ProEducation | O'zbek tili
4.62K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Ona tili (Majburiy) javobi.pdf
79.6 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobli)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul Kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍1
Ona tili va adabiyot fanidan yangi platformada darslar boshlanishi haqida aytib o'tgan edik. Ertadan bepul kurs uchun qabul boshlanadi.

Tafsilotlar esa batafsil bu yerda.
👍4
Bepul Kursda barchasi alohida-alohida shakllantirilgan.

Xuddi kutubxonadagidek.
👍7
Har bir ish sizlarning qo'llab-quvvatlashingiz bilan bo'ladi.

Bepul kurs uchun ozmuncha vaqt sarflanayotgani yo'q. Ko'pchilikning nazdida bepul bo'lsa, sifatsiz bo'ladi degan fikr bor. Men aynan shu fikrni chiqarib yuborish uchun kurashyapman.
Bepul degani sifatsiz degani emas. Buni ortida yaxshigina mehnat yotadi.
Gapirib minnat qilgim yo'q. Shuning uchun e'tiborsiz qoldirmay, shu ishni davomiyligini ta'minlash uchun qo'llab-quvvatlang. Guruhlarga tarqating, degan xabarni ko'raverib zada bo'lgansiz bilaman. Lekin bu qilayotgan mehnatimiz ko'pchilikka yetib borishi uchun muhim.

Yuqorini bir ko'rib chiqishingiz mumkin. Oxirgi marta qachon biror xabarni guruhlarga tarqating deb sizga biror gap yozdim.
Shu sababli kanalda postlarning ko'rishlar soni 20 foizga ham yetmaydi. Yoki kanalga joylayotgan, berib borayotgan ma'lumotlarim sifatsizmi?

Ilgari boshlagan juda ko'p loyihalar chala qolib ketgan. Sizlar uchun qilinayotgan mehnat sizlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmasa, uni kim qo'llaydi. Ko'rishlar soni, maqolaga bosiladigan reaksiyalar, har bir xabarga izoh yozish, o'z fikringizni bildirib borish bu menga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Demak, qilayotgan ishim atrofdagilar uchun e'tiborli, ular uchun qiziq bo'lyapti degan fikr meni yana oldinga undaydi.

Bu gaplar sizlarni sal bo'lsa ham uyg'otish uchun edi. Chunki har kuni tashlab borayotgan 40talik viktorina testlarini ishlab boruvchilar kundan-kun kamayib boryapti. G'alatimasmi, siz kimgadir foydali bo'lsin deb, harakat qilasiz, lekin undan biror sado chiqmaydi.

Hozirgi bepul kursni ham qo'llab-quvvatlamasangiz bu ham yarmiga bormay tugaydi.

Nega o'zingiz pullik kurs o'tmaysiz degan savol bo'lishi mumkin. Ilgari bor e'tiborim shu onlayn darsda edi. Hozir esa boshqa ishga o'tdim, e'tiborim bo'linib, onlayn kursga e'tibor berolmayapman, men pulini olib chala bilim berishni xohlamayman, buni kursimga qatnashganlar bilishadi. Shuning uchun sohadan chiqib ketib qolmaslik uchun bepul bo'lsa ham, kursni boshladim.

Kelishib oldik degan umiddaman. Men auditoriyamni yaxshi ko'raman, izoh yozishmasa ham, o'zaro hurmatni sezib turaman. Lekin shu hurmatni rekasiya va izohlarga ko'chirmasak, menga energiya kelmay qolyapti, hurmatlilarim.
👍39🔥31
Ancha yig'ilib qolgan ekan, erinmay o'qib chiqasiz endi 😊
Haftasiga 3 marta;
Dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 21:00da.

ProEducation kanalida Bepul kursning videochatlari bo'lib o'tadi.

Bepul Kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
69%
tap tortmaydi
31%
tab tortmaydi
51🏆1
Kanalimizning yangi a'zolari uchun:

Kanalda avval ham Bepul darslar Marafoni o'tkazilgan
- Birinchisi 👉 bu yerda
- Ikkinchisi 👉
bu yerda

Yangi mavsum boshlanguniga qadar shu darslarni ko'rib chiqishingiz mumkin.
🎉31
Mumtoz she'riyatdagi juda ko'plab atamalar arab tilidan o'zlashgan.
Ayniqsa, g'azal tahlili davomida bu atamalarning izohini bilish tahlilni osonlashtiradi.

Matla' yoki mabda' – g'azalning birinch bayti – quyosh chiqishi degan ma'noni bildiradi.
Maqta' – g'azalning oxirgi bayti – quyosh botishi degan ma'noni bildiradi.
Radif – misralar oxirida takrorlanib keluvchi so'z yoki so'zlar – yo'ldosh, hamroh degan ma'noni bildiradi.

Bepul Kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👌21👍1🎉1
O'tkan kunlar – o'zbek hayotining ensiklopediyasi.

© Dilmurod Quronov

Siz bu fikrga qo'shilasizmi?

Bepul Kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍13🏆2
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Izoh:

Tab tortmaslik – biror narsa qilish yoki aytishdan qaytmaslik
.
Qizlar – balo... Kechalari ham dalaga chiqishdan tab tortishmaydi. (Oybek)
Zuhra ham tab tortmay: – Turtmasdan gapirsangiz bo'lmaydimi, urgandan turtgan yomon, – dedi. (Oydin)

Bepul Kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍52🏆1
« Vaholanki, men hamon oʼsha-oʼsha hal qilib boʼlmaydigan bitta masala atrofida aylanayotgan ekanman. Bu masala — nimaga oʼrgatayotganingni bilmay turib, birovga aql oʼrgatish edi. Nega desangiz, men koʼrdim — hamma har xil narsani oʼrgatar ekan va nima oʼrgatayotganlari oʼzlari uchun ham qorongʼi ekanini oʼzlaridan yashirmoq uchun bir-birlari bilan bahslashib yotishar ekan. Men oʼylaymanki, shu zahotiyoq dehqon bolalari bilan birgalikda bu qiyinchilikni
bartaraf qilish mumkin — buning uchun bolalarga oʼzlari xohlagan narsani oʼrgatish kerak».

© Lev Tolstoy | "Iqrornoma"
👍42🔥1
Qaysi biri to'g'ri?
Anonymous Quiz
64%
Xo‘p
6%
Xo‘b
30%
Ikkovi ham
👍4
Unnamoq so'zi urinmoq so'ziga qaganda oddiy so'zlashuvda kengroq qo'llangani uchun men uni sheva so'zi deb bilar ekanman.

Chunki aynan Farg'ona, Andijon va Namangan hududlar unnamoq tarzida, Toshkent shevasida talaffuzda unamoq tarzida muomalada mavjud.

Unnamoq – biror narsaning harakatini qilmoq, unga kirishmoq (asosan, ovqat, taom bilan bog'liq ish-harakatlar haqida.)

Sanobarxon erta turib, tandir somsaga unnab ketdi. (G'ayratiy)
Xosiyat, hech narsaga unnamang, men uzoq o'tirmayman. (R. Fayziy)
Yoshi qaytgan, xushfe'l ayol ikki qizni ochiq chehra bilan kutib oldi. Darhol dasturxon yozib, ovqatga unnay ketdi. (Mirmuhsin)

© "O'zbek tilining izohli lug'ati"dan olindi.

Bepul Kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍31
Bugun Lev Tolstoyning "Iqrornoma"sining uchinchi bo'limini o'qib chiqamiz.

Bu bo'limda yozuvchi o'zi nima qilayotganini tushunmay bajargan ko'plab ishlariga iqror bo'ladi. O'zida yig'ilib qolgan ko'plab savollarga javob bera boshlaydi.

Asar matni
Asar matni
1👍1
ProEducation | O'zbek tili
Qaysi biri to'g'ri?
Izoh:

Xo'p so'zining biror ishga rozilik berish ma'nosidan tashqari diqqat-e'tibor bilan, yaxshilab kabi ma'nolari ham bor. Aynan shu ma'noda Xo'b so'zi bilan ma'nodosh bo'la oladi.
So'zni tanlab gapirganlar – xo'p bilur so'z qadrini. (S. Abdulla)
U savdogarni o'z huzuringizga olib kelib, hisobni o'zingiz qilsangiz xo'broqdir. (Bo'tako'z)

© O'zbek tilining izohli lugʻatidan foydalanildi.

Bepul kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta'limning pro versiyasi!
👍4
Ona tili (Majburiy) .pdf
80.7 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobsiz)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul kurs 👉
bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2
Ona tili (Majburiy) javobi.pdf
80.7 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobli)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul
kurs 👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2
Kelayotgan hafta dushanba kunidan boshlab kanalda videodarslarni boshlaymiz.

Birinchi darsimiz mavzusi: Qo'shma gaplar

Chorshanba
va juma kunlari esa shu mavzuni mustahkamlash uchun test tahlili o'tkaziladi.
7👍6
Kurs xabarini yuborganlarga platformaga kirish uchun ruxsat bermoqdamiz.

Bu bepul kurs unda Siz ham qatnashishingiz mumkin.

Batafsil 👉
bu yerda
👍4