Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
702 links
Download Telegram
Hududlarda "IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish" mavzusida seminar treyninglar davom etmoqda.


Jamoamiz shu hafta davomida Xorazm, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida bo'lib - mahalla, maktab, litsey, oliy ta'lim, hamda o'quv markazlarda IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish" bo'yicha maxsus seminar treyning va masterklasslar o'tkazdi.

Seminar treyninglar 29-30 aprel -
Qashqadaryo, Andijon
va 1-2 may kunlari
- Samarqand va Farg'ona
viloyatlarida davom etadi.


IT sohasini mukammal o'rganib kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo'lishni istasangiz, davlatimiz tomonidan IT sohasida yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalaning.

Batafsil ma'lumot Raqamli ta'limni rivojlantirish markazining 📱 kanalida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍5👏1🎉1
Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali doirasida o‘tkazilgan Robototexnika, Kibersport, Dronreysing, 3D modellashtirish, Dronlarni loyhalashtirish va Dasturlash boʻyicha musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
👍7👏51🔥1
Bugungi kunda aloqa va axborot texnologiyalarisiz hayotingizni tasavvur qila olasizmi? Kelajakdachi? Albatta yo’q!

Yaqin va uzoqda bo’lgan qadrdonlarimiz, biznes hamkorlarimiz va chet ellik do’stlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishimiz, zamon bilan hamnafas yurishimizda aloqa xodimlarining hissasi katta!


Soha oldiga belgilab berilgan vazifalarni sifatli darajada ta’minlashda tinim bilmay mehnat qilayotgan aloqachilarimizning xizmati beqiyosdir.

Raqamli texnologiyalar vazirligi 7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan sohada faoliyat olib borayotgan Sizdek fidoyi va jonkuyar xodimlarni samimiy tabriklab, ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaydi!
Bayram muborak🇺🇿👏🇺🇿👏

Hurmat bilan,
Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari, Rustam Karimjonov.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏16👍7🔥3🙏2🎉1