Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
Live stream started
Live stream finished (14 minutes)
Live stream started
Live stream finished (3 minutes)
Live stream started
Live stream finished (1 minute)
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Live stream finished (29 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun Sizda qanday bahona bor?

Videodagi qahramonlar turli bahonalar izlamasdan, o'z oldilariga yuqori maqsad qo'yishgan hamda tinimsiz mehnat qilib, ilm olishdan to'xtamaslik natijasida IT sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda, xalqaro va mahalliy musobaqalarda, startap-chellenjlarda, IT olimpiadalarda yuqori marralarni zabt etib o'z hayotlarini yaxshi tomonga o'zgartirishmoqda.

Qahramonlarimiz va ularning yutuqlarini ko'ring, havas qiling va harakatni boshlang:
1. Best Global M-Gov Award tanlovida o‘z startapmiz orqali 136000$ pul mukofotini qo‘lga kiritdik (Valisher Alisherov, Bazarov Mehrol, Temirov Azizullo)
2. mGovAward, StudentHack va boshqa xakatonlarda 100 million so‘mdan ortiq pul yutuqlarini qo‘lga kiritdim (Samandar Akromov)
3. “Tahrirchi” loyihasi asoschisiman, mGovAward loyihasida 50 000$ qo‘lga kiritdim va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim (Mamasaidov Muhammadsaid)
4. Men xakatonlar va IT musobaqalarda 200 million so‘mdan ortiq mablag’larni qo’lga kiritdim (Abubakr Abduvaxidov)
5. 20 ga yaqin yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro kiberxavfsizlik bo‘yicha tanlovda nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim (Sarvar Bazarov)
6. Biz sovrin jamg’armasi 100 000$ bo‘lgan Xalqaro startap tanloviga o‘z loyihamizni olib chiqdik (Shakhzoda Mirzaeva, Ikhtiyor Sodiqov, Jahongirxo'ja Juraev)
7. Tridmo.com orqali 150 mingdan ortiq 3D modellar sotdim va 500 000 $ dan ortiq daromad qildim (Abdusattor Abdurahimov)
8. Frilansing orqali amalga oshirgan loyihalarim uchun har oy 2500$ gacha daromad topyapman (Saboxat Qalandarova)
9. IT hamjamiyatiga qo‘shgan hissam uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Toptalda top 3%ga kiruvchi dasturchiman (Shakirov SaidRavshan)
10. Frilansing orqali xalqaro platformalarda yiliga 100 000$ dan ortiq daromad topaman. 100 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqqanman (Aziza Israilova)
11. Youtubeda strim orqali oyiga 10 ming dollar daromad topaman, 1 mln ga yaqin obunachilarim bor (Shoxruz)

🇺🇿 Videoni yoshlarga ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14👍4🔥42💯1
Forwarded from Sherzod Shermatov
IT Park rezidentlarining xizmatlari eksporti o‘sish sur’ati ichki bozordagi xizmatlardan yuqori bo‘lib qolayotgani xali eksportga chiqmagan IT kompaniyalar uchun ham ko‘proq eksport bo‘yicha ishlash kerakligiga yana bir signaldir. 1470 ta rezidentdan 305 ta ta’lim rezidentlarini chiqarib tashlasa, qolgan kompaniyalarning deyarli yarmi, ya’ni 520 tasi eksporter va yuqori daromadli ishchi o‘rinlar yaratishda ishtirok etishmoqda.

2023-yilning 9 oyi davomida IT Park rezidentlarining eksport hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 3 baravar koʻpayib, $238,7 millionni tashkil etdi. Asosiy eksport yoʻnalishlari Shimoliy Amerika (43%), Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya (37%), hamda MENA (4%) (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, IT Park rezident kompaniyalari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 3,8 trillion soʻmdan 8,5 trillion soʻmga yetdi — bu oʻtgan yilning mos davrga nisbatan 2,2 barobar koʻpdir.

Eksportga yoʻnaltirilgan rezident kompaniyalar soni ham sezilarli darajada oshib, 520 taga yetdi. Shundan 316 tasi IT-xizmatlar, 204 tasi esa BPO xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
👍7🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu iqtidorli maktab o'quvchilaridan barcha tengdoshlari, maqsad qo'yib natijaga erishish borasida o'rnak olishsa arziydi!

Maktabdan yoshidan boshlab IT sohasida bilim va ko'nikmalarni egallab, ham daromad topib ham jamiyatga foydasi tegayotgan iqtidorli o‘quvchilarning yutuqlarini ko'rib quvonadi inson.

"ICTWEEK Uzbekistan - 2023" haftaligi doirasida o‘tkazilgan maktab veb-saytini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan xakatonda 249-maktab o'quvchilaridan iborat jamoa Olmazor tumani maktablari orasida 1-o‘rinni egalladi.

G‘oliblik ortidan ular Olmazor tuman hokimligi saytini yaratish bo‘yicha ham buyurtma olishga ulgurishgan.

Yosh bo'lishiga qaramay Koreyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarga dars bergan, IT sohasida daromad topishga ham ulgurgan o‘quvchilar bilan istak va maqsadlari haqida video interview olishibti.


Videodagi qahramonlar 249-maktabning o'quvchilari Fozil, Odina hamda Abdulloh.

Ushbu yoshlarga kelajakda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz 💻👏🇺🇿 !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12🔥3🎉3👍1🙏1
🟥🟥🟥 🟨🟨🟨🟨🟨

"Milliy ta'lim resurslari"
📹 sahifasi orqali IT sohasiga oid kasblarni o‘rganib borayotgan obunachilar soni ⭕️ 130 mingdan oshdi, bepul videodarslarni ko'rishlar soni esa ⭕️ deyarli 2 million bo'ldi.

🖥 Mazkur Youtube sahifasida Siz:
⚜️ Foto tahrirlash;
⚜️ AutoCAD;
⚜️ Logistika (Dispatch);
⚜️ 3D Animatsiya;
⚜️ Frontend;
⚜️ JavaScript Node JS;
⚜️ Elektron tijorat;
⚜️ Digital marketing;
⚜️ Android dasturlash;
⚜️ Video tahrirlash;
kabi 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘ziga jamlagan 1000 dan ortiq o'zbek tilidagi video-darslarni bepul o'rganishingiz mumkin!

⭕️ Aziz yoshlar !!!
➡️Agar Siz zamonaviy bilim va ko'nikmalarni o'rganib, kelajakda yuqori daromadli kasb egasi bo'laman deb maqsad qilgan bo'lsangiz - “Milliy taʼlim resurslari” kanaliga obuna bo'lib, o'zingiz qiziqqan yo'nalishlarda 1000 dan ortiq videodarslarni o'rganishni boshlang!

#Milliy_talim_resurslari #IT_talim #statistika #IT_kasblar

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏6🔥32
👍7🔥3🤩3👏2💯1
Tashkent shahridagi Amity universitetida xalqaro matematika olimpiadasi

Litsey, kollej va maktablarda tahsil olayotgan yoshlar (15+) uchun Toshkent shahridagi Amity universitetida II xalqaro olimpiada o‘tkazilmoqda.

Tanlov 2ta turdan iborat bo'ladi:
1-tur.
Test shaklidagi savollar (matematika va arifmetikaning barcha asosiy yo'nalishlarini qamrab oladi, davomiyligi 2 soat);
2-tur. Birinchi bosqichdan saralangan eng yaxshi 20 nafar talaba matematika va mantiqiy fikrlashni o‘z ichiga olgan “Buzzer” bosqichida ishtirok etadi.
P.S. Barcha savollar ingliz tilida bo'ladi.


Qo'shimcha ma'lumot uchun:
📞 +998 93 106 55 85
📩 Telegram: @adjalilov
👉🏼 Ro'yxatdan o'tish 👈🏼

🏆G'oliblar Huawei tomonidan sovg'alar bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin noutbuk; 2-o'rin planshet; 3-o'rin smartfon


Ro’yxatdan o’tish muddati: 2023-yil 5-dekabr
🗓 Sana: 11 dekabr
🕖 Vaqt: 09:30
📍 Manzil: Toshkent shahridagi Amity universiteti (Labzak)
🎉6🔥3👍2👏2🙏2
🔍 O'zbekistonda Google dasturchilar konferensiyasi bo'lib o'tadi!

Tadbirda:
Google'dan ekspertlar - Mark MakDonald va Martin Gorner, Outtalent'dan - Tilek Mamutov, KPMG'dan - Jitendra Gupta, Machine Learning va boshqa sohalardagi GDE (Google Developer Experts) ekspertlar o'zlarining bilim va tajribalarini Siz bilan baham ko'rishadi!


Tadbir haqida batafsil ma'lumot va BEPUL CHIPTA olish uchun quyidagi havolaga o'ting ➡️ https://devfest.gdgtashkent.uz/

Joylar soni chegaralangan - jami 2000 o'rin.
🙌 DevFest Tashkent '23 da ko'rishguncha!

Dasturchi do'stlaringizga postni ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉4🔥3👏3
📢📢📢📢📢 🟨🟨🟨🟨🟨 🧠💡📚

📢 Aziz yoshlar, Sizlarga ko'proq bilim va tajriba ulashish maqsadida yangi loyiha boshlayapmiz. IT-yo'nalishda xalqaro olimpiada va musobaqalarga qiziquvchi yoshlar uchun "Xalqaro IT-olimpiadalar" telegram kanali tashkil etildi.

➡️ Endilikda Siz, ushbu kanal orqali IT-sohasidagi olimpiadalar, musobaqa va hakatonlar haqida yangiliklardan habardor bo‘lishingiz, ishtirok etish shartlari, rag‘batlantirish imkoniyatlari va shu kabi muhim ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin!

🌟 Xalqaro olimpiadalarda qatnashing va o'z bilimingizni sinab ko'ring. Zero, muvaffaqiyatga erishish o'z qo'lingizda. O'zingizni qayta kashf eting!

⬇️ Kanalga a'zo bo‘lish:
🌐 Xalqaro IT-olimpiadalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏5🔥3🎉3