Rustambek Blog
39 subscribers
120 photos
51 videos
11 files
106 links
Allohni suyganlarni singanini ko'rmadim...
Download Telegram
YouTubeda "Javascript 2 - Dars ." videosini ko‘ring

YouTube 👇👇👇👇👇

Rustambek Mamadaliyev

👉👉 Rustambek - IT Blog
Diqqat e'lon !!!

Assalomu alaykum do'stlar.
Xudo xoxlasa 18-aprel (yakshanba) kuni ovozli chat qilamiz. IT sohasiga doir har qanday savollaring bo'lsa bemalol ovozli chatda berishlaringiz mumkun.
Soat 20:00 da boshlanadi .

👉👉👉 IT - Time
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo'limdagi shpargalka emas.
Vafot etgan dadamning sur'atlari...😪😭😭😭

Juda ta'sirli

Ushbu rolik " Yosh kitobxon " tanlovida " Spark " yutib olgan farg'onalik yigitcha Muhammadfozil haqida

👉👉👉 Rustambek - IT Blog
YouTubeda "Css 5 - Dars" videosini ko‘ring
https://youtu.be/d1NfzesgxA8

Telegram kanallarimiz : 👇👇👇

👉👉 IT - Time
👉👉 Rustambek - IT Blog
Diqqat Do'st qidirilmoqda !!!

Hayotda ota-onam, akam va yana birgina do'stim bor ekan. Toshkentga kelib bittagina bo'lsa ham do'st topdim deb o'ylar edim. Afsuski adashgan ekanman.
Biz insonlar boshqa insonlardan biror foydagina topsak unga yaxshi gapiradigan, unga mulozamat qiladigan va undan qandaydir foyda izlab do'st bo'ladigan bo'lib qolganmiz, afsus.

Do'st qanday bo'lishi kerak ?
Do'st bu 2 kishini o'ylab yashaydigan inson. Ya'ni do'sti uchun jon kuydiradigan, do'sti mag'lubiyatga uchrasa o'zidan hafa bo'ladigan.
Do'sti uchun har qanday narsada yordam beradigan , hamma sirini bemalol ayta oladigan, do'sti kasal bo'lsa tomog'idan ovqat o'tmaydigan, do'stiga biror dardini aytsa, dardi ham esdan chiqib ketadigan
inson do'st hisoblanadi deb o'ylayman. Shunday do'sti bor odamlarga muhtoj bo'lgan holda, shunday do'st qidirmoqdaman.

Sizda shunday do'st bormi (o'ylab ko'ring)?

Murojaat uchun: Rustambek
Css yordamida uchburchak yasaymiz
Forwarded from IT Time Academy
Kanalga qanday videolar tashlashimizni xohlaysiz ? ( Bu yerda yo'q bo'lsa kommentga yozing )
Anonymous Poll
58%
Html va Css
64%
JavaScript
47%
Sayt versatka (FrontEnd maket)
Junior, Middle va Senior dasturchilari o'rtasidagi farq

🧩 Junior 0,5-1,5 yillik amaliy tajriba.
Juniorning asosiy belgisi qo'yilgan masalani mustaqil yoki middle dasturchi yordamida xal qila oladi.

🔸 Middle 1-3 yil tajriba. Loyihalarni mustaqil ravishda qanday amalga oshirishni biladi. Texnik topshiriqlarni ishonchli bajaradi. Xatolar bor, lekin muammo nimada ekanligini tezda anglaydi.

🔹 Senior 4-6 yillik tajriba. Ishonchli mutaxassis. Uning vaqti qadrlanadi, Junior va Middle uchun ustoz. Ingliz tilini yaxshi biladi va dasturlashning turli sohalarida texnik ko'nikmalarga ega. O'zining kompaniyasi ishlaydigan bozor talablarini tushunadi.

💎 Lead 6 yildan ortiq tajriba. Lead jarayonni amalga oshirmaydi, lekin jarayonning sifati uchun javobgardir. Boshqarish qobiliyatiga ega. Jamoa, ularning kayfiyati, inson va moliyaviy resurslarni optimallashtirish va loyihani amalga oshirish muddati uchun javobgardir.

👉 @rustambek01_uz
Dasturlashni bepul o'rganing !!!

Dasturchi bo'lmoqchimisiz ?
Web dasturlash ni bepul o'rganamiz.Html, Css, Bootstrap, Javascript ni o'rgatamiz hamda FrontEnd dasturchi bo'lamiz, undan so'ng Backend dasturlashni o'rganamiz.
Talablar : Ma'suliyatli, sabrli, oxirigacha boradigan, dasturlashga qiziqadigan va vazifani vaqtida tayyorlaydigan.
Shunday bo'lajak dasturchilarni taklif qilamiz.Odam soni cheklanmagan vaqt cheklangan.Darslar 1-maydan boshlanadi.

Guruhimiz: @it_timegroup
Murojaat uchun: @rustambek_0301

Bunday savobli ishni boshqalarga ham jo'nating. Qancha ko'p odamga foydamiz tegsa, biz xursandmiz.
👨‍💻👨‍💻👨‍💻

👉👉 IT - Time
Rustambek Blog pinned «Dasturlashni bepul o'rganing !!! Dasturchi bo'lmoqchimisiz ? Web dasturlash ni bepul o'rganamiz.Html, Css, Bootstrap, Javascript ni o'rgatamiz hamda FrontEnd dasturchi bo'lamiz, undan so'ng Backend dasturlashni o'rganamiz. Talablar : Ma'suliyatli, sabrli…»
Xudo xoxlasa ertaga 27-aprel soat 20:00 da bepul kursimiz haqida audio chat qilamiz. Savollaringni bemalol beraverasizlar. Bepul dasturlash kursimizni iloji boricha ko'proq tarqatinglar. Sababi viloyatlarda, qishloqlarimizda dasturlash kursiga moddiy tomondan(dasturlash kursi qimmat) muammosi bor do'stlarimiz bor bo'lganligi sababli, o'rgana olmayotganlar uchun bepul kurs.
(Savollarni komment ga yozib qoldiringlar)
👉👉 @it_time
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Frontend uchun programmani telefonda ishlatish videosi(tepadagi programma)
Uyga vazifalarni jo'natish uchun esa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Live Server bilan bog'liq muammo yechimi videoda
#bilasizmi #dasturlash

🐍 Python dasturlash tili haqida 5 fakt

Python — boshlang‘ich bosqichdagi dasturchilar uchun eng mos dasturlash tilidir. Quyida keltirilgan 5 ta dalil — buning yorqin isbotdir.

1️⃣. Python deyarli hamma joyda ishlaydi

Python deyarli hamma narsada ishlaydi, cho‘ntak kompyuterlari va smartfonlardan tortib tarmoq serverlarigacha. Phyton’ning Windows, Linux/UNIX, macOS va macOS X, iPhone OS 2.0 va undan kattaroq, Palm OS, OS/2, AS/400 va hattoki OS/390, Windows Mobile, Symbian va Android uchun versiyalari mavjud.

2️⃣. Python’ning ildizlari qadimiy

Python ustida ishlash 1980-yillarning oxirlarida boshlangan va birinchi to‘liq versiyasi 1991 yilda paydo bo‘lgan. Shunday ekan, Python o‘z balog‘at yoshini nishonlaganiga uzoq vaqt bo‘lgan. Bu yetuk va rivojlanayotgan dasturlash tilidir, ayrimlar ishonganidek — hech ham o‘lik til emas.

3️⃣. Phyton yirik kompaniyalarda ham ishlatiladi

Google, Yahoo, NASA, Industrial Light & Magic va hattoki Microsoft Python’dan foydalanishadi. Microsoft hattoki Python Developer Center’ni ochgan.

4️⃣. Python - dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri

TIOBE ma’lumotlariga ko‘ra, Python eng mashhur dasturlash tillari reytingida beshinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda — Java, keyingi o‘rinlarda — C, C++, C# tillari oilasi. Agar bu tillarning barchasi bir deb hisoblansa, Python uchinchi o‘rindadir!

5️⃣. Python’ni o‘rganish boshqa tillarga nisbatan ancha oson

Python - oson o‘rganiladigan dasturlash tilidir. Dasturlashni ko‘p joylarda aynan shu tildan boshlash tavsiya etiladi.


👉👉👉 @rustambek01_uz
Forwarded from IT Time Academy
Python dasturlash tili bo'yicha ham bepul kurs ochmoqchimiz. Qatnashadiganlar bormi ?
Anonymous Poll
90%
Ha, albatta
10%
Yo'q
Qadr kechasini foydali oʻtkazish uchun 27 tavsiya:

1. Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.

2. Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda koʻp ovqat yemang.

3. Bu kechani ibodat bilan oʻtkazayotganda tavba qilishga azm qilish.

4. Barcha moʻminlar va moʻminalar uchun istigʻfor va duoni koʻpaytiring.

5. Butun aʼzolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.

6. Janjal va tortishuvlardan uzoqda boʻling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.

7. Fikringizni bir joyga qoʻyib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda boʻlib, yuz rakatni tugatib qoʻyishni foydasi yoʻq.

8. Duo va ibodatda ixlosli boʻlish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashgʻul boʻlib rakatlarni koʻpaytirishdan muhimroq.

9. Qadr kechasida imkon boricha tahoratli boʻlishga harakat qiling.

10. Duoingiz ijobat boʻlishiga aniq ishoning. Chunki ijobat boʻlishiga ishonmaslik duoning orasiga toʻsiq paydo qiladi.

11. Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil boʻlsin.

12. Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib soʻrang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi koʻradi.

13. Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istigʻfor ayting, U Zot sizni afv qilishini soʻrang.

14. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga koʻp salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik soʻrang (yaʼni “Roziyallohu anhu” deb aytish).

15. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka aʼfuvvun, tuhibbul aʼfva faʼfu annaa” (yaʼni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi koʻrasan, bizlarni afv et”), duosini koʻp ayting.

16. Alloh taolo barcha musulmonlarni doʻzaxdan ozod qilishini koʻp soʻrang.

17. Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga oʻzgartirishini soʻrab duo qilish.

18. Oʻtgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini soʻrang.

19. Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota ayun”, (yaʼni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan koʻz quvochnchlari ber).

20. Er yoki xotin bir-birining haqiga goʻzal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.

21. Sajda qilgan holatingizda koʻp duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin boʻlgan holati sajda qilgan holatidir.

22. Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan ogʻirlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan yengillatinglar”.

23. Bir soniyani ham zoye ketkazmang, vaqtni gʻanimat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik boʻladi.

24. Qodir boʻlganingizcha Qurʼon oʻqing.

25. Qadr kechasini ibodat bilan oʻtkazish tong otgunicha davom etadi, oʻsha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.

26. Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan oʻtkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.

27. Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulugʻ.