Qaysi gap tarkibida qaratqich kelishigi shaklidagi so'zga qo'shilib kelgan ko'makchi
qatnashgan?
qatnashgan?
Anonymous Quiz
57%
Ertalabki choy ustida biroz hangomalashgach hammamiz yolga otlandik
10%
Kozimbek mashinani yolga chiqarib, qishloq tomon yurdi.
27%
Dard ila g'amdan qiz bechoraning rangi somon yanglig' sargaygan edi.
6%
Axir baliq ham suvga intiladi, ko'kat yorug'lik sari bo'y chozadi.
🎉6👍2🔥2🤩2
📌G'azal tahlili
• Junun vodisig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni,
Tilarmen bir yo‘li buzmoq buzulg‘on ro‘zg‘orimni.
Shoir dunyodan shunchalar ko‘ngli qolgan, sovuganki, oqibatsiz odamlardan shunchalar mehri qaytganki, bu hayotdan hech bir nishonsiz yo‘q bo‘lib ketinshi tilaydi. Inson jismi-ku xoki g‘ubor
bo‘lmoqqa mahkum, lekin shoir istagi —
• Falak bedodidin garchi mani xokiy g‘ubor o‘ldum,
Tilarmen, topmag‘aylar to‘tiyolikka g‘uborimni.
Ya’ni, zolim odamlar meni tirikligimda xo‘rladilar, qadrimga yetmadilar. Vaqt kelarki, mening odamlarga ko‘rguzgan mehru sadoqatim, fidoyiligim ayon bo‘lar. Kishilar mening qadrimga yetarlar,
mozorim xokini ko‘zlariga to‘tiyo qilarlar. Lekin tirikligimda bedodlik qilganlar men dunyodan o‘tgach o‘kinmoqlari benaf, ko‘zlarita to‘tiyo qilmoq uchun guborimni topmagaylar. O‘shanda, ey ahli g'aflat, Navoiy qayga azm etdi deb so‘ramang, men tirikligimdaeq ixtiyorim jilovini qazoning qo‘liga berib qo‘yganman:
• Demang, qay sori azm etgung, menga yo‘q ixtiyor,
Oxir — Qazo ilkiga bermishmen inoni ixtiyorimni.
Oshiq dunyoning jabru jafosidan ko‘p qonli yoshlar to‘kdi. Oqibat ko‘zlarida o‘sha qon yoshlar ham qurib tamom bo‘ldi. Faqat za’fardek sarg‘aygan yuzi qoldi. Shoir bu holatni hayratomuz
tashbehga bog‘laydi: zolim falak mening bahorimni olib uning badaliga xazon faslini menga berdi. Bu loladek qon yoshlarim qurib, xazondek sarg‘aygan yuzim qolganida namoyon bo‘lib turibdi.
• Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish zafaroni yuz,
Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Navoiy dahr zulmidan boshiga yog‘ilgan balolarni baytdan baytga kuchliroq faryod bilan bayon qiladi. Virinchi bayt oshiqning «junun vodiysiga moyil» bo‘lganini, ikkinchi bayt dunyodan tamom yo‘q bo‘lib ketish tilagini ifoda qilsa, g‘azal so‘ngiga yaqin shoir bularning barchasidan o‘ta ofatni qalamga oladi — bu ofat telba bo‘lishdan ham, dunyodan benomu nishon ketishdan ham ogir bir ofat.
Bu — yoru diyordan judo bo‘lish musibati. Navoiy shunday yozadi:
• Diyorim ahli birla yordin boshimg‘a yuz mehnat,
Ne tong, boshim olib ketsam qo‘yub yoru diyorimni.
Ya’ni, agar men yoru diyorimni tashlab bosh olib ketar bo‘lsam, buning boisi yordan va diyorim odamlaridan boshimga ming balolar yoqqanidir. Taqdir mening boshimga solgan bu savdo shunday
og‘ir savdokim:
• Yomon holimg‘a bag‘ri og‘rig‘ay har kimsakim ko‘rgay,
Bag‘ir pargolasidan qong‘a bulg‘ong‘on uzorimni.
Bag‘rim pora-pora bo‘lganidan qonga bo‘yaldim, bu holimni ko‘rgan har bir kimsaning bag‘ri ogrimay iloji yo‘q. Tiriklik shoirning nazdida — dard. Bu dardning davosi esa yolgiz o‘lim. Asli sharobdan kelgan bosh ogriqning davosi sharob. Ammo shoir uchun tiriklik sharobining daf’i xumori zahri qotildir.
• Hayotim bodasidin sargaronmen asru, ey soqiy,
Qadahqa zahr qotil quy, dog‘i daf’ et xumorimni.
Ya’ni, hayot bodasiii ichib boshim og‘irdur, ey soqiy, qadahga zahar quyib bergin-da meining boshim og‘rigini daf’ et. Chunki bu dunyoda o‘lmay turib tinchimak mumkin emas, shu bois meni dardlardan ozod qilmoqchi bo‘lsangiz, boru yo‘gimni yoqing:
• Jahon tarkini qilmay chunki topmoq mumkin ermastur,
Navoiy, qil meni ozod o‘rtab yo‘qu borimni.
Navoiyning bu mashhur g‘azali falak bedodidan, bemehr odamlar jabridan shoirning chekkan nolasi bo‘lib necha asrlar osha devondan devonga ko‘chirilib, og‘izdan og‘izga o‘tib, ham kitob
varaqlarida, ham qo‘shiqlar qanotida bizgacha yetib keldi. Bugun biz ulug‘ bobomizning olis nabiralari beqiyos iste’dod qalamidan to‘kilgan mana shunday satrlarni o‘qib, eshitib ongimiz va yuragimiz bilan bahramandlik topamiz, uzoq-uzoq zamonlarning sadosini tinglaganday bo‘lamiz:
• Junun vodiysig‘a moyil ko‘rarmen joni zorimni...

👍2🔥2🤔2⚡1👏1🤩1
1) odatlanmoq; 2) o'tlamoq; 3) so'zlamoq; 4) kirlanmoq; 5) taqalamoq; 6) chiqillamoq.
Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lmagan yasama so'zlarni aniqlang.
Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo’lmagan yasama so'zlarni aniqlang.
Anonymous Quiz
12%
1, 4, 5, 6
63%
1, 3
20%
2, 4, 6
5%
1, 2, 5
👍4🔥2👏1🎉1
Qaysi gapda hol vazifasida kelgan bo'lishsizlik olmoshi qatnashgan?
Anonymous Quiz
9%
Shunda birdan allaqayerdan oyim paydo bo'lib qoldi.
67%
Hunarli odam hech qachon kam bo'lmaydi.
17%
U haqda hech qanaqa xat-xabar yo'q.
7%
Ovozi har qachongidan ham ta'sirliroq edi.
⚡1👍1🔥1🎉1💯1🏆1
Qaysi gapdagi undalma imlosida bir unlining tushib qolishi kuzatilmaydi?
Anonymous Quiz
9%
Ko'ngil ko'zday gap, o'g'lim, xat yozib tur.
12%
Jajji singlim, erta bilan maktabga olib boraman.
68%
Aziz o'quvchilar, bilimlarni qunt bilan egallangiz!
10%
Dardlaringga men malham bo'lay, ona shahrim!
🤔2🤩2🔥1👏1🎉1
Qaysi shoir:
Itoat et!
Agar sendan Vatan rozi emas bo'lsa, Yoril chaqmoqqa aylan sen, Yoril! Mayli, tamom o'lsam!.. - deya yurtga nafi tegmaydigan ijoddan o'limni afzal biladi?

4%
Hamid Olimjon
71%
Usmon Nosir
20%
Abdulhamid Cho'lpon
6%
Muhammad Yusuf
🤔2🔥1🎉1💯1🏆1
Qaysi javobda yordamchi so’z turkumlarining bir turiga mansub birlik qatnashgan?
Anonymous Quiz
38%
Agar aql, hushyorlik seni tark etsa, demak, ular senga begona.
15%
Chunki bu so'z eng hurkak odamga ham jasorat bag'ishlaydi.
36%
Kishi boshqalarga dushmanlik nazari va salbiy fikr bilan qaramasa, uning uchun dunyo quvonchga to'la
12%
Agar vaqti kelgan bo’lsa, kishi bir cho’pdan ham vafot etishi mumkin.
🔥3👍2👏2🤩2
#etimologiya
"Rayhon" so'zi o'zbek tiliga eroniy tillardan o'zlashgan, asl ko'rinishi "reyhan".
Arabchasi "basil".
@rustamov_edu

👏3🔥2🤩2👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3⚡2🔥2👏1
(Bu mana bunday koʻrinishda yoziladi.)
«Misol uchun, mana bu koʻrinishda».
@rustamov_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4⚡3🔥1👏1🤩1
#etimologiya
🔅 Lavash so'zining tarixi eski turkiy yozuv mavjud davrlarga borib taqaladi.
Lev ash - yumshoq osh
🔅 "Quda" so'zi ikki so'z birikuvidan yuzaga kelgan, "qu" va "da".
"kattalik" ma'nosini ifodalaydi.
@rustamkv_edu
Lev ash - yumshoq osh
"kattalik" ma'nosini ifodalaydi.
@rustamkv_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3⚡2👏2
#mutolaa_vaqti
👤 Qalami o'tkir, hassos yozuvchi O'tkir Hoshimov ijodiga mansub "O'zbeklar" hikoyasi
https://telegra.ph/Ozbeklar-hikoya-12-24
https://telegra.ph/Ozbeklar-hikoya-12-24
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegraph
O'zbeklar (hikoya)
Mahallada qaysi kampirni uyidan topolmasangiz, toʻppa-toʻgʻri Otinoyinikiga boravering! Otinoyining hovlisi past koʻchaning etagida. Uyi ham boshqalarnikidan ajralib turadi. Ikkita derazali pastak uy. Boshqalarning derazasi oldida gilos boʻlsa, Otinoyinikida…
👍2🔥2👏1💯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1💯1
Qaysi javobda egalik qoshimchasi qoshilganda tovush o'zgarishi bilan yoziladigan tub sozlar
qatori berilgan?
qatori berilgan?
Anonymous Quiz
15%
bo'taloq, qovoq, ko'rik
50%
o'rik, ayiq, bilak
26%
quloq, taroq, qayiq
9%
qoshiq, nozik, ishtirok
👍5🔥2👏2🤔1
Qaysi javobdagi baytda tazod sanatidan foydalanilgan?
Anonymous Quiz
4%
Ilohi, har kuning navro'z bolsun, Hamisha toleying feruz bolsun.
10%
Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma'mur-u himmati oliy.
79%
Fasli navbahor o'ldi ketibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdur, sayr eting gulistonlar.
7%
Ko'z bila qoshing yaxshi, qaboging yaxshi, Yuz bila so'zing yaxshi, dudoging yaxshi.
🔥3👍2👏1🤔1
Qaysi gapda qo'llangan "yangi" so'zi yaqinda so'zi bilan ma'nodoshlik hosil qila oladi?
Anonymous Quiz
8%
Bu yerda u yangi, yordamingizni ayamang.
15%
U bilan hozir yangi mavsumda qilinadigan ishlarning rejasini ishlab chiqamiz.
72%
U bizga yangi kelgan xodim, shuning uchun yo'l-yo'riqlarni o'rgatishimiz lozim.
4%
Biz bugun yangi ilmiy g'oyalarimizni ular bilan o'rtoqlashdik.
🎉3⚡1🔥1🏆1
Gap bo'laklari aniqlovchi, hol, to'ldiruvchi, to'ldiruvchi, kesim tartibida joylashgan gapni toping.
Anonymous Quiz
12%
Sahro o'simliklarini na issiq, na suvsizlik yenga oladi.
44%
Dehqon bozordan olma va o'riklar oldik.
28%
Mumtoz navolarni zavq bilan, maroq bilan tinglardik.
16%
O'z jasoratlari, mehnatlari bilan ular tabiatni zabt etadilar.
🔥3👍1👏1🤔1
Ko'p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir
nechta kalitga ega bo'lishdir.
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so'zlar qaysi turkumga oid?
nechta kalitga ega bo'lishdir.
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so'zlar qaysi turkumga oid?
Anonymous Quiz
56%
ravish, ot
25%
ravish, fe'l, ot
16%
fe'l, ot, olmosh
3%
ot, olmosh
🔥3👍2👏2🤔2🎉1
Keling sizga yaqinda bo'lgan voqeani aytib beraman.
Bitta yaqin o'rtog'im bor. Kursdoshimiz farzandli bo'ldi, yig'ildik, farzandini hama olib keldi. O'rtog'im u bolachani qo'liga oldi. O'sha kuni kechqurun o'rtog'im bilan gaplashdik. Gaplarini qarang:
"Jo'ra, u bolani qo'limga olganda, mani qanaqa ma'suliyat kutib turganini tushundim. 21 ga kirdim yana 2-3 yildan keyin uylanaman. Ayolimni nimadir yegisi keladi, yoki bolamga kasha, pampers olib kelishim kerak, o'shanda mobodo pul topolmay qolsam nima bo'ladi? Shu narsani o'ylab hozir ichimga sig'mayapman, o'qimasam bo'lmaydi ayolimga eng zo'r hubby bollarimga eng zo'r daddy bo'lish uchun ham hozir o'qishim kerak ekan",-deb qoldi.
Shunda man: "ha, endi odam bo'lyapsan",-deb qo'ydim.
Rostanda, "O'qishga mativatsiyam yo'q, dushanbadan boshlayman, yangi yildan boshlayman",-deb valdirash bu o'zizni o'ziz aldash xolos.
Siz farzand bo'lib ota-onezni boqishiz kerak. Ota, ona bo'lib oilezni boqishiz kerak. Sizni ota-onez ham sizdan o'zi ko'p narsa kutmaydi, lekin bir tasavvur qilib ko'ring ularga umra safariga chipta berdiz, yoki Dadezga yangi Captiva ni sovg'a qilyapsiz - e, mazza emasmi?!
Hech narsani kutish kerak emas, Allohga tavakkal qilib, ishonch bilan harakatni hozir boshlash kerak, niyatni to'g'ri qo'yish kerak, ishoning - ishlariz shunaqangi barakali bo'lib ketadi. Xullas olov bo'lish kerak, tinch o'tirmaslik kerak. Axir har kun berilgan 24 soat bu sizga imkoniyat, Xalq!
Xullas shunaqa gaplar, o'qinglar, iltimos.
"Sirojiddin's Blog" dan
olindi

👍9🔥3👏2
Bu ovozli chatda Siz:
@RUSTAMOV_EDU
@RUSTAMOV_EDU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏2🤔2
#etimologiya
🫥 Bachkana - fors tilidan olingan "bacha"(bola)otiga+(g)ona qo'shimchachasini qo'shish orqali yasalgan: bachagona.
"Bolalar uchun", "bolalarga xos" ma'nosini ifodalaydi. Hozirgi kunda "yarashmaydigan" semasini aks ettiradi.
🫥 Narsa = nimar+sa(nimarsa)
🫥 Majnun - junun - telba, jinni.

👍6🔥3🤩1