darvesh hoji hech kimning fikri bilan kelisha olmaydigan o'jar, kajbahs edi. (Oybek)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍11❤‍🔥1
Qaysi biri to'g'ri?
Ma'nodosh o'xshatishlarni aniqlang.
Anonymous Quiz
30%
davangirday – danakday
70%
dokaday – devorday
🎉17❤‍🔥1👍1
Platformaning 4-guruhi ochildi. Havolalar jo'natishni boshlaymiz.

Qo'shilish uchun 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73

Skrishotlarni @pe_murojaat_bot ga yuboring.
👍5❤‍🔥1
Bot orqali 100 kishiga havola yubordik.
Shart bajargan, lekin qo'shilolmaganlar bo'lsa, skrinshotlaringizni @pe_murojaat_bot ga yuboring.
3👍3❤‍🔥1
Quyidagi gapda xatolikning qaysi turi uchraydi?
Qiz boshini ham qilib, bemorlar xalatida uning ortidan yurdi.
Anonymous Quiz
35%
Imloviy xatolik
52%
So'z qo'llash bilan bog'liq xatolik
8%
Ishoraviy xatolik
6%
Qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq xatolik
❤‍🔥7🎉7👍6🤔4🌚4
Izoh:

Belgilangan imlo qoidalarining buzilishi imloviy xatolik hisoblanadi:
- bosh harflar imlosi;
- ajratib yozish;
- qo'shib yozish;
- chiziqcha bilan yozish;
- asos va qo'shimchalar imlosi;
- harflar imlosi;
- ko'chirish qoidalarining
buzilishi imloviy xatolikni keltirib chiqaradi.

Uslubiy xatolik haqida bu yerda batafsil yozganman 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu/18676
👍11❤‍🔥2👀1
Qaysi biri to'g'ri?
____ – o'ziga qaram kishilarni moddiy jihatdan ta'minlab turuvchi, ularga ne'mat beruvchi shaxs.
Anonymous Quiz
60%
Valine'mat
40%
Valiyne'mat
👍8🎉53❤‍🔥2
Etimologiya | Chuvrindi

Mahmud Koshg'ariy lug'atida chubra so'zi keltirilib, "eski kiyim" ma'nosini anglatishi aytilgan. Bu ot -a qo'shimchasi bilan yasalgan. Bu qo'shimchani ajratsak, chubr qismi qoladi, lekin o'zbek tilida (umuman turkiy tillarda) fe'l leksema oxirida ikki undosh qator kelmaydi; demak, bu so'z asli chubur shakliga ega bo'lgan (-a qo'shimchasi qo'shilgandan keyin ikkinchi bo'g'indagi tor unli talaffuz qilinmay qo'ygan: [chubur + a = chubura » chubra].

Ko'rinib turibdiki, o'zbek tilidagi chuvrindi so'zi asli qadimgi turkiy tildagi "uvada holga keltir" ma'nosini anglatgan chubur fe'lining "o'zlik" ma'nosini -(u)n qo'shimcha qo'shilgan shaklidan -di qo'shimcha bilan yasalgan; keyinchalik tovush o'zgarishi bilan chuvrindi shakliga kelgan: [ chubur + un » chuburun + di » chubrundi » chubrindi » chuvrindi ]

© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍17❤‍🔥4
Darsimiz boshlanishiga 1 soat vaqt qoldi!

Bugun 3 oylik kursimizning birinchi darsi bo'lib o'tadi.
Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi

Darsda qatnashish uchun havola 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.
👍25❤‍🔥2👏2👌1
Boshladik. Fayzimizni bersin!
👍70❤‍🔥10👏4🕊3🔥2
Live stream started
Live stream finished (57 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Videodars

Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi


Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍32❤‍🔥6🏆3👀321
Fonetika | Unli va undosh tovushlar
ProEducation | O'zbek tili
🎙 Audiodars

Mavzu: Fonetika | Unli va undosh tovushlar tasnifi

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍18❤‍🔥9
Bugungi mavzuning taqdimoti va ertangi mavzulashtirilgan test platformaga joylanadi.

Platformaga a'zo bo'lish uchun 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
👍6❤‍🔥3🎉1
Sinonimlar | Qalbaki

Qalbaki, soxta, yasama, sun'iy, yolg'ondakam, g'ayri tabiiy, botil. Haqiqiy emas.

Qalbaki, soxta kengroq tushunchaga ega va asosan adabiy uslubga xos. Oddiy so'zlashuvda kam qo'llanadi.
Yasama, yolg'ondakam so'zlari esa, aksincha, so'zlashuvda ko'p qo'llanadi.
Yasama, sun'iy, yolg'ondakam so'zlari asosan odamdagi xatti-harakatga nisbatan qo'llanadi.

Pul qarz olib, yeb ketish, qalbaki hujjatlar yasash, soddadil odamlarning uy-joylarini o'ziga qaratish singari harom ishlarning piri edi. (Oybek)
Elmurod: "Mening sevgan qizim borligini ayt, shunda mendan soviydi", – deydi. Yo'q! Bu – soxta metod. (Shuhrat)
Bo'ronbekning kesak rang yuzida soxta kulgi yiltiradi. (H. G'ulom)
Ko'zlaridagi kinoya, labidagi sun'iy iljayish bilan Yo'lchiga qo'l uchini berdi va bir zumda bog' ichida g'oyib bo'ldi. (Oybek)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍21👌3❤‍🔥2
Eslatma

Do'zax va jahannam so'zlari ko'chma ma'noda ma'nodosh bo'lsa ham, o'xshatish sifatida ikki xil ma'noda ishlatiladi.

Do'zaxday – juda issiq, azobga soladigan darajada qizish.
M: Tank ichi chindan ham do'zaxday qizib borardi. (O'. Hoshimov)

Jahannamday – qop-qorong'u, qo'rqinchli bo'lib, ko'rinish.
M: Narvon o'ramining bir tomoni jahannamday qop-qorong'u pastlik qa'riga tushirildi. (J. Abdullaxonov)

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👌9👍6❤‍🔥1
Qaysi biri to'g'ri?
____ – yolg'on-yashiq gaplarni o'ylab, to'wib chiqaruvchi, yolg'onchi.
Anonymous Quiz
65%
uydirmachi
35%
uydurmachi
🎉20😐10👍7❤‍🔥4
Kechagi videodarsning taqdimoti, videosi va audiosi platformaning barcha guruhlariga joylandi.

Bugun soat 20:00da esa mavzulashtirilgan 40talik test joylanadi.

Platformaga obuna bo'lish uchun 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
https://t.iss.one/proeducation_bepul/73
👍20❤‍🔥2🎉1
Bepul Kurs 3 oy.pdf
65.1 KB
Taqvim reja ushbu faylda 👆

O'tilgan barcha videodarslar hamda ularning sinovlari kanalimizning maxsus platformasiga joylanadi.

Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.

Sharti:
Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

ProEducation | O'zbek tili
ProEducation | Adabiyot
👍18❤‍🔥3👌2
Qaysi biri to'g'ri?
____ haqiqiy, tabiiy kabi ma'nolarni anglatadi.
Anonymous Quiz
27%
Asil
73%
Asl
👌12👍7❤‍🔥31🏆1