𝐑𝐨𝐛𝐨𝐭𝐬𝐀𝐧𝐝𝐌𝐞 - Учебный центр
703 subscribers
1.11K photos
541 videos
52 files
499 links
🤖 Робототехника и IT для детей и взрослых
Практика с первого урока
Маленькие группы
Возможность трудоустройства
📌 Мы в Instagram: https://www.instagram.com/robots_and_me
☎️ Запишитесь на пробный урок:
+998 (93) 080-62-66
Download Telegram
🥳 "YOSHLAR KUNI" munosabati bilan 4-iyul kuni IT PARK tomonidan tashkil qilingan "YOSHLAR-BIZNING KELAJAGIMIZ" nomli ROBO-musobaqa bo'lib o'tdi !

😁 Bizning o'quv markazimiz o'quvchilar natijalari bilan tanishing !

RoboSumo :
🥉 3-o'rin Shokirov Aziz

Line Follower :
🥈2-o'rin Nazarov Asadbek
🥉3-o'rin Narziyev Akbarshox

Robofutbol:
🥈 2-o'rin Navro'zov Islombek
🥉 3-o'rin Bahodirov Bobur

Telegram | Instagram | Facebook |
😢4👍3🔥1
Forwarded from "INNOVATOR" jurnali
#tanlov

📣📣📣Innovatsion rivojlanish agentligiga qarashli o‘quvchi-yoshlarga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop nashr – “INNOVATOR” jurnali 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan onlayn tanlovlar doirasida “RAQAMLI TEXNOLOGIYA YOSHLAR NIGOHIDA” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi!

Turmush tarzimizda keng foydalanadigan ko‘plab ixtirolar aynan bolalar tomonidan yaratilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 500 mingdan ortiq bolalar va o‘smirlar tomonidan turli ixtirolar, jumladan, moslamalar, o‘yinlar, robotlar yaratilar ekan.

Yurtimizda ham shunday isteʼdodli yoshlar juda ko‘p. Biz ushbu tanlov orqali o‘sha iqtidor egalarini kashf qilmoqchimiz va ularning ixtirolarini ommaga tanishtirmoqchimiz. Siz yoki do‘stlaringizda kashfiyot yoki ixtirolar qilishga qiziqish bo‘lsa, mazkur tanlov aynan SIZ UCHUN!

 📌Tanlov shartlari

O‘z turmush tarzingizdan kelib chiqqan holda, foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozda aks ettirishingiz lozim. Masalan, 2021-yili shu nom ostida o‘tkazilgan tanlovimizda 6 yoshli Neʼmatova Muslimaxon o'z loyihasi bilan qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Loyihaning nomi "Aqlli papka" bo'lib, u dars jadvali bo‘yicha kitoblar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda qaysi kitob yo‘q bo‘lsa, turli xil smayliklar orqali ogohlantiradi.

👉 O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.  

 ❗️Videorolik (surat)da ism-sharifingiz, yoshingiz va manzilingiz to‘liq ko‘rsatilishi kerak.

 📆Videorolik (surat)larni 2023-yil 30-iyundan 1-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborishingiz mumkin.

 🏆 G‘oliblar 1-avgust kuni soat 17:00 da "INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

 🥇🥈🥉-o‘rin sohibi va sohibalariga "INNOVATOR" jurnali tomonidan maxsus diplom va sovg‘alar topshiriladi. Qolaversa, g‘olib egalari haqida jurnalimiz sahifalarida maqola ham tayyorlanadi.

‼️Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilarga taqdimot kuni sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar qatnashishlari mumkin.

Facebook | Telegram | Web | Instagram