ℹ️ Ona tilining yozilmagan qoidasi
Sifat, ravish, sifatdosh, taqlid so'z kabilarning otning vazifasini bajarish uchun, uning savolini qabul qilib, uning qo'shimchalarini qabul qilish uchun otlashishini eshitgansiz. Ya'ni otlashish hodisasi haqida kitoblarda yozilgan.
Yozilmagan, ammo mavjud bo'lgan sifatlashish va ravishlashish hodisalarini-chi? Eshitganmisiz?
Agar javobingiz yo'q bo'lsa, sizni bu hodisalar bilan tanishtirish baxtiga muyassar bo'lganimdan xursandman.
Demak, boshladik.
Bu hodisalar unchalik murakkab emas. Barchasi sifat va ravishning tub vazifalariga borib taqaladi.
Sifat – shaxs va predmetlarga qo'shilib, ularning belgisini bildiruvchi mustaqil so'z turkumi hisoblanadi.
Ravish – harakatni bildiruvchi so'zlarga, fe'lga qo'shilib, uning belgisini bildirish vazifasini bajaradi.
Mana shu vazifalarning almashinuvi biz yuqorida ta'kidlagan hodisalarni keltirib chiqaradi.
Agar sifat ravish kabi harakat bildiruvchi so'zlarga qo'shilib, ularning belgisini bildirsa, u ravishlashadi: Akram maktabda yaxshi o'qiydi.
Agar ravish sifat kabi shaxs yoki predmetlarga qo'shilib, ularning belgisini bildirsa, u sifatlashadi: Bog'da ko'p bolalar ishlashmoqda.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

👍22⚡3✍2🕊1
Kibr va Kibor
Kibr. Bu arabcha so'z kibr(un) shakliga ega; "buyuk bo'ldi" ma'nosini anglatuvchi kabara fe'lining I bob masdari bo'lib, arab tilida "buyuklik", "faxr" kabi ma'nolarni qnglatadi; o'zbek tilida bu so'z salbiy uslubiy bo'yoqqa ega bo'lib, "o'zini hammadan ustun deb his etish", "manmanlik" kabi ma'nolarni anglatadi.
Bu so'z bilan o'zbek tilida kibr-havo juft so'zi tuzilgan.
Kibor. Bu arabcha so'z kibar(un) shakliga egab o'zbek tiliga a unlisi o unlisiga almashtirib qabul qilingan: kibar » kibor. Bu so'z asli kabir so'zining ko'plik shakli bo'lib, "yuqori mavqega ega", "oqsuyak" kabi ma'nolarni anglatadi.
© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻati

👍6🎉3🕊1
Nomma nom ❌
Nomma-nom ✅
Rang barang ❌
Rang-barang ✅
Agar so'zlar -ma va -ba qo'shimchalari yordamida biriksa, ular orasiga chiziqcha qo'yiladi.
Kundan-kunga ❌
Kundan kunga ✅
Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo'nalish kelishigida bo'lgan birikmalar chiziqchasiz ajratib yoziladi.
To'g'ridan-to'g'ri ❌
To'g'ridan to'g'ri ✅
Ko'pdan-ko'p ❌
Ko'pdan ko'p ✅
Yuqoridagi kabi belgining ortiqlik darajasini bildiruvchi birikmalar ham ajratib yoziladi.

👍7👏4🕊1
ProEducation | O'zbek tili
ℹ️ Ona tilining yozilmagan qoidasi Sifat, ravish, sifatdosh, taqlid so'z kabilarning otning vazifasini bajarish uchun, uning savolini qabul qilib, uning qo'shimchalarini qabul qilish uchun otlashishini eshitgansiz. Ya'ni otlashish hodisasi haqida kitoblarda…
❗Eslatma:
Bunda so'z turkumlari o'zgarmaydi. Faqatgina vazifa almashadi.
Sifat ravishning vazifasini olib gapda hol bo'lib kelishi mumkin, lekin baribir morfologik jihatdan sifatligicha qoladi.
Ravish sifatning vazifasini olib gapda aniqlovchi boʻlib kelishi mumkin, lekin baribir morfologik jihatdan ravish bo'lib qolaveradi.

👍6✍2🕊1🌚1
Platformaga a'zo bo'lish uchun kurs xabarini jo'natganingizdan so'ng biz sizga aloqaga chiqib elektron pochtangizni so'raymiz va platformadan ro'yxatdan o'tkazamiz. Shunda sizning pochtangizga platformaga kirish uchun havola yuboriladi. Hech qanday parol so'ramaydi.
Yuqoridagi rasmda biz taklif havolasini yuborganmiz, lekin qabul qilmaganlar ro'yxati. Ismingizni ko'rsangiz, pochtangizni kirib, tekshirib ko'ring. ProEducation kanali nomidan sizga xabar yuborilgan.
E'tiborli bo'ling. Texnik savodxonligingizni oshiring.

👍4🕊3
Chet-el ❌
Chet el ✅
Mutaxasis ❌
Mutaxassis ✅
Ko'chadagi reklama bannerlarida beriladigan yozuvlarning imlo qoidasiga amal qilinmasligi imlodan bexabar insonlarda noto'g'ri taassurot uygʻotadi. Falon joyda ko'rganman bu so'z shu shaklda yozilgan edi, degan noto'g'ri xulosa bilan ketishi mumkin.
Qanchadan qancha muharrir, musahhihlar ish yo'qligi yoki kamligi uchun o'z ishini tark etmoqda. Tilimiz rivoji uchun shu kichik xatoliklar ham to'sqinlik qiladi. Agar reklama agentliklari o'z jamoasi muharrirlarni ham jalb etishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.
*ko'chada uchratib qoldim, yozmasam, bo'lmasdi.

👍6🕊2
ProEducation | O'zbek tili
Bugun Lev Tolstoyning "Iqrornoma"sining uchinchi bo'limini o'qib chiqamiz. Bu bo'limda yozuvchi o'zi nima qilayotganini tushunmay bajargan ko'plab ishlariga iqror bo'ladi. O'zida yig'ilib qolgan ko'plab savollarga javob bera boshlaydi. Asar matni Asar…
Dars bilan bo'lib kitobxonlik esimizdan chiqibdi.
Oxirgi marta Lev Tolstoyning "Iqrornoma" romanini uch bo'limini o'qigan edik.
Bugun soat 21:00da "Iqrornoma"ning to'rtincha va beshinchi bo'limlarini o'qiymiz.
Bu bo'limlarda qahramonning (ya'ni o'zining) yoshi ancha ulg'ayib, fikrlari, xulosalari teranlashgan vaqtiga to'g'ri keladi. Asardan oladigan xulosalaringiz, tajribalaringizni yana ham boyitadi.
Avvalgi bo'limlar:
1-bo'lim
2-bo'lim
3-bo'lim
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Oxirgi marta Lev Tolstoyning "Iqrornoma" romanini uch bo'limini o'qigan edik.
Bugun soat 21:00da "Iqrornoma"ning to'rtincha va beshinchi bo'limlarini o'qiymiz.
Bu bo'limlarda qahramonning (ya'ni o'zining) yoshi ancha ulg'ayib, fikrlari, xulosalari teranlashgan vaqtiga to'g'ri keladi. Asardan oladigan xulosalaringiz, tajribalaringizni yana ham boyitadi.
Avvalgi bo'limlar:
1-bo'lim
2-bo'lim
3-bo'lim
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5🕊2
ProEducation | O'zbek tili
Chet-el ❌ Chet el ✅ Mutaxasis ❌ Mutaxassis ✅ Ko'chadagi reklama bannerlarida beriladigan yozuvlarning imlo qoidasiga amal qilinmasligi imlodan bexabar insonlarda noto'g'ri taassurot uygʻotadi. Falon joyda ko'rganman bu so'z shu shaklda yozilgan edi, degan…
Agar siz ham ko'cha-ko'yda, televizion ko'rsatuvlarda shunday qo'pol xatoliklarga duch kelsangiz, rasmga olib menga yuborishingiz mumkin.
@javlonbek_rustamjonov
@javlonbek_rustamjonov
👍6🤔2🕊2
⚡️⚡️⚡️
🗒 Qat'iy jadval asosida darslar
🗂 Har bir mavzu uchun mavzulashtirilgan viktorinalar testlar
📔 Har kuni grammatika bo'yicha soddalashtirilgan mavzu tushuntirish
🔉 Audiodarslar hamda test tahlillari
Bularning barchasi ProEducation | O'zbek tili kanalida
Sentabrga rejalashtirilgan 3 oylik bepul kursimiz boshlanguniga qadar:
14-avgust – Dushanba: Qo'shma gaplar;
16-avgust – Chorshanba: Takrorlash;
18-avgust – Juma: So'z birikmasi;
21-avgust – Dushanba: Takrorlash;
23-avgust – Chorshanba: Test tahlili.
Birinchi dars kecha o'tildi. Tanishib chiqishingiz mumkin:
Videodars
Audiodars
Mavzulashtirilgan test esa bugun 21:00da platformaga joylanadi. Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.
Sharti:
• ProEducation kanaliga a'zo bo'lish;
• Ushbu postni 5ta fanga aloqador guruh yoki do'stingizga yuboring. Yuborgan xabarlaringizni rasmga olib ushbu post ostida qoldiring, o'zimiz aloqaga chiqamiz.
ProEducation

⚡7👍5🕊2🎉1
🤔5👍3🕊3✍1
Ona tili
15-savol
Tinch yashashni istagan pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi.
Ushbu sodda gapni qanday vositalar yordamida ergash gapli qo'shma gapga aylantirish mumkin?
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
15-savol
Tinch yashashni istagan pastkash odam bilan hech qachon do'stlashmaydi.
Ushbu sodda gapni qanday vositalar yordamida ergash gapli qo'shma gapga aylantirish mumkin?
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍5🕊2
Beshik kertti 👫
Yaqin o’tmishgacha bizda beshik kertti, degan udum bo’lgan. Bu udumga ko’ra qiz bolani chaqaloqligidayoq kimgadir unashtirib qo’yishgan. Ba’zi viloyatlarimizda bu udum “qulog’ini tishlatti”, deb ataladi.
🤔 Xo’sh, “beshik kertti” iborasidagi “kertti” so’zining ma’nosi nima?
Mahmud Koshg’ariy izohiga ko’ra “kertik” so’zi belgi degan mazmunda keladi. “Kertti” esa, “kesilgan, o’yiq” deb izohlangan.
Umuman, bu ibora “beshigida belgili qildi”, degan ma’noni anglatadi.
© Eshqobil Shukur | "So'zdan so'zning farqi bor" maqolasidan

👍7⚡2🕊1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:
Boyoqish. Achinish uyg'otuvchi holatli, bechora, sho'rlik.
- Otang boyoqish charchab, bo'lganicha bo'ldi, – dedi ona. (P. Tursun)
Boyoqish ko'p yaxshi odam edi; insofli, hamiyatli edi. (Oybek)
Bolamga ko'z tegdimi, bilmayman. Bolam boyoqish notinchroq bo'lib qoldi. (Mirmuhsin)
© O'zbek tilining izohli lug'ati
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Boyoqish. Achinish uyg'otuvchi holatli, bechora, sho'rlik.
- Otang boyoqish charchab, bo'lganicha bo'ldi, – dedi ona. (P. Tursun)
Boyoqish ko'p yaxshi odam edi; insofli, hamiyatli edi. (Oybek)
Bolamga ko'z tegdimi, bilmayman. Bolam boyoqish notinchroq bo'lib qoldi. (Mirmuhsin)
© O'zbek tilining izohli lug'ati
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🔥5
🎉🎉🎉
Kechagi dars uchun mavzulashtirilgan viktorina testi tayyor!
21:00da Platformaga joylanadi.
Savollar soni: 40ta;
Har bir savol uchun 2,5 balldan.
Test ishlaganlar 100 ballik baholash tizimida baholanadi va reyting tuziladi. Platformada bo'ladigan har bir testda to'plagan ballingiz shu reytingdagi o'rningizni mustahkamlab boradi.
Shuningdek, kechagi dars videosi va taqdimoti ham platformaga joylandi, kirib bemalol foydalanishingiz mumkin.
Platformaga ro'yxatdan o'tish bepul!
Batafsil 👉 bu yerda

👍5