ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Platformaga a'zo bo'lish uchun kurs xabarini jo'natganingizdan so'ng biz sizga aloqaga chiqib elektron pochtangizni so'raymiz va platformadan ro'yxatdan o'tkazamiz. Shunda sizning pochtangizga platformaga kirish uchun havola yuboriladi. Hech qanday parol so'ramaydi.
Yuqoridagi rasmda biz taklif havolasini yuborganmiz, lekin qabul qilmaganlar ro'yxati. Ismingizni ko'rsangiz, pochtangizni kirib, tekshirib ko'ring. ProEducation kanali nomidan sizga xabar yuborilgan.

E'tiborli bo'ling. Texnik savodxonligingizni oshiring.
👍4🕊3
Chet-el
Chet el

Mutaxasis
Mutaxassis


Ko'chadagi reklama bannerlarida beriladigan yozuvlarning imlo qoidasiga amal qilinmasligi imlodan bexabar insonlarda noto'g'ri taassurot uygʻotadi. Falon joyda ko'rganman bu so'z shu shaklda yozilgan edi, degan noto'g'ri xulosa bilan ketishi mumkin.

Qanchadan qancha muharrir, musahhihlar ish yo'qligi yoki kamligi uchun o'z ishini tark etmoqda. Tilimiz rivoji uchun shu kichik xatoliklar ham to'sqinlik qiladi. Agar reklama agentliklari o'z jamoasi muharrirlarni ham jalb etishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

*ko'chada uchratib qoldim, yozmasam, bo'lmasdi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍6🕊2
ProEducation | O'zbek tili
​Bugun Lev Tolstoyning "Iqrornoma"sining uchinchi bo'limini o'qib chiqamiz. Bu bo'limda yozuvchi o'zi nima qilayotganini tushunmay bajargan ko'plab ishlariga iqror bo'ladi. O'zida yig'ilib qolgan ko'plab savollarga javob bera boshlaydi. Asar matni Asar…
Dars bilan bo'lib kitobxonlik esimizdan chiqibdi.

Oxirgi marta Lev Tolstoyning "Iqrornoma" romanini uch bo'limini o'qigan edik.

Bugun soat 21:00da
"Iqrornoma"ning to'rtincha va beshinchi bo'limlarini o'qiymiz.

Bu bo'limlarda qahramonning (ya'ni o'zining) yoshi ancha ulg'ayib, fikrlari, xulosalari teranlashgan vaqtiga to'g'ri keladi. Asardan oladigan xulosalaringiz, tajribalaringizni yana ham boyitadi.

Avvalgi bo'limlar:
1-bo'lim
2-bo'lim
3-bo'lim

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5🕊2
⚡️⚡️⚡️

🗒 Qat'iy jadval asosida darslar
🗂 Har bir mavzu uchun mavzulashtirilgan viktorinalar testlar
📔 Har kuni grammatika bo'yicha
soddalashtirilgan mavzu tushuntirish
🔉 Audiodarslar hamda test tahlillari

Bularning barchasi
ProEducation | O'zbek tili kanalida

Sentabrga rejalashtirilgan 3 oylik bepul kursimiz boshlanguniga qadar:

14-avgust – Dushanba:
Qo'shma gaplar;
16-avgust – Chorshanba: Takrorlash;
18-avgust – Juma: So'z birikmasi;
21-avgust – Dushanba: Takrorlash;
23-avgust – Chorshanba: Test tahlili.

Birinchi dars kecha o'tildi. Tanishib chiqishingiz mumkin:
Videodars
Audiodars

Mavzulashtirilgan test esa bugun 21:00da platformaga joylanadi. Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.

Sharti:
ProEducation kanaliga a'zo bo'lish;
Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruh yoki do'stingizga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib ushbu post ostida qoldiring, o'zimiz aloqaga chiqamiz.

ProEducation
ProEducation
7👍5🕊2🎉1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
20%
Boyoqish
80%
Boyaqish
🤔5👍3🕊31
Ona tili
15-savol

Tinch yashashni istagan pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi.
Ushbu sodda gapni qanday vositalar yordamida ergash gapli qo'shma gapga aylantirish mumkin?

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5🕊2
Beshik kertti 👫

Yaqin o’tmishgacha bizda beshik kertti, degan udum bo’lgan. Bu udumga ko’ra qiz bolani chaqaloqligidayoq kimgadir unashtirib qo’yishgan. Ba’zi viloyatlarimizda bu udum “qulog’ini tishlatti”, deb ataladi.

🤔 Xo’sh, “beshik kertti” iborasidagi “kertti” so’zining ma’nosi nima?

Mahmud Koshg’ariy izohiga ko’ra “kertik” so’zi belgi degan mazmunda keladi. “Kertti” esa, “kesilgan, o’yiq” deb izohlangan.

Umuman, bu ibora “beshigida belgili qildi”, degan ma’noni anglatadi.

© Eshqobil Shukur | "So'zdan so'zning farqi bor" maqolasidan

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍72🕊1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:

Boyoqish.
Achinish uyg'otuvchi holatli, bechora, sho'rlik.

- Otang boyoqish charchab, bo'lganicha bo'ldi, – dedi ona. (P. Tursun)
Boyoqish ko'p yaxshi odam edi; insofli, hamiyatli edi. (Oybek)
Bolamga ko'z tegdimi, bilmayman. Bolam boyoqish notinchroq bo'lib qoldi. (Mirmuhsin)

© O'zbek tilining izohli lug'ati

Bepul kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🔥5
🎉🎉🎉
Kechagi dars uchun mavzulashtirilgan viktorina testi tayyor!

21:00da
Platformaga joylanadi.
Savollar soni: 40ta;
Har bir savol uchun 2,5 balldan.

Test ishlaganlar 100 ballik baholash tizimida baholanadi va reyting tuziladi. Platformada bo'ladigan har bir testda to'plagan ballingiz shu reytingdagi o'rningizni mustahkamlab boradi.

Shuningdek, kechagi dars videosi va taqdimoti ham platformaga joylandi, kirib bemalol foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ro'yxatdan o'tish bepul!

Batafsil 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 15-savol Tinch yashashni istagan pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi. Ushbu sodda gapni qanday vositalar yordamida ergash gapli qo'shma gapga aylantirish mumkin? Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ona tili
15-savol javobi

Berilgan sodda gapni nisbiy so'zlar va shart bog'lovchisi yordamida ergash gapga aylantirish mumkin.

Nisbiy so'zlar:
Kim tinch yashashni istasa, u pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi.

Shart bog'lovchisi:
Agar tinch yashashni istasang, pastkash odam bilan hech qachon do'stlashma.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
1
"Hayotim toʼxtab qoldi. Men nafas olishim, ovqat yeyishim, suv ichishim, uxlashim mumkin edi, nafas olmasam ham, ovqat yemasam ham, suv ichmasam ham, uxlamasam ham boʼlaverar edi. Lekin, bari bir, hayotim toʼxtab qolgan edi..."
© Lev Tolstoy

4-qism
4-qism
❤‍🔥31
1-qadam platforma asosiy oynasodagi uchbu post ustiga bosasiz;
2-qadam postga biriktirilgan uchbu viktorinaga bosib, test ishlayverasiz
Qadrli ustozlar, men bir narsani tushunishingizni xohlayman. O'sha savollarni, shunchaki, telegramda ham bersa bo'ladi-ku, degan noroziliklar bo'lyapti. Ammo shu vaqtga qadar 15 marta Attestatsiya Namunaviy testi o'tkazildi. Bu o'sha siz aytayotgan eng sodda usulda qilingan, bepul sinov edi. Natija nima bo'ldi?!
Eng oxirgi namunaviy testda bor-yog'i 13 kishi qatnashdi. 13ta-ya?! Bu test tuzilishi uchun necha kishi vaqtini, asabini, kompyuterda terish uchun ko'z nuri ketganini qolganlar hisobga olmasa, odam qilgan mehnatiga achinadi-da.
Agar sizning texnik savodxonligingiz bo'lganda, shu narsa uchun bir insonning shuncha mehnati singgani, bu viktorina osonlikcha bo'lmasligini tushunardingiz va biroz bo'lsa ham qadrlar edingiz.

Endi esa marhamat, platformaga kirish uchun bepul kursimizni postini tarqating va mehnatimiz oz bo'lsa ham qo'llab-quvvatlang. Shunda ham pullik emas, kanalning rivoji, albatta, barcha uchun manfaatli bo'lishi uchun hissa qo'shishingizni so'rayapmiz.

Ayrim kanallarga o'xshab bir martalik testda qatnashish uchun bitta postni 10 guruhga tarqating deb so'ramayapmiz. 3 oylik bepul kurs (agar sizdan talab bo'lssa, yana uzoqroq davom etadi) postini tarqatishingizni so'rayapmiz.

Bu minnat emas. Yig'lamagan bolaga ko'krak yo'q, degan gapni barchangiz yaxshi tushunasiz ma'nosini. Mehnat qilasiz, kanal uchun orginal post yozishga harakat qilasiz, lekin 10 kishi ko'radi, 2-3 kunlik tekin marafon o'tib, pullik kursiga reklama uchun o'tilgan darsni 100 kishi kuzatadi. Mening g'ashimga tegadigani shu. Qani, rostdan bepul bilim berish niyati bo'lsa, o'tsin doimiy, odamlarni unday ishontirmay.

Hammaga xayrli kech, aytadiganlarim shular edi. Ilmga xizmat qilmoqchi bo'lsangiz, uni yoyishga yordam bering!
👍1816❤‍🔥4
Olish bor joyda berish ham bo'lishi kerak. Kanaldan bilim olyapsizmi, uning rivoji uchun, sizga bilim berayotganlarning vaqti va e'tibori uchun ozgina vaqtingizni bering.

Kanalda shuncha obunachini ushlab turish o'zimas. Agar yaqinlarimni gapini eshittirish imkoni bo'lganda edi. Senga zarurmi shu, nima qilasan joningni kuydirib, xohlagan odam kuzatsin, xohlamagan kuzatmasin deyishadi. Menga kerak shu. Kerak! Kanalimda haqiqiy ilm bermoqchiman. Haqiqiy ilmga ixlosi borlarni yig'moqchiman. Bepul nomi ostidagi har xil 2-3 kunlik reklama darslarda sarson bo'lgan o'qituvchilar uchun beminnat xizmat qilmoqchiman.

Ochiqcha gapirishga majbur bo'ldim. To'g'ri tushunasiz degan umiddaman.
👏30👍7🏆3🔥2👌2