Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇬🇧 Joriy yilning 29-noyabr kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida “Uzbekistan — The New Outsourcing Hub” konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

📢 Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston IT-autsorsing bozorining salohiyatini xalqaro arenada keng targ`ib etish hamda Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya IT-sanoati oʻrtasida samarali hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

🌟 Tadbirda Buyuk Britaniya IT va BPO kompaniyalarining 100 ga yaqin rahbarlari, shuningdek, autsorsing sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etishadi. Konferensiyani Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi vakili kirish nutqi bilan ochib berdi.

Konferensiya davomida Buyuk Britaniya IT-sanoati va IT Park Uzbekistan oʻrtasidagi hamkorlikning afzalliklariga bagʻishlangan panel muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda “Global Tech Advocatus”, “Global Sourcing Association”, “Stephen Salewon” kompaniyalari vakillari va IT Park rezidenti boʻlgan “Realsoft” kompaniyasi ishtirok etdi.

➡️ Shu bilan birgalikda, dasturning yakuniy qismida IT Park taqdimotlari oʻtkazilib, unda yangi “All-in-one” dasturi va eksportga yoʻnaltirilgan kompaniyalar uchun “Zero Risk” va “Local2Global” dasturlari namoyish etildi. Shuningdek, Briatniyalik tadbir ishtirokchilariga kelgusi yilda boʻlib oʻtadigan “Offshore Outsourcing Tour” tadbiri ham tanishtirilib, eʼlon qilindi.

🫂 Konferensiyaning rasmiy qismdan soʻng Buyuk Britaniyaning London Metropolitan universiteti va 💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, shuningdek Freelancer club hamda IT-ta'lim uyushmasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🟠Ma’lumot uchun: Eslatib oʻtamiz, bugungu kunga qadar “Uzbekistan — The new outsourcing destination” konferensiyasi AQSh, Singapur, Turkiya, Koreya va Irlandiya davlatlarida boʻlib oʻtgan edi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍7🤝4
🇺🇿🇬🇧 Londonda bo'lib o'tayotgan xalqaro “Digital Transformation Expo” ko‘rgazmasida IT Park Uzbekistan hamda Uzinfocom ilk bor o'z stendlari bilan ishtirok etishdi.

✔️ Mazkur xalqaro ko’rgazma doirasida O'zbekistonning IT sohasida yaratilgan imkoniyatlar va innovatsion loyihalari namoyish etildi.

🌟 Ma’lumot uchun: Ushbu haftalik o’z navbatida xalqaro IT-kompaniyalar rahbarlari, ekspertlar, shuningdek, biznes va hukumat vakillarini birlashtiradi. Ushbu IT-haftalik raqamli transformatsiya sohasidagi eng yirik va nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. U butun dunyodan ishtirokchilarni, jumladan IBM, Microsoft, Google, Amazon va SAP kabi kompaniyalar vakillarini jalb qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2👏2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbarining Xorazm viloyati IT Park filialiga tashriflari davomida sharoitlar bilan tanishib, bunday imkoniyatlarni viloyatning chekka hududlaridagi yoshlar uchun ham tashkil etish zarurligi, maktablardan iqtidorli yoshlarni saralab ularni yuqori intellektual kasb egasi bo'lishlariga ko'maklashishga qaratilgan "Al-Xorazmiy raqamli vorislari" loyihasini ishga tushirish bo'yicha topshiriq bergan edilar.

Loyiha doirasida 2024 yil mobaynida Xorazmda 4200 nafar o‘quvchini qamrab olgan 320 ta IT-guruhlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bunda, dastlabki bosqichda shahar va tumanlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlariga yaqin bo‘lgan maktablardan 1200 nafarga yaqin o‘quvchilar jalb qilinadi.

Loyihadan maqsad 7-sinfdan boshlab iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish va 4 yil davomida malakali amaliyotchi mentorlar yordamida dasturlash hamda ingliz tilini bepul o‘qitish. Shuningdek, IT-Park rezidentlarida amaliyot tashkil qilinadi.


Maktabni bitirish arafasida bu o‘quvchilar ayni paytda talab eng yuqori bo‘lgan, serdaromad soha uchun tayyor kadrga aylanadilar. O‘z navbatida, sohada yaxshi kadrlar rezervining shakllanishi xalqaro bozorga "raqamli xizmatlar" eksportining oshishiga xizmat qiladi.

Xorazmda tatbiq etilayotgan “maktab – oliygoh – IT-kompaniyasi”dan iborat yaxlit raqamli texnologiyalar taʼlimi va xizmatlar zanjiridan iborat tizim 2028-yilga qadar uch bosqichda Respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab yo‘lga qo‘yiladi.

17-dekabr kuni Xorazmlik 7-, 8-, 9- va 10-sinf o'quvchilari o'rtasida Loyihaga saralash imtihoni bo'lib o'tadi, 13-dekabr ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi kun.


Batafsil ma'lumot - https://t.iss.one/al_xorazmiy_vorislari telegram kanalida.
👍6🔥4👏2
Google kompaniyasiga ishga kirgan Inha Universiteti bitiruvchisi Faxriddin Abduraximov yoshlarga qanday tavsiyalar berdi?

Yaxshi o’qing:
Universitetda qurilgan poydevor sizning kelajakdagi martabangiz asosi bo’ladi. Barcha algoritmik suhbatlarda nazariy (diskret matematika, chiziqli algebra) va amaliy (operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalari) masalalarning optimal yechimlari muhokama qilinadi. Tizimlarni tahlil qilish kabi sohalardagi bilimlar kundalik hayotda foydali bo’ladi.

ICPCda ishtirok eting:
Talaba dasturlash olimpiadasi (ICPC) algoritmik masalalarni hal qilishda kuchli tomonlaringizni sinab ko’rish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Finalga chiqish nafaqat sizning ajoyib malakangizni tasdiqlaydi, balki ishga yollovchilarning e’tiborini tortadi.

Bundan tashqari, men platformalarga e’tibor berishni tavsiya qilaman:
Codeforces.com va Kaggle.com, bu yerda siz o’z mahoratingizni namoyish qilishingiz va qiziqarli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.

Hakatonlarda ishtirok eting:
Hakatonlar o’zingizni turli rollarda sinab ko’rish imkoniyatini beradi, masalan, ishlab chiquvchi, loyiha menejeri, UX/UI dizayneri va boshqalar. Bu, shuningdek, mahorat arsenalingizni kengaytirish uchun ham ajoyib imkoniyatdir.

Turli uchrashuvlar va konferensiyalarda ishtirok eting:
Uchrashuvlar, ma’ruzalar va konferensiyalarda ishtirok etish kelajakdagi martaba yo’lingizda foydali bo’lishi mumkin bo’lgan professional tarmoqni yaratishga yordam beradi.

Faxriddin Google kompaniyasiga qanday qilib ishga kirgani haqida bilmoqchi bo'lsangiz quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot oling.

Google da mavjud vakansiyalar va ishga joylashish talablarni bilish uchun havola
-https://www.google.com/about/careers/applications/jobs/results/
👍13👏53🙏2
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥🟥

🖥 "IT sohasida muvaffaqiyatga erishish va yaxshi daromad topish uchun nima qilish kerak?" mavzusida onlayn vebinar


❗️ Mazkur vebinar orqali siz:
➡️ “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi bo‘lgan “Coursera” kompaniyasining onlayn ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha tushuncha;
➡️ Xalqaro IT-sertifikat nima, qanday imtiyoz va imkoniyatlar beradi?
➡️ Frilanserlik tushunchasi. Yoshlar O‘zbekistonning qaysi frilans
platformalarida ishlashi mumkin?
➡️ O'zbek tilida mavjud IT kasblarni o'rgatuvchi elektron ta'lim resurslari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lasiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz.

🔰 Mazkur vebinarni Raqamli texnologiyalar vazirligining Youtube hamda Facebook sahifalarida jonli efirda tomosha qiling, o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling.

#digital #vebinar #IT_talim

📥 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15💯4👏3🙏3🤝2🔥1
Google DeepMind Sun’iy Intellekt nima, uning qanday imkoniyatlari bor, real hayotda qanday foydalansa bo'ladi?

ℹ️ Google DeepMind - Google kompaniyasining umumiy sun’iy intellekt (SI) strategiyasida hal qiluvchi rol o‘ynaydi va quyidagi sohalarda yutuqlarga erishish maqsadida fundamental SI tadqiqotlari bilan shug‘ullanadi:

🟢 Artificial General Intelligence - bu inson kabi fikrlaydigan va harakat qiladigan, inson qila oladigan har qanday intellektual vazifani tushunish va o‘rganishga qodir bo‘lgan mashinalarni yaratishga intilish.

🟢 Deep reinforcement learning - bu machine learningning bir turi bo‘lib, unda kompyuter simulyatsiya qilingan muhit sharoitida sinov va xatolar orqali o‘rganib, murakkab muammolarni hal qilish va maqbul qarorlar qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

🟢 Multimodal learning - bu turli manbalardan, jumladan matn, kod, audio, tasvirlar va videolar kabi manbalardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan va tushuna oladigan SI tizimlarini ishlab chiqish va boshqalar.

ℹ️ Google DeepMind imkoniyatlari va uni hayotda foydalanish haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz - 📱 kanalga qo'shiling va IT sohasi yangiliklaridan xabardor bo'ling.

💻Postni IT sohasiga qiziqadigan do'stlaringizga ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍123🙏3
“IT – kelajakka birinchi qadam” tadbirida ITPU talabalariga vazirlik stipendiya va grantlari topshirildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park universiteti hamkorlikda IT-sohasida ta’lim va kasbga tayyorgarlikni ommalashtirish maqsadida “IT – kelajakka birinchi qadam” konferensiyasi o‘tkazildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/4281/

#digital
#ITPU

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏3🔥2