Robocode IT Academy
899 subscribers
837 photos
431 videos
13 files
652 links
Farzandingiz kelajagi uchun zamonaviy kasblar akademiyasi

☎️ Murojaat uchun: +99899 899-90-05
Admin: @robocodeadmin

Manzil: https://maps.app.goo.gl/c1QyVkz3do4z7jqV6
Download Telegram
Live stream started
Live stream finished (59 minutes)
​​🇺🇿 Mustaqilligimizning 30 yilligi muborak bo'lsin!

😊 Shu munosabat bilan Robocode IT Academy butun xalqimizni tabriklaydi. Osmonimizdan musaffolik, dasturxonimizdan baraka arimasin. Markazimizda tahsil olgan yoshlar yurt ravnaqiga hissa qo'shishdan charchamasin!

🎉 Bayram muborak bo'lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
Hatto google ham bizni mustaqillik bilan tabriklamoqda, qoyil 💪

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin.
Bayram yana bir bor hammaga muborak bo’lsin 🎉

Robocode.uz
​​Ilon Mask Bitcoin’dan qancha daromad ko’rdi? 😳

– Esingizda bo’lsa Ilon Mask 8-fevral kuni Bitcoin’ga $1,5 mlrd miqdorda investitsiya kiritgan edi.

– Oradan 2 hafta ham o’tmasdan 1 donasi $47 ming bo’lgan BTC $56,3 ming ga ko’tarilgan va Ilon Mask’ning kiritgan pullari qiymati $2,58 mlrd ga yetgan. Xullas, janob Mask 12 kun ichida $1,08 mlrd daromad ko’rgan.

• Eslatib o’tamiz, 2020-yil davomida Ilon Maskga Tesla $721 mln daromad ko’rgan.

💬 Eslatib o’tamiz bitkoin shariatimizga joiz emas!!!

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
Robototexnika tarixi 🔥

"Hozirgi emas, kelasi avlod uchun sarmoya kiritadigan biror hukumat bo'lsa, u kelajagidan havotir olmasa ham bo'ladi", - degan Jorjiya shtatidan saylangan kongressmen — Rob Vudal.

🤖 Hozirgi kunda eng rivojlangan sohalardan biri bo'lgan robototexnikani hamma ham to'liq bilmaydi va u orqali nimalar qilsa bo'lishini, kelajagi qanday ekanligini haqida ma'lumotga ega emas.

Bu safargi videoda sizlarda yuqorida aytgan ma'lumotlar bilan tanishtirib, ushbu sohaning tarixiga nazar tashlaymiz.

🔗 Videoni ko'rish uchun link: https://www.youtube.com/watch?v=97eQI2vxcYs&t=3s
Kechroq bo’lsa ham ajoyib yangilik🎉

“Dangasalikdan qutilish va Xotira sirlari” mavzusida Iskandar Sattibaev tomonidan bepul seminarga taklif qilamiz!

Barcha qiziquvchi yoshlarni 4-Sentabr, 9:00 da Andijon Yoshlar Texnoparkida kutib qolamiz.

Kela olmasangiz kuyinmang YouTube kanalimizda to’g’ridan-to’g’ri efirni olib boramiz😇

Aytganday, miyyangizni charxlash uchun, bepul shirinliklar ham tarqatiladi😎
@yoshlartexnoparki

Promokodni aytishni unutmang: Tanish-Bilish

@robocode_andijan
​​Dasturchilar uchun matematika kerakmi?

Dasturchilar uchun eng muhim ko‘nikma, ko‘pchilik o‘ylaganidek, matematika emas, balki tillarni o‘rganish qobiliyati ekan. Vashington universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot («Nature’s Scientific Reports» jurnalida chop etilgan) yakunida shunday xulosa chiqarilgan.

Tadqiqotda ilgari dasturlash bilan shug‘ullanmagan 42 kishi qatnashdi. Avvaliga ulardan diqqatni jamlash, mantiq, tillar, hisoblash va matematika bo‘yicha testlar olindi.

Sinov chog‘i qatnashchilarga Python dasturlash tili bo‘yicha har biri 45 daqiqalik o‘nta mashg‘ulot o‘tildi. Har bir mashg‘ulot oxirida test olindi. Tadqiqotchilar ularning o‘rganish tezligi va tekshiruv natijalarini kuzatib borishdi. Eng oxirida «Tosh, qaychi, qog‘oz» o‘yini kodini yozish topshirig‘i berildi.

Olimlar shunday xulosaga kelishdiki, Python dasturlash tilini o‘rganishda tillarga moyilligi yuqori o‘quvchilar eng yaxshi natija ko‘rsatishadi. Xotirasi va mantiqiy fikrlashi yaxshi o‘quvchilar ham chakki natija ko‘rsatishmagan. Matematik qobiliyati ham kerakli ahamiyatga ega.

Lekin bilamiz matematika fani hayotimizda o'z o'rniga ega. Shu bilan birgalikda Robocode IT Academyda kurslarimiz davomida matematika fani ham qo'shimcha tarzda o'rgatilib boriladi, zero o'quvchilar har tomonlama rivojlanishi muhim!

📌 Kurslarga ro'yxatdan o'tishrobocode.uz

Telegram | Instagram | Facebook | Tik Tok
​​YouTube'da eng ko'p ko'rilgan video?!

YouTubedagi eng ko'p tomosha qilingan video qanday janrda deb o'ylaysiz? Filmmi, g'ayrioddiy tomoshami, yoki ilmiy-ommabop videomi?

▪️Eng ko'p ko'rilgan video - Baby Shark Dance (https://youtu.be/XqZsoesa55w) ya'ni o'zbek tilida 'Go'dak akula raqsi'. Videoda shunchaki kichik yoshli bolalar raqsga tushadi va qo'shiq aytadi. Hech handay o'zgacha hayratlanarli jihati yo'q, ammo shu paytgacha 8 milliard 543 milliondan ortiq ko'rishlar soniga ega!

▪️Endi esa dangal qancha pul topganini bir hisoblab ko'ramiz. Bir saytning berilgan ma'lumotiga ko'ra o'rtacha har 1000 tomoshalar uchun to'lanuvchi hissani o'rtacha 2 dollar deb olsak, 8,543,000,000ni mingga bo'lsak va 2 ga ko'paytirsak, 17 million 86 ming dollar 😵🤑 bo'larkan. Ya'ni birgina video orqali muallif millionerga aylanishi hech gap emas.

👉Mana o'sha video linki - https://youtu.be/XqZsoesa55w

📌 YouTube sizning hayotingizda qanday ro'l o'ynaydi?

@robocode_andijan - Siz bilmagan ma'lumotlar ombori
​​Robocode'da OCHIQ DARS!

O’qishga kira olmadingizmi? Siqilmang sizga diplomdanda foydaliroq ilm taklif qila olamiz! Web dasturlash bo'yicha ochiq dars!

Ochiq darsida siz:

— Robocode o'quv markazi haqida;
— Kurslarda qanday tehnologiyalar o'rgatiladi?
— Das
turlash tillari haqida: foydasi, kelajagi(qisqacha);
— va boshqa ko'plab savollaringizga javob topa olasiz!

Barchani ertaga Payshanba kuni soat 15:00 da Robocode IT Academy binosida kutamiz.

📌 Manzil: Buyuk Turon-21
📌 Mo'ljal: Avtovokzal

Tel: +998 99 899 90 05
ANTIVIRUS ASLIDA NIMA?

⚡️ Antivirus – kompyuter viruslarini hamda zarar keltirishi mumkin bo’lgan dasturlarni aniqlovchi dastur.

Hozirda mashhur antiviruslar:
Kaspersky, ESET NOD32, Avast, AVG, Dr.Web, McAfee

Qaysi antivirus yaxshi?
Antivirusni yaxshi yomonligi uning viruslarni aniqlay olish qobiliyati va viruslardan himoyalanish samaradorligi bilan baholanadi. Odatiy foydalanish uchun ESET NOD32 yetarli bo’ladi.

📌 Sizchi qaysi antivirusdan foydalanasiz ?

@robocode_andijan - Siz bilmagan ma'lumotlar ombori
Xalqaro dasturchilar kuni muborak🎉

🎯 Bugun 13-sentabr yilning 256-kuni, koddlar orqali dunyoni o‘zgartirayotgan va ko‘plab ijobiy yangiliklarni hayotimizga joriy etayotgan insonlarning kasb bayrami. Dasturchi bo‘lish uchun faqatgina qobilyatning o‘zi yetarli emas, tinimsiz mehnat qilib va ilm olibgina bu kasbning xaqiqiy egasi bo‘lishingiz mumkin.

🚀 Qadrli dasturchilar texnologiyalar va rivojlanish asrida sizlar barchadan bir qadam oldinda, insoniyatning muammolariga dasturlar va algoritmlar orqali yechim topayotgan shaxssizlar. Rivojlanishdan hech qachon to‘xtamang deymiz!

Sizda ushbu bayramni professional
dasturchi sifatida nishonlash imkoniyati bor.
📌 Robocodega tashrif buyuring va dunyoni o‘zgartiring!

📌 Manzil: Buyuk Turon-21
📌 Mo'ljal: Avtovokzal

Tel: +998 99 899 9005
Yangi formatga tayyormisiz?🚀

Assalomu aleykum, hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari. Ijtimoiy tarmoqlarda faolligimiz bir oz susayganini sezgan bo’lsangiz kerak?!

Robocode IT academy ijodiy guruhi sizlar uchun yangicha format tayyorlab qo’ydi🎉

Endi biz sizga nafaqat foydali manbalar balki, qiziqarli viktorinalar, imtiyozli chegirmalar, bepul seminar va ochiq darslar, qiziqarli musobaqa va hakatonlar tayyorlab qo’yganmiz. Bizni kuzatishda davom eting va oilamiz a’zosiga aylaning. Buyog’iga atmosfera boshqacha bo’ladi InshaAllox🥰

Hurmat bilan Robocode IT academy jamoasi

@robocode_andijan
💥Uzoq kutilgan "jang" sanasi ma'lum bo‘ldi!

🔥 Kuzning iliq kunlarini qaynoq xabarlar bilan davom ettiramiz!

💻 Bugungi kundagi eng ommabop bo’lgan CSS bo‘yicha BATTLE!

🤖Robocode team v/s Texnopark team ga qarshi!

💢 Xo‘sh bu dastur bo‘yicha kim kuchliroq ish olib bora oladi, ushbu dastur imkoniyatlarida qaysi jamoa unimliroq foydalanishga qodir va oxir oqobat g‘alaba kimga nasib qiladi?

☝️Bu savollarga 23-sentyabr kuni soat 10:00 da Andijon Yoshlar texnoparkiga kelib, ko‘rib o‘zingiz javob topishingiz mumkin.

Keling, ko‘ring, o‘rganing va o‘quvchilarimizning qobilyatlariga o‘zingiz baho bering!

@robocode_andijan
🎓 Hamma ilm olish uchun haqli!

🏢 Robocode markazi hamda Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda, yoshlar o‘rtasida I.T. sohasiga bo‘lgan qiziqishni orttirish va mavjud salohiytni rivojlantirish maqsadida Andijonlik yoshlarni zamonaviy kasblarga bepul o‘rgatish maqsadida «Hamma ilm olish uchun haqli!» nomli loyihani yo‘lga qo‘yganini ma’lum qiladi.

🔸Mazkur loyiha orqali, yoshlarimizga sifatli ta’lim, zamonaviy kasb ustasi bo‘lish imkoniyati, hamda, ularni texnologiyalar orasida erkin his qilishlarini ta’minlash maqsad qilingan.

🔹9 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni Robocode markazidagi quyidagi 3 yo‘nalish bo‘yicha mutlaq bepul ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi.

1. 🌐 Web dasturlash

2. 💻 Bolalar uchun dasturlash

3. 🤖 Robototexnika

🏢Robocode markazi ushbu loyihani nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar va ularning ota-onalariga xam yetkazish uchun keng jamoatchilik, bloger va OAV xodimlaridan ko‘mak so‘rab qoladi!

👨‍💻EY TENGDOSH IKKILANMA! KELAJAGINGNI BIZ BILAN DASTURLA!

Batafsil ma’lumot: @robocode_andijan
✴️ Xabaringiz bor grant uchun tanlov e'lon qilgandik, demak:

🥇Grant o’rni:

-3️⃣0️⃣ ta

🛣 Grant yo’nalishlari:

🌐 WEB dasturlash (16-25 yosh)
🤖 Robototexnika (13-15 yosh)
💻 Bolalar uchun dasturlash (9-12 yosh)

✍️ Qanday qilib ro’yhatdan o’tiladi?

-📲 Robocode IT Academy ning telegramdagi @robocode_andijan kanalidagi grantga ro’yhatdan o’tish havolasi orqali.

🎹 Tanlov bosqichlari:

-1️⃣ bosqich: Grantga ro'yhatga olish 2⃣2⃣-sentabrdan 3️⃣0️⃣-Sentabrgacha davom etadi. Arizalar 1️⃣0️⃣-Oktabrgacha ko'rib chiqiladi.

-2️⃣ bosqich: 1️⃣1️⃣-Oktabrdan 2️⃣0⃣-Oktabrgacha, Ishtirokchilar bilan suhbat o'tkaziladi. Asosiy e'tiborga olinadigan jihatlar: 🖥 Kompyuter savodxonligi, 💭 Mantiqiy fikrlash xamda grant dasturida o'qish uchun munosiblik 🥇.

2⃣-bosqichdan muvafaqqiyatli o'tib olganlar bilan, tez orada darslarni boshlaymiz

Har bir yo’nalishda 1️⃣0️⃣ ta o’quvchiga grant beriladi.

🖋 Ro'yhatdan o'tish uchun bu yerga bosing:

👉Ro'yhatdan o'tish

📱 Barcha ishtirokchilar tanlov haqidagi e'lonlardan behabar qolmasliklari uchun barcha ijtimoiy tarmoqlar orqali ularni habardan qilib turamiz.

📝 Ijtimoiy tarmoqlardagi uylarimizga a'zo bo'lishni unutmang.

Youtube, Telegram, Instagram

Kurslar haqida ma'lumot: www.robocode.uz
Assalomu aleykum, hurmatli kanalimiz obunachilar hamda Grant qatnashchilari!

Ko’p takrorlanoyatgan savollarga javob berib o’tamiz:

1. Savol: Qanday qilib birinchi bosqichdan o’tsa bo’ladi?

Javob: 1-bosqich bizda onlayn ro'yhatdan o'tasiz. Onlayn ro'yhatdan o'tish uchun grant haqidagi postda ro'yhatdan o'tishga bosish zarur.

2. Savol: 2-bosqich qanday bo’ladi?

Javob: 1-bosqichdan saralab olinganlar o’quv markazimizga suhbatga chaqiraldi va boshlang’ich kompyuter savodxonligi bo’yicha test olinadi. Testdan muvafaqqiytli o’tganlar darslarni boshlaydi.

3. Savol: O'quv markaz manzili qayerda?

Javob: Andijon shahar Avtovokzal yonida

4. Savol: Kurslar haqida qayerdan ma'lumot olish mumkin?

Javob: www.robocode.uz sayti orqali

5. Savol: Ro'yhatdan qanday o'tiladi

Javob: Ushbu ro'yhatdan o'tish tugmasiga bosing
👉 Ro'yhatdan o'tish


@robocode_andijan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM