Robocode IT Academy
899 subscribers
837 photos
431 videos
13 files
652 links
Farzandingiz kelajagi uchun zamonaviy kasblar akademiyasi

☎️ Murojaat uchun: +99899 899-90-05
Admin: @robocodeadmin

Manzil: https://maps.app.goo.gl/c1QyVkz3do4z7jqV6
Download Telegram
PYTHON kursi uchun maxsus taklif | Front-endchilar yaqinroq keling!

Barcha Front-end dasturlashni biladiganlar uchun maxsus kurs ochilishini e'lon qilamiz. Kursda esa siz PYTHON dasturlash tilini o'rganishingiz mumkin.

🆕 Yangi yil uchun yangi kurslar tashkil qilinayotgani munosabati bilan, ko'p sonli talablarga binoan PYTHON haqida darslarni ham boshlashga qaror qildik.

🐍 PYTHON orqali esa siz kodni oz yozib dasturning funksionallik darajasini oshirasiz. Shuning uchun ham ko'p dasturchilar PYTHONni o'rganadilar.

Kurs faqatgina "Front-endchi akaxonlar" uchun!

👇🏻 Kurslarga yozilish uchun:

👨🏻‍🏭 Admin: @robocodeadmin

📞 Qo'ngiroq: +998998999005

😉 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Robocode.uz | @robocode_andijan
👍5👏1🤩1
Dasturlashni СВЕЖИЙ kallaga o'rganing

🤗 Tadqiqotlarga qaraganda, ertalabda olingan bilim qolganlaridan ko'ra uzoqroq vaqt esda qoladi. Kalla СВЕЖИЙ paytda o'rganishga nima yetsin.

🚀 Robocode esa shuni inobatga olib kunduzgi darslarni boshlaydi. Darslar davomida esa siz "Front-end"ning Html, CSS, Materialize, Javascript, Dom Animate.js va shu kabi funksional yo'nalishlarida tahsil olasiz.

✊🏻 Kurslar boshlanishi haqidagi e'lonni kutayotganlar GAZINI BOSING

👇🏻 Kurslarga yozilish uchun:

👨🏻‍🏭 Admin:
@robocodeadmin

📞 Qo'ngiroq: +998998999005

😉 Joylar soni cheklanganligidan xabaringiz bordir, shoshilishni unutmang!

Robocode.uz | @robocode_andijan
👍9🔥3👏1🤩1
Diqqat! Ochiq dars🤩

🕸 Web ilovalarni yasashga, ularni qanday dasturlashni o'rganishga va umuman IT qiziqadigan barcha-barchani Robocode o'quv markazimizdagi ochiq darsimizga taklif qilamiz.

😉 Agar markazimizda o'qish niyatida yurgan bo'lsangiz ayni muddao, darslarni qanday o'tilishini OCHIQ DARSIMIZda bilib olishingiz mumkin. Unday bo'lsa keliboq o'qishni xohlab qolishingiz tayin. Kelish, kirish va darsda qatnashish mutlaqo bepul.

🗒 O'zingizni qiziqtirgan savollarni tayyorlab olsangiz yanada yaxshi. Unutib qo'ymaslik uchun esa biror qog'ozga yozib qo'ying, OCHIQ DARSdagi atmosferada esingizdan chiqib qolmasin tag'in.

❗️Barchangizni kutamiz!

💡 Kun: 11.01.2022 - Seshanba
Soat: 10:00
📍 Manzil: Andijon shahri, Robocode o'quv markazi
🎯 Mo'ljal: Avtovokzalning orqa tarafidagi 3 qavatli bino.

📞 Bog'lanish uchun: +998 99 899 90 05

robocode.uz | @robocode_andijan
👍14🤩31🔥1👏1
Noutbuk yoki shaxsiy kompyuteringiz hozirgidan tezroq ishlashini hohlasangiz ushbu videoni albatta ko'ring!

👨🏻‍💻 Kompyuter foydalanuvchilarini eng ko'p qiynaydigan muammo bu ularning kompyuteri terma jamoamizdek, sekin harakat qilishi yoki ishlamay qolishi.

😨 Qotib qolish, ekranda juda ko'p tushunarsiz tasvirlar paydo bo'lishi va eng yomoni ko'm-ko'k hatolarga to'la ekran...

😉 O'zingizni bosing! Bizda buning yechimi bor. Bu usullardan foydalanib siz noutbuk yoki kompyuteringizni tezlatish, ishlash vaqtini esa uzaytirishni bilib olasiz.

🤓 Videoni ko'rishga shoshiling! Endi sizni kompyuteringizni hech qanday muammo bezovta qilmaydi. Uchadi naqd uchadi..

Premyerani 20:00 da o'tkazib yubormang

Video uchun link👉🏽https://youtu.be/Eh8HMrcRiE0
🔥5👍1👏1
Lego kurslari kimlar uchun?

☝️ Bu markazimizga kelgan ko'pchilik ota-onalarni o'ylantiradigan savol. Agar sizni ham o'yga toldiradigan bo'lsa shanba kuni bo'ladigan ochiq darsimiz aynan siz uchun.

- Keyinchalik ishlasa bo'ladimi?
- Kursni qanchada bitiradi?
- Nimalarni o'rganadi o'zi?
- Farzandimga o'rganish qiyin bo'lmasmikin?
- To'lovlari qanday bo'ladi?
- O'zi nega bu yo'nalishni o'rganishi kerak?


☺️ Shu va shu kabi barcha savollarni yechimini topa olmayotgan xurmatli ota-onalar sizlarni OCHIQ DARSimizda kutamiz

😉 O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarni bemalol berishingiz mumkin.

📋 Ma'lumotlar:

💡 Kun: 15.01.2022 - Shanba
Soat: 11:00
📍 Manzil: Andijon shahri, Robocode o'quv markazi
🎯 Mo'ljal: Avtovokzalning orqa tarafidagi 3 qavatli bino.

📞 Bog'lanish uchun: +998 99 899 90 05
👍5🔥3👏1🤩1
14-Yanvar – Vatan himoyachilari kuni

📌 14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

💟 Ona yurtimiz o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

🤖 Robocode IT Academy jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz.

💫 Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang. Bayramingiz muborak bo'lsin.

@robocode_andijan
🔥71👍1👏1
🌠 Tunda yaxshi bir kitob o‘qish – uyqusizlik sababli ovqatlanish va ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni bekorga sarflashdan foydaliroqdir. Shuningdek, tunda kitob o‘qish uyqusizlik bilan kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

-Yaxshiroq uxlaysiz 💤
-Stressdan qutilasiz 😪
-Miyya faoliyatini yaxshilaydi, diqqatni jamlashga yordam beradi 🧠
-Sezgir qiladi 🙊
-Kreativ fikrlashga yordam beradi 💭

🤼‍♂️ Ko’pchilik kitobni qanday to’g’ri o’qishni bilmaydi yoki o’qigan narsalari tez esdan chiqib ketadi

👨🏽‍💻Robocode IT academy asoschisi kitob o’qish strategiyasi haqida fikrlari bilan ulashadi. O’ylaymizki kitobxon do’stlarimizga bu foydali bo’ladi.

Video uchun havola👇🏽
https://youtu.be/Qe3jJ1FQzxI
👍4🔥21👏1🤩1
​​Robocode'da ochiq dars!

🤖 Robocode IT Academy yoshlarni talab va takliflarga binoan Junior kursi uchun ochiq dars tashkil qilishini e'lon qiladi.

Siz bu ochiq dars orqali markazimizda yo'lga qo'yilgan Robototexnikaning Junior kursi haqida: bu yo'nalishlarda qanday ta'lim berilishi, ta'lim sifati, boshqalardan farqli taraflari, o'qitish metodikasi shu va shunga o'xshash mavzularda bo'lib o'tadi.

👨🏽‍💻 Junior kursi asosan 12-15 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar uchun mo’ljallangan

Barchangizni 18-Yanvar Seshanba kuni soat 14:00 da Robocode o'quv markazi binosida kutib qolamiz. Tadbirda barcha ishtirok eta oladi.

📞 Murajaat uchun: +998 99 899 90 05

📌 Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon-22
📌 Mo'ljal: Avto vokzal
👍6🔥3👏1😱1🤩1
👶 Bolalarda tez tez uchrab turadigan kasallikning nomi, shanba kungi ochiq darsimizda topildi...

📥 Tashxis: Robototexnika va Dasturlash ⌨️

🤖 Sizning farzandingiz doimo buyumlarni yasashga yoki uni qanday yasalganini bilishga urinaversa bolalar uchun dasturlash kursimiz aynan ular uchun maxsus.

👨‍👩‍👦 Chunki, bunday yoshda bolalar o'zlari uchun dunyoni o'rganish vaqtida bo'ladi, ularning kreativligini esa mana shunday qurilmalar orqali yanada oshirishimiz mumkin.

🔝 Bu bolaning keyinchalik hayotida ham o'z ta'sirini beradi ya'ni farzandingizni fikrlash qobiliyati boshqa bolalarnikidan farq qila boshlaydi.

Bog'lanish uchun:
👉+998998999005
👉@robocodeadmin

robocode.uz | @robocode_andijan
👍21👏1
Ustozlar o'quvchidan o'zi nima xohlaydi?

👨🏻‍💻 Barcha o'rganuvchilar xoh ular yangi bo'lsin, ko'pchilik o'quvchilarning muammosi darslardan to'liq foydalana olmaslik bo'ladi.

📋 Dunyo olimlari bu borasida tadqiqot olib borishdi va ustozlar va o'quvchilar aslida nimalar qilishi kerakligini topdilar.

👨🏻‍🏫 Avvalo, o'qituvchilar o'quvchini darsga tayyor holda va vaqtida kelishi, darsda qatnashishi, vazifalarni bajarishi va so'ngida doimiy xurmatda bo'lishini xohlar ekanlar. Bular oddiy narsalarku dersiz. Ha albatta, ammo barini ham bajarishda unutib qo'ymaslik kerak. Barini o'rni-o'rnida bajargan o'quvchilar albatta bilimlarnini ham mazzasin totadilar.

☝🏻 Shuni unutmang-ki "Hayotning barcha qoidalari oddiy, faqatgina ba'zilarini unutib qo'ymasligimiz kerak"

@robocode_andijan | robocode.uz
🔥5👍3👏1🤩1
YOSHLARNING 100 TA ENG ILG‘OR LOYIHALARI UCHUN 100,000$ GACHA GRANT YUTIB OLISH IMKONIYATI!

⚡️Yoshlar uchun mo‘ljallangan noyob dasturga ishtirok eting!

📅 Loyihalar joriy yilning 15-fevraligacha qabul qilinadi

📌 “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” hisobidan yoshlarning 100 ta eng ilg‘or investisiya loyihalari konkursini quyidagi shartlar asosida boshladi:

🔸 “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘arma”si hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklari ishtirokisiz moliyalashtirish

📝 Konkurs shartlari:

🏅Top 3 (1-3 o‘rin olgan ishtirokchilar) – Qaytarilmaslik sharti bilan, foizsiz, garovsiz ta'minotisiz grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi

🏅Top 17 (4-17 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) – Yillik 0% dan 5 yilgacha, 1 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi

🏅Top 30 (18-30 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar) – yillik 10% dan 7 yilgacha, 2 yil imtiyozli davr bilan moliyalashtiriladi...

Ro'yxatdan o'tish uchun👇🏼
https://bit.ly/340dsic

@robocode_andijan
👍101🔥1👏1
Robocodeda Robofutbol

🏆 Robocode o'quv markazimiz miqyosida Junior yo'nalishi o'quvchilari uchun Robofutbol musobaqasini tashkil etmoqdamiz. Ushbu bellashuvda qatnashganlar va yuqori natijaga erishganlar keyingi Respublika bo'yicha o'tkaziladigan tanlovga yo'l oladi.

♻️ Bellashuv sanasi 26-yanvar chorshanba kuni. Bu vaqt davomida ishtirok etuvchilardan bellashuvga yanada jiddiy tayyorlanish va robotlari ustida sinovlarni ko'paytirishlarini so'rab qolamiz. Vaqt oz qolmoqda

G'alabaga erishish hechqachon oson bo'lmagan, lekin ko'p mashqlar g'alabani doimo sizniki bo'lishiga sabab bo'ladi.

😉 Bellashuvda ko'rishguncha.

📌 Manzil: Robocode o'quv markazi
👍3🤩2🔥1🥰1👏1
Bo'sh o'tirmay bosh qotir!

🧠 Rivojlanish uchun "kallani ishlatish" kerak. Ya'ni xammamiz ilmimizni rivojlantirish uchun mantiqiy va matematik savollar bilan axil inoq bo'lishimiz lozim.

🦾 Bo'sh o'tirma bosh qotir. Kod yozishdan charchagan qo'llar va kodlarni kuzatishdan tolgan ko'zlar uchun quyidagi videolar dam olishga yordam beradi. Nafaqat dam olish balki aqlingizni rivojlantirib, 50 000 so'm pul mukofotini yutib olishingiz mumkin.

💸 Ko'ring kuzating va javob berishga urinib ko'ring. Qo'shimchasiga esa sizda pul mukofoti yutib olish imkoniyati ham bor.

👇 Batafsil videoda ko'ring:
https://youtu.be/ugMVoQTSAe4
2🔥1👏1
Aytishniklar dam olish vaqti keldi

Qurilmangizda 15%dan kam quvvat qoldi.

📱 Bugun barchaning apparatlarida shu holat yuz berayotgan bo'lsa kerak. Elektr faqat bizda yo'q deb o'ylayotganlar hozirda Respublikamizning deyarli yarim qismida elektr ta'minoti yo'q.

🖲 Dasturchilar dam olishning ayni vaqti keldi. Buyurtmachi mijozingizning o'zida ham svet yo'q, shuning uchun deadline'ni surilish ehtimoli ham bor.

🌐 Rasmiy xabarlarga ko'ra elektr stansiyalari birma-bir tiklanmoqda va tez orada tok bizga ham yetib keladi.

Vaqtdan unumli foydalanib yoqtirgan mashg’ulotingiz bilan shug’illanib oling, bekor bo’lsangiz ping-pong o’ynashga keling😅

😉 Bu tezroq dam olib oling degani
🔥8👍5🤩21👏1
Web dasturlashdan BEPUL ochiq dars.

🚀 Barcha IT'ni o'rganmoqchi bo'lib yurganlar uchun qiziq bo'lgan mavzu. Shu bilan birga web-saytlar dasturlashning eng birinchi va barcha o'rganishi kerak bo'lgan pog'onasi desak ham bo'ladi.

- Web-saytlarni dasturlash nega kerak?

🌏 Hozir, barcha dunyo raqamli olamga ko'chayotganida, saytlar yaratishni bilganlar albatta boshqalarga qaraganda ko'proq qadrlanadi. Keyinchalik bu mahorat esa xuddiki "Barcha futbol o'ynashni biladi" kabi ommaviy mashg'ulotga aylanishi kutilmoqda.

🙋🏻‍♂ Sizlarni esa barcha boshqa savolaringizni javobini topish uchun o'tkaziladigan ochiq darsimizga taklif etamiz.

🗓 Ochiq dars boshlanish vaqti: 29-yanvar soat 14:00

☝️ Ha yana aytganday, ochiq darsdan so'ng kurslarga yozilishingiz ham mumkin. Ochiq darsimiz bepul.

📞 Hoziroq qo'ng'iroq qilishingiz mumkin:
+998998999005

📌 Manzil: Andijon shahar, Buyuk Turon - 22
📌 Mo'ljal: Andijon avtovokzali
👍10🔥51👏1🤩1
Ushbu video Daltoniklar uchun emas!

🖥 Kompyuterda barchasini iloji borku, bu safar esa buyumlarni rangini o'zgartirishni o'rganamiz.

🦎Barcha buyumlar endi xameleondek rangini o'zgartirishi mumkin, shunchaki buning uchun bir nechta harakatlargina kifoya. Bu bilan siz sur'atingiz orqali, qanday rangdagi kiyimlar sizga mos tushishini tekshiring.

🎮 Yutuqli o'yinimiz shartlari ham ancha o'zgargan. G'olib bo'lish uchun esa videoni tomosha qiling, o'z sur'atingizni ham rangini o'zgartiring va Robocodeni instagram profilini belgilab joylang

💸 Ko'p gapirmaganman holatda sizga videoni ulashamiz, shoshiling sizni g'alaba kutmoqda..

🔗 Video uchun link:
👉 https://youtu.be/2-_d6heeyBo
2👍1🔥1👏1
Dasturchilarning PORTFOLIOsi qanday bo'lishi kerak?

🧰 Eng avvalo portfolio o'zi nima?

🗂 Portfolio - sizning karyerangiz davomida tayyorlagan ishlaringiz jamlanmasi hisoblanadi. U web sayt, telegram kanal yoki instagram sahifa va shu kabi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.

📟 Dasturchilar uchun portfolio muhim ahamiyatga ega.

🗑 Agar endi ishga kirmoqchi bo'lsangiz yoki yangi ishga o'tmoqchi bo'lsangiz sizga albatta portfolio kerak. Ish beruvchi ham sizning portfoliongizga qarab siz va sizning tajribangiz haqidagi ilk tushunchalari paydo bo'ladi.

⚙️ Lo'nda qilib aytganda esa portfolio bu sizning butun hayotingizda qanday ishlar bilan shug'ullanganingizni va natijalaringizni ko'rsatib beruvchi yordamchi.

😉 Dasturlashni endi o'rganayotganlar, sizlar uchun hali hammasi oldinda, o'rganavering. Xo'sh, sizdachi portfolio bormi?
👍8🔥32🤩2👏1😱1