ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Sinonimlar | Xonasi

Xonasi, o'rni, vaqti, payti, fursati, kezi. Bajarilish, amalga oshirish uchun qulay (maqbul) vaqt.
"Endi borib Olaxo'jadan o'ch oladigan xonasi keldi, aka", – dedi Davlatyor va unga qishloqda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida, kolxoz haqida hikoya qildi. (P. Tursun)
Kelinglar, hazilning vaqti bor. Chorshanbaning maslahatini to'g'rilanglar. Hammadan bu farz ham qarz. (Cho'lpon)
"Ha, kolxozchilarga bilimdon buxgalterlardan to lochin lyotchikkacha kadr tayyorlash payti keldi", – dedi O'ktam. (Oybek)
Hozir inodning (o'jarlikning) o'rni emasligini harchand uqtirmoqchi bo'ldim, ko'nmadi. (A. Qodiriy)

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍8🕊1
Uslubiy xatoliklar

Nutqning sifatini buzuvchi omillar: so'zlarni noto'g'ri qo'llash, ularni noo'rin takrorlash, qo'shimlardan noto'g'ri foydalanish natijasida uslubiy xatoliklar yuzaga keladi. Bu shunday jarayonki, bunda hattoki ohangga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki yanglish tushunishga olib keladigan ohang ham uslubiy jihatdan xatolik hisoblanadi.

Quyida hollarda uslubiy xatoliklar yuzaga keladi:
• sinonimlarni yanglish qo'llash natijasida: Onasini mehrli basharasi (yuzi, chehrasi) dan nur yog'ilib turganini sezardi;
• paronim so'zlarni noto'g'ri qo'llash natijasida: Kecha kitobning o'ninchi bop (bob)ini tugatdim;
• olmoshlardan o'rinli foydalana olmaslik natijasida: Akram kecha shahardan qaytdi. Akram qishloqqa kelgach, do'stlari bilan diydorlashdi. (ikkinchi gapda Akram so'zi o'rniga u olmoshi ishlatilishi kerak);
• qo'shimchalarni yanglish qo'llash natijasida: akamni kitobi emas akamning kitobi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍8🕊2
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 20-savol Po‘latjon juda erta, hammadan oldin uyg‘ondi. Ostiga chizilgan birlikni sintaktik tahlil qiling. Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ona tili
20-savol javobi

Ostiga chizilgan birlik ajratilgan hol hisoblanadi. Ajratilgan bo'laklar gap mazmuniga qo'shimcha ma'lumot qo'shadi. Uni ajratib olish uchun
"ya'ni" so'zidan foydalanish mumkin.

Namuna:
Po'latjon juda erta, ya'ni hammadan oldin uyg'ondi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5🕊2❤‍🔥1
Hamma nopok, hamma egri, [yolg‘iz] siz to‘g‘ri. (O. Yoqubov) Ajratib ko'rsatilgan so'zning turkumini aniqlang.
Anonymous Quiz
34%
Sifat
21%
Ravish
36%
Yuklama
8%
Ko'makchi
👍5🎉3🌚21🕊1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
So'zlovchining taxminiy o'y-mulohazasini bildiradi – ...
Anonymous Quiz
24%
xoynahoy
46%
hoynahoy
22%
hoynaxoy
8%
xoynaxoy
👍5🕊1
Ona tili
21-savol

Rostini aytsam, unda-bunda uchrashib turamiz.
Gapdagi ostiga chizilgan sintaktik vazifasini aniqlang.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🕊4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️

Videodars
Bugun
Soat 21:00da
Mavzu:
Ajratilgan boʻlaklar. Kiritma gaplar.

Dars maqsadi:
Ajratilgan bo'lak hamda kiritma gaplarning nutqdagi ahamiyatini ko'rsatib berish, ularning grammatik xususiyatlari bilan tanishib, tahlilda ularni ajratib olishning oson yo'llarini o'rgatish.

Darsimiz ikki qismdan tashkil topadi va har bir qism 20 daqiqadan iborat bo'ladi. Har bir to'xtalish vaqtida
mavzuga doir 10tadan testni birga tahlil qilamiz.

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

ProEducation
ProEducation
6👍3🕊1
Darsimiz boshlanishiga 10 daqiqa qoldi. Tayyormizmi?
2
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin.
👌11👍73🎉2
👍15
Live stream finished (1 hour)
Ajratilgan bo'lak | Test tahlili
ProEducation | O'zbek tili
⚡️ Test tahlili

Mavzu: Ajratilgan bo'lak

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👏2👍1
Kiritma gaplar | ProEducation
ProEducation | O'zbek tili
⚡️ Test tahlili

Mavzu: Kiritma

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2
Savob talabidagilar uchun:

Barchaga ma'lum, hukumat tashabbusi bilan xalqimiz orasidagi kamchilaklarni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlashning yangi usuli – "Open Budget" (Tashabbusli byudjet) tashkil etilgan.

Albatta, xalqimiz uchun bu juda katta yengillik berdi. Va o'z navbatida biroz qiyinchilik ham tug'dirdi. Qiyinchiligi shundaki, byudjetdan ajratilgan pullarni yutib olish uchun ovoz to'plash jarayonidir.

Bugun xabar berishdi, mahallamizdagi maktabgacha ta'lim muassasi ham kelajagimiz quruvchilariga qulay sharoitlar yaratib berish maqsadida ushbu jarayonda qatnashayotgan ekanlar. Yaxshi gumonda bo'lib, savob talabida siz ham ovoz berib, o'z hissangizni qo'shishingizni so'rab yozmoqdaman.

Nasib qilsa, sizning kichik ko'magingiz bilan ushbu bog'cha ta'mirdan chiqsa, yurtimiz ravnaqi uchun o'z hissasini qo'shgan har bir yigit-qizdan savob sizga yetib boradi.

Muassasa: 54-sonli DMTT
Farg'ona viloyati, Qirguli mavzesi, So'lim ko'chasi
Bog'chaning asosiy binosini ta'mirlash uchun.

Ovoz berish uchun 👇
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/5dda5c48-b042-4c9d-81d1-537e88f2171a
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/5dda5c48-b042-4c9d-81d1-537e88f2171a
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/5dda5c48-b042-4c9d-81d1-537e88f2171a
👍6
Kanalning hech qanday pullik kursi yo'q, attestatsiya uchun ham, milliy sertifikat uchun ham. Nasib bo'lsa, 6-sentabrdan boshlanadigan "Bepul Kurs | 3 oy" kursida katta auditoriyaga uzliksiz, qat'iy tartibda bepul darslar boshlanadi.

Bor kuch va shijoatingizni o'sha kunga saqlab qo'ying.
👍15🔥10
Yozma savodxonlik va mumtoz adabiyot darslari ushbu kanalda bo'lib o'tadi 👇

https://t.iss.one/adabiyot_edu
https://t.iss.one/adabiyot_edu
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Videodars

Mavzu: Ajratilgan bo'lak

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👏6👍5