Kelayotgan hafta dushanba kunidan boshlab kanalda videodarslarni boshlaymiz.
Birinchi darsimiz mavzusi: Qo'shma gaplar
Chorshanba va juma kunlari esa shu mavzuni mustahkamlash uchun test tahlili o'tkaziladi.

⚡7👍6
Kurs xabarini yuborganlarga platformaga kirish uchun ruxsat bermoqdamiz.
Bu bepul kurs unda Siz ham qatnashishingiz mumkin.
Batafsil 👉 bu yerda

👍4
❗️Eslatma
H va X tovushlarini so'zlarda farqlab olish ko'pchilikka muammo tug'diradi.
Buning yechimini ikki yo'l bilan hal qilish mumkin:
• shu harflar ishtirok etgan so'zlar jadvaliga tez-tez ko'z yugurtirib chiqish. Tabiiyki, bu jarayon judayam zerikarli va esda saqlab qolish uchun qiyinchilik tug'diradi.
• ikkinchi usulda esa yuqoridagi jadvalni o'zingiz shakllantirishingiz mumkin. Ya'ni siz matn, esse yoki dikant yozayotganingizda yoki umuman olgan suhbat qurayotganingizda shu harflar ishtirok etgan so'zda ikkilanish paydo bo'lgan, darhol kitobdan uning to'g'ri yozilishi varianti ko'rib oling va o'z jadvalingizga kiritib boring. Bu jadvalni o'zingiz tuzib, tez-tez ko'z yugurtirib borsangiz esdam chiqish ehtimoli ancha kamayadi.
Yuqoridagilarga qo'shimcha tarzda quyidagi ayrim istinolarni ham kiritishimiz mumkin:
- i tovushi bilan boshlangan so'zlarda, shu tovushdan so'ng ko'p holda X tovushi keladi: ixtiyor, ixtiro;
- e tovushi bilan boshlangan so'zlarda shu tovushdan so'ng H tovushi keladi: ehson, ehtirom.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!

✍2👍1
ProEducation | O'zbek tili
❗️Eslatma H va X tovushlarini so'zlarda farqlab olish ko'pchilikka muammo tug'diradi. Buning yechimini ikki yo'l bilan hal qilish mumkin: • shu harflar ishtirok etgan so'zlar jadvaliga tez-tez ko'z yugurtirib chiqish. Tabiiyki, bu jarayon judayam zerikarli…
Ilova:
I harfi
Ixlos
Ixtilof
Ixtisos
Ixcham
Istisno: Ihramoq (og'riqdan ih demoq; Ihota (himoya); Ih (norozilik ifodalovchi undov so'z).
E harfi
Ehrom
Ehtiyoj
Ehtiyot
Ehtimol
Ehtiros
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
I harfi
Ixlos
Ixtilof
Ixtisos
Ixcham
Istisno: Ihramoq (og'riqdan ih demoq; Ihota (himoya); Ih (norozilik ifodalovchi undov so'z).
E harfi
Ehrom
Ehtiyoj
Ehtiyot
Ehtimol
Ehtiros
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4⚡3👌1
Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi // u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. Berilgan gaplar o'zaro qanday bog'lovchi vosita yordamida bog'lanadi?
Anonymous Quiz
7%
shuning uchun
68%
chunki
24%
balki
1%
agar
❤🔥3👌2
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili (Majburiy) javobi.pdf
Kanalimizda har kuni mana shunday testlar berib borishdan charchamayotgan @Rano_Orifovna ustozga alohida rahmat.
Ustoz har kuni qanchadir vaqtini shu testlarni tuzishga sarf etadilar va qo'shimchasiga o'z ustilarida ishlaydilar.
Agar sizda ham shunday xohish bo'lsa, test yoki topshiriq tuzib menga jo'natishingiz mumkin.
@javlonbek_rustamjonov

👍6🔥2❤🔥1
Sinonimlar | Azamat
Azamat, polvon, kuchli. Katta kuch-quvvatga ega.
Azamat va kuchli so'zi kishining butun o'ziga nisbatan ham, uning gavdasi, tana a'zolariga nisbatan ham qo'llanadi. Polvon shaxsning o'ziga nisbatan qo'llanadi.
Yo'lchi ham butun azamat gavdasini silkib quladi. (Oybek)
Uning katta o'g'li Sulton o'n oltiga qadam qo'ydi. Badanini cho'yandan quyganga o'xshaydi azamatning. (H. G'ulom)
"To'nkani bir polvon yoradi, bir donishman yoradi" degandek, Tojiboyni Do'stmatov bo'yin bo'yin egdirolmasa, kim unga bas keladi. (P. Tursun)
Ko'zlarini chiroyli suzib eski kiyimda, lekin kuchli, mag'rur, kelishgan Yo'lchiga tikildi. (Oybek)

👍2
Ona tili
11-savol
1. Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi.
2. Tarbiya tajriba bilan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi gaplarni qanday bog'lovchi vosita yordamida qo'shma gapga aylantirish mumkin va u qo'shma gapning qaysi turiga aylanadi?

🏆3
Bayt tahlili
Oshiq o'ldum bilmadim yor o'zgalarga yor emish,
Olloh-olloh ishq aro mundoq balolar bor emish.
Taqtesi:
– V – – / – V – – / – V – – / – V –
Ramali musammani mahzuf
Radif: emish;
Qofiyadosh so'zlar: yor, bor;
Qofiya turi: muqayyad;
Raviy: r
Mazmuni:
Oshiq ishqning balolaridan doim boxabar bo'lgan va o'ziga shu orqali jabr qilgan. Navoiy qalamiga mansub bu g'azalning matlasida ham xuddi shu holat: oshiq yorga mubtalo bo'ladi va keyin tushunadiki ishq dunyosida turli balolarga to'la. Bu esa bilib bilmaslikka olish, ya'ni tajohil ul-orif san'atini yuzaga keltirgan.
Taqtega ajratish:
https://telegra.ph/Bayt-tahlili-08-11

👍7⚡1
ProEducation | O'zbek tili
Bayt tahlili Oshiq o'ldum bilmadim yor o'zgalarga yor emish, Olloh-olloh ishq aro mundoq balolar bor emish. Taqtesi: – V – – / – V – – / – V – – / – V – Ramali musammani mahzuf Radif: emish; Qofiyadosh so'zlar: yor, bor; Qofiya turi: muqayyad; Raviy: r…
Bu yerda birgina bayt tahlili bor, sizlarga ma'qul kelgan bo'lsa, platformaga ham butun boshli g'azallarni shunday tahlil qilib joylab boramiz.
Platformaga a'zo bo'lish bepul.
Batafsil 👉 bu yerda
Platformaga a'zo bo'lish bepul.
Batafsil 👉 bu yerda
👍15⚡1
❗️❗️❗️
Sentabr oyidan boshlab 3 oy davomida kanalda bepul darslar tashkillashni rejasini tuzib o'tiribman.
Kunning qaysi paytida bo'lishini kelishamiz.
Nasib qilsa, 6-sentabrdan boshlab, uzluksiz darslarni boshlaymiz.
Birinchi uch oylikni muvaffaqiyatli yakunlab olsak, attestatsiya qancha vaqt qolgan bo'lsa, kuchaytirilgan tartibda darslarimizni olib boramiz.
Bu hamma yoqda tarqalib yotgan, joningizga tegib ulgurgan bepul marafon emas. Hamma pulga berayotgan bilimni men bepul ulashmoqchiman.
Videodarslar kanalda bo'ladi. Lekin darsimizning takrorlash qismi platformada bo'lib o'tadi.

👍34👏5
👍7❤🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 11-savol 1. Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. 2. Tarbiya tajriba bilan amalga oshiriladi. Yuqoridagi gaplarni qanday bog'lovchi vosita yordamida qo'shma gapga aylantirish mumkin va u qo'shma gapning qaysi turiga aylanadi? Bepul…
Ona tili
11-savol javobi
• Berilgan gaplar o'zaro bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'lanishi mumkin. Chunki gaplar orasida o'zaro qiyoslash, taqqoslash ma'nosi mavjud. Ta'lim va tarbiya o'zaro qiyoslanmoqda.
• Bu bog'lovchi vositalar bog'langan qo'shma gap turini hosil qiladi.
Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi, tarbiya esa tajriba bilan amalga oshiriladi.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
11-savol javobi
• Berilgan gaplar o'zaro bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'lanishi mumkin. Chunki gaplar orasida o'zaro qiyoslash, taqqoslash ma'nosi mavjud. Ta'lim va tarbiya o'zaro qiyoslanmoqda.
• Bu bog'lovchi vositalar bog'langan qo'shma gap turini hosil qiladi.
Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi, tarbiya esa tajriba bilan amalga oshiriladi.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
⚡2👍1🤔1
👍7❤🔥1✍1
O'zbek tilining izohli lug'atida:
• Xayrli so'ziga yaxshi, ijobiy, xosiyatli deb ta'rif berilgan.
• Tong so'ziga kun chiqish payti, subhidam, sahar, azon; koʻchma ma'noda esa biror narsaning boshlanish payti, ilk davri.
Kuningizni bizning kanal bilan boshlayotganingizdan biz juda ham mamnunmiz va kun davomida ijobiy kayfiyat berib, bilimingiz oshishi uchun xizmatdamiz.
Xayrli tong, hurmatlilarim! 🌞

👍4❤🔥1⚡1
❕Butun so'zi
So'zlarning shakldoshligi ajoyib hodisa. Birr so'zning boshqa bir ma'noni ham anglatishini topib olsangiz yarim hayrat va yarim hayajon bilan o'sha so'zni o'z lug'atingizga qo'shib qo'yasiz.
Lekin testda bu mavzu boshog'riq.
Ayrim so'zlar borki, ularni grammatik jihatdan ayrim belgilarini aniqlab, ajratib olmasak, ma'nosidan farqlab olishimiz amrimahol.
Bugun shunday so'zlar sirasiga kiruvchi butun so'zini ko'rib chiqamiz.
Ma'lumki, bu so'z mustaqil so'z turkumlaridan olmosh, son va sifat so'z turkumlarida mavjud. Bizga muammo tig'diradigani esa, asosan, sifat va olmosh.
1. Sinmagan, yirtilmagan kabi ma'nolarni ifodalab kelgan butun so'zi sifat so'z turkumiga mansub so'z hisoblanadi: Koʻprik butunmi yoki majaqlab tashlandimi – bu unga qorongʻi. (I. Rahim); Arslonning oʻsha toʻni hali butun, eskirmagan. (S. Zunnunova)
2. O'ringa, paytga nisbatan qo'llangan, yoki sinmaydigan, mavhum jism yoki xalq, aholi so'zlari bilan birga qo'llangan, shuningdek, barcha, hamma so'zlari bilan almasha olgan butun so'zi olmosh hisoblanadi: Butun bir institutda undan chiroyli qiz yoʻq edi. (O. Yoqubov); Sobir butun dunyoni unutgandi, uning atrofida qogʻoz, qalam va aytmoqchi boʻlgan soʻzlardan boʻlak hech narsa yoʻq edi. (O. Moʻminov); Ertalab dalaga joʻnaydi. Butun kun yer haydaydi. (Oybek)
3. Kasr sonlar tarkibidagi, sonning butunini ifodalovchi butun so'zi son so'z turkumiga mansub: ikki butun o'ndan besh.
Bepul kurs 👉 bu yerda
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

👍5✍1👌1
👍10🔥1
🎉 Sentabrga rejalashtirilgan 3 oylik bepul kursimiz boshlanguniga qadar:
14-avgust – Dushanba: Qo'shma gaplar;
16-avgust – Chorshanba: Takrorlash;
18-avgust – Juma: So'z birikmasi;
21-avgust – Dushanba: Takrorlash;
23-avgust – Chorshanba: Test tahlili.
Shu jadval asosida besh kanalda dars o'tamiz.
Videochat kanalda bo'lib o'tadi, mavzu takrorlash uchun berilgan viktorina test esa platformaga joylanadi.
Platforma haqida batafsil 👉 bu yerda

👍7🔥4
Ona tili
12-savol
1. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi.
2. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi.
Ostiga chizilgan birliklarni:
• morfologik jihatdan;
• sintaktik jihatdan tahlil qiling.

👍2🔥1
🔀 Teskari proporsional yechim
Grammatika quyidagi ikki hodisani arifmetik termin bilan nomlashni joiz topdim. Nega bunday nomlaganimni tushuntirishga harakat qilaman.
Arifmetikada miqdorlar bir-biriga o'zaro teskari (ya'ni biri ortsa, biri kamayadi) holda bog'lanishiga miqdorlarning teskari proporsiyasi deyiladi.
Ona tilida ham:
• ritorik so'qoq gaplar;
• to'ldiruvchi va fe'l so'z turkumining oʻzaro aloqasida shu proporsiyani uchratishimiz mumkin.
Ritorik so'roq gaplar:
- ma'lumki, ritorik so'roq gaplar javob talab qilmaydigan so'roq gaplar turiga mansub, ya'ni javobi o'zi bilan – barchaga ma'lum. Shunday bo'lsa ham, uning javobi kesimning bo'lishli yoki bo'lishsizligiga bog'liq.
Agar ritorik so'roq gapning kesimi tasdiq shaklda bo'lsa, javobi inkor shaklda; agar so'roq gap inkor shaklda bo'lsa, javobi tasdiq shaklda bo'ladi, xuddi yuqoridagi arifmetik hodisaga o'xshab teskari proporsiyada.
Misol uchun:
Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva olishini kim bilmaydi? (hamma biladi)
Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sig'adi? (hech qayerga sig'maydi)
To'ldiruvchi va Fe'l:
Vositali toʻldiruvchilar o'timsiz fe'lga, vositasiz toʻldiruvchilar esa o'timli fe'lga bog'lanadi.
Bu usulni o'zim osonroq eslab qolish uchun ishlab chiqqandim: vositali va o'timli + (musbat), vositasiz va o'timsiz - (manfiy).
Musbat bilan musbat, manfiy bilan manfiy o'zaro bog'lanmaydi. Demak, musbat va manfiyni bog'laymiz, ya'ni vositali + o'timsiz, vositasiz + o'timli.

👍5⚡3🔥2
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 12-savol 1. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi. 2. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi. Ostiga chizilgan birliklarni: • morfologik jihatdan; • sintaktik jihatdan tahlil qiling. Bepul kurs 👉 bu yerda…
Ona tili
12-savol javobi
Gaplarda ostiga chizilgan birliklarning biri turg'un, biri erkin birikma hisoblanadi.
- morfologik tahlilga ko'ra birinchi gapdagi qo'l qo'ymoq (ibora) fe'l so'z turkumi, tarkibida o'tgan zamon shakli mavjud; ikkinchi gapda ajratilgan birliklar esa qo'l ot so'z turkumi qo'ydi fe'l.
Eslatma!
Turg'un birikma – bu iboralar.
Erkin birikmalar esa so'z birikmalari va so'z qo'shilmalari.
- sintaktik jihatdan birinchi gapdagi birlik ibora bo'lgani uchun uni yaxlit holda fe'l kesim deymiz (iboralar gapda bitta gap bo'lagi bo'lib keladi).
ikkinchi gapdagi birlik erkin birikma, ya'ni so'z birikmasi bo'lgani uchun – qo'l belgisiz qoʻllangan vositasiz to'ldiruvchi va qo'ydi fe'l kesim deymiz.

👍3🔥1