ProEducation | O'zbek tili
4.64K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Hurmatli ustozlar!
Sizlarni yangi 2023-2024 o‘quv yili bilan tabriklaymiz, mashaqqatli, shu bilan birga sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ushbu yilda ham sizlar bilan hamkorligimiz davom etadi. 
Biz hamisha sizlar uchun mehnat qilamiz!

Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing.👇

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
👍17❤‍🔥1🔥1
Live stream scheduled for
Qaysi biri to'g'ri?
___ iborasi kelib qolar degan umidda kutish ma'nosini bildiradi.
Anonymous Quiz
76%
ko'z tikmoq
24%
ko'z tutmoq
🎉10👀6👍4❤‍🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri?
___ iborasi kelib qolar degan umidda kutish ma'nosini bildiradi.
Izoh:

Ko'z tikmoq
– tikilib qaramoq.
Variantlari: ko'zini tikmoq.
M: Gavhar bu odamlarga ko'z tikib borardi. Ana u kassaning oldida turgan kim? (P. Qodirov)

Ko'z tutmoq – kelib qolar degan umidda kutmoq.
Varianti: yo'liga ko'z tutmoq.
M: Sevgani Biryulindan judo bo'lgan Vera faqat otasiga ko'z tutadigan bo'ldi, otadan esa xabar bo'lmasdi. (Sh. Toshmatov)

© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍22❤‍🔥3🌚2👀1
Nega shunday deymiz

Maqol: Amir bo'lsa tamagir, na tovuq qolar, na kulonkir
.
Kulonkir – xo'rozning katta jussali bir turi, uni "babaq xo'roz" ham deydilar. "Amir agar tamagir, olg'ich, yulg'ich bo'lsa, uning yasovullari fuqarolarning na tovug'ini qo'yadi, na xo'rozini" demoqchi.

Variant: Ko'p bersang, ozarlar, kam bersang, osarlar; Borma xonga, o'zi kelar molga, borma boyga, o'zi kelar uyga.
Soliq ostida qolib, xonavayron bo'lgan xalq maqollar vositasi bilan ish beruvchilardan, soliq yig'uvchilardan shafqat tilagan, ularni adolatga chaqirgam: Bir qo'ydan ikki teri shilinmas; Ho'kizning terisi ikki qavat bo'lmaydi.

Sh. Shomaqsudov; Sh. Shorahmedov

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍10❤‍🔥2
Hisobot:

Kanal obunachilarining taklifini inobatga olgan holda "yo'l harakatini" bosqichma-bosqich o'zgartirib bormoqdaman.

Bir vaqtning o'zida ham attestatsiya test sinovlari va milliy test tizimi uchun birdek foydali bo'ladigan ma'lumotlarni ulashib borishgan harakat qilmoqdaman.

Milliy sertifikat olish uchun bo'lib o'tadigan test sinovlarida asosan tilning leksik xususiyatlariga e'tibor qaratiladi, attestatsiya sinovlari esa grammatika urg'u berishi ma'lum.

Shuning uchun yozma ma'lumotlar orqali tilning leksik jihatiga "zarba berish" o'rgatilmoqda.

Nasib qilsa, 6-sentabrdan boshlanadigan darslarimiz ikkala test sinovlari uchun ham foydali bo'ladigan grammatika qismiga qaratiladi.
👍27❤‍🔥2
Bugun soat 21:00da platformaga viktorina testi joylanadi!
❤‍🔥5🏆4
Live stream started
Live stream finished (35 minutes)
Bot sizga avtomat xabar yubormaydi. Biroz kutishingizga to'g'ri keladi. Biz hammaga xabar yuboramiz.
👍17👌6❤‍🔥1
Skrinshotlarni @pe_murojaat_bot ga yuboring.
❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Platforma haqida
❤‍🔥2
Platforma haqida
ProEducation | O'zbek tili
❤‍🔥2👍1
Qaysi biri to'g'ri?
___ tez-tez qaytarish, bot-bot takrorlash, yod aytish ma'nolarida qo'llanadi.
Anonymous Quiz
50%
yeldek
50%
duodek
👍16🤔6❤‍🔥2🎉2
Biz hali bormiz
Sherali Jo'rayev
Sherali – fors va arab tillaridan olingan, shia musulmonlari xalif Alining jasurligi uchun "Alloh sheri" deb yuritishgan yoki sherdek jasur, dovyurak o'g'ilni Ali o'z panohida asrasin kabi ma'nolarni bildiradi.

© Ernst Begmatov | O'zbek ismlari ma'nosi

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥5👍2
Sinonimlar | Yaralmoq

Yaralmoq, paydo bo'lmoq, bino bo'lmoq, bunyod bo'lmoq, tug'ilmoq. Yuzaga kelmoq, vujudga kelmoq.

Yaralmoq keng tushunchaga ega, u odam va boshqa narsalarga nisbatan qo'llanaveradi.
Paydo bo'lmoq, bino bo'lmoq, bunyod bo'lmoq asosan narsalarga nisbatan qo'llanadi, lekin juda kam qo'llanadi.
Tug'ilmoq asosan odam va boshqa jonli narsalarga nisbatan, adabiy nutqda esa mavhum narsalarga nisbatan qo'llanadi.

Suhbat qurar edik qo'shiqdan, sozdan, Yaralajak yaxshi doston haqida. (Mirtemir)
Gulgun hayotimiz gultoji sizlar, Sizlardan yaralgan hayotning o'zi. (To'lqin)
Odamzod shundayki, bor narsa asta-sekin yo'qolsa ham, payqamaydi, lekin yo'q narsa asta-sekin paydo bo'lsa, payqaydi. (A. Qahhor)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5❤‍🔥21
Qaysi biri to'g'ri?
___ – bu so'z biror narsa yoki g'oyaga behad berilish, ko'r-ko'rona ergashish ma'nolarini bildiradi.
Anonymous Quiz
66%
Taassuf
34%
Taassub
🎉16❤‍🔥10👍3🏆31
Tic Tac

1 kun qoldi ...
👍127🎉3
Matn tahlili, lug'at boyligi ustida ishlash va adabiyot nazariyasi.

Ertadan boshlanadigan bepul kursimiz haftaning toq kunlariga to'g'ri kelmoqda. Nasib qilsa, kelayotgan haftadan boshlab yuqoridagi ko'nikmalar bo'yicha haftaning juft kunlarida darslarni yo'lga qo'yamiz.

Taqvim rejasi bugun kechga e'lon qilinadi.
👍29❤‍🔥1
Qaysi biri to'g'ri?
Asar hamda asorat so'zlari qaysi jihatdan ma'nodosh bo'la oladi?
Anonymous Quiz
74%
Bo'lib o'tganning qoldig'i, izi
26%
Estetik, aqliy ijod mahsuli
👍7🎉4❤‍🔥1👀1
Skrinshotlaringizni @pe_murojaat_bot ga yuboring.

Bot avtomat javob bermaydi, havolani olishingiz uchun biroz kutishingizga to'g'ri keladi.