Rustambek Blog
39 subscribers
120 photos
51 videos
11 files
106 links
Allohni suyganlarni singanini ko'rmadim...
Download Telegram
Hammamiz tashlab ketadigan bu beshkunlik dunyoda bir birimizga yaxshi soʻzlarni aytib, hol ahvol soʻrab doʻstlikni oqibatni joyiga qoʻyib olaylik, zora shu qilgan oddiy ishlarimiz bilan Jannatda hammamiz birga jam boʻlsak Inshaalloh.

Do'stim Asrorbekdan

👉 @rustambek01_uz
يا رسول الله ، أحببناك دون أن نراك❤️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MashaAlloh
Rizvon uylandi...

Rizvonga kim sovchi bo‘lib borganini eshitsangiz yig‘idan o‘zingizni to‘xtata olmaysiz...

Alloh bu juftlikni Jannatlarda ham birga qilsin

👉 @rustambek01_uz
Men taqvoda adashdim!

Ustozim birdan “Yur, bir joyga boramiz!” dedilar. Xayron bo‘lib ergashdim. Oxiri sabrim tugab, “Aka, qayerga ketayabmiz o‘zi ?” dedim.
“Bir tanishim bor, qalin jo‘ram. Taqvoli oila. Bo‘yi yetgan qizlari bor ekan. ”Yaxshi kuyov bo‘lsa dalolat qiling“ degandi. Sovchilikka boramiz” dedilar. Hayratim yanada oshdi, “Nima, meni ko‘nglimga qaramaysizmi?” deyishimni bilaman, kulib yubordilar. O‘zim ham uyaldim lekin ).

Xullas aytilgan manzilga keldik. Kichik xovli. Ozoda, sarishta. Ayrimlar ta’mirtalab, eski xovli desa, meni tilimda juda fayzli degani bo‘ladi. Chunki insonlarni uy-joyiga qarab baho bermayman.

Bir kishi bizni ichkariga taklif qildi. Sherigim bilan juda qalin ko‘rishdi. Ularning gap-so‘zidan qalin birodar ekanliklari yaqqol sezilib turardi. Men xijolatomuz so‘rashdim. Biroz xijolatdaman. Bunday uchrashuvga na tayyor edim va na kutgan edim.

Uyga kirdik. Mezbon biroz baland ovozda “Mehmon!” dedi. Darrov narigi xonada choynak ovozi eshitila boshladi. Mashaalloh, uydagi tarbiya va boshqaruv meni hayratda qoldirgan edi.

Ular yoshlikdagi voqealarni eslashib o‘tirishar, men esa huddi ko‘rinmas odamdek - ular meni payqamasdi.

Birozdan so‘ng suhbat menda aylana boshladi. Ustozim shuncha tanishlari orasidan birodariga meni ravo ko‘rganini va menga qanchalik ishonishini fahr ila gapirardi. Men esa shu onda bu yerdan g‘oyib bo‘lib qolsamu, xijolat chekmasam derdim.

Shu payt oshxonadan 3 marta tiqirlagan ovoz keldi. Mezbon “Men hozir” deya turib ketdi.

Sherigim “Qizi juda yaxshi qiz. Odobli. Bu uyda erkak boshliq, shu sababli xonadonda tartib bor” dedilar. Shu on xona burchagidagi kitob javoni meni haloskorim bo‘ldi. Ahamiyat bermaganday o‘rnimdan turdim va kitob oldiga keldim. Birin-ketin razm solar ekanman, eng chetdagi eski Qur’onga ko‘zim tushdi. Qo‘limga oldim. Ichini ochib, razm soldim. Kitobning varoqlari deyarli titilib ketgandi. Shu ondayoq tanamni titroq bosdi.
Ayrim sahifalarni siyohi ko‘rinmay ketgandi. Diqqat bilan razm solsam, Jahannam xaqidagi oyatlar ekan. Qur’onxon aynan shu joyiga kelganida ko‘zidan duv-duv yosh to‘kilib, varoqdagi harflar oqay debdi. Meni tanam endi muzlay boshlagandi.

Shu payt mezbon patnisda choy va allanimalardir olib kirdi. Uning yuzida mamnuniyat bor edi. Men u kishiga tikilib “Bu Qur’onni kim o‘qiydi ? ” dedim. U kishi taajjublanib “Qizim ! ” dedilar.

Ko‘ksimga havo tiqildi, shu ondayoq ko‘zimga yosh to‘ldi. Agar bir nafas olsam yig‘lab yuboraman. Shunday ham bo‘ldi...

“Kechirasiz, men ketishim kerak” deb uydan chiqib ketdim. Ular xayratda, men esa ko‘z yoshda...

Ko‘chada yig‘lar ekanman, ko‘ksim tez-tez to‘lib ketar, bir xo‘rsinsam, ko‘z yoshim shashqator bo‘lardi. Ko‘p o‘tmay ortimdan ustozim chiqdi. “Nima bo‘ldi ? ” dedilar tushunar-tushunmas.

“Men bunday qizga mos emasman. Bu qadar taqvo sohibasi meni qo‘limda xor bo‘lsa, ertaga Allohga nima deb javob beraman ? Bu qiz xaqiqiy solih va zohid insonga munosib. Meni kechiring ” dedim...
Yo‘l-yo‘lakay ming xil hayol bilan uyga keldim. Xonamda musxafim turardi: yangi va tiniq.

Yana ko‘zlarim o‘zimga bo‘ysunmadi. O‘zimga achindim. Meni halok bo‘lganim shu !

Men taqvoda adashdim!
Men taqvoda adashdim!
Men taqvoda adashdim!

👉 @rustambek01_uz
Rustambek Blog pinned «Men taqvoda adashdim! Ustozim birdan “Yur, bir joyga boramiz!” dedilar. Xayron bo‘lib ergashdim. Oxiri sabrim tugab, “Aka, qayerga ketayabmiz o‘zi ?” dedim. “Bir tanishim bor, qalin jo‘ram. Taqvoli oila. Bo‘yi yetgan qizlari bor ekan. ”Yaxshi kuyov bo‘lsa…»
Forwarded from IT Time Academy
🌐 Web olami sizni qiziqtiradimi? Uydan chiqmagan holda "Kompyuter" orqali hozirgi kundagi eng rivojlanayotgan soha orqali daromad qilishni - chi?
Agar javobingiz - HA bo'lsa, unda Web dasturlash dunyosiga marhamat!

🧑‍💻Web dasturlash kursida dasturlashning "Frontend" qismi o'rgatiladi.
FRONTEND kursi sizga:

4 oy muddatda
Darslar 100% amaliy
Real proyektlar
Ishga joylashishda maslahat va yo'llanmalar

Va, haqiqiy dasturlash muhitini sizga taqdim etamiz !

Kurs davomida: HTML, CSS, Bootstrap, Tailwind, SASS, Less,Git, JavaScript, jQuery, DOM, ReactJs

🤩 Muhimi talabalar uchun 30% chegirma!!!
Darslar 20 - sentabrdan start oladi!

📌Batafsil ma'lumot uchun menejer bilan bog'laning:

📩 @it_time_admin
☎️+998931487733

📢 JOYLAR SONI CHEKLANGAN SHOSHILING!
⚡️1-ro'yhatdan o'tgan 3 kishiga 50% chegirma.
💰Kurs narxi 30% chegirma bilan atiga 400ming

📍Mo'ljal: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)

👉 @it_time
Bir gap aytaymi hozirgina TATU ga ishga taklif qilishdi. Kurs o'tishga xona olish uchun xujjatlar bilan yugurib yurgan edim. Diploming shart emas deyishdi. Lekin men shu zahoti bahona qidirdim. Sababi 1 ta xona olish uchun , 1 oydan beri qog'ozlar ichida yugurib yuribman. Ertaga bu yerga ishga kirsam, yana shu qog'ozbozlik boshlanadida. Ha, aytgancha men 2-kurs talabasiman desam qizig'i yo'q, muhimi biliming dedi. Xulosa o'rnida Web dasturlash bo'yicha dars berishga labarantlikka, ya'ni web dasturlash amaliyotiga. Shu joyiga "Akang kuchaydi " degani shu.
Men frilanser bo’la olamanmi?

Menga ko’plab insonlar “Meni qo’limdan hech qanday ish kelmaydi, men frilanser bo’la olamanmi?” degan savol bilan murojaat qiladilar. Men doim bir fikrni ta’kidlayman: Har kim kreativ qobiliyatga ega va ularni yuzaga chiqarish uchun biroz bilim va amaliyot talab etiladi. Esingizda bo’lsin 3 narsa har qanday imkoniyat eshiklarini yopadi: O’ziga bo’lgan Ishonchsizlik, Maqsadning yo’qligi va Dangasalik.

Men frilanse sohasiga kirib kelganimda 2-chi haftadan daromadga kirganman. Sababi Adobe Photoshop dasturi bo’yicha boshlang’ich ilmim bor edi. Bajargan loyihalarim sifati esa amaliyot va tajriba ortidan yuksalib borgan.

👉 @rustambek01_uz
Oz harakat orqali sezilarli natijaga erishish siri

Kompyuterda o’zingiz uchun notanish dasturni o’rganayotgan paytingizda bosh miyada yangi nerv hujayralari paydo bo’ladi.

Agar dasturdagi vazifalar davriy ravishda takrorlansa, nerv hujayralari orasidagi ma’lumot almashinuvi tezlashib, qilayotgan ishingiz avtomatizm darajasiga yetadi.

Biror dasturni o’zlashtirish uchun haftada 1 marotaba, ya’ni 5-6 soat vaqt ajratgandan ko’ra, kuniga 1 soat amaliyot qilish sezilarni natija beradi.

P.s: Shaxsiy tajribamdan o’tgan usul.

👉 @rustambek01_uz
📌 Hech narsa qilmaydigan inson adashmaydi. Xato qilishdan emas, xatoni takrorlashdan qo‘rqing.

© Ruzvelt │ #iqtibos

👉 @rustambek01_uz
Quyidagi sms tabrik menga yuborilgan ekan. Shuni sizlarga ham ilindim, Ustozlar.

O'qituvchining biri ikki bo'lmasligi mumkin, ammo u birni o'n qilishga o'rgatadi. Kosasi oqarmasligi mumkin, ammo u kosalarni oqartirishni o'rgatadi. Mashina minmasligi mumkin, ammo mashina minishga o'rgatadi. O'rtahol yashashi mumkindir, ammo boy bo'lishga o'rgatadi. Sham bo'lib yo'lingizni yoritadi, ammo o'zi yonib tugaydi. Sovun bo'lib dog'laringizni yuvadi, o'zi esa dog'laringiz bilan birga erib ketadi ....

Shunday sharafli va mashaqqatli kasb egalari qadrdon ustozlar bayramingiz muborak bo'lsin!

👉 Rustambek - IT Blog
🌐 Dark Web | Deep Web

• Biz hozirgi kunda ko'rib foydalanadigan veb-saytlar yoki veb-xizmatlar, ijtimoiy tarmoqlar veb olamning atigi 4% qismi xolos ya'ni aysberg'ning suv yuzasiga chiqib turgan kichik qismi. Aslida esa aysbergning eng katta qismi suv ostiga yashirilgan.

• Deep web - bu aysbergning suv ostidagi o'rta qismi bo'lib, undan asosan ma'lumotlar bazalari o'rin olgan. Siz-u bizning Gmail, Netflix, PayPal yoki boshqa veb-xizmatlardan foydalanganimizda saqlanib qoladiganlar ma'lumotlar deep web'da saqlanadi va bu internet olamining 90% qismini egallaydi.

• Dark web. Aysberg'ning eng tag qismi qora olamga siz faqat maxsus brauzer Tor yordamida kirishingiz mumkin. Bu haqiqiy jinoyat olami, narkotik, qurol-yaroqlar va hatto qotillik uchun yollanadigan jinoyatchilar xizmatlari sotiladigan qora bozor. Xakerlarning bari o'sha yerda. Mutaxassislar u yerga shunchaki bir ko'rish uchun ham kirishingiz tavsiya etishmaydi.

👉 @rustambek01_uz
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat!

Talabalar uchun maxsus yangi loyiha 🔥🔥🔥

"Ilm Xalqasi " nomli TATU da katta motivatsion loyiha tashkil etilmoqda!

🚀🚀🚀

Talabalik davridanoq qanday qilib katta muvaffaqiyatga erishishni, dasturlash sohalari ustalaridan tavsiyalarni bilmoqchi boʻlsangiz, bu loyiha aynan siz uchun!

Spikerlarimiz oʻzining shaxsiy brendiga, biznesiga, kompaniyasiga, kreativ jamoasiga ega dasturchilar!!!

🎯Loyiha davomida siz:
* Talabalik + biznes
* Dasturlashni oʻrganishni nimadan boshlash kerak
* Frilanser
* SMM
* Web dasturlash
* Liderlik
* IOS va Android
* Loyihalar boshqaruvi va boshqa mavzularda eng kerakli hayotiy bilim va koʻnikmalarni olasiz!

Forum: 8-oktabr kuni soat 14:00da boshlanadi.

🏛Manzil: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zali.

👉 @rustambek01_uz
Rustambek Blog
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat! Talabalar uchun maxsus yangi loyiha 🔥🔥🔥 "Ilm Xalqasi " nomli TATU da katta motivatsion loyiha tashkil etilmoqda! 🚀🚀🚀 Talabalik davridanoq qanday qilib katta muvaffaqiyatga erishishni, dasturlash sohalari ustalaridan tavsiyalarni…
Xudo xoxlasa 3 ta loyihani boshlash arafasidaman. Bu loyihada spikerlik ham qilaman. Bu 1-loyihamiz , bu loyihamizda qolgan 2 ta asosiy katta loyihalarimiz e'lon qilinadi. Qolgan loyihalarimiz haqida ham tez orada e'lon qilaman.
Forwarded from IT Time Academy
❗️❗️❗️Diqqat, diqqat!

Vaqt o'zgartirildi !!!


"Ilm Xalqasi " nomli universitetimizda katta motivatsion loyiha tashkil etilmoqda!

🚀🚀🚀

Forumga boshqa universitet talabalari ham qatnashishi mumkin.

Forum: 8-oktabr kuni soat 13:30da boshlanadi.

🏛Manzil: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta majlislar zali.

Murojaat uchun : +998 94 445 09 80

👉 @it_time
Ha aytgancha , Bugungi tadbirda web dasturlash va "Saodatga boshlovchi ilm" va "Ilm Xalqasi" loyihalarim bo'yicha spikerlik qilaman
Mana bugun spikerlik ham qildim, hayajon juda kuchli bo'ldi. Chunki 400 kishining oldida so'zga chiqish boshqacha ekan. Hammaning nigohi menda turdi. Web dasturlash va yangi boshlayotgan loyihalarim haqida gapirishim ham juda katta ma'suliyat bo'ldi.Yangi boshlayotgan loyihalarim haqida tez orada ma'lum qilaman.

@rustambek01_uz
Forwarded from Amriyev Sarvarjon | Blog
Dunyodagi eng xavfsiz Ijtimoiy tarmoqlaridan bir hisoblanmish Telegram asoschisi Durov o'zining 37 yoshga to'lish arafasida dunyodagi kam qadrlanadigan 3 ta va ortiqcha baho beriladigan 7 narsa haqida o'z fikrlarini bilan bo'lishdi. Uning fikrlariga ko'ra

3 ta biz kam qadrlaydigan narsalar:

- uyqu
- tabiat
- yolg'izlik

7 ta biz ortiqcha baho beradigan narsalar;
- katta shaharlar
- restoranlar
- issiq havo
- moda
- hashamat, boylik
- Ijtimoiy tarmoqlar
- mashhur kishilarning tavsiyalari

@amriev_dev
Forwarded from IT Time Academy
"Saodatga boshlovchi ilm" nomli loyihamiz haqida: Bu loyihadan maqsad imkoniyati cheklangan do'stlarimizga dasturlash kurslarimizni bepul o'rgatish.
Bu loyihamizni hozirda 1-lardan bo'lib Toshkent axborot texnologiyalari universitetining imkoniyati cheklangan yoshlari bilan boshlamoqdamiz. Shu kunlarda start beriladi, hozirda xonalar jihozlanmoqda. Xudo xoxlasa , bu loyihamizni kengaytirmoqchimiz, ya'ni boshqa universitetlar va butun respublikamiz o'rtasida qilmoqchimiz.
Zero , bilimni u dunyoga olib ketib bo'lmaydi, lekin bu dunyoda qoldirsa bo'ladi.

® Rustambek Mamadaliyev

Bunday savobli ishimizni butun O'zbekiston bo'yicha qilishimizda yordam bering va ushbu habarni boshqalarga ham tarqating.

👉 @it_time
#ichimdagi_gap

TATU'da o'qiydigan qiz - smurflarning smurfettasidek gap. 😁

👉 Rustambek - IT Blog