ProEducation | O'zbek tili
4.61K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
🎉 Sentabrga rejalashtirilgan 3 oylik bepul kursimiz boshlanguniga qadar:

14-avgust – Dushanba: Qo'shma gaplar;
16-avgust – Chorshanba: Takrorlash;
18-avgust – Juma: So'z birikmasi;
21-avgust – Dushanba: Takrorlash;
23-avgust – Chorshanba: Test tahlili.

Shu jadval asosida besh kanalda dars o'tamiz.
Videochat kanalda bo'lib o'tadi, mavzu takrorlash uchun berilgan viktorina test esa platformaga joylanadi.

Platforma haqida batafsil 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍7🔥4
Ona tili
12-savol


1. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi.
2. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi.

Ostiga chizilgan birliklarni:
• morfologik jihatdan;
• sintaktik jihatdan tahlil qiling.


Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍2🔥1
🔀 Teskari proporsional yechim

Grammatika quyidagi ikki hodisani arifmetik termin bilan nomlashni joiz topdim. Nega bunday nomlaganimni tushuntirishga harakat qilaman.

Arifmetikada miqdorlar bir-biriga o'zaro teskari (ya'ni biri ortsa, biri kamayadi) holda bog'lanishiga miqdorlarning teskari proporsiyasi deyiladi.

Ona tilida ham:
• ritorik so'qoq gaplar;
• to'ldiruvchi va fe'l so'z turkumining
oʻzaro aloqasida shu proporsiyani uchratishimiz mumkin.

Ritorik so'roq gaplar:
- ma'lumki, ritorik so'roq gaplar javob talab qilmaydigan so'roq gaplar turiga mansub, ya'ni javobi o'zi bilan – barchaga ma'lum. Shunday bo'lsa ham, uning javobi kesimning bo'lishli yoki bo'lishsizligiga bog'liq.

Agar ritorik so'roq gapning kesimi tasdiq shaklda bo'lsa, javobi inkor shaklda; agar so'roq gap inkor shaklda bo'lsa, javobi tasdiq shaklda bo'ladi, xuddi yuqoridagi arifmetik hodisaga o'xshab teskari proporsiyada.
Misol uchun:
Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva olishini kim bilmaydi? (hamma biladi)
Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sig'adi? (hech qayerga sig'maydi)

To'ldiruvchi va Fe'l:
Vositali toʻldiruvchilar o'timsiz fe'lga, vositasiz toʻldiruvchilar esa o'timli fe'lga bog'lanadi.

Bu usulni o'zim osonroq eslab qolish uchun ishlab chiqqandim: vositali va o'timli + (musbat), vositasiz va o'timsiz - (manfiy).
Musbat bilan musbat, manfiy bilan manfiy o'zaro bog'lanmaydi. Demak, musbat va manfiyni bog'laymiz, ya'ni vositali + o'timsiz, vositasiz + o'timli.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍53🔥2
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 12-savol 1. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi. 2. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi. Ostiga chizilgan birliklarni: • morfologik jihatdan; • sintaktik jihatdan tahlil qiling. Bepul kurs 👉 bu yerda…
Ona tili
12-savol javobi

Gaplarda ostiga chizilgan birliklarning biri turg'un, biri erkin birikma hisoblanadi.

- morfologik tahlilga ko'ra birinchi gapdagi qo'l qo'ymoq (ibora) fe'l so'z turkumi, tarkibida o'tgan zamon shakli mavjud; ikkinchi gapda ajratilgan birliklar esa qo'l ot so'z turkumi qo'ydi fe'l.

Eslatma!
Turg'un birikma – bu iboralar.
Erkin birikmalar esa so'z birikmalari va so'z qo'shilmalari.


- sintaktik jihatdan birinchi gapdagi birlik ibora bo'lgani uchun uni yaxlit holda fe'l kesim deymiz (iboralar gapda bitta gap bo'lagi bo'lib keladi).
ikkinchi gapdagi birlik erkin birikma, ya'ni so'z birikmasi bo'lgani uchun – qo'l belgisiz qoʻllangan vositasiz to'ldiruvchi va qo'ydi fe'l kesim deymiz.


Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍3🔥1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
34%
Tolqon
66%
Talqon
3👍3👎32❤‍🔥1🏆1
📙 Etimologiya

Tolqon – qovurilgan nonni tuyib tayyorlanadigan yemish, tuyilgan narsa.

Qadimgi turkiy tilda shu ma'noni anglatgan bu ot tal fe'lining – "yanch" ma'nosidan, "takror" ma'nosini ifodalovchi -qa qo'shimchasi bilan hosil qilingan shaklga -n qo'shimchasini qo'shib yasalgan.
O'zbek tilida a unlisi o ga almashgan.
[ tal + qa + n = talqan » tolqon ]


© Sh. Rahmatullayev | "O'zbek tilining etimologik lug'ati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍321👌1
"Aytgancha" va "Ha" so'zlari bir ma'noda kelishini bilarmidingiz?

Quyida shu haqida ⬇️
🤔3🌚3
Sinonim | Aytgancha

Aytgancha, aytmoqchi, aytganday, darvoqe, rostdan, ha. Aytilayotgan gap so'zlovchining yodiga kelib qolgan gap ekanligini bildiradi.

Aytganday, men sizga ko'rsatgan qopshiqni yechish oldida qozi sandiqdan olib chiqib ketdi. (H. Hakimzoda)
Rostdan, bugun 8-mart-a, joy bersammikin?! ("Mushtum")
Ha, aytganday, rayondan har qaysimizga bir ko'ylaklikdan atlas yuborishdi. (A. Qahhor)

© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍71
Ertaga soat 21:00da "Qo'shma gaplar" mavzusida videochat bo'lib o'tadi.

Shu yerda. ProEducation kanalida.

Chorshanba kuni esa takrorlash uchun berilgan test tahlili ovozli chatda o'tkaziladi. Test esa platformaga joylanadi.

Platformadan ro'yxatdan o'tish bepul.

Batafsil 👉
bu yerda
👍42
Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. Ushbu gapda qanday gap bo'lagi ishtirok etmagan?
Anonymous Quiz
13%
Ega
15%
Aniqlovchi
60%
Toʻldiruvchi
12%
Hol
👍42
ProEducation | O'zbek tili
Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. Ushbu gapda qanday gap bo'lagi ishtirok etmagan?
Izoh:

Gap bo'laklari tuzilishiga ko'ra sodda va murakkab gap bo'laklariga ajraladi.
Iboralar uch yoki to'rt so'zdan tashkil topishiga qaramay gap bir gap bo'lagi vazifasida keladi.
Berilgan gapda eti borib suyagiga yopishgan (ozg'in) iborasi aniqlovchi vazifasida kelgan;
It – ega;
Chayqalib-chaqalib – hol;
Chiqib keldi – kesim.

Faqatgina toʻldiruvchi ishtirok etmagan
.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
🔥9👍43
So'rovnoma:

Kanal obunachilari, asosan, kimlar tashkil etishini aniqlash maqsadida ushbu so'rovnoma o'tkazilmoqda.
Anonymous Poll
72%
Men oʻqituvchiman.
14%
Men maktab oʻquvchisiman.
8%
Men talabaman.
6%
Ham o'qituvchi, ham talabaman.
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
20%
Assalomu aleykum
80%
Assalomu alaykum
👍7
Ona tili
13-savol

Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman?
Berilgan gapda qanday gap bo'laklari ishtirok etgan?


Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍2👀1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:

Assalomu alaykum
Salom beruvchi aytadigan bu arabcha birikmaning birinchi a'zosi al aniqlik artikli bilan ishlatilgan salom so'zining bosh kelishik shakli bo'lib, bu ikki qism o'zbek tilida qo'shib yoziladi; arab tili qoidasiga ko'ra al artikli tarkibidagi l tovushi almashadi: al salomu → assalom.
Alaykum "tepa" ma'nosini ifodalovchi alau predlogi bilan II shaxs ko'plik kishilik olmoshi kum so'zidan tuzilgan bo'lib, asli "sizning tepangizda" ma'nosini bildiradi. Bu so'z o'zbek tilida yolg'iz ishlatilmaydi: assalomu alaykum; va alaykum assalom kabi arabcha birikmalar tarkibida ishlatiladi.

Assalomu alaykum – sizga tinchlik-omonlik tilayman.

© Sh. Rahmatullayev
| "O'zbek tilining etimologik lug'ati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍32🏆1
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 13-savol Umrimda bormagan joyimga qanaqa qilib boraman? Berilgan gapda qanday gap bo'laklari ishtirok etgan? Bepul kurs 👉 bu yerda ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
Ona tili
13-savol javobi

Gapni sintaktik jihatdan tahlil qilayotganimizda, avvalo, gapning markazi – kesimni aniqlab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kesim o'zining kesimlik shakllari – zamon, shaxs-son, mayl (ot kesim bo'lsa, bog'lamalar) bilan ajralib turadi. Ushbu gapimizda boraman so'zi kesim vazifasida.
Kesimga to'g'ridan-to'g'ri, bevosita tobelanib, uni izohlab kelayotgan bo'lak esa hol – qanaqa qilib (bevosita ravish holining savoli bilan ifodalangan).
Shuningdek, kesimga tobelanib, undan anglashilgan ma'noning qayerda bajarilganligini ifodalashga xizmat qilgan o'rin holi ham mavjud – joyimga.
O'rin holiga tobelanib, uni aniqlab kelayotgan murakkab gap bo'lagi esa aniqlovchiumrimda bormagan (qanday joy).
Demak, berilgan gap aniqlovchi + o'rin holi + ravish holi + kesim tarzida shakllangan.

Eslatma! Murakkab gap bo'lagi sifatida sifatdoshli birikmalar ham kelishi mumkin. Berilgan gapda umrimda bormagan sifatdoshli birikma murakkab gap bo'lagi vazifasida kelgan.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍71
⚡️⚡️⚡️
Ona tili va adabiyot fanidan
Bepul Kurs | 3 oy
Jadval shakllantirildi!

Darslarimiz 6-sentabr soat 21:00da boshlanadi.
Mavzu ketma-ketligi jadvalini kanalga joylab qo'yaman.

ProEducation kanalida videochatda mavzu tushuntiriladi;
• Test esa kanalning platformasida bo'lib o'tadi.
• Mavzu mustahkamlash uchun esa test tahlili ham bo'lib o'tadi.

Bizdan uzoqlashmang. Barchasi hali oldinda.

Maqsadimiz bepul bo'lsa, sifatsiz bo'ladi, degan noto'g'ri fikrni chiqarib tashlash.

Platformaga a'zo bo'lish uchun ushbu postni 5ta fanga aloqador guruh yoki do'stingizga yuborib, rasmlarini ushbu post ostida qoldiring, o'zimiz sizga aloqaga chiqamiz.

ProEducation
ProEducation
👏16👍72
Qaysi qatordagi so'z morfemik tarkibga to'g'ri ajratilgan?
Anonymous Quiz
22%
Burch+ak
78%
Bur+chak
👍8🏆3
Nom va ot

Ot so'z turkumi o'rganilayotgan vaqt shu ikki jumla bizni biroz chalkashishimizga sabab bo'ladi.

Nom shaxs yoki predmet, o'rin-joyga atab qo'yiladi, ya'ni atoqli otlar nom deb yuritiladi: shaxs nomi, narsa nomi, joy nomi.
Ot – shaxs yoki predmet, o'rin-joyning umumiy nomi, ya'ni turdosh otlar: shaxs oti, narsa oti, joy oti.

Misol uchun:
Shaxs nomi: Anvar, Shahzod;
Shaxs oti: ota, o'g'il, farzand.

Predmet nomi: Olapar, Orol dengizi.
Predmet oti: hayvon, daryo, olma.

Joy nomi: Abdulla Qodiriy ko'chasi, Toshkent shahri;
Joy oti: viloyat, shahar, ko'cha.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍94
Sinonimlar | Burun

Burun, tumshuq. Hid bilish organi va uning yuzdagi tashqi qismi.
Burun, asosan, insonlarga nisbatan, kam darajada hayvonlarga nisbatan qo'llanadi.
Tumshuq so'zi, aksincha, asosan hayvon va parrandalarga nisbatan, kam darajada insonga nisbatan qo'llanadi. Odamga nisbatan qo'llanganda mensimaslik, hurmatsizlik, nafrat ifodalanadi.

Yo'lchi go'yo uning ketishini kutib turgan kabi tezda uyga kirdi. Uyda tutun yo'qolgan bo'lsa-da, achchiq hid darrov uning burniga urildi. (Oybek)
Kampir uyda javrar, qizini qarg'ar edi: "E o'l, ityaloq! Daydi itning tumshug'ini yog' qilmay o'l!" (Abdulla Qahhor)

© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lugʻati"

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍72
Hashaki
Xashaki

Bu ot forscha xashak otiga -i qo'shimchasini qo'shib hosil qilingan bo'lib, "past nav", "past zotli" ma'nosini anglatadi: xashaki lavlagi, xashaki tovuq kabi.

© Sh. Rahmatullayev | O'zbek tilining etimologik lugʻati

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
4👍31