𝐑𝐨𝐛𝐨𝐭𝐬𝐀𝐧𝐝𝐌𝐞 - Учебный центр
713 subscribers
1.18K photos
547 videos
52 files
500 links
🤖 Робототехника и IT для детей и взрослых
Практика с первого урока
Маленькие группы
Возможность трудоустройства
📌 Мы в Instagram: https://www.instagram.com/robots_and_me
☎️ Запишитесь на пробный урок:
+998 (93) 080-62-66
Download Telegram
Telegram_mobil_ilovasida_ikki_faktorli_autentifikatsiyani_yoqish.pdf
271.5 KB
"Telegram mobil ilovasida ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish bo‘yicha to‘liq va aniq ko‘rsatmalar. Hisobingiz xavfsizligini oshiring va ruxsatsiz kirishlarning oldini oling!"


Telegram| instagram| Facebook
👍5🔥21
🌟 CHATGPT: BOLALARNI DANGASA QILADIMI? YOKI ULARGA YANGI IMKONIYATLAR OCHADIMI? 🤖

ChatGPT yoki boshqa sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bolalarni dangasa qilish-qilmasligi ularning bu texnologiyani qanday ishlatishiga bog‘liq. Quyidagi holatlarni ko‘rib chiqamiz: 🧠💡

📚 Ijobiy tomonlari:
Tezkor ma’lumot olish: Bolalar murakkab savollarga javob topishda vaqtni tejashadi va yangi narsalarni o‘rganishadi.
Ijodkorlikni rag‘batlantirish: ChatGPT orqali ular yangi g‘oyalar olishi, hikoya yozishi yoki loyihalar ustida ishlashi mumkin.
O‘rganishni osonlashtirish: Darslarda yoki mustaqil o‘rganishda yordam beradi, jumladan, tushunarsiz mavzularni yaxshiroq tushunishga.

⚠️ Salbiy tomonlari:
Mehnatga bo‘lgan rag‘batni pasaytirishi mumkin: Agar bola o‘zi ishlamay, doim tayyor javoblarga tayanadigan bo‘lsa, bu uning mustaqil fikrlash qobiliyatini zaiflashtirishi mumkin.
Mas’uliyatsizlikka olib kelishi: Agar bola har doim tezkor javoblarni qabul qilsa, chuqur tahlil yoki qiyinchiliklarni yengishga harakat qilmasligi mumkin.
Cheklangan ijodiy fikrlash: Bolalar o‘z imkoniyatlarini sinash o‘rniga, texnologiyaga haddan tashqari tayanib, o‘zlarini rivojlantirishni cheklab qo‘yishi ehtimoldan xoli emas.

🛡 Muvozanatni qanday saqlash mumkin?
ℹ️ Nazorat qilish: ChatGPT’dan qanday va qachon foydalanayotganini kuzatish muhim.
ℹ️ Cheklov qo‘yish: Bola sun’iy intellekt yordamida faqat kerakli joylarda foydalanib, o‘zi mustaqil ish qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni o‘ziga qoldirish.
ℹ️ O‘rganishga undash: Sun’iy intellektni qo‘shimcha vosita sifatida ishlatib, bilimlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirish.

Agar to‘g‘ri nazorat qilinsa va maqsadli ishlatilsa, ChatGPT bolalarni dangasa qilmaydi, aksincha, ularga zamonaviy bilimlarni tez va samarali o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu ko‘proq ota-onalar va o‘qituvchilarning yondashuviga bog‘liq. 🚀📅

🧑‍💻 Agar farzandingiz IT ni toʻgʻri va yaxshi oʻrganishini istasangiz hoziroq 6-7-8 yanvarda boʻladigan ochiq darsimizga yoziling va farzandingiz bilan birga qatnashing ! 🌟

📲 Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot telefon orqali: +998919221000 @RobotsAndMe_Admin

Telegram| instagram| Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥21
Hurmatli himoyachilar!

Sizlarni Vatan himoyachilari kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz! 🌟Sizning jasoratingiz, kuchingiz va fidoyiligingiz bizni har kuni ruhlantiradi.

Bayram bilan! 🎉
____________

Дорогие защитники!

Сердечно поздравляем вас с Днём Защитника Родины! 🌟 Ваша мужественность, сила и преданность вдохновляют нас каждый день.

С праздником! 🎉🇺🇿

Telegram| instagram| Facebook
9👍6🔥3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy robotlar tanlovi-2025

Buxoro viloyat hokimligi hamda Buxoro viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan "Milliy robotlar tanlovi-2025" musobaqasining Buxoro viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

🏆 Unda shahar va tumanlardan kelgan ishtirokchilar 6 ta yo'nalish asosida yasagan robotlarini taqdimotini qilishdi.

🥳 "RobotsAndMe" o'quv markazimizning 5 nafar a'zosi ushbu musobaqa g'olib bo'lishdi !

🏅Mazkur tanlovda 1-o'rinni egallagan ishtirokchilar respublika bosqichiga qatnashish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi
.

Telegram| instagram| Facebook
🔥5👍32🥰1👏1😁1🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 🚀 🚀

🤖 Olmaota shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro robototexnika va dron chempionati bo‘lib o‘tadi

Telegram| instagram| Facebook
4🔥3👍2
🔥 Katta yangilik!

RobotsAndMe o‘quv markazining iqtidorli o‘quvchilari Almaty Tech Cup musobaqasining FIRST Tech Challenge (FTC) yo‘nalishida ishtirok etmoqda!

🤖 Bu – 12-18 yoshli yosh muhandislar uchun eng nufuzli robototexnika musobaqalaridan biri! Jamoamiz sun’iy intellekt va muhandislik bilimlarini ishga solib, innovatsion robotlarini maydonga tushiradi.

🚀 Ularning asosiy maqsadi – xalqaro bosqichga yo‘l olish va yurtimiz sharafini himoya qilish! Ularga omad tilaymiz! Kelajak ularning qo‘lida! 🔥💡

Telegram| instagram| Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4👏32
💥 Buxorolik robototexnika iqtidor egalari Londonga yo‘l oldi! 🇬🇧🤖

🏆Robots And Me” o‘quv markazi o‘quvchilari a’zo bo‘lgan O‘zbekiston robototexnika jamoasi UK FIRST Championship yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

21-23 fevral kunlari Qozog‘istonning Olmata shahrida bo‘lib o‘tgan Almaty TechCup 2025 – Central Asia FIRST Championship musobaqasida 6 mamlakatdan 3 000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa “Eng yaxshi dizayn” (FLL) nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, FTC (FIRST Tech Challenge) yo‘nalishida yarim finalga chiqdi!

💡 Bizning faxrimiz – Buxorolik ishtirokchilar:
🔹 Sodikov Shukrullo – 12-IDUM maktabi, Buxoro
🔹 Narziyev Akbarshoh – 1-maktab, Buxoro
🔹 Nazarov Asadbek – 33-maktab, Buxoro
🔹 Azimov Mirsaid – 20-maktab, Buxoro
🔹 Hafizov Shohruhmirzo – 17-maktab, Buxoro


🔹 Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan boshqa iqtidorli yoshlar:
📌 Toshkent shahri va boshqa hududlardan qatnashgan yosh robototexniklar ham jamoa bilan birga yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi!

🚀 Londonga tayyorgarlik!
Jamoamiz endi UK FIRST Championship – More Than Robots Champs 2025 musobaqasida ishtirok etadi. U yerda 20 ta EMEA (Evropa, Yaqin Sharq va Afrika) mintaqasining eng kuchli jamoalari hamda Britaniyaning 48 ta eng kuchli robototexnika jamoalari bilan bellashadi!

Barcha yosh robototexniklarga yangi musobaqada omad tilaymiz! O‘zbekiston bayrog‘ini Londonda ham baland ko‘taring! 🇺🇿💪🚀

#RobotsAndMe #Buxoro #Robototexnika #UKFIRSTChampionship #FLL #FTC

Telegram| instagram| Facebook
1👍1310👏2🤗2🔥1🎉1
🥳 G'OLIBLIKKA BIR QADAM !

🌟 Robots And Me markazimiz o'quvchisi Javohir Murodov, Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 34-umumta'lim maktabining 10-sinf o'quvchisi Mirzo Ulug'bek vorislari respublika tanlovining tuman bosqichida Aqilli Hassa loyihasi bilan o'zining bilim va iste'dodini namoyon etib g'olib bo'ldi 🏆 va viloyat bosqichiga yo'llanma oldi.

Bu yutuq Javohir uchun katta qadam bo'lib, u kelajakda yanada yuqori cho'qqilarga intilish niyatida. 🔝 Muvaffaqiyatli yo'lida yangi yutuqlarni qo'lga kiritishga harakat qiladi, o'zini yanada rivojlantirishga tayyor!

Telegram| instagram| Facebook
🎉9👍51