ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
⚡️⚡️⚡️

🗒 Qat'iy jadval asosida darslar
🗂 Har bir mavzu uchun mavzulashtirilgan viktorinalar testlar
📔 Har kuni grammatika bo'yicha
soddalashtirilgan mavzu tushuntirish
🔉 Audiodarslar hamda test tahlillari

Bularning barchasi
ProEducation | O'zbek tili kanalida

Sentabrga rejalashtirilgan 3 oylik bepul kursimiz boshlanguniga qadar:

14-avgust – Dushanba:
Qo'shma gaplar;
16-avgust – Chorshanba: Takrorlash;
18-avgust – Juma: So'z birikmasi;
21-avgust – Dushanba: Takrorlash;
23-avgust – Chorshanba: Test tahlili.

Birinchi dars kecha o'tildi. Tanishib chiqishingiz mumkin:
Videodars
Audiodars

Mavzulashtirilgan test esa bugun 21:00da platformaga joylanadi. Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.

Sharti:
ProEducation kanaliga a'zo bo'lish;
Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruh yoki do'stingizga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib ushbu post ostida qoldiring, o'zimiz aloqaga chiqamiz.

ProEducation
ProEducation
7👍5🕊2🎉1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
20%
Boyoqish
80%
Boyaqish
🤔5👍3🕊31
Ona tili
15-savol

Tinch yashashni istagan pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi.
Ushbu sodda gapni qanday vositalar yordamida ergash gapli qo'shma gapga aylantirish mumkin?

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5🕊2
Beshik kertti 👫

Yaqin o’tmishgacha bizda beshik kertti, degan udum bo’lgan. Bu udumga ko’ra qiz bolani chaqaloqligidayoq kimgadir unashtirib qo’yishgan. Ba’zi viloyatlarimizda bu udum “qulog’ini tishlatti”, deb ataladi.

🤔 Xo’sh, “beshik kertti” iborasidagi “kertti” so’zining ma’nosi nima?

Mahmud Koshg’ariy izohiga ko’ra “kertik” so’zi belgi degan mazmunda keladi. “Kertti” esa, “kesilgan, o’yiq” deb izohlangan.

Umuman, bu ibora “beshigida belgili qildi”, degan ma’noni anglatadi.

© Eshqobil Shukur | "So'zdan so'zning farqi bor" maqolasidan

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍72🕊1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:

Boyoqish.
Achinish uyg'otuvchi holatli, bechora, sho'rlik.

- Otang boyoqish charchab, bo'lganicha bo'ldi, – dedi ona. (P. Tursun)
Boyoqish ko'p yaxshi odam edi; insofli, hamiyatli edi. (Oybek)
Bolamga ko'z tegdimi, bilmayman. Bolam boyoqish notinchroq bo'lib qoldi. (Mirmuhsin)

© O'zbek tilining izohli lug'ati

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🔥5
🎉🎉🎉
Kechagi dars uchun mavzulashtirilgan viktorina testi tayyor!

21:00da
Platformaga joylanadi.
Savollar soni: 40ta;
Har bir savol uchun 2,5 balldan.

Test ishlaganlar 100 ballik baholash tizimida baholanadi va reyting tuziladi. Platformada bo'ladigan har bir testda to'plagan ballingiz shu reytingdagi o'rningizni mustahkamlab boradi.

Shuningdek, kechagi dars videosi va taqdimoti ham platformaga joylandi, kirib bemalol foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ro'yxatdan o'tish bepul!

Batafsil 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 15-savol Tinch yashashni istagan pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi. Ushbu sodda gapni qanday vositalar yordamida ergash gapli qo'shma gapga aylantirish mumkin? Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ona tili
15-savol javobi

Berilgan sodda gapni nisbiy so'zlar va shart bog'lovchisi yordamida ergash gapga aylantirish mumkin.

Nisbiy so'zlar:
Kim tinch yashashni istasa, u pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi.

Shart bog'lovchisi:
Agar tinch yashashni istasang, pastkash odam bilan hech qachon do'stlashma.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
1
"Hayotim toʼxtab qoldi. Men nafas olishim, ovqat yeyishim, suv ichishim, uxlashim mumkin edi, nafas olmasam ham, ovqat yemasam ham, suv ichmasam ham, uxlamasam ham boʼlaverar edi. Lekin, bari bir, hayotim toʼxtab qolgan edi..."
© Lev Tolstoy

4-qism
4-qism
❤‍🔥31
1-qadam platforma asosiy oynasodagi uchbu post ustiga bosasiz;
2-qadam postga biriktirilgan uchbu viktorinaga bosib, test ishlayverasiz
Qadrli ustozlar, men bir narsani tushunishingizni xohlayman. O'sha savollarni, shunchaki, telegramda ham bersa bo'ladi-ku, degan noroziliklar bo'lyapti. Ammo shu vaqtga qadar 15 marta Attestatsiya Namunaviy testi o'tkazildi. Bu o'sha siz aytayotgan eng sodda usulda qilingan, bepul sinov edi. Natija nima bo'ldi?!
Eng oxirgi namunaviy testda bor-yog'i 13 kishi qatnashdi. 13ta-ya?! Bu test tuzilishi uchun necha kishi vaqtini, asabini, kompyuterda terish uchun ko'z nuri ketganini qolganlar hisobga olmasa, odam qilgan mehnatiga achinadi-da.
Agar sizning texnik savodxonligingiz bo'lganda, shu narsa uchun bir insonning shuncha mehnati singgani, bu viktorina osonlikcha bo'lmasligini tushunardingiz va biroz bo'lsa ham qadrlar edingiz.

Endi esa marhamat, platformaga kirish uchun bepul kursimizni postini tarqating va mehnatimiz oz bo'lsa ham qo'llab-quvvatlang. Shunda ham pullik emas, kanalning rivoji, albatta, barcha uchun manfaatli bo'lishi uchun hissa qo'shishingizni so'rayapmiz.

Ayrim kanallarga o'xshab bir martalik testda qatnashish uchun bitta postni 10 guruhga tarqating deb so'ramayapmiz. 3 oylik bepul kurs (agar sizdan talab bo'lssa, yana uzoqroq davom etadi) postini tarqatishingizni so'rayapmiz.

Bu minnat emas. Yig'lamagan bolaga ko'krak yo'q, degan gapni barchangiz yaxshi tushunasiz ma'nosini. Mehnat qilasiz, kanal uchun orginal post yozishga harakat qilasiz, lekin 10 kishi ko'radi, 2-3 kunlik tekin marafon o'tib, pullik kursiga reklama uchun o'tilgan darsni 100 kishi kuzatadi. Mening g'ashimga tegadigani shu. Qani, rostdan bepul bilim berish niyati bo'lsa, o'tsin doimiy, odamlarni unday ishontirmay.

Hammaga xayrli kech, aytadiganlarim shular edi. Ilmga xizmat qilmoqchi bo'lsangiz, uni yoyishga yordam bering!
👍1816❤‍🔥4
Olish bor joyda berish ham bo'lishi kerak. Kanaldan bilim olyapsizmi, uning rivoji uchun, sizga bilim berayotganlarning vaqti va e'tibori uchun ozgina vaqtingizni bering.

Kanalda shuncha obunachini ushlab turish o'zimas. Agar yaqinlarimni gapini eshittirish imkoni bo'lganda edi. Senga zarurmi shu, nima qilasan joningni kuydirib, xohlagan odam kuzatsin, xohlamagan kuzatmasin deyishadi. Menga kerak shu. Kerak! Kanalimda haqiqiy ilm bermoqchiman. Haqiqiy ilmga ixlosi borlarni yig'moqchiman. Bepul nomi ostidagi har xil 2-3 kunlik reklama darslarda sarson bo'lgan o'qituvchilar uchun beminnat xizmat qilmoqchiman.

Ochiqcha gapirishga majbur bo'ldim. To'g'ri tushunasiz degan umiddaman.
👏30👍7🏆3🔥2👌2
Inson yaqin olganiga borini aytadi, yashirmaydi. Har kuni kanal orqali birga bo'lyapmiz. Kunimizni qanchadir qismi shu yerda birga o'tadi. Men kanalimga mehrim boshqacha, auditoriyamni boshqacha yaxshi ko'raman, kerakli vaqtda keraklicha qo'llab-quvvatlov olganman. Kanalingizdagi darslarni kuzatamiz, Alloh rozi bo'lsin, deb qancha-qanchasi alohida o'zimga yozib duo qilishadi.
Yetti uxlab tushimga kirmagan insonlarga shu kanal orqali ilm ulashib ularni duosini olyapmanmi, demak uni rivojlantirishim kerak.

Va aynan shu nuqtada bizning birligimiz kerak. Mendan orginal postlar, video va audiodarslar, sizdan esa reaksiya, izoh va tarqatish, kelishdikmi?!
Kelishdik!

Reaksiya bosish sizda soniyalarni ham olmaydi, bu e'tibor. Bu reaksiya bosganingiz mening kartamga pul kelib, tushmaydi, sizdan ham soliq olishmaydi (😁 hazil albatta). Bu e'tibor belgisi.

Tarqatishingiz esa qilinayotgan mehnatning ko'proq inson tomonidan kuzatilishiga yordam beradi. Menga yanayam motivatsiya va kuch beradi.

Respublika tilchilarini shu nuqtada birlashtirishda siz ham o'z hissangizni qo'shing. Shu jarayonning bir bo'lagi bo'ling!
👍67❤‍🔥6🎉6🏆6🔥4
Ertaga tongda "Yordamchilar sofligi" mavzusida ajoyib post joylanadi. Unda yordamchi so'z turkumlarini sof va vazifadoshga ajratishning oson usullari haqida so'z boradi.

06:00, 16.08.2023
👍28❤‍🔥3🔥3🕊2
Yordamchilar sofligi ☁️

So'z turkumlari orasida o'zi shundoq ham boshqa "og'aynilaridan" farqlanib, ularni o'zaro birdamligini ta'minlab, borini oshirib, yo'g'ini yashirib turadigan bog'lovchi, ko'makchi va yuklamalar o'zaro "nizo"ga ham borib qolishadi. Sof va vazifadoshlik belgisi bu so'z turkumlari uchun "sodiqlik" va "xiyonat" tarzida talqin qilinishi ham mumkin. Buni quyida batafsil izohlaymiz.

Yuqorida biroz tasviriylikka urg'u berdim, rozi bo'lasiz.
Yordamchi so'z turkumlarining "og'aynilari" mustaqil so'z turkumlaridir. Ularning "birdamligi" bog'lovchi va ko'makchilar orqali bo'ladi, ya'ni ular so'zlarni o'zaro teng va tobe munosabatda bog'laydi. Kam-ko'stini to'ldirish esa yuklamalarga "yuklatilgan", ular so'zlarga qo'shimcha ma'no beradi.

Ana endi "sodiqlik" va "xiyonatga" to'xtalsak.
Gap shundaki, ko'makchilarning sof ekanligini faqatgina ko'makchi vazifasida kelishidan bilamiz. Agar u boshqa mustaqil so'z turkumining ma'lum o'rinlarda ma'nosini yo'qotib, ko'makchi vazifasini bajarishi bo'lsa, uni vazifadosh deb ataymiz. Masalan, haqida, sari, kabi, sayin. Bu so'zlarda ko'makchilikdan boshqa vazifani bajarmaydi, ya'ni sodiq (majoziy). Bo'ylab, qarab fe'lga, tomon otga, avval, so'ng ravishga ham, ko'makchiga ham xizmat qila oladi.
Xulosa: sof ko'makchilar faqatgina ko'makchi vazifasida keladi; vazifadosh ko'makchilar esa ham mustaqil so'z turkumi, ham ko'makchi vazifasida kelishi mumkin.

Sof ko'makchilar: bilan, sari, sayin, uchun, kabi, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida.
Vazifadosh ko'makchilar: old, ust, ost, orqa, ro'para, oldin, avval, keyin, so'ng, tomon, bo'ylab, qarab, ko'ra, deya.

Bog'lovchi va yuklamaning bu jihatdan o'xshashlik tomonlari bor. Bu so'z turkumlaridagi vazifadosh birliklar mustaqil so'z turkumlarida emas, aksincha yordamchi so'z turkumlarining o'zida "xiyonat qilishadi" (majoziy). Ya'ni bir o'rinda bog'lovchi, bir o'rinda ko'makchi bo'lgan bilan (biriktiruv) bog'lovchisi vazifadosh hisoblanadi. Yoki -u, -yu, -da, ham, na.... na.... yuklamalari bir o'rinda bog'lovchi vazifasida kela olgani uchun vazifadosh yuklamalar hisoblanadi.

Sof bog'lovchilar: ammo, lekin, biroq, va, hamda, chunki, yoki, yo... yo...
Vazifadosh bog'lovchilar: ham, balki, na... na..., -u, -yu, -da.

Sof yuklamalar: faqat, -mi, -chi, -a, -ya, -ku, hatto, -oq (-yoq), xuddi
Vazifadosh yuklamalar: -u, -yu, -da, ham, na... na...

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍165
Sinonimlar | Yordam

Yordam, ko'mak, madad.
Moddiy yoki ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash.
Yordam so'zi ko'mak, madad so'zlariga nisbatan keng tushuncha ega. Ko'mak juda kam qo'llanadi. Madad so'zida "quvvat, kuch" ma'nosi ham bor va u ham yordam so'ziga nisbatan kam qo'llanadi.
Ochilning uydan oladigan yrdami katta emas edi, bir chekkasi shuning uchun radioga, gazetaga xabar yozib yurardi. (P. Qodirov)
Ertasiga keksalar brigadasi, keyin qo'shni brigadadan ketmonchilar ham yordamga kelishdi. (I. Rahim)
Ammo boylar Rahmonqul qo'rboshidan madad so'radi. (H. G'ulom)
Oktabrdan madad olgan Inson kuchli, inson hur. (Uyg'un)

© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍7❤‍🔥2🕊1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
50%
Bo'xton
50%
Bo'hton
👍5❤‍🔥3🕊1