ProEducation | O'zbek tili
4.67K subscribers
2.21K photos
1.14K videos
222 files
2.02K links
ProEducation – ta'limning pro versiyasi!

Ona tili va adabiyot fanidan bepul ta'lim olishingiz uchun eng to'g'ri tanlov.

Takliflar uchun: @javlonbek_rustamjonov
Online kurs natijalari: @edu_natijalar
Download Telegram
#bilarmidingiz

Quyushqon nima?

Quyushqon oʻzbek tilida ikki xil ma’noda ishlatiladi:

🫥Egar oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, koʻpincha turli bezaklar qadaladigan qayish.

Otning egar qoshi tilladan, yoliga kumush tangalar, quyushqoniga esa sadaflar taqilgan.
J. Sharipov, Xorazm.

🫥Koʻchma ma’noda: biror ish, xatti-harakat, muomala va shu kabilardagi me’yor.

Quyushqondan tashqari ish.

Endi oʻylab-oʻylab, oʻzining quyushqondan tashqari harakat qilganini seza boshladi.
H. Nazir, Suv gadosi – oqpadar...

Quyushqondan chiqmoq iborasi chegaradan, me’yordan chiqmoq; haddan oshmoq ma’nolarini anglatadi:

Yosh rahbarsiz-da, xomroqsiz... quyushqondan chiqqan boshliq odamlarga yoqavermaydi.
S. Siyoyev, Otliq ayol.

Kuldiraman, deb quyushqondan chiqib, me’yordan oshib ketayotgan aktyorlarning ijrosidan ranjimay ilojingiz yoʻq.
Gazetadan.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4👏1
🔥4👍2👏2
Kimki o’zgarishni uyat, or demas,
Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.
Ushbu parchada jarangli, portlovchi, shovqinli undosh necha o’rinda qatnashgan?
Anonymous Quiz
15%
4ta
31%
7ta
29%
8ta
25%
6ta
🔥5👍2🎉2🤩1
👏4🔥3🤔1
Sharros yomg‘irlar havoni tozalaydi, larzakor
chaqmoqlar dilga jo‘shqinlik, quvvat ato etadi.
Berilgan gap tarkibidagi yasama so'zlar sonini aniqlang.
Anonymous Quiz
28%
5ta
38%
4ta
9%
7ta
25%
6ta
🤔5👍4👏4🔥3🤩1
Mustaqillik davrining yoshlari O‘zbekiston nomini dunyoga tanitmoqda, uning mavqeyini
yanada mustahkamlamoqda.
Berilgan gapdagi otli birikmalar sonini aniqlang.
Anonymous Quiz
13%
6ta
22%
3ta
29%
5ta
36%
4ta
👍6🤩2💯2🔥1👏1🎉1
Qaysi gapda sirg’aluvchi undoshni noto’g’ri qo’llash natijasida paronimlar bilan bog’liq xatolik yuzaga kelgan?
Anonymous Quiz
49%
Vatan oldidagi farzandlik burjini o’tamoq.
14%
Muhammad Yusuf sherlari xalqimiz qalbidan joy olgan.
24%
O’ng yuziga qora hol qo’ygan.
12%
To’yxonaga savzi to’rg’agani chiqdik.
🔥4👍3👏3🎉2
#etimologiya

Ikki raqamining qanday shakllanganini bilarmidingiz?

🫥 Bu soʻz asli qadimgi turkiy tildagi "ket, yon" ma’nosini anglatgan "ik" otidan -i qoʻshimchasi bilan yasalgan: ik +i = iki. Qadimgi turkiy tildayoq bu soʻz iki va ikki shakllarida mavjud boʻlgan; ikki shakli k undoshining qatlanishi bilan yuzaga kelgan. Dastlab ketidagi ma’nosini anglatuvchi sifat boʻlgan (ikki son), keyinchalik oʻzi miqdor ma’nosini anglatib, sanoq songa aylangan.

@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥3🤔3🎉1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
86%
fuqaro
14%
fuqoro
👍4🎉2🤩2🔥1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
35%
xo'plam
65%
ho'plam
🔥3👍2👏1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
29%
xurliqo
71%
hurliqo
👏4🔥3👍2
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
73%
la'nat
27%
lanat
👍3🔥3👏1🎉1
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
13%
maqul
87%
ma'qul
👍6🔥3👏1🤔1
#etimologiya

TEGRA - tevarak, atrof (oz ishlatiladi). Koʻklam libosini kiyibdi dara,
Gullar ochilibdi tegrangda qiygʻos (M.Ikrom).
Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli "aylan" ma’nosini anglatgan tegir
- fe’lidan -a qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinroq ikkinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan: tegir + a = tegira > tegra.

@rustamov_edu
👍5🔥2🎉2
Oʻzbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxoʻjayev) 1920-yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939-yili oʻrta maktabni, 1941-yili esa oliy oʻquv yurtini tugatdi.

Said Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida, Oʻzbekiston radiokomitetida (1942–1943), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida (1942–1947), “Sharq yulduzi” jurnalida (1948–1950) ishlagan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Tortiq” 1940-yilda nashr etiladi. Urush va urushdan keyingi yillarda Said Ahmad koʻplab felyeton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning “Er yurak” (1942), “Fargʻona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi toʻplamlari nashr etilgan. U “Xazina”, “Hayqiriq”, “Rahmat, azizlarim” kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulugʻlaydi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad bir qator davlat mukofotlari sohibidir. Xususan, mustaqillik yillarida u “Doʻstlik” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlandi. “Oʻzbekiston Qahramoni” degan yuksak unvonga ham sazovor boʻldi.

Quyida sizlarga adibning "Sarob"
hikoyasini taqdim qilmoqcimiz.

https://telegra.ph/Sarob-hikoya-12-30
👍3👏3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#7 Oson Ona tili | Fe'l kesim. Ot kesim

👨‍🏫 Javlonbek RUSTAMJONOV

📍@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
Forwarded from ProEducation | O'zbek tili (Javlonbek Rustamjonov)
⭕️⭕️⭕️Assalomu alaykum, hurmatli kanalimiz obunachilari!

Yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Aruz vazni" mavzusidagi ovozli chatimizdan so'ng mavzuni mustahkamlab olish uchun viktorina testi o'tkazishga qaror qildik!

⌛️ Viktorina 30-dekabr, JUMA kuni soat 20:00da
boshlanadi.

Viktorinada ishtirok etishdan avval "Aruz vazni" mavzusidagi ovozli darsni quyidagi link ustiga bosib tinglab olishingiz ham mumkin. 👇
ProEducation
ProEducation


🎲Viktorinada ishtirok etish shartlari oddiy:
🟢Bizning @rustamov_edu kanaliga obuna bo'lasiz;
✈️ Ushbu postni o'zingiz a'zo bo'lgan 3ta guruhga yo'llab, rasmga olib @aruz_dars ga jo'natasiz;
✉️ Google da elektron pochta manziliga ega bo'lishi shart.
💬 Yuqoridagi shartlar bajarilgach sizga maxsus guruh havolasi taqdim etiladi.

Kanal:
@RUSTAMOV_EDU
@RUSTAMOV_EDU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤩3🔥2
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
87%
kecha-yu kunduz
13%
kechayu-kunduz
🔥2
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
38%
mutloq
62%
mutlaq
🔥2
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
69%
namoyanda
31%
namayonda
👍3🔥2
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
40%
ohanrabo
60%
ohangrabo
🔥3