ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Biror ish-harakatga monelik ko'rsatmoq – ...
Anonymous Quiz
49%
halaqit bermoq
51%
xalaqit bermoq
👌7
Ona tili (Asosiy blok) .pdf
104.6 KB
💼 Ona tili

📗 Asosiy fan
(javobsiz)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍3
ProEducation | O'zbek tili
Bepul Kurs 3 oy.pdf
Tafsilot:

"Bepul Kurs | 3 oy"

Kurs davomida sizlarga bergan bilimimizni qanday o'zlashtirayotganingizni ham nazorat qilishni maqsad qilganmiz.
Lekin katta auditoriya bilan buning ilojini qilish biroz murakkabroq. Shuning uchun Berilgan vazifalarni tekshirish davomida har bir dars uchun ko'ngilli 15 kishi qatnashishi va o'z bilimini biz bilan mustahkamlashi mumkin.

Bu qanday bo'lib o'tadi?
Jadvalni ko'zdan kechirgan bo'lsangiz, ko'rgandirsiz: har bir mavzu alohida takrorlash qismiga ega. Mana shu takrorlash darslarida test va turli topshiriqlar bajarish orqali o'z ustingizda ishlaysiz. Lekin ko'pchilik pullik kurslarni afzal ko'rishining sababi bo'lgan o'z-o'zini nazorat qila olmaslik bepul kursimizdan 100% lik natija olmasligingizga olib kelishi mumkin. Buni oldini olish uchun biz sizga imkoniyat beramiz.

Agar siz rostan ham kursda qatnashib, natijaga erishmoqchi bo'lsangiz, hozirdan o'zingizni o'zingiz dasturlashni boshlang: kanal tomonidan berilgan har qanday topshiriqni o'z vaqtida bajarishga.

Bir hafta. Roppa-rosa bir haftadan so'ng kursimizni boshlaymiz.

Bir narsani yodda tuting: o'z ustida mustaqil ishlashni o'zingizda shakllantira olsangiz, sizning tepangizda hech kim turib, buni o'rgan, buni o'qi, deyishiga hojat qolmaydi.
👍32🔥2
Asosiy profilimga ham spam bervoribsizlar, azizlar. Endi kurs admini ham, men ham yangi akkauntlarga yozish uchun ikki taqiqqa tushdik.

Endi bunday qilamiz.
Kim shartni bajargan-u, platforma uchun taklif havolasini olmagan bo'lsa,
@kursadminn profiliga "Menga taklif havolasi berilmadi" deb yozing va olgan suratlaringizni yuboring.
👍2
Ona tili (Asosiy blok) javobli .pdf
105.1 KB
💼 Ona tili

📗 Asosiy fan
(javobli)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Platforma haqida videodars

Platforma yuzasidan barcha savollarga javob berildi.
Qanday a'zo bo'lish?
Platformaning ahamiyati va undan qanday foydalanish haqida kerakli tavsiyalar jamlangan dars.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Platformaga kirish boʻyicha qisqa video-yo'riqnoma.
👍5👌2❤‍🔥1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Beixtiyor, o'z-o'zidan – ...
Anonymous Quiz
66%
Hud-behud
34%
Xud-bexud
🤔7👀32👍2
Izoh | Qayish

Pardozlanmagan, yaxshi ishlov berilmagan xom charm; past navli charm.
Oq qayishdan kamar, so'liga qilich osilib, o'ng tomoniga topponcha qistirilgan, har qatorda to'rttadan otliq kelmoqda edi. (A. Qodiriy)
Davidboy boy uzun qayish qamchisini havoga ko'tarib, jilovni bo'shatib, otlar oldinga intilib, taraq-turuq bilan yo'rtib ketdi. (Sh. Toshmatov)

Turli maqsadlar uchun ishlatiladigan uzun charm tasma (kamar, tirqish, bog'ich va sh.k).
O'ktam etigini askarcha qunt bilan tozalab, qayishni bo'shatib, ko'rpachaga o'tirdi. (Oybek)

"O'zbek tilining izohli lugʻati"dan

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍9🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Bepul Kurs 3 oy.pdf
Shartni bajargan barchaga taklif havolalari yuborildi.
🤷‍♀1👀1
Bepul Kurs 3 oy.pdf
65.1 KB
🎉🎉🎉

Marhamat!
"Bepul Kurs | 3 oy" ning to'liq jadvali.

Darslar 6-sentabdan boshlanadi.
Har bir mavzu ushbu telegram kanalimizda bo'lib o'tadi.
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

Har bir darsdan so'ng mustahkamlash darslari: test tahlillari, topshiriqlar bilan ishlash. Hafta oxirida esa viktorinalar.

Kuttirganidan a'lo darslar boshlanish arafasida!
https://t.iss.one/rustamov_edu
https://t.iss.one/rustamov_edu

O'tilgan barcha videodarslar hamda ularning sinovlari kanalimizning maxsus platformasiga joylanadi.

Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.

Sharti:
Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruhga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib, @PE_murojaat_bot ga yuboring.

ProEducation | O'zbek tili
ProEducation | Adabiyot
👍10
Noqulaylik uchun yana bir bor uzr so'raymiz. Biz sizga aloqaga chiqishimiz davomida bir, ikki kishi tushunmay admin profillarimizga spam berib qo'yishyapti.
Kecha bir obunachimiz yaxshi maslahat berishdi: bot yaratish.

Mana hozir kanalning aloqa botini ishga tushirdik. Shartni bajargan, lekin taklif havolasini olmaganlar
@PE_murojaat_bot ga olgan rasmlaringiz yuborishingiz mumkin.

Bu sizni uyoqdan buyoqqa yugurtirish emas, bundan darg'azab bo'lib, bizga nisbatan noto'g'ri gumonda bo'lmang. Maqsadimiz fanga oz bo'lsa ham hissamizni qo'shish, bu yo'lda sizga ham, bizga ham sabr so'rab qolamiz.
😊
👍11👌1
Platformaga oxirgi joylangan testimizda 24 kishi ishtirok etib, o'zini sinab ko'rdi. Menimcha, qolganlar bundan bexabar qolishgan yoki qanday ishlashni tushunishmagan.

Platformani batafsil tushuntirish uchun 4- va 5-sentabr kunlari videodars tashkil etib, kurs boshlanguniga qadar barchaga tushuntirib bermoqchiman.

Nasib bo'lsa:
• 4-sentabr – 21:00da;
• 5-sentabr – 21:30da bo'lib o'tadi.

Bundan keyin esa 6-sentabrdan boshlab, bepul kurslarimizni ulab yuboramiz.

Bunga qadar ikkita: biri yetti kunlik, ikkinchisi o'n kunlik bo'lgan bepul marafonlarni ham muvaffaqiyatli yakunlaganmiz. Jonli darslar boshlanguniga qadar shulardan bahramand bo'lib turing 👇

Birinchi Marafon (7 kunlik)

Ikkinchi marafon (10 kunik)
👍9
Sinonimlar | Rost

Rost, to'g'ri, chin, haq, haqqoniy, ochiq.
Yolg'on-yashig'i yo'q, haqiqatga mos.
Rost, to'g'ri boshqalariga nisbatan keng qo'llanadi.
Haqqoniy ko'proq kitobiy uslubga xos.
Haq, ochiq so'zlari deyarli hamma vaqt gap so'zi bilan qo'llanadi.
Bolani ishga buyur, ketidan o'zing yugur, deganlari rost ekan. (Mushtum)
"Kucher ahli ham har xil xizmatkor ahli kabi tiriklikda uyquga qonadimi, uka?!" – "So'zingiz to'g'ri!" (Oybek)
Kishi yolg'onchilikda bo'lsa mashhur, So'zin yolg'on degay el, bo'lsa ham chin. (Habibiy)
"Boldan ham bola shirin" degan gap bor. Haq gap bu (Mushtum)
Matbuotda xalq hayoti va qishloq ahvoliga doir haqqoniy bir so'z ham yo'q. (Oybek)
Men sizga ochig'ini aytaymi? (P. Tursun)

© Azim Hojiyev | O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥5👍1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Qadamlariga ...
Anonymous Quiz
22%
hasonot
78%
hasanot
🎉11👍3🏆2👀21
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Ostonadan ...
Anonymous Quiz
43%
xatlamoq
57%
hatlamoq
👍10🎉6
31-avgust – Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni

Stalin qatag'on mashinasining birinchi to'lqini yurtimizda ma'rifatga intilayotgan, xalqimizni dunyo ilmlari bilan tanishtirishga harakat qilayotgan ko'plab jadidlarga ham shafqat qilmadi. Jadidchilik harakatining yoyilishiga o'z hissasining qo'shgan xalqimiz ma'rifatparvalarining ruhi shod bo'lsin.

Quyida jadidlarimiz tomonidan xalqni ilmli qilishga qanchalik jon kuydirganlarini ko'rsatib beruvchi maqolalar berilgan.

Ishoqxon Ibrat | Millatni kim isloh etar?

Abdulla Avloniy | Kim nimani yaxshi ko'rar?
👍6❤‍🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Bepul Kurs 3 oy.pdf
Bu jadval e'lon qilingach, adabiyot darslari bo'lmaydimi, jadvalda yo'q ekan, deb yozishdi.

Bo'ladi. Bu ona tili grammatikasi bo'yicha taqvim reja, adabiyot va yozma savodxonlik bo'yicha darslarni adabiyot kanalimizda o'tkazishni reja qilganmiz. Uning taqvim rejasini ham tez kunda e'lon qilamiz.


https://t.iss.one/adabiyot_edu
https://t.iss.one/adabiyot_edu
https://t.iss.one/adabiyot_edu
👍9
"Ham" haqida

Ham morfologik jihatdan yuklama hisoblanadi. So'zlarga qo'shilib, ularga qo'shimcha ma'no yuklash vazifasini bajaradi.

U bilan bog'liq ba'zi holatlar mavjudki, bizni chalkashtirishi mumkin. Hozir shularni ko'rib chiqamiz:
• ham biriktiruv bog'lovchilari bilan almashinib qo'llana olsa, u vazifadosh bog'lovchi hisoblanadi: Kichik ham katta birdek ishlashar edi.
• takror qo'llanib, o'zi qo'shilayotgan so'zlar oldidan qo'llansa, ayiruv bog'lovchisi hisoblanadi: Ham akam, ham opa universitet talabasi bo'lishdi.
• takror qo'llanib, o'zi qo'shilayotgan so'zdan keyin qo'llansa, uyushiq bo'laklarga qo'shimcha ma'no yuklayotgan yuklama hisoblanadi: Akam ham, opam ham universitet talabasi bo'lishdi.

Qolganlarga ham manfaatli bo'lishi uchun maqolani tarqatishga yordam bering.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍23👏1👌1
Shaxsiy qiziqishlarim orasida etimologiya alohida o'rin egallab bormoqda. O'zbek tili etimologik lug'atini o'qish davomida kelib chiqishi o'zimga ham qiziq tuyilganlarini kanalda siz bilan ulashib bormoqdaman.

Bugun esa ismlarning ma'nosi va kelib chiqishi haqidagi Ernst Begmatovning "O'zbek ismlar maʼnosi" kitobini boshladim.

Boshlashim bilan birinchi ko'zim tushgan ism Abay bo'ldi. Ha o'sha. Qozoq mutafakkiri Abay.

Ism asli o'zbekcha bo'lib, "hushyor, ehtiyotkor yoki himoya, muhofaza qilingan" kabi ma'nolarni anglatar ekan.

O'zbekning ismi qozoqqa, qozoqning ismi o'zbekka qo'yilishi odatiy hol bo'lgan, chunki ular o'zini o'zbek yoki qozoq deb emas, yaxlit turkiyman deb atashgan. Bir osmon ostida yashab kelishgan, to ruslar propogandasi kirib kelguniga qadar.

Milliy chegaralanish o'tkazilib, Markaziy Osiyo hududi bo'lib tashlangach boshlandi, bu o'zbekniki, bu qozoqniki, bu qirg'izniki.

Meni nazarimda, Markaziy Osiyo olimlari vaqtini mahalliylashtirishga ketkazgandan ko'ra ilm fan integratsiyalari haqida fikr yuritishsa, yaxshi bo'lar edi. Yolg'iz otning changi chiqmas deganlaridek, o'sha Milliy chegaralanishga kelasi yil 1 asr to'ladi, ammo haligacha dunyoga dong'i ketgan olim chiqmadi.


*shaxsiy fikrlarim bilan oʻrtoqlashdim
👍321
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Platformaga kirish boʻyicha qisqa video-yo'riqnoma.
👍8