Rustam Karimjonov
1.96K subscribers
1.91K photos
247 videos
5 files
706 links
Download Telegram
Forwarded from ICTWEEK UZBEKISTAN 2025
ICTWEEK 2023 haftaligi davomida manzilli avtobuslar siz uchun xizmat qiladi 📢

🚌
ICTWEEK 2023 haftaligi davomida tashrif buyuruvchilar uchun mutlaqo bepul tarnsport xizmati yo’lga qo’yiladi! 24 oktabrdan boshlab manzilli zamonaviy avtobuslar mehmonlarni Toshkent markaziy lokatsiyalaridan CAEx ko'rgazmalar markaziga olib boriishni boshlaydi!

🚍 Avtobuslar qatnovi 24-26 oktyabr kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha har soatda quyidagi manzillar bo‘yicha amalga oshiriladi:

📍Manzillar:

📍IT Park majmuasi - Mirzo Ulug'bek tumani
📍Beruniy metro
📍O'zbekiston mehmonxonasi
📍Janubiy vokzal

Eslatib o'tamiz, mazkur taranportlar tadbir mehmonlari uchun mutlaqo bepul.

☎️ (+998 77) 707-66-00, (+998 77) 707-00-66.
🌐 ictweek.uz

#digital
#ictweek2023

🌐 Website | 📷 Instagram | 🔵 Facebook | 🚀 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🎉2🤩2🙏21👍1
📢📢📢📢📢 📢📢📢📢📢

📢 Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga!

📊 O‘zbekistonda jadal o‘sib borayotgan IT-sohasiga sarmoya kiritish orqali barqaror daromadga ega bo‘lishni xohlaysizmi?

⚡️ Unda sizni, 2023-yil 23-27-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “ICTWEEK-2023” doirasida 27-oktyabr soat 10:00 da IT-Park kompleksida bo‘lib o‘tadigan - “IT sohasidagi investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlari” mavzusidagi forumiga taklif etamiz.

💎 Forumda xalqaro tashkilotlar vakillari va mahalliy IT kompaniyalar ta’sischilari hamda ekspertlar o‘z tajribalari, erishgan yutuqlari va IT sohasining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha so‘z yuritadilar.

🌟 Spikerlar ro’yxati:
➡️ Andrey Buranov (Huawei)
➡️ Nikolay Seleznev (Uzum)
➡️ Suxrob G'aybulloyev (Aloqa Ventures)
➡️ Rustam Xamdamov (Billz)
➡️ Akmal Payziyev (Express 24)
➡️ Odilbek Mirzayev (PDP EcoSystem)
➡️ Golibjon Sanoqulov (Whiteline)
➡️ Akmal Salixov (AmayaSoft, GameDev Goethe)
➡️ Murodxo‘ja Muratov (UIC Group)
➡️ Bobur Sadullayev (IT-village)
➡️ Timur Miyassarov (My ID)
➡️ Abduvali Haydarov (IT-investment center) va boshqalar.

💰 Shuningdek, tadbirda sarmoya kiritishngiz uchun bir qator IT-loyihalari bo‘yicha takliflar ham taqdim etiladi.

Forumda qatnashish uchun - Ro'yxatdan o'tish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3🤩2
💻“ICT Week Uzbekistan – 2023” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-oktabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3255/

#digital
#ICTWeek
#brifing

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12👏2
Live stream started
Live stream finished (15 seconds)
Live stream started
Live stream finished (14 minutes)
Live stream started
Live stream finished (3 minutes)
Live stream started
Live stream finished (1 minute)
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Live stream started
Live stream finished (29 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun Sizda qanday bahona bor?

Videodagi qahramonlar turli bahonalar izlamasdan, o'z oldilariga yuqori maqsad qo'yishgan hamda tinimsiz mehnat qilib, ilm olishdan to'xtamaslik natijasida IT sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda, xalqaro va mahalliy musobaqalarda, startap-chellenjlarda, IT olimpiadalarda yuqori marralarni zabt etib o'z hayotlarini yaxshi tomonga o'zgartirishmoqda.

Qahramonlarimiz va ularning yutuqlarini ko'ring, havas qiling va harakatni boshlang:
1. Best Global M-Gov Award tanlovida o‘z startapmiz orqali 136000$ pul mukofotini qo‘lga kiritdik (Valisher Alisherov, Bazarov Mehrol, Temirov Azizullo)
2. mGovAward, StudentHack va boshqa xakatonlarda 100 million so‘mdan ortiq pul yutuqlarini qo‘lga kiritdim (Samandar Akromov)
3. “Tahrirchi” loyihasi asoschisiman, mGovAward loyihasida 50 000$ qo‘lga kiritdim va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim (Mamasaidov Muhammadsaid)
4. Men xakatonlar va IT musobaqalarda 200 million so‘mdan ortiq mablag’larni qo’lga kiritdim (Abubakr Abduvaxidov)
5. 20 ga yaqin yetakchi davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro kiberxavfsizlik bo‘yicha tanlovda nufuzli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdim (Sarvar Bazarov)
6. Biz sovrin jamg’armasi 100 000$ bo‘lgan Xalqaro startap tanloviga o‘z loyihamizni olib chiqdik (Shakhzoda Mirzaeva, Ikhtiyor Sodiqov, Jahongirxo'ja Juraev)
7. Tridmo.com orqali 150 mingdan ortiq 3D modellar sotdim va 500 000 $ dan ortiq daromad qildim (Abdusattor Abdurahimov)
8. Frilansing orqali amalga oshirgan loyihalarim uchun har oy 2500$ gacha daromad topyapman (Saboxat Qalandarova)
9. IT hamjamiyatiga qo‘shgan hissam uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. Toptalda top 3%ga kiruvchi dasturchiman (Shakirov SaidRavshan)
10. Frilansing orqali xalqaro platformalarda yiliga 100 000$ dan ortiq daromad topaman. 100 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqqanman (Aziza Israilova)
11. Youtubeda strim orqali oyiga 10 ming dollar daromad topaman, 1 mln ga yaqin obunachilarim bor (Shoxruz)

🇺🇿 Videoni yoshlarga ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14👍4🔥42💯1
Forwarded from Sherzod Shermatov
IT Park rezidentlarining xizmatlari eksporti o‘sish sur’ati ichki bozordagi xizmatlardan yuqori bo‘lib qolayotgani xali eksportga chiqmagan IT kompaniyalar uchun ham ko‘proq eksport bo‘yicha ishlash kerakligiga yana bir signaldir. 1470 ta rezidentdan 305 ta ta’lim rezidentlarini chiqarib tashlasa, qolgan kompaniyalarning deyarli yarmi, ya’ni 520 tasi eksporter va yuqori daromadli ishchi o‘rinlar yaratishda ishtirok etishmoqda.

2023-yilning 9 oyi davomida IT Park rezidentlarining eksport hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 3 baravar koʻpayib, $238,7 millionni tashkil etdi. Asosiy eksport yoʻnalishlari Shimoliy Amerika (43%), Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya (37%), hamda MENA (4%) (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, IT Park rezident kompaniyalari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 3,8 trillion soʻmdan 8,5 trillion soʻmga yetdi — bu oʻtgan yilning mos davrga nisbatan 2,2 barobar koʻpdir.

Eksportga yoʻnaltirilgan rezident kompaniyalar soni ham sezilarli darajada oshib, 520 taga yetdi. Shundan 316 tasi IT-xizmatlar, 204 tasi esa BPO xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda.
👍7🔥2👏2