ProEducation | O'zbek tili
4.7K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
Ma'no ko'chishning qaysi turi qo'llangan?
Sen faqat sovuq xabar keltirasan.
Anonymous Quiz
75%
metafora
14%
metonimiya
6%
sinekdoxa
4%
vazifadoshlik
👍12🔥2🤔1🤩1
Milliy sertifikatdan imtihonga kiruvchilar, barchangizga omad, yuzingiz yorug' bo'lsin
🏆57👍33💯5🔥3
Bugungi imtihon taassurotlari bilan bo'lishgim keldi.

To'g'risi, DTM (hozirgi BMBA) imtihonida oxirgi bor o'qishga topshirganimda (4 yil) avval qatnashganman. Bu safargisi anchayin men hayron qoldirdi. Yaxshi taassurotlar qoldirdi.
Milliy sertifikat haqida birinchi bor eshitganimda va nizom bilan tanishib chiqqanimda, IELTS ning o'zbekcha varianti ekan deb o'ylagandim va tayyorgarlik vaqti ham jiddiy qaramagan edim. Shaxsan o'zim qatnashib bildimki, IELTS dan farqli jihatlari ko'p ekan. Ya'ni, aytmoqchimanki, shunchaki ko'chirib olinmagan, savollari, shartlari, ayniqsa esse uchun mavzu judayam saviyali (qiyinlik sifati boshqa saviyalilik sifati boshqa) testlar saviyasi jarayonga qanchalik jiddiy yondashishim kerakligini ko'rsatdi.
Menda hozircha shular.

Sizda-chi? Qanday taassurotlar bilan qaytyapsiz imtihondan?
👍25🤔3🔥2
"ProEducation" kengaymoqda! 🌐

Endi biz bilan Ingliz tili (IELTS, CEFR, TOEFL) ni ham bepul o'rganishingiz mumkin. Bunda sizga Diyorbek Bozorboyev ( IELTS 7.0) yaqindan yordam beradi.
Kanal qiziq bo'lsa, pastdagi ko'k yozuv ustiga bosib qo'shilib, kunlik video va audio darslar, qiziq viktorinalardan bahramand bo'ling.

ProEducation | English
ProEducation | English
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bepul darslar Marafoni -2 🎉
8-kun

Mavzu:
Morfemika
• Morfemika haqida umumiy ma'lumot;
• Mavzu yuzasidan 30talik test tahlili.

Sana: 30-yanvar, Dushanba
Vaqti: 19:00

Manzil
: ProEducation | O'zbek tili

Darslar mutlaqo bepul. Sizdan birgina narsani so'rab qolamizki, mana shu postni do'stlaringiz bilan ulashib safimiz kengayishiga o'z hissangizni qo'shing.


Darsga 2 soat vaqtingiz ketadi va bu vaqt siz uchun foydali va maroqli o'tishiga kafolat beraman.

ProEducation
ProEducation
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2🤔1
Bugundan Marafonimiz restart oladi!

Muhim mavzu, o'zgargan va qulay vaqt. Darsda qatnashmasligingizga bahona qolmadi, menimcha.
Qatnashasizmi? Izohlarda "+" qoldiring.
👏24🔥13👍4🤩3🤔1🎉1
Rasmda ko'rib turganingiz kanalning 2 haftalik statistikasi.

🔴 qizil chiziq kanaldan chiqib ketganlar
🟢 yashil chiziq kanalga yangi qo'shilganlar

Kanalda turli viktorinalar o'tkazib, obunachilar sonini orttirishga harakatlar bo'ldi. Viktorina shartlari esa sizga ma'lum. Ko'pchilik shu reklamalarni oilaviy guruhlarga, fanga oid bo'lmagan guruhlarga ham tarqatishgan ekan. Va sun'iy ravishda kanalda fanga oid bo'lmagan obunachilardan iborat auditoriya shakllangan. Oxirgi uch kun ichida kanaldan o'sha adashib kirib qolganlar chiqib keta boshladi. Kanal statistikasiga noto'g'ri ta'sir qildi.

Bu postni yozishimdan maqsad, kanal obunachilarini oshirish uchun bo'lgan harakatlarim 60% holatda o'zini oqlagan, qolgani esa "adashganlar qismati" bo'lib qolgan. Kanal ochilgandan buyon kuzatadiganlar bor. Kanalga sarflayotgan mehnatim va vaqtim qadrsizlangandek his qildim shu adashganlar qismati sababli. Aslida, kecha dars o'tmoqchi edim. Lekin chiqadiganlar chiqib ketsin, auditoriyani elakdan o'tkazib olay deb bugunga qoldirgan edim.
Xulosa, obunachilar soni emas, sifati muhim ekanligini tushunib yetdim.

(O'qib kimningdir ensasi qotishi mumkin, lekin men auditoriyam faol bo'lishini, faqatgina fan yuzasidan emas, shunday masalalardan ham xabardor bo'lishlari kanalning qadrini oshirishi va sodiq obunachilarni shakllanishini xohlayman)

Shu yergacha o'qiganlarga rahmat. Fikrimga qo'shilsangiz
👍 ni bosib qo'ying.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍144🔥4🤩1
-lan qo'shimchasi yordamida yasalgan so'zlar qatorini toping.
Anonymous Quiz
15%
uylan, o'ylan
19%
shaklan, xayolan
27%
tayyorlan, oziqlan
39%
faxrlan, ikkilan
👍20🤔8
Qaysi qatordagi so'zlar tarkibidagi qo'shimchalar o'zaro shakldosh (omonim)
qo'shimchalar hisoblanmaydi?
Anonymous Quiz
23%
kelinchak - erinchak
20%
do'sti - boyi (fe‘l)
33%
ishla - savala
24%
to'kin - yashirin
👍19🤔5👏1
Qaysi so'zlar tarkibida bir tovushdan iborat so'z yasovchilar mavjud?
1. kurak; 2. sanoqsiz; 3. sabotli; 4. achchiq; 5. badavlat; 6. unumli; 7. bo'yoqsiz; 8. qoraymoq.
Anonymous Quiz
10%
1, 3, 4, 5, 7
14%
2, 3, 4, 7, 8
12%
3, 4, 5, 6, 8
65%
1, 2, 4, 7, 8
👍9🔥4🤔3🤩1
Kechagi voqea haqida bo'lishgim keldi.

Kecha milliy sertifikat imtihoni uchun Guliston shahriga bordim (Toshkent tez to'lib qolgan edi, ulgurmay qolgan edim). Roppa-rosa 09:05 da imtihon topshiriladigan maktabga kelib tushdim. Havoning sovuqligi va biroz hayajondan ozgina titroq bosib turgan edi. Shu payti to'g'rimda ikki kishi menga tez-tez qarab qo'ya boshlashdi. Telefonini olib, bir nimalarni muhokama qilisha boshlashdi. Avvaliga hayron bo'ldim. Keyin "o'sha, o'sha" deb qo'yishdi bir-biriga. Ulardan biri men tomonga kelib, siz "Javlonbekmisiz deb" gap boshladi. Men ha deb javob berdim-u, xayolimda "qayerda ko'rishgan ekanmiz bu odam bilan, abitureyntdosh yoki kursdoshlarimdan birimikan" deb o'ylashga tushgan edim. Ortidan sherigi kelib, "sizning darslaringizda qatnashganman, shu yerlikmisiz, ko'rib hayron bo'ldim" dedi. O'sha zahoti na sovuqligi, na hayajon - hech biri meni bezovta qilmay qo'ydi. U paytdagi holatimda shu ustozning kelib, men sizning darslaringizda qatnashganman degan gapi kanalga qilganlarim, vaqtim-u ko'z nurlarim - hammasiga roziman degan ich-ichimdan rozilik o'tishiga sabab bo'ldi.

Ikkinchi holat, imtihondan chiqib, Toshkentga qaytishimda bo'ldi. Mashinaga chiqish uchun yo'ldan kesib o'tayotganimda uch kishi meni kuzatayotganini sezib qoldim. Yo'lning bu yuziga o'tib, mashina to'xtatayotganimda ham yana sezildi bu holat. Tanib qolishgan bo'lsa kerak degan xayol qildim-da, nima mashhur odammiding deb qo'ydim ichimda yana. Mashinaga o'tirib, "Toshkent pitak"ka kelib mashina gaplashib, chiqib o'tirdim. Mashina to'lishini kutib o'tirgan edik, boyagi 3 kishi kelib qoldi. Ular ham chiqdi, mashina to'ldi, yurdik. Yo'lga tushdik hamki ortimdan kimdir turtdi. Qarasam:
- Siz Javlonebekmisiz Rustamjonov?
- Ha, shunday
- Singillarim sizning kanalingizda darslaringizda qatnashishar ekan
...

Bu dialogdan keyin boyagi rozilik hissi uch barobar ortib ketdi. O'sha joyda o'zimga va'da berdimki, kelajakda pullik kurslarimga vaqt qolmagan taqdirda ham kanaldagi bu Bepul darslar Marafonining yigirmanchi, o'ttizinchilarini ham o'tkazib yuraman deb.
Tasodiy uchrashuv qahramonlarimiz hali ham kanalda bo'lishsa, tasdiqlab qo'yishar.

Bu gaplar maqtanish, o'zidan mashhurlikni yasab olish emas. Bu vaziyatlar menga motivatsiya bo'ldi. Mehnatning rohati har doim ham pul yoki boshqa moddiyat bilan emas, ikki og'iz so'z bilan ham to'lanishi mumkinligini tushunib yetdim.
Keyingi imtihonlarimga o'zimning qo'llanmalarimdan ham olib ketaman, tanib qolganlarga esdalik uchun tarqatib kelishni niyat qildim.
👍88👏9🔥7
Live stream scheduled for
Birozdan so'ng darsni boshlaymiz. Qog'oz, qalamlarni tayyorlab turaverasizlar.
👍11🔥1
Live stream started
Boshladik, fayzimizni bersin
👍15🔥12
Ovozim yaxshi eshitilyaptimi?
💯16🔥6
Ekranni ulashdim, ko'rindimi?
🔥5
Morfemik tahlil
👍7🔥3👏3🤔1