ProEducation | O'zbek tili
4.61K subscribers
2.22K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Ish haqi, pensiya va nafaqalar 7% ga oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
👍4🔥2👎1🏆1
#shunchaki
Xaqlni chaqirib, osh berib, kelganlarning har biriga bittadan qo'y tarqatgan podshoning ortidan: "Xasis bo'lmay o'lsin, bittadan arqon qo'shib bermadi-ya", - deb nolishda davom etishgan ekan.


"Tasodifan" shu gap esimga keldi.
🔥9👍5🏆2
Dostondan:

Yodgor yolg‘iz yo‘lga kirib,
Bir necha hisobin yitirib,
Yodgor ishini bitirib,
Otasin yoyin keltirib,
Qaysarning o‘g‘li boradi.
Ushbu parchada keltirilgan qaysar kim?

(10-sinf Adabiyot darsligi)
💬 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👎1
ProEducation | O'zbek tili
Savol: Rost siz mamlakat el-yurt amirisiz lekin betobligingizda tabibga itoatkorsiz. Aks holda buyruqqa bo‘ysunmagan amaldorlar bilan yurtni idora qilib bo‘lmaganidek tabib ham buyruqqa bo‘ysunmagan betoblar ustidan hukm yuritolmaydi – debdi Ibn Sino. Ushbu…
Javob

Rost, siz mamlakat, el-yurt amirisiz, lekin betobligingizda tabibga itoatkorsiz.
Aks holda buyruqqa bo‘ysunmagan amaldorlar bilan yurtni idora qilib bo‘lmaganidek, tabib ham buyruqqa bo‘ysunmagan betoblar ustidan hukm yuritolmaydi, – debdi Ibn Sino.

💬 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1
Savol:

Mutaxasislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanini takidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi “issiqxona effekti” deyiladi. Ya’ni quyoshdan kelgan nurni yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi.

Ushbu gapda qanday imloviy xatolikka yo'l qo'yilgan?
👍8🔥1
Assalomu alaykum!
Kanalda tonggi ona tili va adabiyot fanidan imtihonga tayyorlanish uchun guruh ochishim haqida e'lon bergan edim. 10 kundan buyon faoliyatini yuritib kelmoqda.
Ramazon oyini yanada samaraliroq o'tkazish niyatingiz bo'lsa, kursimizga qo'shiling.
Barcha darslar va tahlillar jonli ravishda ovozli chatda olib boriladi.
🗓 Haftada
6 kun (4 kun ona tili, 2 kun adabiyot)
ℹ️ Kursimiz tartib qoidalari bilan tanishtirib o'tsam:
• Dars har kuni tonggi 5:30da boshlanadi. Darslarda besabab qatnashmaslik taqiqlanadi. Sababsiz darsda 1hafta qatnashmaslik sizni guruhdan chetlatishimiz uchun yetarli.
• Har kuni 30talik kun testi beriladi. Natijangiz hisobga olinadi. Shuning uchun vazifani bajarish talab etiladi. Besabab vazifani bajarmaslik ham guruhdan chetlatilishingiz uchun yetarli.
• Kursimizning har 30-kuni, ya'ni 1 oyda sinov testi bo'ladi. Sinovdan o'ta olmaganlar ham kursdan chetlatiladi.

Tartib qattiq. O'qimaydigan, o'z ustida ishlashni xohlamaydiganlar bilan biz ham ishlashni istamaymiz.
💳 Kursning bir oylik
narxi 100 ming so'm.
👍11🔥3
Assalomu alaykum!
Ramazonning yangi tonggi muborak bo'lsin. Ro'za tutganlarga Alloh sabr-toqat, kuch-quvvat bersin.
🔥10👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸 Ilm olish uchun eng foydali vaqt qachonligini bilasizmi?

🎙 Ma'ruzachi: Ustoz Hasanxon domla Yahyo Abdulmajid

☀️ Kuningiz xayrli o’tsin.

Bizning kanal:
👉 @Registan_LC
🔥3👍2
Kun.uz jurnalisti Ilyos Safarov taniqli adabiyotshunos va tarjimon Ulug'bek Hamdamdan turkiy xalqlar uchun umumiy bo'lgan alifbo va "O'rta turk tili" haqidagi mulohazlarini so'rab intervyu tayyorlagan ekan.
Pastda shu videoga havola qoldiraman. Videoni ko'rgach, bu vaziyatga qanday munosabat bildirishingizni izohlarda yozib qoldiring. Kutaman.
👍7🔥3
Qishloqi so'zi fonetik hodisaga uchragan?
Anonymous Quiz
38%
To'g'ri
62%
Noto'g'ri
👍8🔥1
ProEducation | O'zbek tili
Dostondan: Yodgor yolg‘iz yo‘lga kirib, Bir necha hisobin yitirib, Yodgor ishini bitirib, Otasin yoyin keltirib, Qaysarning o‘g‘li boradi. Ushbu parchada keltirilgan qaysar kim? (10-sinf Adabiyot darsligi) 💬 Telegram | 🌐 Instagram
Javob

Parcha 10-sinf Adabiyot darsligi (Yangi nashr. Toshkent - 2022) dan olingan. 64-bet.
Parchada keltirilgan qaysar Alpomish nazarda tutilgan.

💬 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
77%
dohiysi
23%
dohiyi
👍11🔥2
Qaysi so'zdagi jarangsiz undosh jarangli jufti kabi talaffuz qilinadi?
Anonymous Quiz
28%
avtobus
7%
to'qqiz
31%
yuzsiz
34%
tatbiq
👍11👎2🔥1🏆1
Qishloq - tub so'z?!

Bu so'zning etimologiyasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, undan "qishlash joyi", "qishni o'tkazish uchun qulay hudud" kabi ma'nolarni topamiz.

Qadimgi turkiy xalqlarning yashash tarzi bu so'zning kelib chiqishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Butun tarixining katta qismini ko'chmanchilikda o'tkazgan bu xalq mavsumga qarab ko'chib yurgan. Bahor va yoz fasllarida chorvani boqish uchun qulay bo'lgan hududlarda yashagan turkiylar sovuq kunlar boshlanishi bilan o'zlari avvaldan belgilab olishgan "qishlash joyi"ga tomon ko'chib borishgan va qishni qishloqda o'tkazishgan.

Hozirgi kunda esa biz qishloq deb ataydigan ma'muriy birliklarda aholi doimiy istiqomat qilishadi. Nafaqat qish, balki yozda ham shu yerda. Shu jihatdan bu so'z kelib chiqishdagi ma'nosi yo'qolib, tub so'zga aylanib borgan.

Telegram | Instagram
👍8
O'qib tushunish bo'limida:

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanini ta’kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yer sathida jamlanib, dimlanib qolishi “issiqxona effekti” deyiladi. Ya’ni quyoshdan kelgan nurni Yer ham o‘z navbatida atmosfera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o‘rniga zavodlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi. Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yer yuzi me’yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta’sir ko‘rsatadigan issiqxona qatlami hosil bo‘ladi.
Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq bo‘ladi.
Ya’ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta’sirida qoladi. Ushbu sutkalik issiqlik esa keskin isish hodisasini keltirib chiqaradi.

Savol:
Matndan kelib chiqib, quyidagi hukmlarni "To'g'ri", "Noto'g'ri" yoki "Matnda berilmagan" tarzida belgilab chiqing.

a) zavodlarda chiqqan zaharli gazlar ta'sirida Yer yuziga Quyoshdan kirgan nurning kirmasligiga issiqxona effekti deyiladi.
b) issiqxona effekti ta'sirida yer yuzida sutkalik haroratda o'zgarish sezilmaydi.
d) mutaxassislar issiqxona effekti inson hayoti uchun juda ham yomon ta'sir qilishini isbotlashdi.

💬 Telegram | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
65%
AQSHlik
35%
AQSH lik
👍14🔥1🏆1
Iboralarning hammasi ham hayotdan olinadimi?

Nutqimizni ta'sirchanligini oshirib beruvchi bu leksik birliklarga kunda bir marta bo'lsa ham murojaat qilamiz. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz ularning kelib chiqish vaziyati qanday bo'lganligi haqida yoki ular har doim ham hayotdan olinadimi, yo'qmi?

Keling, hozir shu haqida biroz mulohaza yuritsak.
Aravani quruq olib qochish, qo'y og'zidan cho'p olmagan kabi iboralar badiiy tasvir ifodasi jihatidan tengsiz kuchga ega. Ya'ni aravani quruq olib qochishdan foyda yo'q, yurak yutib olib qochishga qaror qilgan ekansan, yuki bilan olib qoch-da. Albatta, hazil. Yuqorida keltirilgan izoh bu iboraning zohiriy ma'nosi. Iboraning ishlatilishidan ko'zlangan asil maqsad ham shu zohirlik bilan bog'liq. O'zingda gapirishga kuch topdingmi, bo'ladigan gapni gapir kabi.

Bunday misollarni yuzlab, hatto minglab topish mumkin. Hozir men sizga aytadigan misollar haqida esa juda kamchilik o'ylab ko'rgan bo'lsa, ajab emas.

"Arini o'ldirib qo'ygan", "Ketmoni uchmaydi".
Gap atoqli rejissor Zulfiqor Musoqov tomonida 1991-yilda yaratilgan "Abdullajon" badiiy filmida qahramonlar nutqida ishlatilgan shu ikki jumla haqida ketmoqda. Hozir barchaning ko'z oldidan filmning syujetlari va aynan shu jumlalar ishtirok etgan epizodlar qayta-qayta jonlanmoqda.
Necha bor urinsa ham, maqsadiga yeta olmaydigan insonlarga nisbatan ishlatiladigan "Arini o'ldirib qo'ygan" iborasi raisbuvaning majlislar zalidagi "qotilligi" va buning natijasida uning ketmoni uchmasligi bilan bog'liq. Ya'ni omadsizlikning qaytalanishiga nisbatan faol nutqimizda shu iboralardan foydalanamiz.

Bu misollardan ko'rinib turibdiki, tilimizga o'rnashib qolgan iboralarning hammasi ham hayotiy tajriba yoki boshdan o'tkazgan kechinmalar natijasida yuzaga kelmas ekan. Ayrimlari mashhur badiiy asarlar, xalqimiz qalbidan joy egallagan filmlar orqali ham nutqiy "oldi-berdi"da faol ishtirok etishi mumkin ekan.

Siz ham shunday misollar keltira olasizmi?

Telegram | Instagram
👍10🔥1🏆1
Assalomu alaykum!
Ramazonning yangi tonggi muborak bo'lsin. Ro'za tutganlarga Alloh sabr-toqat, kuch-quvvat bersin.
👍18🔥3
📝📝Test boshlandi.

Test muallifi:
Javlonbek Rustamjonov

Fan: Kun testi.
Savollar soni: 15 ta
Test kodi: 68443


Javoblaringizni @e_test2_bot ga quyidagi ko'rinishlarda yuborishingiz mumkin:

68443*abcdabcd...
yoki
68443*1a2b3c4d5a...

68443#abcdabcd...
yoki
68443#1a2b3c4d5a...

☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test2_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.
👍4🔥1