Robocode IT Academy
899 subscribers
837 photos
431 videos
13 files
652 links
Farzandingiz kelajagi uchun zamonaviy kasblar akademiyasi

☎️ Murojaat uchun: +99899 899-90-05
Admin: @robocodeadmin

Manzil: https://maps.app.goo.gl/c1QyVkz3do4z7jqV6
Download Telegram
Photoshop bilan birinchi million | Masterklassga shoshiling!!!

Andijon Yoshlar Texnoparki hamda Robocode hamkorligidagi bepul treyninga taklif qilamiz!

🚀 Dizaynerlik olamida pul topishning o'ziga xos sir-sinoatlari haqida yaqinda bo'ladigan master-klassda bilib oling.

🧩 Muvaffaqiyatga erishish yo'lidagi to'siqlar va ularni bartaraf etish uchun maslahatlar.

🎤 Speaker: Abrorbek Ibrokhimov

📋 Ko'plab loyihalarda ishlab SENIOR darajasiga erishgan va IT olamidagi katta tajribaga ega dizayner bilan jonli suhbatda qatnashing.

🙋🏻‍♂️ Bilim ko'nikmalaringizni oshirish uchun imkoniyatdan foydalanib qoling

❗️Barchangizni kutamiz!

💡 Kun: 26.12.2021 Yakshanba
Soat: 14:00
📍 Manzil: Andijon Yoshlar Texnoparki
📌 Mo'ljal: 80 metr yo’lini boshi

😉 Kirish bepul!
🔥2
Robocodeda yana bir foydali dars | Photoshopda rasm qirqish va Youtube cover tayyorlash

🚀 Adobe Photoshop dasturida eng mushkul ishlardan biri bu suratlardagi obyektlarni qirqib olish bo'lsa kerak. Ayniqsa obyekt mayda jismlarda tashkil topgan bo'lsa.

💣 Bu ishlarni professional bilimlarsiz bajarish mushkul, ammo Robocode sizlar uchun qanday qilib oddiy usulda bajarish yo'lini o'rgatadi. Videoni ko'ring, yangi bilimlarni o'rganing. Sinab ko'rish ham esdan chiqmasin.

🎁 Ha aytganday yutuqli o'yin ham mavjud. Faqatgina yangi yil uchun sharti o'zgargan. Buning barini videoda bilib oling.

🤩 Bilim oling qo'shimchasiga yutuq ham.

https://www.youtube.com/watch?v=1zgfr9ulcHk

robocode.uz | @robocode_andijan
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Robocode o’quvchilari musobaqaga tayyor💪🏾

Hammaga omad yor bo‘lsin)

@robocode_andijan
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi tadbirimiz haqida qisqacha😎
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun qahramoni (1-o’rin) Aqlli uy loyihasi💪🏾

@robocode_andijan
🔥2
O'zimizning ixtirochilar

🌐 Joriy yilning 29-dekabr kuni “Andijon yoshlar texnoparki”da “Robocode IT academy” bilan birgalikda robototexnika yoʼnalishi oʼquvchilari ishtirokida “Yosh ixtirochilar” tanlovi oʼtkazildi.

👨🏻‍💻 Ishtirokchilar:

- Eng yaxshi gʼoya,

- Eng kreativ ixtiro

- Eng foydali model

yoʼnalishlarida oʼzlari tayyorlab kelgan loyiha va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

🖲 Tanlovda 50 ga yaqin ishtirokchilar 24 ta loyiha bilan qatnashdilar. Tanlov yakuniga koʼra:

1-o’rin: Abdusamat G’aniyev va Abrorbek Karimberdiyevning “ Aqlli uy” loyihasi.

2-o’rin: Zuhriddinov Boburshohning “Avtomat Inkubator” loyihasi.

3-o’rin: Shermatov Abdulazizning “Yordamchi robot” loyihasi uchun berildi.

Bundan tashqari 5 ta eng sara loyihalar saralanib olindi.

🚀 Hamda tashkilotchilar tomonidan qimmatbaxo sovgʼalar va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Bunday tanlovlarni tizimli ravishda doimiy oʼtkazib borish rejalashtirildi.
👍3🔥1😱1
Dasturchilar ham dam oladi, hech bo'lmasa yangi yilda

🤖 Robocode IT Academy jamoasi sizni yangi yil bayrami bilan tabriklaydi!

🎊 Yaqinlashib kelayotgan 2022-yilda xonadoningizga omad, baxt, oilaviy quvonch va totuvlik hech qachon sizni tark etmasligini tilaymiz. Eng muhimi kodingizda "bug"lar chiqmasin

📌 Hamisha dasturxoningizga fayz-u baraka bersin. Qora qozoningiz hamisha qaynab tursin♨️

🔆 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Umringiz uzun, qalbingiz, doim butun chehrangiz porloq bo'lsin.

Mana 2021-yilning ham oxirgi xaftasi, kunlari, daqiqalari, soniyalari o'tib bormoqda….
Bu yilda ushalmagan ezgu orzu niyatlaringizga kelayotgan yilda albatta erishing

👨‍👩‍👦 Oilangizda mexr oqibat, sevgi muxabbat, baxt-saodat hukm sursin.

📈 Yuqori cho'qqilarni zabt etib, olg'a qadam tashlab yuring 🚀

@robocode_andijan - Bayramingiz bilan
🤩2
2022-yilda eng kerakli bo'ladigan mahoratlar

🚀 Texnologiyalar asrida aynan qaysi kasblar yoxud yo'nalishlar eng yaxshi, darmomadli va bozor talabi eng yuqori bo'lishi kutilayapti

📈 Dunyo statistikalariga ko'ra yildan-yilga Frilanserlar - ya'ni online ishlovchilar soni oshib bormoqda. Shu bilan birga yangidan-yangi kasblar ham yaralib boraveradi.

📧 Yuqoridagi kasblarning ko'p xili ham internet orqali pul topish bilan bog'langan. Eng qizig'i bu yo'nalishlarni o'zlarini ham internetdan bemalol o'rganish mumkin.

🙋🏻‍♂ O'rganishda qiyinchiliklarga duch kelganingizda esa sizga Mentorlar yordam beradi. Ushbu kasblarni esa shu yilning o'zida o'rganib daromadga kirish imkoni ham tayyor.

😉 Xullas aytmoqchi bo'lganimiz "Gazini bosing!" 2022-yil omadli kelsin.

Qayerda o'rganishni bilarsiz!

Robocode.uz @robocode_andijan
👍10🔥3👏1🤩1
PYTHON kursi uchun maxsus taklif | Front-endchilar yaqinroq keling!

Barcha Front-end dasturlashni biladiganlar uchun maxsus kurs ochilishini e'lon qilamiz. Kursda esa siz PYTHON dasturlash tilini o'rganishingiz mumkin.

🆕 Yangi yil uchun yangi kurslar tashkil qilinayotgani munosabati bilan, ko'p sonli talablarga binoan PYTHON haqida darslarni ham boshlashga qaror qildik.

🐍 PYTHON orqali esa siz kodni oz yozib dasturning funksionallik darajasini oshirasiz. Shuning uchun ham ko'p dasturchilar PYTHONni o'rganadilar.

Kurs faqatgina "Front-endchi akaxonlar" uchun!

👇🏻 Kurslarga yozilish uchun:

👨🏻‍🏭 Admin: @robocodeadmin

📞 Qo'ngiroq: +998998999005

😉 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Robocode.uz | @robocode_andijan
👍5👏1🤩1
Dasturlashni СВЕЖИЙ kallaga o'rganing

🤗 Tadqiqotlarga qaraganda, ertalabda olingan bilim qolganlaridan ko'ra uzoqroq vaqt esda qoladi. Kalla СВЕЖИЙ paytda o'rganishga nima yetsin.

🚀 Robocode esa shuni inobatga olib kunduzgi darslarni boshlaydi. Darslar davomida esa siz "Front-end"ning Html, CSS, Materialize, Javascript, Dom Animate.js va shu kabi funksional yo'nalishlarida tahsil olasiz.

✊🏻 Kurslar boshlanishi haqidagi e'lonni kutayotganlar GAZINI BOSING

👇🏻 Kurslarga yozilish uchun:

👨🏻‍🏭 Admin:
@robocodeadmin

📞 Qo'ngiroq: +998998999005

😉 Joylar soni cheklanganligidan xabaringiz bordir, shoshilishni unutmang!

Robocode.uz | @robocode_andijan
👍9🔥3👏1🤩1
Diqqat! Ochiq dars🤩

🕸 Web ilovalarni yasashga, ularni qanday dasturlashni o'rganishga va umuman IT qiziqadigan barcha-barchani Robocode o'quv markazimizdagi ochiq darsimizga taklif qilamiz.

😉 Agar markazimizda o'qish niyatida yurgan bo'lsangiz ayni muddao, darslarni qanday o'tilishini OCHIQ DARSIMIZda bilib olishingiz mumkin. Unday bo'lsa keliboq o'qishni xohlab qolishingiz tayin. Kelish, kirish va darsda qatnashish mutlaqo bepul.

🗒 O'zingizni qiziqtirgan savollarni tayyorlab olsangiz yanada yaxshi. Unutib qo'ymaslik uchun esa biror qog'ozga yozib qo'ying, OCHIQ DARSdagi atmosferada esingizdan chiqib qolmasin tag'in.

❗️Barchangizni kutamiz!

💡 Kun: 11.01.2022 - Seshanba
Soat: 10:00
📍 Manzil: Andijon shahri, Robocode o'quv markazi
🎯 Mo'ljal: Avtovokzalning orqa tarafidagi 3 qavatli bino.

📞 Bog'lanish uchun: +998 99 899 90 05

robocode.uz | @robocode_andijan
👍14🤩31🔥1👏1
Noutbuk yoki shaxsiy kompyuteringiz hozirgidan tezroq ishlashini hohlasangiz ushbu videoni albatta ko'ring!

👨🏻‍💻 Kompyuter foydalanuvchilarini eng ko'p qiynaydigan muammo bu ularning kompyuteri terma jamoamizdek, sekin harakat qilishi yoki ishlamay qolishi.

😨 Qotib qolish, ekranda juda ko'p tushunarsiz tasvirlar paydo bo'lishi va eng yomoni ko'm-ko'k hatolarga to'la ekran...

😉 O'zingizni bosing! Bizda buning yechimi bor. Bu usullardan foydalanib siz noutbuk yoki kompyuteringizni tezlatish, ishlash vaqtini esa uzaytirishni bilib olasiz.

🤓 Videoni ko'rishga shoshiling! Endi sizni kompyuteringizni hech qanday muammo bezovta qilmaydi. Uchadi naqd uchadi..

Premyerani 20:00 da o'tkazib yubormang

Video uchun link👉🏽https://youtu.be/Eh8HMrcRiE0
🔥5👍1👏1
Lego kurslari kimlar uchun?

☝️ Bu markazimizga kelgan ko'pchilik ota-onalarni o'ylantiradigan savol. Agar sizni ham o'yga toldiradigan bo'lsa shanba kuni bo'ladigan ochiq darsimiz aynan siz uchun.

- Keyinchalik ishlasa bo'ladimi?
- Kursni qanchada bitiradi?
- Nimalarni o'rganadi o'zi?
- Farzandimga o'rganish qiyin bo'lmasmikin?
- To'lovlari qanday bo'ladi?
- O'zi nega bu yo'nalishni o'rganishi kerak?


☺️ Shu va shu kabi barcha savollarni yechimini topa olmayotgan xurmatli ota-onalar sizlarni OCHIQ DARSimizda kutamiz

😉 O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarni bemalol berishingiz mumkin.

📋 Ma'lumotlar:

💡 Kun: 15.01.2022 - Shanba
Soat: 11:00
📍 Manzil: Andijon shahri, Robocode o'quv markazi
🎯 Mo'ljal: Avtovokzalning orqa tarafidagi 3 qavatli bino.

📞 Bog'lanish uchun: +998 99 899 90 05
👍5🔥3👏1🤩1
14-Yanvar – Vatan himoyachilari kuni

📌 14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

💟 Ona yurtimiz o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

🤖 Robocode IT Academy jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz.

💫 Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang. Bayramingiz muborak bo'lsin.

@robocode_andijan
🔥71👍1👏1
🌠 Tunda yaxshi bir kitob o‘qish – uyqusizlik sababli ovqatlanish va ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni bekorga sarflashdan foydaliroqdir. Shuningdek, tunda kitob o‘qish uyqusizlik bilan kurashishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

-Yaxshiroq uxlaysiz 💤
-Stressdan qutilasiz 😪
-Miyya faoliyatini yaxshilaydi, diqqatni jamlashga yordam beradi 🧠
-Sezgir qiladi 🙊
-Kreativ fikrlashga yordam beradi 💭

🤼‍♂️ Ko’pchilik kitobni qanday to’g’ri o’qishni bilmaydi yoki o’qigan narsalari tez esdan chiqib ketadi

👨🏽‍💻Robocode IT academy asoschisi kitob o’qish strategiyasi haqida fikrlari bilan ulashadi. O’ylaymizki kitobxon do’stlarimizga bu foydali bo’ladi.

Video uchun havola👇🏽
https://youtu.be/Qe3jJ1FQzxI
👍4🔥21👏1🤩1