ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Videodars
Audiodars
Sinonimlar
So'zlarning etimologiyasi
So'zlarning izohi
Test tahlillari
G'azal tahlili
Kitobxonlik vaqti


Yuqoridagilar hozirgi kunda kanalga joylab borilayotgan kontentlar.

Siz uchun foydali bo'lishi uchun yana qanday takliflaringiz bor. Fikrlaringizni
aloqa botimizda yozib qoldirishingiz mumkin.
👍9❤‍🔥3🕊1
Ona tili
16-savol


Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlarning orasiga oldi.
Berilgan gapda gap urg'usi qaysi bo'lakka tushgan?

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥4🕊1
Ovozli chatga qo'shilish linki 👇

https://t.iss.one/rustamov_edu?livestream=de89c1480413ccbaa2

Ovozli chat 21:00da boshlanadi.
Mavzu: Ergashgan qo'shma gaplar.

Darsga 2 soat qolgan mavzulashtirilgan test beriladi va uni darsdan so'ng tahlil qilamiz.

Ushbu postni do'stalaringiz bilan ulashib, ularni ham darsdan xabardor qiling.
👍5❤‍🔥3🕊1
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 16-savol Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlarning orasiga oldi. Berilgan gapda gap urg'usi qaysi bo'lakka tushgan? Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ona tili
16-savol javobi

Gap urg'usi oddiy darak gaplarda kesimdan oldin kelgan bo'lakka tushadi. Lekin berilgan gap ajratilgan bo'lakli gap ekanligini hisobga olsak, gap urg'usi aynan ajratilgan bo'lakda, ya'ni Mamadali, ajratilgan izohlovchiga tushgan.

Eslatma!
So'roq olmoshlari yordamida hosil qilingan so'roq gaplarda gap urg'usi so'roq olmoshiga tushadi. Mana shu so'roq gapga javob bo'lgan gapda so'roq olmoshiga javob bo'lgan bo'lak gap urg'usini oladi:
Kim kecha maktabga bormadi?
Kecha Akram maktabga bormadi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥4👍1👌1
Ergashgan qo'shma gap test.pdf
100 KB
Ergashgan qo'shma gaplar bo'yicha test

Darsimiz soat 21:00da boshlanadi. Darsdan so'ng ushbu test tahlil qilinadi.

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
❤‍🔥3👍3🔥2
Darsimiz boshlanishiga 1 soat qoldi.

Soat 21:00da.
Mavzu: Ergashgan qo'shma gaplar.

Iloji boricha barchaga qulay vaqt tanlandi, kirishga harakat qiling. Manfaatli ma'lumotlar beriladi.

Ushbu postni tarqatib, do'stlaringizni ham ogohlantirib qo'ying. Zero, nafaqat ilm berish, balki ilm tarqatishga xizmat qilish ham savobli amallardan.

ProEducation
ProEducation
👍5❤‍🔥3
Live stream started
Boshladik. Fayzimizni bersin!
👍18🔥5❤‍🔥2👌1🕊1
👍14❤‍🔥2
👍10❤‍🔥2🏆1
Live stream finished (1 hour)
Test tahlili | Qo'shma gaplar
ProEducation | O'zbek tili
Test tahlili | Qo'shma gaplar

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍7❤‍🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Videodars

Mavzu: Ergashgan qo'shma gaplar

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👌8👍5❤‍🔥3🎉1
Ergashgan qo'shma gaplar | ProEducation
ProEducation | O'zbek tili
⚡️ Audiodars

Mavzu: Ergashgan qo'shma gaplar

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍7👌4❤‍🔥31
Tongda kanalga uyushiq bo'laklar haqida muhim ma'lumotlardan iborat maqolacha joylanadi. Unda uyushiq bo'laklar haqida esda saqlashingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar kichik faktlar sifatida keltiriladi.

06:00, 17.08.2023
👍18❤‍🔥51
Uyushiq bo'laklar 🔄 Kommunistlar

Bu darsimizga ham boshqacha o'xshatish qilishga qaror qildim. Nega aynan kommunizmni tanlaganimni maqola davomida tushuntirib berishga harakat qilaman.

Kommunizmning asosi xususiy mulkchilikka yo'l qo'ymaslik, hamma birdek yashashi, hamma teng bo'lgan jamiyat yaratishdan iborat. Bugun biz o'rganmoqchi bo'lganlarimiz ham "bir xil yashashga o'rgangan".

Uyushiq bo'laklar ham bir savolga javob bo'ladi, gapda bir vazifasida keladi, bir so'z turkumiga oid, bir xil so'zga tobe bo'ladi, ya'ni "bir xil jamiyat".

Uyushiq bo'laklar haqida faktlar:
• teng bog'lovchilar yoki ohang yordamida bog'lanadi;
• umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'lakdan oldin kelsa, orasga ikki nuqta qo'yiladi;
• umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan keyin kelsa, oraga tire qo'yiladi;
• so'zlar guruh-guruh bo'lib uyushsa, guruhlar orasiga nuqtali vergul qo'yiladi;
• qo'shimchalar uyushiq bo'laklarning har biriga qo'shilsa, ta'kidlash ma'nosi yuzaga chiqadi;
• qo'shimchalar uyushiq bo'lakning har biriga emas, oxirigisiga qo'shilsa, sanab o'tish ma'nosi yuzaga chiqadi va qo'shimcha qolgan har biriga tegishli bo'ladi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍152❤‍🔥21
Burd va Burda

Burd so'zi tojikcha ot bardoshtan fe'lining "chida" ma'nosi asosida hosil qilingan bo'lib, "chidam", "toqat" ma'nosini anglatadi. Bunday ma'noni anglatadigan ot tojik tili lug'atiga mustaqil kiritilmagan, faqat burdbor sifatini yasash asosi tarzida ajratish mumkin; bu sifat "chidamli", "toqatli" ma'nosini anglatadi. O'zbek tilida burd oti "ishonchlilik", "gapida turish" ma'nosini anglatish uchun burdi yo'q jumlasi tarkibida ishlatiladi. Bu ot beburd, burdli, burdsiz sifatlari tarkibida qatnashadi.

Burda "sindirib ol" ma'nosini anglatadigan forscha [bor(r)idan], tojikcha buridan fe'lining burid o'tgan zamon asosidan -a qo'shimchasi bilan hosil qilingan ravishdosh shakli bo'lib, "biror narsadan kesib, sindirib olingan parcha" ma'nosini anglatadi: burda non kabi. O'zbek tilida burda otining burda-burda takroriga qil fe'lini qo'shib, burda-burda qil fe'li hosil qilingan; burda oti boshidagi b tovushini s tovushiga almashtirib burda-surda takrori ham tuzilgan bo'lib, "katta-kichik bo'laklar" ma'nosini anglatadi; burda otidan burdalar fe'li ham yasalgan.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍9❤‍🔥2👌1🌚1🏆1