Rustam Karimjonov
1.96K subscribers
1.58K photos
232 videos
5 files
629 links
Download Telegram
👍 Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand, Buxoro va hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida maktablarning raqamlashtirish jarayonlarini o’rganmoqda.

📍 Ishchi guruh tomonidan maktablarning internet tarmog‘iga ulanganligi, kompyuter xonalarining holatlari, moddiy-texnik bazasining mavjudligi, kompyuterda ta’lim resurslardan foydalanish holati, informatika fani o‘qituvchilarining salohiyati hamda ularning internet tarmog‘idan foydalanish samaradorligi o’rganilmoqda.

🌐 Aksariyat maktablar yuqori tezlikdagi internet tarmog’i va zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlangan bo’lsada, yaratilgan imkoniyatlardan samarasiz foydalanish va mas’uliyatsizlik bilan yondashish holatlari aniqlanmoqda.

🔖 Har bir hududdagi informatika fani o'qituvchilari va AKT bo'limi hodimlari uchun video muloqot tashkillashtirilib, joylardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berilmoqda.

📢Ishchi guruh tomonidan respublikaning barcha hududlarida maktablardagi raqamlashtirish jarayonlarini o’rganishda davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Qashqadaryo viloyatida bo’lib o’tayotgan Respublika ommaviy sayyor qabuliga kelgan 80 yoshga kirgan Dehqonobodlik otaxon murojaatlari xalq ta’limi vazirligi tomonidan ijobiy hal qilindi.

🔖 Otaxon prezidentimiz hamda mas’ullarga chin yurakdan rahmat aytib duo qildilar 🤲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AKT vaziri Sherzod Shermatov, o'zlarining 😀 telegramdagi rasmiy sahifalarida yoshlarga qimmatli vaqtlarini bekorga sarflamasdan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib kelajakda yaxshi daromad topishga harakat qilish kerakligi borasida maslahat bermoqdalar.

💳 Darhaqiqat, hozirgi kunda yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari va kelajakda yuqori daromadli kasb egasi bo‘lishlari uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud, misol uchun:

1. 😃 YouTubedagi Milliy taʼlim resurslari sahifasi yordamida (3D animatsiya, dasturlash, dizayn, logistika, e-tijorat va boshqalar) kabi 30dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘rganish uchun 1000ga yaqin o‘zbek tilidagi bepul videodarslar mavjud.

2. 🌐 IT-Parkning veb sahifasi taʼlim bo‘limida ingliz tili, dasturlash, veb dizayn va boshqa yo‘nalishlarni o‘rganish imkoniyatlari hamda respublika bo‘yicha o‘quv markazlar haqidagi maʼlumotlar mavjud.

3. 😀 Telegramdagi IT market kanalida 1000ga yaqin IT sohasida taklif etilayotgan ish beruvchilarning vakansiyalari (oyiga o‘rtacha $500 dan - $4000 AQSH dollarigacha daromad topishni taklif qilmoqda).

4. 🚩 Frilansing sohasinini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun telegramdagi Freelance.uz kanalidagi kerakli maʼlumotlar taklif etilmoqda.

Bundan tashqari internet orqali ko‘plab onlayn resurslar yordamida o‘z bilimlaringizni mustahkamlashingiz va kelajakda muvaffaqiyatli inson bo'lishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 #videolavha

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 100-maktab-internatiga kompyuter jamlanmasi taqdim etildi

#mitc
#kibersport

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan 👍 vazirlikning Milliy taʼlim resurslari Youtube kanaliga yuklangan videodarslarga minglab ijobiy kommentlar 👏 👏👏

🔔 Qisqa muddatda mazkur kanal obunachilari soni 42 mingga yetdi, videodarslarni ko‘rishlar soni esa 600 mingdan oshdi. 🔝 (Xa to'g'ri o'qidingiz 2 oyda - 600 ming)

💬 Eng quvonarlisi kuzatuvchilarimiz tomonidan barcha yo‘nalishlardagi videolar ostida minglab ijobiy va samimiy izohlar qoldirishmoqda.

👍 Bizning jamoamiz tomonidan yaratilayotgan videodarslar mamlakatimiz yoshlari uchun qiziqarli va foydali bo'layotganini bilish biz uchun katta motivatsiya beradi.

⭕️ Hurmatli yoshlar !!!
Agar Siz zamonaviy bilim va ko'nikmalarni bepul o'rganmoqchi bo'lsangiz, kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo'laman deb maqsad qilgan bo'lsangiz - Milliy taʼlim resurslari kanaliga obuna bo'lib o'zingiz qiziqqan yo'nalishlarda 700dan ortiq videodarslarni o'rganishni boshlang!

📝 Ushbu loyihani qo'llamoqchi bo'lsangiz yoki yaxshilash bo'yicha takliflaringiz bo'lsa mazkur post ostida fikringizni izohlarda qoldiring.

#like #komment #repost 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

https://t.iss.one/rkarimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xalq ta'limi vazirligining "Milliy taʼlim resurslari” kanalida eng ko'p ko'rilgan videodarslar 🔝10 ro'yhati (1-qism) bilan tanishing:

🔝1. Ko'rishlar soni 70 ming - Logistika tizimini boshqarish

🔝2. Ko'rishlar soni 42 ming - Foto tahrirlash. Adobe photoshop.

🔝3. Ko'rishlar soni 35 ming - 1-4 sinflar uchun Ingliz tili 1-dars. English for kids

🔝4. Ko'rishlar soni 30 ming - Shaxsiy rivojlanish. 1- dars. Maqsad qo'yish.

🔝5. Ko'rishlar soni 25 ming - SMM (Social media marketing)

You Tube dagi “Milliy ta’lim resurslari” rasmiy kanali hamda maktab.uz platformasiga yuklangan 800dan ortiq videodarslarni ko'rishlar soni 1 milliondan oshdi.

Siz ham zamonaviy bilimlarni egallayotgan yoshlar qatoriga qo'shiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xalq ta'limi vazirligining "Milliy taʼlim resurslari” kanalida eng ko'p ko'rilgan videodarslar 🔝10 ro'yhati (2-qism) bilan tanishing:

🔝6. Ko'rishlar soni 25 ming - Qiziqarli Matematika (1-4 sinflar uchun)

🔝7. Ko'rishlar soni 22 ming - Videomontaj

🔝8. Ko'rishlar soni 15 ming - Android dasturlash

🔝9. Ko'rishlar soni 15 ming - AutoCAD, 3D Max design

🔝10. Ko'rishlar soni 12 ming - Frontend, Javascript, web development

You Tube dagi “Milliy ta’lim resurslari” rasmiy kanali hamda maktab.uz platformasiga yuklangan 800dan ortiq videodarslarni ko'rishlar soni 1 milliondan oshdi.

Siz ham zamonaviy bilimlarni egallayotgan yoshlar qatoriga qo'shiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Android dasturlashni bepul o'rganing va yuqori daromad kasb egasi bo'ling!

Mutaxassislar tahliliga ko'ra, Android dasturchilarining O'zbekistondagi o'rtacha oylik maoshi:

➡️ Junior darajadagi dasturchi - 600-800$, (7-9 mln. so'm);
➡️ Middle darajadagi dasturchi - 1200-2000$ (13-22 mln. so'm);
➡️ Senior darajadagi dasturchi - 2200-4500$ (25-50 mln. so'm) ni tashkil etmoqda.

Android dasturchisi kasbini o'rganmoqchi bo'lsangiz,
👍 Xalq ta'limi vazirligining You Tube dagi "Milliy ta'lim resurslari" rasmiy kanalida taqdim etilgan "Android dasturlash" video darslar to'plamini tomosha qiling!

Android dasturchi sifatida ish faoliyatingizni boshlamoqchi bo'lsangiz, 😀 telegramdagi IT market kanaliga a'zo bo'ling, u yerda 1000 ga yaqin IT sohasida taklif etilayotgan bo'sh ish o'rinlari bilan tanishing.

📍 Ma'lumot uchun: ushbu telegram kanalda ish beruvchilar tomonidan Android dasturchilar uchun oyiga o‘rtacha $500 dan - $5000 AQSH dollarigacha daromad topish imkoniyatlari mavjud (rasmlarga qarang).
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XalqTalimi #Raqamlashtirish #2022yil #Natijalar

Ushbu natijalarga erishishga yordam berib qo'llab-quvvatlagan barcha hamkor tashkilotlar va tizimdagi har bir xodimlarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!

Erishilgan yutuqlar davlatimiz rahbarining raqamlashtirishga hamda ta'lim tizimiga bo'lgan e'tiborlari va qo'llab quvvatlaganlari natijasidir 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hurmat bilan,
Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari
Rustam Karimjonov - https://t.iss.one/rkarimjonov