ProEducation | O'zbek tili
4.59K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Ona tili
10-savol

Faqat pashsha g'ing'illaydi // bemor inqillaydi // har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi // (Abdulla Qahhor)
Berilgan gapda // belgisi o'rnida qanday tinish belgilari qo'yilishini tartib bilan yozing.

ProEducation - ta'limning pro versiyasi!
Adabiyot
6-savol

Necha dedim ul sanamg‘a: Bormog‘in!
Qilmadi ul tark oxir bormog‘in;
Munchakim xudroyliq ko‘rguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmog‘in.
1. She'riy asarning janrini toping;
2. 1- va 2-misralarda shakldoshlik hosil qilayotgan so'zlarni morfemik tahlil qiling.

ProEducation - ta'limning pro versiyasi!
👍2
Ona tili (Majburiy).pdf
66.6 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobsiz)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
Ona tili (Majburiy) javobi.pdf
67.1 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobli)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍1
Har bir inson hayotga kelib, ortidan nimadir iz qoldirish istagida yuradi. Kimdirlar o'zi, yana kimlardir farzandlari, nabiralari orqali.
O'zi qoldirgan bog'dan inson qanchalik faxr hissini tuyushi boshqacha tuyg'u. Bog' majoziy ma'noda. Ya'ni hamma ham ortidan yaxshi nom qoldirishni, u orqali o'zini eslashini istaydi, shu inson juda savobli ish qilgan ekan, baraka topsin degan gapni eshitish esa judayam huzurli.
Men mana shu kanalni o'z bog'im deb bilaman. Kanalga joylanadigan barcha ma'lumotlar kelajakda foydalanib orqamdan yaxshi fikrlar aytilishi, duo qilinishi uchun.
Mana shu ishga sizni ham sherik qilmoqchiman. Qiyin emas. O'z sohangiz yuzasidan.
Kimdir she'r yozar, kimdir hikoya, kimdir test tuzar – barchasini menga yuborishingiz mumkin. Barchasi o'z ism-sharafingiz bilan kanalga joylanadi.

Taklif uchun
👍13
ProEducation | O'zbek tili pinned «Har bir inson hayotga kelib, ortidan nimadir iz qoldirish istagida yuradi. Kimdirlar o'zi, yana kimlardir farzandlari, nabiralari orqali. O'zi qoldirgan bog'dan inson qanchalik faxr hissini tuyushi boshqacha tuyg'u. Bog' majoziy ma'noda. Ya'ni hamma ham ortidan…»
Tic Tac...

Test boshlanishiga 20 daqiqa qoldi.
👨🏼‍💻 Attestatsiya namunaviy testi 14

- Google Forms orqali shakllantirilgani uchun test yechayotgan vaqtda online bo'lish talab etiladi.
- Internet tezligi testga kirish tezligiga ta'sir etadi. Agar sizda tezlik past bo'ladigan bo'lsa, ozroq kutishingizga to'g'ri keladi. Shu sababdan sizdan uzog'i bilan 1-2 daqida sabrli bo'lishni so'rab qolamiz.

Yuqoridagilar bilan tanishib chiqqan bo'lsangiz, "Testni boshlash" tugamasini bosib, o'z bilimingizni sinab ko'ring. Omad 😊

Testni boshlash
Testni boshlash
👍2
"Hamma narsa rivojlanadi, tarkibiy qismlarga ajraladi, murakkablashish va mukammallashish sari boradi. Bu harakatni belgilab turuvchi qonunlar bor. Sen – butunning qismisan. Imkoni boricha butunni bilsang, rivojlanish qonunini bilsang, shu bilan sen shu butunlikdagi o'z o'rningni ham bilgan bo'lasan".
© Lev Tolstoy "Iqrornoma"

Ikkinchi qism
Ikkinchi qism
ProEducation | O'zbek tili
Ona tili 10-savol Faqat pashsha g'ing'illaydi // bemor inqillaydi // har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi // (Abdulla Qahhor) Berilgan gapda // belgisi o'rnida qanday tinish belgilari qo'yilishini tartib bilan yozing. ProEducation - ta'limning…
Ona tili
10-savol javobi

Gap tuzilishi jihatidan murakkab qo'shma gap va barcha gaplar o'zaro ohang yordamida bog'langan. Birinchi va ikkinchi gap orasida vergul, ikkinchi va uchinchi gap orasida nuqtali vergul va gap oxirida nuqta tinish belgisi qo'yiladi.

Izoh: Bog'lovchisiz yoki murakkab qo'shma gap tarkibidagi gaplar mazmunan sezilarli mustaqil bo'lib, bir-biriga mazmunan bevosita yaqin bo'lmaganda, odatda, gaplar orasiga nuqtali vergul qo'yiladi.

ProEducation - ta'limning pro versiyasi!
ProEducation | O'zbek tili
Adabiyot 6-savol Necha dedim ul sanamg‘a: Bormog‘in! Qilmadi ul tark oxir bormog‘in; Munchakim xudroyliq ko‘rguzdi ul, Aql hayrat qildi tishlab barmog‘in. 1. She'riy asarning janrini toping; 2. 1- va 2-misralarda shakldoshlik hosil qilayotgan so'zlarni morfemik…
Adabiyot
6-savol javobi

She'r Alisher Navoiy qalamiga mansub va u tuyuq janrida yozilgan. Tajnis san'atini yuzaga keltirayotgan so'zlar shartli ravishda (qo'shimchalar bilan birga) shakldoshlik yuzaga keltirgan.
1-misradagi bormog'in so'zi: bor – asos (fe'l), -mo – fe'lning bo'lishsizlik shakli -ma ning tarixiy shakli, -g'in – fe'lning buyruq maylini ifodalovchi -gin qo'shimchasini tarixiy shakli;

2-misradagi bormog'in so'zi: bor – asos (fe'l), -moq – fe'lning harakat nomi shakli, unga -i egalik shakli qo'shilishi natijasida q tovushi g' kabi talaffuz qilingan va yozilgan, -n – tushum kelishigining qisqargan shakli.

ProEducation - ta'limning pro versiyasi!
🔥1
Odamning turli fe’l-atvorli do‘stlari bo‘ladi, hammasi bilan fe’liga, tabiatiga qarab, yaxshi muomala qilish zarur. Gapdagi fe'llar haqida noto'g'ri hukmni aniqlang.
Anonymous Quiz
26%
2 ta fe'l mustaqil kesim vazifasida kelgan
24%
1 ta fe'l nomustaqil kesim bo'lib kelgan
26%
yasama fe'llar soni 1ta
24%
1 ta fe'l gapda holni shakllantirgan
🔥1
Ona tili (Majburiy) .pdf
81.4 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobsiz)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
🔥1
Ona tili (Majburiy) javobi.pdf
81.6 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobli)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍1🔥1
Sinonimlar | Abadiy

Abadiy, mangu, umrbod, toabad, ilalabad.
Hayotning o'zi kabi doimiy, yo'q bo'lmaydigan.
Abadiy, mangu so'zlari oddiy so'zlashuvda deyarli qo'llanmaydi.
Umrbod so'zi abadiy, mangu so'zlariga teng ma'noda ham, shuningdek, bir kishi umri davomida o'zgarmaydigan, yo'q bo'lmaydigan ma'nosida ham qo'llana oladi.
Toabad nisbatan eskirgan, kitobiy.
Ilalabad eskirgan, kitobiy. Bu ikki so'z, asosan, poetik asarlarda uchraydi.
Shahrlarning nomi abadiy. Bu nomlarni qo'ygan el-ulus. (M. Shayxzodad)
Qahramonlar aslo o'lmaydilar. Ular mangu hayot. (A. Pahmat)
Biz vatanda yayrab o'sgan quvnoq yosh avlod. Bu shodlikni partiyamiz berdi umrbor. (I. Muslim)
Umrbod shu yerda qolishga keldim. (H. G'ulom)

© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati"dan olindi.

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2🔥1
Toy hammadan uzoqdan // Beshqo'rg'ondan // o'ziga o'xshash yuvosh sigirini oldiga solib kelardi. Gapda // belgilari o'rniga qanday tinish belgilari qo'yiladi?
Anonymous Quiz
38%
vergul / tire
14%
qavs
13%
tinish belgi qo'yilmaydi
34%
tire / tire
🔥2👍1
Oltinchi so‘z

Qozoqlarda: «Hunarning boshi birlikda, rizqning boshi tiriklikda» degan maqol bor. Ammo ular: bunday birlik qanday elda qanday qilsa bo‘ladi — buni bilishmaydi. Ular: ot o‘rtada, osh o‘rtada, kiyim o‘rtada, boylik o‘rtada bo‘lsa ekan, deb o‘ylashadi. Unday bo‘lsa — boylikdan nima foyda-yu, kambag‘allikdan nima ziyon? Unday bo‘lsa oshna-og‘ayning yo‘qolmay turib, mol topishning nima keragi bor? Shumi birlik? Yo‘q! Birlik — qo‘rangdagi molda emas, tushunchangda bo‘lishi kerak. Mol bersang otasi boshqa, onasi boshqa, dini boshqa, tirikchiligi boshqalar ham sen bilan tinch-totuv bo‘laveradi. Agar birlik mana shunday hisob bilan o‘lchansa, ya’ni molga sotib olinsa, bu birlik — birlik emas, ablahlikdir! Do‘st bo‘laman degan kishi ber demasdan do‘st do‘st bo‘lsa, tinch-totuv yashasa, tuz-nasibasini xudodan tilasa yaxshi bo‘ladi. Aks holda, tuz-nasibasini xudodan tilamaydi, mehnat qilmaydi va bir-biriga balo izlaydi, bir-birini aldashning payiga tushadi. Xo‘sh, shu ham birlik bo‘ldimi endi?

«Rizq — tiriklikda» deyi­shadi. Bu nima degani? Demak, tanangda joning bo‘lsa, tiriklik shumi? Yo‘q, bundaqa tiriklik itda ham bor. Tiriklikni shunday deb tushunib, shu tushuncha bilan yashagan odam o‘limni yot ko‘rib, oxiratga dushman bo‘ladi. O‘z joninigina himoya qilib, yov tegsa qochib, qo‘rqoq atalib, mehnat qilishdan bosh tortib, erinchoqlik qilib, maxsimcha bo‘lib yurish-bu ham yuqorida aytilgan rizqqa nisbatan nonko‘rlik qilishdir. Tiriklikni bunday tushunish yaramaydi; o‘zing tirik bo‘lganing bilan ko‘ngling, ko‘kraging o‘lik bo‘lsa, bu tiriklik — tiriklik emas, albatta; o‘zing tirik bo‘lsang-u, ko‘kraging o‘lik bo‘lsa — aql topsang mol topmaysan, mol topsang aql topmaysan. Halol mehnating bilan erinchoq­lik qilmay mol topish uchun g‘ayrat qilolmaysan.

Ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor bo‘lib, sirting yaltirab, iching qaltirab yurib, tirikman degandan ko‘ra — bundan xudo yuborgan halol o‘lim ming marta afzal.

© Abay | "Nasihatlar"

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍4🔥1
Sinonimlar | Avlod

Avlod, bo'g'in.
Bir davr kishilarining nasli.
Bo'g'in bu ma'noda ayrim so'z birikmalari tarkibidagina qo'llanadi.
Insoniyatning asl orzusi ro'yobga chiqarayotgan kishilar bilan kelajak avlodlar faxrlanadilar. ("Qizil O'zbekiston")
Partiya butun tarbiyaviy ishlarda yosh avlodning o'sib kamolga yetishiga alohida ahamiyat berib kelyapti. ("Qizil O'zbekiston")
Yosh bog'inni mehnatsevarlik, kollektivizm, Vatanga, kommunizmga sadoqat ruhida tarbiyalangiz! ("Qizil O'zbekiston")

© Azim Hojiyev | "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati"dan olindi.

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2
Ona tili (Majburiy) .pdf
79.4 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobsiz)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul Kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍2
Ona tili (Majburiy) javobi.pdf
79.6 KB
💼 Ona tili

📗 Majburiy fan
(javobli)

👩‍💻 Muallif: Hakimova Ra'noxon

Bepul Kurs
👉 bu yerda

ProEducation – ta’limning pro versiyasi!
👍1
Ona tili va adabiyot fanidan yangi platformada darslar boshlanishi haqida aytib o'tgan edik. Ertadan bepul kurs uchun qabul boshlanadi.

Tafsilotlar esa batafsil bu yerda.
👍4