ProEducation | O'zbek tili
4.68K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Hol test | ProEducation
ProEducation | O'zbek tili
⚡️ Test tahlili

Mavzu: Hol

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
5
Shartni bajargan barchaga platforma uchun taklif havolalari yuborildi. Kimdir bilmasdan spam berib qo'ygani uchun sizlarga aloqaga chiqishda biroz kechikdik. Shuning uchun havolalar bugun tarqatildi.

Platformaning ahamiyati va unda foydalanish haqida bugun videochat tashkil etiladi.

Soat 20:00da.
Ushbu kanalda👇


https://t.iss.one/proeducation_bepul?livestream
https://t.iss.one/proeducation_bepul?livestream
https://t.iss.one/proeducation_bepul?livestream
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Platforma haqida videodars

Platforma yuzasidan barcha savollarga javob berildi.
Qanday a'zo bo'lish?
Platformaning ahamiyati va undan qanday foydalanish haqida kerakli tavsiyalar jamlangan dars.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5
Platforma haqida
Bepul kurs | ProEducation
Platforma haqida videodars

Platforma yuzasidan barcha savollarga javob berildi.
Qanday a'zo bo'lish?
Platformaning ahamiyati va undan qanday foydalanish haqida kerakli tavsiyalar jamlangan dars.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4🕊1
Platformaga obuna boʻlish bepul.
Quyidagi shartni bajarish orqali a'zo bo'lishingiz mumkin.

Shart bu yerda 👇

https://t.iss.one/proeducation_bepul/46
https://t.iss.one/proeducation_bepul/46
https://t.iss.one/proeducation_bepul/46
3🏆1
ProEducation | O'zbek tili
Kanalni turli bosh og'riqlardan holi tutishga harakat qilaman. Mandat javoblari, dars bo'lish muammosi, maktabdagi turli kamchiliklar – hammasi, ijtimoiy muammolarni iloji boricha kanaldan uzoq tutishga harakat qilaman. Sababi esa oddiy: hamma o'z ishi bilan…
Bu yerda yozganimdek, kanalga har xil bo'lmag'ur fikrlar oqimini yo'latmaslikka, sizlarning ilm olishingiz uchun eng qulay sharoitni kanal orqali yaratishga harakat qilaman.

Lekin oxirgi paytlar platforma haqidagi xabarlar soni ortib ketdi. Balki ko'nglingizga ham teggandir. Ammo buning ortida katta baza shakllanishini o'ylasangiz ancha tinchlanasiz. Platforma kanaldagi barcha-barcha bilimning raqamli izi hisoblanadi. O'tilgan barcha darslar, o'tkazilgan jamiyki testlarni o'sha yerdan topishingiz mumkin. Ya'ni qachondir siz biror mavzuda oqsash sezsangiz, kanal platformasiga kirib, tegishli mavzuni video yoki audio shaklda ko'rib o'zlashtirasiz va mavzulashtirilgan test orqali bilimingizni mustahkamlab olishingiz mumkin bo'ladi. Bu judayam ajoyib. Mana shuning uchun men jon kuydirib yuribman.

Sizga har doim yaxshisini ilinganman. Shuning bu holatga biroz ko'z yumib, bizni qo'llab-quvvatlashga va bu xayrli ishni kengroq yoyilishiga siz ham o'z hissangizni qo'shing.
👍25🕊1
Live stream scheduled for
⚡️⚡️⚡️

Videodars
Bugun
Soat 21:00da
Mavzu:
Ajratilgan boʻlaklar. Kiritma gaplar.

Dars maqsadi:
Ajratilgan bo'lak hamda kiritma gaplarning nutqdagi ahamiyatini ko'rsatib berish, ularning grammatik xususiyatlari bilan tanishib, tahlilda ularni ajratib olishning oson yo'llarini o'rgatish.

Darsimiz ikki qismdan tashkil topadi va har bir qism 20 daqiqadan iborat bo'ladi. Har bir to'xtalish vaqtida
mavzuga doir 10tadan testni birga tahlil qilamiz.

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

ProEducation
ProEducation
👍11🤩2🕊1🏆1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
88%
tafovut
12%
tafavut
4🕊2👍1
Sinonimlar | Xonasi

Xonasi, o'rni, vaqti, payti, fursati, kezi. Bajarilish, amalga oshirish uchun qulay (maqbul) vaqt.
"Endi borib Olaxo'jadan o'ch oladigan xonasi keldi, aka", – dedi Davlatyor va unga qishloqda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida, kolxoz haqida hikoya qildi. (P. Tursun)
Kelinglar, hazilning vaqti bor. Chorshanbaning maslahatini to'g'rilanglar. Hammadan bu farz ham qarz. (Cho'lpon)
"Ha, kolxozchilarga bilimdon buxgalterlardan to lochin lyotchikkacha kadr tayyorlash payti keldi", – dedi O'ktam. (Oybek)
Hozir inodning (o'jarlikning) o'rni emasligini harchand uqtirmoqchi bo'ldim, ko'nmadi. (A. Qodiriy)

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍8🕊1
Uslubiy xatoliklar

Nutqning sifatini buzuvchi omillar: so'zlarni noto'g'ri qo'llash, ularni noo'rin takrorlash, qo'shimlardan noto'g'ri foydalanish natijasida uslubiy xatoliklar yuzaga keladi. Bu shunday jarayonki, bunda hattoki ohangga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki yanglish tushunishga olib keladigan ohang ham uslubiy jihatdan xatolik hisoblanadi.

Quyida hollarda uslubiy xatoliklar yuzaga keladi:
• sinonimlarni yanglish qo'llash natijasida: Onasini mehrli basharasi (yuzi, chehrasi) dan nur yog'ilib turganini sezardi;
• paronim so'zlarni noto'g'ri qo'llash natijasida: Kecha kitobning o'ninchi bop (bob)ini tugatdim;
• olmoshlardan o'rinli foydalana olmaslik natijasida: Akram kecha shahardan qaytdi. Akram qishloqqa kelgach, do'stlari bilan diydorlashdi. (ikkinchi gapda Akram so'zi o'rniga u olmoshi ishlatilishi kerak);
• qo'shimchalarni yanglish qo'llash natijasida: akamni kitobi emas akamning kitobi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍8🕊2
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 20-savol Po‘latjon juda erta, hammadan oldin uyg‘ondi. Ostiga chizilgan birlikni sintaktik tahlil qiling. Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ona tili
20-savol javobi

Ostiga chizilgan birlik ajratilgan hol hisoblanadi. Ajratilgan bo'laklar gap mazmuniga qo'shimcha ma'lumot qo'shadi. Uni ajratib olish uchun
"ya'ni" so'zidan foydalanish mumkin.

Namuna:
Po'latjon juda erta, ya'ni hammadan oldin uyg'ondi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5🕊2❤‍🔥1
Hamma nopok, hamma egri, [yolg‘iz] siz to‘g‘ri. (O. Yoqubov) Ajratib ko'rsatilgan so'zning turkumini aniqlang.
Anonymous Quiz
34%
Sifat
21%
Ravish
36%
Yuklama
8%
Ko'makchi
👍5🎉3🌚21🕊1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
So'zlovchining taxminiy o'y-mulohazasini bildiradi – ...
Anonymous Quiz
24%
xoynahoy
46%
hoynahoy
22%
hoynaxoy
8%
xoynaxoy
👍5🕊1
Ona tili
21-savol

Rostini aytsam, unda-bunda uchrashib turamiz.
Gapdagi ostiga chizilgan sintaktik vazifasini aniqlang.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🕊4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️

Videodars
Bugun
Soat 21:00da
Mavzu:
Ajratilgan boʻlaklar. Kiritma gaplar.

Dars maqsadi:
Ajratilgan bo'lak hamda kiritma gaplarning nutqdagi ahamiyatini ko'rsatib berish, ularning grammatik xususiyatlari bilan tanishib, tahlilda ularni ajratib olishning oson yo'llarini o'rgatish.

Darsimiz ikki qismdan tashkil topadi va har bir qism 20 daqiqadan iborat bo'ladi. Har bir to'xtalish vaqtida
mavzuga doir 10tadan testni birga tahlil qilamiz.

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream
https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

ProEducation
ProEducation
6👍3🕊1
Darsimiz boshlanishiga 10 daqiqa qoldi. Tayyormizmi?
2
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin.
👌11👍73🎉2