Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
702 links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевга мамлакатимизда рақамли технологияларни ривожлантириш, бу соҳада ёшларни ва лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.
👍10🔥2👏21💯1
Forwarded from Нигоҳ
​​15 та ҳудудда IT-шаҳарча ташкил этилади

Шавкат Мирзиёевга Ўзбекистонда рақамли технологияларни ривожлантириш бўйича ахборот берилди. Жорий йилнинг ўтган тўрт ойида соҳадаги хизматлар ҳажми 120 фоиз ўсди, 200 млн долларлик экспорт қилинди, 5 мингта иш ўрни яратилди.

Лекин, ҳудудлар кесимида қараганда, IT хизматлари ва экспортининг асосий улуши Тошкент шаҳрига тўғри келади. Мутахассисларнинг 80 фоизи шу ерда яшайди. Шу боис, бу соҳани чекка ҳудудларда ҳам ривожлантириш мақсадида, IT-шаҳарчалар ташкил этиш режалаштирилган.

Лойиҳага кўра, бундай масканлар дастлаб 15 та ҳудудда – Чимбой, Ғиждувон, Зомин, Шароф Рашидов, Фориш, Хатирчи, Поп, Шаҳрисабз, Қўшработ, Сариосиё, Сирдарё, Паркент, Тошлоқ ва Тупроққалъа туманлари ҳамда Хонобод шаҳрида ташкил қилинади. Уларда йилига 10 мингга яқин ёшлар IT, чет тили ва бошқа замонавий касблар бўйича бепул ўқитилади.

Шунингдек, IT таълим ва дастурий маҳсулот йўналишидаги лойиҳалар бўйича 1 млрд сўмгача бўлган стартаплар танловини IT-парк орқали ўтказиш таклиф этилмоқда.

Telegram | YouTube
👍93🔥2👏21💯1
Forwarded from Digital.edu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢Bugungi kunda maʼlumotlar tahlilchisi yo‘nalishida butun dunyoda 2 mlndan ortiq ish o‘rni bor” – Bahrom Allayarov

Intervyu davomida «MAAB Academy» bosh ijrochi direktori “IT iste’dod” dasturining CRM tizimi orqali o’quvchini ta’lim olishdan boshlab maosh olgungacha bo’lgan bosqichlarni kuzatish imkonini mavjudligini ta’kidladi.

📹Youtubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=tgNeFPO3Eo0

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥51
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Катта компанияларга киришнинг яхши йўли – ўша ерда амалиёт ўташ” — Bloomberg ва Аmazon'дан таклиф олган талаба

“Тахминан 70 тача компанияга ҳужжат топширгандим, улар орасида Amazon, Bloomberg, Wayfair, Uber, Mastercard компаниялари ҳам бор эди. Охирида Bloomberg ва Amazon'дан иш таклифлари олишга муваффақ бўлдим”, – дейди Германияда магистратурада ўқиётган 23 ёшли Жавоҳир Жўрахўжаев.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
👍11🔥2👏2
Ҳозирги кунда IT компаниялар бозорда рақобатбардош бўлишлари учун уларнинг товар ва хизматлари ҳалқаро бозорда ҳам талабгир бўлиши керак албатта.

Шу йилнинг 1 октябридан бошлаб, йиллик даромади 100 млрд сўмдан ошган IT Parkнинг резидент компаниялари учун IT ҳизматлар экспорти бўйича янги тартиб жорий этилмоқда.


Батафсил маълумот - IT Park саҳифасида.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2💯1
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

📢 Invest Qatar agentligi Bosh ijrochi direktori Shayx Ali Al-Valid Al-Tani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🇺🇿🇶🇦

💼 Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari R.Karimjonovning "Invest Qatar" agentligi Bosh ijrochi direktori Shayx Ali Al-Valid Al-Tani bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda:
🟠 IT sohasiga qo'shimcha xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
🟠 xalqaro bozorga IT-kadrlarni tayyorlash va ularni ish bilan ta'minlash;
🟠mahalliy startap loyihalarga sarmoyaviy qoʻllab-quvvatlashni yo'lga qo'yish;
🟠sohani rivojlantirish boʻyicha qoʻshma rejalar ishlab chiqish masalalari batafsil muhokama qilindi.

📌 Eslatib o'tamiz, avvalroq “Web Summit Qatar – 2024” doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Invest Qatar, Qatar Investment Authority, Qatar Development Bank, Hamad Bin Khalifa kabi tashkilotlar bilan bir qator konstruktiv uchrashuvlar oʻtkazgan edi. Ushbu uchrashuvlar Qatar Davlati bilan IT sohasida xalqaro hamkorlikning boshlang'ich nuqtasi bo'lgan edi.


➡️ Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida amaliy reja ishlab chiqish, shuningdek uni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishga kelishildi.

✔️ Shu bilan birgalikda, joriy yil 17-20-sentabr kunlari bo'lib o'tadigan "ICTWeek 2024" tadbirida mintaqaviy hamkor sifatida qatnashishga taklif etildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2🔥1
O’quv markaz egalari va ota-onalar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-fevraldagi 51-son qaroriga asosan, IT-Park ta'lim rezidentlarining reytingi shakllantiriladi va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilib boriladi.

🔺Reytingni haqqoniy va to‘g‘ri shakllantirish uchun ta'lim rezidentlari tomonidan crm.digital.uz portaliga o‘zlarining kurslari, o’quvchi va bitiruvchilari to’g’risida kiritilgan ma'lumotlar asosida shakllanadi.


Reyting quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:
O‘quv markazdagi mavjud kurslar soni;
O‘quv markazda ta'lim olayotgan o'quvchilar soni;
Kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlar soni;
Ishga kirgan o‘quvchilar soni;
IT eksportor kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar soni va boshqalar.

📌Ma'lumot uchun: Reyting crm.digital.uz platformasiga kiritilgan ma'lumotlar asosida shakllanadi va real vaqt davomida yangilab boriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun ✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1🙏1
Pavel Durov (Telegram asoschisi) aytishicha yozda u Markaziy Osiyoga foydalanuvchilar bilan uchrashish uchun kelar ekan 🔥🔥🔥

Telegram asoschisi bilan yuzma-yuz ko'rishib qolsangiz qanday savol bergan bo'lar edingiz?


Savollarni izohda qoldiring, eng qiziqarli bo'lgan savollarni ro'yhatini qilib qo'yamiz 🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥5👏21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣7️⃣
🇺🇿 Toshkentda bo’lib o’tgan Xalqaro “Game&Animation Festival” 8 mingdan ortiq kreativ iqtisodiyot yetakchilari - Gamedev, Animation, Esports, Digital Art, Cosplay va Musiqa sanoati vakillarini birlashtirdi!


🚀3-4 iyun kunlari tashkil etilgan birinchi Xalqaro Game and Animation Fest qaday o'tdi?🎮

💻 17 spiker, jumladan 7 xalqaro ekspert ishtirokidagi "Game Forum"

🎨 5000 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurgan "Game and Animation Expo va Visual Artists Showcase"

💎 25 ta studiya, jumladan 8 ta xalqaro ekspert ishtirokidagi "Animation Forum"

🎮 PUBG, Mobile Legends, CS:GO, FC24, Valorant, Dota 2 Esports turnirlari

🦹 30 dan ortiq artist ishtirokidagi Cosplay show

🎼 "Music Fest" 3000 dan ortiq yoshlar Lizwi, Joezy va Global Deejays kabi xalqaro repper va DJ'lar ijodidan zavq olishdi.

🇨🇦Kanada 🇺🇸AQSh 🇫🇷Fransiya 🇫🇮Finlandiya 🇯🇵Yaponiya 🇨🇳Xitoy 🇮🇳Hindiston 🇹🇷Turkiya 🇲🇦Marokash 🇦🇿Ozarbayjon 🇰🇿Qozog’iston va boshqa mamlakatlardan kreativ iqtisodiyot sanoatining ilg’or kompaniyalari ishtirok etdi.

🌐 Chetda qarab turmay ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkillashtirishga hissa qo’shgan barchaga rahmat!

💡Yurtimizda kreativ iqtisodiyotni yanada rivojlantirish yuzasidan hamkorlik va takliflar bo’lsa ushbu havola orqali takliflaringizni yuboring
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥41👏1
Forwarded from Digital.edu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Acharya universiteti 50 nafar yoshlarga grant ajratadi

📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan “Acharya” universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.


➡️Uchrashuv davomida hukumat tomonidan IT sohasida yaratilayotgan sharoitlar hamda Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroficha maʼlumot berildi.

➡️Joriy yilda Raqamli taʼlimni rivojlanish markazi bilan hamkorlikda sohani rivojiga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish masalalari muhoka etildi.

Xususan, Acharya University bilan raqamli texnologiyalar yo'nalishida tahsil olish istagidagi 50 nafar yigit-qizlar uchun grant dasturi tashkil qilishga kelishib olindi.

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2
#Zamonaviy_kasblar
#Mobilografiya

O‘zingiz yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotni bepul o'rganib, 6 million so'mgacha daromad toping

Kundan kunga texnologiya hayotimizga integratsiyalashib, sevimli mashg‘ulot, ish va ba'zan bir vaqtning o‘zida ikkalasiga ham olib kelmoqda. Ana shunday holatlardan biri bu mobilografiya.

hh.uz vakansiyalar platformasida aynan Mobilograflar uchun taklif qilinayotgan maosh bugungi kunda 3 dan 6 million so‘mgachani tashkil qilmoqda.

📱Mobilografiya kursining narxi 3 million so’mgacha.

1 oy davomida siz telefonda sifatli video suratga olish, video-kontent yaratish, kontent yuritish kabi ko‘nikmalar o‘rganasiz.

🎞Bundan tashqari ushbu zamonaviy kasbni “Milliy ta’lim resurslari” platformasi yordamida MUTLAQO BEPUL o‘rganishingiz mumkin.

Youtubdagi ushbu kanaldan joy olgan 20 ta darsda siz mobilografiya sohasinini 0 dan mijoz topish va ular bilan ishlash jarayonigacha o‘rganishingiz mumkin.

O‘zingiz yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotni kasbga aylantirish va daromad topish vaqti keldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🙏2
Forwarded from President Tech Award
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐦 Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi!

Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

📝! Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi.

Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil oʻyinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

📢 Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-oʻrin — $100,000
2-oʻrin — $50,000
3-oʻrin — $30,000

🤔 Tanlovning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

✈️ Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏4🔥3
Xizmat safari - kitob o’qish uchun eng zo’r imkoniyatdir, ayniqsa buyuk insonlar tomonidan yozilgan yaxshi kitob bo’lsa.

Birlashgan Arab Amirliklari vitse prezidenti, Bosh vaziri hamda Dubay hukmdori - Sheikh Mohammed bin Rashid Al Maktoum janobi oliylari “Hayotda baxtli inson bo’lish va ijobiy fikrlash” haqida yozgan kitobini barchaga tavsiya qilaman.

Al Maktoum janobi oliylari 50 yil ichida BAA va Dubayni dunyoning eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritishga asosiy hissa qo’shgan insonlardan biri hisoblanadi va ushbu yozgan kitoblarida hayotiy kechinmalari va tajribalarini ulashganlar.

Kitobdan asosiy hulosalarim:
1. Yuqori maqsad qo’yishdan qo’rqmaslik.
2. Maqsad qilishdan oldin tasavvur qilishni o’rganish.
3. Tasavvur qila olsang, demak bunga erishsang ham bo’ladi.
4. Buning uchun qat’iyat, halol va tinimsiz mehnat qilish kerak.
5. Barcha insonlarni maqsad sari birlashtira olish muhim.
6. Eng asosiy hulosa bu hayot davomida har qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham har qanaday vujudga kelgan holatda ham ijobiy fiklash, yaqin insonlarni hamda o’zingizni baxtli qila olish.


Bugundan boshlab ijobiy fikrlash va baxli yashashga birinchi qadam qo’yishingiz mumkin, bu esa albatta faqat Sizning qo’lingizda.
👍29🔥4🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Butun Jahon yoshlar festivali doirasida yoshlar uchun “Raqamli texnologiyalar” pavilioni tashkil etildi.

27-30 iyun kunlari vazirlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan dasturlash, IT ta’lim, digital art, animatsiya, VR o’yinlar va kompyuter o’yinlar yaratish bo’yicha professional hodimlardan master klasslar tashkil etiladi.

Shuningdek, IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun IT ta’lim yo’nalishida olib borilayotgan loyihalar va top universitetlarga 100 foiz grand asosida o’qishga kirish bo’yicha ma’lumotlarni soha ekspertlaridan olishingiz mumkin.

27-28 iyun kunlari esa FIFA va counter strike bo’yicha kiber sport turniri o’tkaziladi.

Manzil: Yoshlar ijod Saroyi, Mustaqillik maydoni metro bekati.

Sizlarni Raqamli texnologiyalar pavilionida kutib qolamiza!
👍12🔥3👏1🙏1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh tashabbuskor yoshlar bilan uchrashadilar, yoshlarimiz kelajakda muvaffaqiyatli bo’lishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo’yicha yig‘ilish ham o‘tkaziladi.

IT sohasida yoshlarni o’qitish, freelanserlarni qo’llab-quvvatlash va yuqori daromadli ish o’rinlarni yaratish bo’yicha takliflaringiz bo’lsa izohda qoldiring, jamoamiz bilan birga takliflaringizni ko’rib chiqamiz.
👍6🔥3👏1💯1
Бугунги кунда IT соҳасида ўзини ўзи банд қилган ёшлар – фрилансерлар 50 мингдан ошди.

Бундай ёшларимиз йилига эллик, юз, ҳатто икки юз минг долларгача экспорт қилмоқда.

Лекин, бизда уларни бошини қовуштирадиган, муаммоларини эшитиб, ҳуқуқларини ҳимоя қиладиган тизим йўқлиги кўрсатиб ўтилди.

Қўшилган қиймат яратиб, уни экспорт қилаётган минглаб ёшлар учун ҳам катта имкониятлар яратилади:

- IT соҳасида ўзини ўзи банд қилган ёшларга IT парк резиденти мақоми берилади;

- улар уч йил муддатга барча солиқлардан озод қилинади;

- IT парк томонидан IT компаниялардаги каби тиббиёт, спорт ва офисдан фойдаланиши учун уларга “ижтимоий карта” берилади;

- ёшларни ушбу соҳага жалб қилиш бўйича алоҳида дастур амалга оширилади.
🔥7👍61👏1