Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
702 links
Download Telegram
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

Talabalar va o‘quvchilar diqqatiga!
Mazkur tanlovda ishtirok etishga tayyormisiz?

📊 Har oyda talabalar1 650 000 so‘m, o‘quvchilar – 660 000 so‘m stipendiyaga ega bo‘lishadi.

🕒 Unda ushbu imkoniyatdan foydalanib qoling. Shoshiling, “Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi”ga arizalar qabuli boshlanishiga juda ham oz fursat qoldi.

🗒 Ushbu stipendiyaga Vazirlik tizimidagi Oliy ta’lim muassasalari (TATU va uning filiallari, INHA, AMITI, ITPU) talabalari hamda TATU va uning filiallari huzuridagi texnikumlar, akademik litseylarning o‘quvchilari qatnashishlari mumkin.

📌 Stipendiya g‘olibi bo‘lish uchun qo‘yilgan talablar:

➡️ O‘zlashtirish darajasi;
➡️ Ilmiy-ijodiy va innovatsion ishlari;
➡️ Xorijiy tillarni bilish darajasi (B1, B2, C1);
➡️ Xalqaro IT-sertifikat mavjudligi;
➡️ Hakaton yoki IT-tanlovlardagi ishtiroki.

🚪 Ariza topshirish uchun: it-istedod.uz

🔗 Batafsil: STIPENDIYA NIZOMI

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥52🤩1
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida Koreaning ilg'or IT universitetlar dasturlari asosida yangi IT universitet tashkil etish yuzasidan tashabbuskor investorlar bilan muzokaralar olib borildi.

🔖 Uchrashuv davomida – ITga ixtisoslashgan universitet faoliyati yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish masalalari muhokama qilindi, unga ko‘ra:

➡️ TATUning Namangan viloyatidagi Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari texnikumi negizida Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
➡️ Universitetda Janubiy Koreya davlatining eng nufuzli universitetlarining ta’lim dasturlariga binoan o‘quv jarayonlarini tashkil etish;
➡️ Universitetni tashkil etish uchun kamida 2 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish;
➡️ Universitetga Janubiy Koreya davlatining professor o‘qituvchilarini jalb qilish;
➡️ Universitet faoliyatini boshlash uchun belgilangan tartibda litsenziya olish;
➡️ Universitet litsenziya olganidan keyin birinchi yilda 800 nafar, keyingi yillardan 1 400 nafardan talabalarni qabul qilish rejalashtirilgani ma‘lum qilindi.

🖥 Shu bilan birga, uchrashuvda Koreyalik investor bilan Toshkent shahrida IT xizmatlarni eksport qilish markazini ochish va Koreya hamda AQSh bozoriga IT xizmatlar eksportini yo'lga qo'yish masalalari ham kelishildi.

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥4👏4
Endilikda Buxoro, Navoiy, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi abituriyentlari Xalqaro IT ta'lim olish uchun Toshkentga yoki chet elga borishlari shart emas.

➡️ Vazirlar Mahkamasining 273-son Qarori bilan Buxoro viloyatining o'sha mashxur Qorako'l tumanida IT klaster faoliyati yo'lga qo'yilishi belgilandi.

📍IT klasterning birinchi bosqichida joriy yil oktyabr oyidan boshlab Hindistonda IT sohasi eng rivojlangan Bangalor shahrida joylashgan Acharya Universiteti endi o'z filialini Buxoro viloyatining Qorako'l tumanida tashkil etadi.

👩‍💻 Xalqaro darajada IT ta'lim olmoqchi bo'lgan abituriyentlar 2 oy davomida bo'lib o'tadigan test sinovlarida o'z bilimlarini sinashlari va oktyabr oyidan o'qishni boshlashlari mumkin bo'ladi.

🏷 Imtihonga yozilish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldirishingiz mumkin ➡️➡️ Acharya exam registration.

➡️ Universitet to'g'risida batafsil ma'lumot Acharya.uz saytida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏72🎉2🙏2
#chempionlarni #tabriklaymiz #kibersport

🔥 🇺🇿 CS:GO yo’nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoamiz Osiyo-Okeaniya mintaqasida chempion bo’lishdi!

Chempionlarimizni tabriklaymiz 👏👏👏
👍18🔥7👏4
⭕️🟥🟥🟥 🟥🟥🟥🟥

Agar sizda IT sohasiga oid savollaringiz bo'lsa – soha rahbarlari ishtirokidagi online muloqotga marhamat qiling!

🔊 Shanba kuni (22.07.23) soat 10:00 da IT ta'lim bo'yicha online muloqot bo'lib o'tadi

👨‍👦‍👦 Online muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati, IT universitet rektorlari hamda IT Park vakillari sizlarni qiziqtirgan savollarga javob beradi

📥 Savollarni oldindan yo'llash uchun ushbu havola orqali izoh qoldiring - https://bit.ly/savollaruchun

❗️ Online muloqotda qatnashish uchun quyidagi havolani shanba kuni ertalab, soat 10:00 da yoqishni unutmang, rejangizga kiritib qo'ying.

⬇️ Online muloqot quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali bo'lib o'tadi:

👥 Facebook orqali kuzatish: https://www.facebook.com/mininfocom

🟥 YouTube orqali kuzatish: https://www.youtube.com/@MinistryofDigitaltechnologies/streams

✈️ Telegram orqali kuzatish: https://t.iss.one/mitcuz

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍762👏2🔥1
IT sohasiga qiziqishi bor yoshlar, o'qishga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Ertaga soat 10:00 da bo'lib o'tadigan online muloqotda quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi:

1. Qaysi IT universitetlarda grant asosida o'qish imkoni mavjud?
2. IT kurslarida o‘qish uchun mening mablag’im yo‘q, davlat tomonidan menga qandaydir kredit ajratiladimi?
3. Xotin-qizlar uchun IT sohasida qanday imkoniyat va imtiyozlar mavjud?
4. Dasturlash, grafik dizayn yoki boshqa IT yo'nalishlarida qanday musobaqalar o‘tkaziladi, ularda qatnashish uchun nima qilish kerak?
5. Qanday holatlarda IT va chet tili sertifikatlariga oid imtihonlarga sarflangan xarajatlarni 50% gacha bo‘lgan qismini qoplab olish mumkin?


IT sohasiga oid Sizni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun ertangi ochiq muloqotda, albatta ishtirok eting!

Batafsil ma'lumot Raqamli texnologiyalar vazirligi telegram tarmog'ida.
👍122💯2🔥1
Forwarded from Digital.uz
Yoshlar uchun “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi

22-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi.

Bir soatdan ortiq davom etgan mazkur jonli efirda kuzatuvchilar va yoshlardan kelgan barcha savollarga to‘liq javob berib, qo‘shimcha ma’lumotlar berildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2182/

▶️ Jonli efirni to‘liq formatda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/c_WZFRWrgnU?feature=share

#digital
#yoshlar
#jonli_efir

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1🙏1💯1
Forwarded from Sherzod Shermatov
IT Park резидентлари томонидан 2023 йил биринчи ярмида 145 миллион доллардан ортиқ, яъни 2022 тўлиқ йилдагидан кўра кўп экспорт амалга оширилди, биринчи чоракда 2021 йилдаги тўлиқ кўрсаткичдан кўра кўпроқ бўлган эди.

Бу эса Президентимиз томонларидан Ўзбекистонни АйТи хабга айлантириш бўйича узоқни кўзлаб қўйилган мақсаднинг қанчалик тўғри эканлигидан далолатдир.

Яқинда бўлиб ўтган Digital Leadership Forumга дунёнинг турли давлатларидан келган етакчилар Ўзбекистонда яратилган шароитлар сақлаб қолинса ва муҳокама қилинган янги таклифлар амалга ошса 2030 йилга келиб бир йиллик экспортни 5 миллиард долларга чиқаришга тўлиқ имконият борлигини ҳамда бунинг учун Ўзбекистонни аутсорсинг маркази сифатида кўпроқ иқтисодий ривожланган мамлакатларда тарғиб қилиш зарурлигини таъкидлашди.

Фақатгина ёшларимиз кўпроқ ўз устиларида ишлаб, чет тиллари ва халқаро бозорда масофадан хизмат кўрсатишга талаб юқори бўлган (нафақат АйТи, балки BPO сифатида масофадан хизмат кўрсатадиган бошқа жуда кўплаб) касбларни ўрганишлари керак бўлади. Шунда улар ўз оилалари билан ўз юртларида яшаб, масофавий хизматлари орқали юқори даромад топадиган бўладилар.
👍8🔥2🙏1
#Ulashgim_keldi

Farg'onaning o'sha mashhur uzumzorlarini o'z ko'zing bilan ko'rish boshqacha ekan.

📼 Bunday go'zal va so'lim uzumzorlarning ortida uzoq yillik mehnat, katta tajriba va chuqur ilm-fan yotibdi, albatta.

📈 Shu o'rinda aytmoqchimanki, xuddi shu kabi - hozirgi Farg'ona yoshlarida ham bir paytlar ota-bobolarida bo'lgan uzumchilikka qiziqishlari kabi IT sohasini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqlarini yuqoriligini ko'rsa bo'ladi.

🔼 Ishonchim komilki, nasib qilsa yaqin kelajakda Farg'onalik yoshlar uzum eksporti kabi IT xizmatlar eksporti bo'yicha ham xalqaro maydonlarda yetakchi - liderlarlarga aylanishadi.

➡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥6💯521👏1
2023 yil avgust oyidan boshlab IT sohasini yanada rivojlantirish maqsadida davlat tashkilotlari va ularning AKTga mas’ul hodimlarini rag’batlantirishning yangi mehanizmlari joriy etilmoqda.
👍9🔥3👏3
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦🟦

⭕️Xabaringiz bor, budjet tashkilotlaridagi xalqaro sertifikatga ega AKT xodimlariga qo‘shimcha ustamalar belgilanishi haqida xabar bergan edik.

📄Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlarning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lashga asos bo‘luvchi IT sertifikatlar ro'yxati tasdiqlandi.

🔰 Ushbu ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishing:

📃Tasdiqlangan IT sertifikatlar ro‘yxati

#digital
#IT_education
#IT_sertifikat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏5🔥4
⭕️Viloyatlarda ham zamonaviy IT o'quv markazlar ochilayotgani juda quvonarli!

Raqamli texnologiyalar vaziri boshchiligidagi ishchi guruh «Najot Ta'lim» Farg’ona viloyati filialida bo’ldi.

🏓Uchrashuvda Najot ta’limning o’quv bo’limi rahbari Javohir Izzatulloh o’quv markazning faoliyati uning natijalari va kelgusidagi rejalari haqida taqdimot o’tkazdilar.

Markaz yaqinda ochilganiga qaramasdan hozirni o’zida 600dan ortiq o’quvchisi ta’lim olmoqda.

📄 Bizning jamoamiz IT hamda chet tillaridan dars beruvchi o’quv markazlarini doimiy qo’llab quvvatlashga tayyor, ayniqsa respublikamizning chekka hududlaridagi yoshlarimizni dasturlashga o’qitishsa.

Ma’lumot uchun: 3 yil oldin IT park rezidenti bo'lgan o’quv markazlar soni 11 tagina bo’lgan bo'lsa, hozirgi kunda 300ga yaqin (25+ barobar) ko’p, bu albatta davlatimiz tomonidan o’quv markazlarni qo’llab quvvatlanishi hamda bozorda yaxshi dasturchilarga talab yuqoriligi natijasidir.

📃Yangi o’quv markaz faoliyatini yo’lga qo’yish yoki faoliyatini kengaytirish niyatingiz bo’lsa izohda komment qoldiring.

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏12👍8🔥7🤩3