Robocode IT Academy
900 subscribers
837 photos
431 videos
13 files
652 links
Farzandingiz kelajagi uchun zamonaviy kasblar akademiyasi

☎️ Murojaat uchun: +99899 899-90-05
Admin: @robocodeadmin

Manzil: https://maps.app.goo.gl/c1QyVkz3do4z7jqV6
Download Telegram
Farzandingizga shaxsiy kutubxona qilib berishingiz kerak!

🤷‍♂️ Nega kerak? Robototexnikaga kitobni nima aloqasi bor? Kabi savollarni berishingizdan oldin esa bu ma’lumotlarga bir qarab qo’ying.

☝️ Avvalo:
-Kitob o’qigan bola, nafaqat bola balki har qanday inson o’qimaydiganlardan doim farq qilgan.
-Kitob o’qiyotganda inson tasavvur qilish darajasi rivojlanib, yangi narsalarni o’rganish jarayoni tezlashadi.
-Nafaqat tasavvur darajasi,kitob o’qish hatto inson miyasining diqqatni jamlash funksiyasiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

🌏 Dunyo olimlari shuni isbotladilar-ki, siz bir oyda atigi bir dona kitobni o’qib tugatsangiz dunyodagi 70% insonlardan aqlliroq hisoblanasiz.

📚 Farzandingizga tayyorlab bermoqchi bo’lgan kitoblaringizni o’zingiz ham birga o’qishingiz kerakligini tushundingizmi? Unutmang! “Qush inida ko’rganini qiladi”

📖 Xo’sh, shaxsiy rivojlanishingiz uchun endi qaysi kitobni o’qimoqchisiz yoki allaqqachon boshlab bo’lganmidingiz?
Sizda ham Telegram yoki Instagram yaxshi ishlamayaptimi(chikyaptimi)?
Final Results
77%
Ha, biroz
23%
Yo'q, undayini sezmadim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’quvchilarimiz o’z ustida ishlab, ajoyib loyihalar qilishda davom etmoqdalar😍

Ushbu videodagi loyihani 17 yoshlik Abdukarim kompyuter ovozini qo’l harakatlari orqali boshqaruvchi dasturini uyga vazifa sifatida tayyorlab keldi😎

Ulashayotgan ilmlarimiz foydali bo’layotganidan juda ham mamnunmiz💪🏾

@robocode_andijan

Sizchi qanday loyihalar ishlab chiqish istagidasiz?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring👇🏾
​Xabaringiz bor, kuni kecha Andijon shahri va ayrim viloyatlarda chang-qumli boʻron hodisalari kuzatildi.

📻 “Oʻzgidromet”ning maʼlum qilishicha, ushbu hodisaga shamol va tuproqning juda quruq ustki qatlami koʻtarilib sabab boʻlgan. Poytaxt havosidagi chang miqdori meʼyordan 5 baravar oshgani qayd etilgan.

🌪 Chang va qum boʻronlari xavfli hodisa hisoblanib, uni oldindan aniqlab boʻlmaydi. Ammo u asosan choʻllarda kuzatiladi, biz esa shaharda yashaymiz, u bizga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi degan qarashlar mavjud edi. Biroq, kecha oqshomda roʻy bergan holat bu ishonchni yoʻqqa chiqardi.

📋Qayd etish lozimki, bu kabi hodisalar roʻy berganida asosan nafas olish aʼzolari qiynaladi. Natijada bir muddat kishi suv ham ichmasligi, ovqatlanmasligi va uxlolmasligi mumkin.

😷 Namlangan niqob ushbu holatda qoʻl keladi. Shuningdek, iloji boricha tez-tez burunni suv yoki shoʻr suv bilan yuvish kerak.

🧏‍♂ Ogʻiz orqali nafas olmaslikka harakat qiling. Koʻp suyuqlik iching.

❗️ Agar yoʻtal kuzatilsa nima qilish kerak? Ingalyatsiya yaxshi samara beradi (issiq bugʻ bronxial shilliq qavatni tezda namlaydi). Tez-tez shamollashdan aziyat chekadigan har bir kishi surunkali respirator kasalliklarga (faringit, laringit, bronxit) ega boʻladi. Bu kabi kishilar bronxial astmada qoʻllaniladigan “nebulayzer”dan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, tuzli eritma (NaCl 0,9) ishlatilish ham tavsiya etiladi.

☝️ Salbiy taʼsirlarning oldini olish uchun namlab tozalash ishlarini amalga oshiring, agar mavjud boʻlsa, namlagichni yoqing yoki chang zarralaridan xalos boʻlish uchun aerozoldan suv bilan foydalaning. Derazalarni mahkam yoping yoki nam choyshab osib qoʻying!

😊 Sog'lig'ingizga befarq bo'lmang!

@robocode_andijan
👍1
💵 Video tomosha qilib ham pul yutib olishingiz mumkin!

"Sublime vs VsCode" bu so'zlarning ma'nosini bugungi premyerada bilib oling.

🗃 Birinchi o'rinda dasturchi uchun kod yozish bo'lsa kerak va ushbu videoda siz kodlarni har-birini birma-bir yozib o'tirmasdan ularni qaysi manbalardan olish va qanday qilib ishlatish kerakligini bilib olasiz.

👨🏻‍💻 Dasturchi muhiti qanday bo'lishi kerak? O'zingiz uchun qulay muhit yaratish va ishchi muhitini tanlash. Bular haqida ham bilib olishingiz mumkin.

🤑 Shuningdek, qo'shimchasiga pul ham ishlab oling. Robocode tomonidan yutug'li loyiha davom etadi. Videodagi yashiringan so'zni toping va mablag'ga ega bo'ling.

Premyera vaqti 22:00

Video uchun link👉 https://youtu.be/Qs7ikEuYP8E
Dunyodagi birinchi WEB-SAYT!

-eng birinchi avtomobil
-eng birinchi oyga chiqqan odam
-eng birinchi milliarder


🚀 Bular haqida eshitgansiz, lekin hech o’ylab ko’rganmisiz eng birinchi WEB-SAYT qanday bo’lgan ekan?

🌐 Dunyodagi birinchi saytning nomi – CERN bo’lgan va u 1991-yilda Tim Berners-Lee tomonidan yevropada yaratilgan. Muvaffaqiyati sinovlarda so’ng 1992-yilning Noyabrida omma e’tiboriga taqdim etiladi va aktivlik darajasini saqlab qoladi. Odamlarga u onlayn kutubxona xizmatini ko’rsatish uchun yaratilgan WEB-SAYT bo’lgan.

📧 2021-yilga kelib esa 1.7 milliarddan ortiq web-saytlar o'z faoliyatini olib borayapti. Bundan ko'rinib turibdiki web-saytlar tarixi salkam 30 yillik tarixga ega ekan. 1991-yil sizga hech nimani eslatmadimi?

📥 Lekin xozir sayt shunchaki tashrif buyurish va uning ichiga "sayohat" qilishingiz uchun qoldirilgan. Saytga buyerdan "sayohat" qilishingiz mumkin: 👉🏼 https://info.cern.ch/
Kodsiz ham o'yin yaratsa bo'ladi(mi?)

👨🏻‍💻 Ko'pchilik dasturchilar va dasturchilikni o'rganayotganlar tez natijaga erishishni xohlashlari mumkin, lekin keyinchalik tushunishadiki bunga anchagina ko'p vaqt talab etiladi. Ayniqsa, bu o'yin yaratish yoki shunga o'xshash bo'lsa.

🦾 Natijani tezda chiqarish yo'li bor, boshlang'ich o'yin developerlari uchun qulay saytlar. Kelajakda yaratmoqchi bo'lgan o'yiningizni hozircha homaki yoki kodsiz variantini yaratib so'ng uni kodlar bilan tiklash rejasini kelajak rejalaringizga qo'shib qo'yishingiz mumkin.

👇Quyida kodsiz o'yin yaratish mumkin bo'lgan sayt:
https://buildbox.com

😉 Natija bilan bo'lishish esdan chiqmasin-a
👍1
​​Kasb tanlashdagi xatolar!

Muvaffaqiyat albatta to’g’ri tanlangan kasb va uni ustidagi tinimsiz mehnat ortidan keladi, keyingi uchrashuvimiz mehmoni Mening Yurtim(My5) telekani teleboshlovchisi, jurnalist — Sarvar Bahodirov!

Kimdir bu dunyoga o‘zgarish uchun keladi. Kimdir hayoti chog‘ida dunyoni o‘zgartiradi. Kimdir esa, har kuni o‘zgaradi.

Bizning kundalik sa’y-harakatlarimiz, maqsadimiz baxtiyor yashashni ko‘zlaydi. Baxtiyorlik — mehnat tufayli ro‘y beradigan hodisa.

Odamlarning aytishicha, pul — baxtning kaliti emas. Lekin agar pulingiz bo‘lsa, siz mana shu baxt kalitini yasab olishingiz mumkin. Aslida mol-dunyoga egalik qilish baxt degani emas.

Kasb — bu yaratuvchanlik hissidan lazzatlanishdir. Muvaffaqiyat esa, mana shuni his qilish. Hadeb baxt izlaganing bilan baxtiyor bo‘lib qolmaysan. Hayotdan faqatgina ma’no izlasang, yashay olmaysan.

❗️Bugun Barcha o’quvchilarimizni kutamiz!

💡 Kun: 13.11.2021 Shanba
Soat: 16:00
📍Manzil: Andijon Yoshlar Texnoparki

📞 Bog'lanish uchun: +998 99 899 90 05
Logo chizishni o'rganing va 50 ming yutib oling!

👨🏻‍💻 Dizayn olamida eng daromadli ishlardan biri bu Logo chizish. Ish sifati esa Dizayner tajribasiga bog'liq bo'ladi.

🧩 Qolaversa logotip yaratish bu butun boshli brendning taniqli bo'lishi, u odamlarda qanday taassurot qoldirishi uchun juda muhim va kerakli bo'lgan ish.

🎬 Bu galgi videomizda esa sizlarga logotip chizish qanchaga tushishi, o'sha mashhur Instagram ilovasi logotipini chizishni tekinga o'rganishimiz va uni yasashda qanday qoidalarga amal qilish kerakligi va mana shu kabi jarayonlarni video davomida tushuntirib o'tamiz...

😉 Ha aytganday, siz bu videoda Instagram ilovasi logotipini tekin chizish yo'llarini o'rganib olishingiz va yutug'li o'yinimiz g'olibi bo'lishingiz mumkin.

Video uchun link 👉🏽 https://youtu.be/9_CBPqjw_HM


@robocode_andijan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SHOGIRDLAR_KAMOLI

Robocode IT academyning o’z oldiga qo’ygan eng katta maqsadlaridan biri Ay-Ti sohasiga qiziqishi bor yoshlarning iqtidorlarini namoyon qilish hamda Ay-Ti sohasini ularga chuqur o’rgatib, o’z hayot yo’llarida o’rin topishda yordam berish.

Ana shunday iqtidorli o’quvchilarimizdan biri Bunyodbek Abdurazzoqov bo’ladi.

Bunyodbek Abdurazzoqov Smart Turniket loyihasini ishlab chiqdi va prezidentimiz tomonidan Shuxrat medali bilan taqdirlandi. Hozirda Bunyodbek yangi loyihalar ustida ishlashda davom etmoqda.

Jamoamiz nomidan Bunyodbekning keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. O’ylaymiz-ki Andijonimizga Ay-Ti sohasi rivoji uchun o’z hissasini qo’shishda davom etadi.

@robocode_andijan
Robotlar qanday ishlaydi?

🏕 Tabiatdagi har bir jonzot harakati uchun ma'lum bir vazifani bajaruvchi qismlar kerak bo'lganidek, inson qo'lidan yaralgan Robotlar ham turli qismlar orqali o'z harakatini yaratadi. Keling bularni oddiygina qilib ko'rib chiqamiz.

🤖 Nazorat qilish sistemasi robotlarning harakatini nazorat qiladi va sensorlar yordamida tashqi muhit bilan aloqani ushlab turadi. Qayerda turganini bilib olgach esa harakatlanuvchi qism orqali joyidan qo'zg'alishi va vazifani bajaraib bo'lgach to'xtatuvchi qismlar orqali o'zini elektr ta'minotidan uzadi.

🖇 Robotingizga esa ushbu qismlardan tashqari vazifasiga ko'ra qo'shimcha jihozlar va gadjetlar o'rnatishingiz mumkin.

😉 Xo'sh siz qanday robot yasagan bo'lardingiz?

🖋 Sizning ham ukangiz yoki farzandingiz o’z robotlariga dastur tuzishini hohlasangiz, yangi ochilgan guruhlarimizga yozilishni unutmang. Bizda sinov darslar BEPUL

🤙 +998998999005 (Ro'zivoy bormi deb chaqirorasila) 🤵‍♂

👇 Kanalimiz qayerdadir shuyerda:
@robocode_andijan | robocode.uz
Siz qanday "ITshnik"siz?

🎳 Hamma narsada har-xillik bo'lgani kabi IT bilan shug'ullanadigan odamlarning ham ishda yoki hayotda qanday tabiatga ega ekanliklari haqida yuqoridagi sur'atlarda gap ketadi.

🚀 Bunday ITchilar hamma yo'nalishda, dizayn, dasturchilik, 3d modellashtirish va robototexnikalarda ham bo'ladi. Biz esa ularni Robocode kesimida, qisqacha kuzatdik. Ularga esa, ko'rishimiz mumkin asosiy g'oya beradigan manba tashqi muhit.

😉 Xo'sh sizga aynan nimalar g'oya beradi va yuqoridagi turlardan qay biriga o'zingizni yaqin deb bilasiz? Kommentariyaga qoldiring.
Diqqat qiling! Ochiq dars.

Robotlar yasashga, ularni qanday dasturlashni o'rganishga va umuman Robototexnikaga qiziqadigan barcha-barchani Robocode o'quv markazimizdagi ochiq darsimizga taklif qilamiz.

😉 Agar markazimizda o'qish niyatida yurgan bo'lsangiz ayni muddao, darslarni qanday o'tilishini OCHIQ DARSIMIZda bilib olishingiz mumkin. Unday bo'lmasa keliboq o'qishni xohlab qolishingiz tayin. Kelish, kirish va darsda qatnashish mutlaqo bepul.

🗒 O'zingizni qiziqtirgan savollarni tayyorlab olsangiz yanada yaxshi. Unutib qo'ymaslik uchun esa biror qog'ozga yozib qo'ying, OCHIQ DARSdagi qizg'in atmosferada esingizdan chiqib qolmasin tag'in.

❗️Barchangizni kutamiz!

💡 Kun: 22.11.2021 - Dushanba
Soat: 15:00
📍 Manzil: Andijon shahri, Robocode o'quv markazi
🎯 Mo'ljal: Avtovokzalning orqa tarafidagi 3 qavatli bino.

📞 Bog'lanish uchun: +998 99 899 90 05
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchilar uchun qori akadan motivatsiya✊🏽

Hurmatli dasturchilar harakatdan to'xtamang!

@robocode_andijan
👍1