Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонни АйТи хабга айлантиришга навбатдаги тарихий қадам ташланди. Бу эса ёшларимиз ўз юртида яшаб, интернет орқали қонуний юқори даромад топишлари учун янада яхши имкониятларни очади!

2017 йилда тегишли шароит яратилса АйТи соҳаси экспортини беш йилдан кейин 30 миллион долларга чиқарамиз деганимизда кўпгина мутассадилар қарши бўлишига қарамай, Давлатимиз Раҳбари томонидан ишонч билдирилиб, тарихий Фармон қабул қилинганидан кейин бу соҳа деярли йўқдан бор бўлди деса бўлади. Йиғилишда бу йил якунига экспортни 300 миллион долларга чиқариш бўйича жуда катта марра қўйилганда ҳам ўша вақтдагидек қаттиқ хаяжон бўлмади, чунки тегишли тизим яратилди. Ўтган йилнинг ўзида IT, BPO, KPO аутсорсинг билан шуғулланадиган экспортер резидентлар сони 3 баробар, чет эл капиталига эга бўлганлари эса 7 баробарга ортди.

Энди эса халқаро компаниялар янада кўпроқ ишонч билдириши учун IT Park Uzbekistan мажмуаси ҳудудида “Инглиз қонунчилиги” ва рақамли молиявий технологиялар ривожи учун қўшимча шароитлар яратиладиган бўлди.

Иқтидорли ёшларни танлаш бўйича қўшимча танловлар ташкил этилади. Ундан ташқари таълим муассасалари фақат пули борларни ўқишга келишини кутиб ўтирмасдан, айнан иқтидори ва ҳаракати бор, лекин молиявий имконияти чекланган ёшларни ўзлари танлаб, арзонроқ ёки керак бўлса бепул ҳам ўқитишлари мумкин бўлади. Чунки бундай битирувчиларни IT Park экспортер резидентларига ишга кирадиган даражада сифатли тайёрлаб берсалар, ҳар бир шундай битирувчи учун улар 25 миллион сўмгача, агар у ногиронлиги бўлган ёшлар орасидан бўлса, унда 35 миллион сўмгача давлат томонидан субсидия оладилар.

https://www.facebook.com/watch/?v=597230312249205
👍12🔥2👏2
IT йўналиши бўйича тайёрланаётган кадрларга янги талаблар қўйилади

📍https://uza.uz/posts/457915

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
👍26🔥3👏3
IT sohasi bo‘yicha xalqaro darajada ta’lim olib, oliy ta’lim diplomiga ega bo‘lmoqchimiz?

🔰 Unda, Siz IT Park Universitetiga o’qishga hujjatingizni topshiring!

🌍 O‘qishga kirsangiz, Siz 🇪🇺Yevropa va 🇺🇸 AQShda amaliyot o‘tashingiz, o‘qishni bitirib esa dunyo bo‘ylab 60 ming dasturchiga ega - "EPAM systems" korporatsiyasiga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin.

👨‍🎓Qanday qilib IT Park University talabasi bo’lish mumkin ?

my.itpu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ariza yuboring;
Shaxsiy kabinetingizda kirish imtihonlari uchun ro‘yxatdan o'ting;
O‘qishga kirganingiz haqida buyruq nusxasini oling va o‘qishni boshlang.

🌐 Batafsil ma'lumot bilan veb-saytda tanishing, joylar chegaralangan, harakatingizni oldindan boshlashingizni tavsiya etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16💯3👏1
“Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi.

Talabalarga - 15 mln. so’m va
O’quvchilarga - 6 mln. so’m mukofot puli beriladi.

Ushbu tanlovda:
🟢TATU va uning filiallaridan jami 28 nafar;
🟢INHA dan 5 nafar;
🟢Amity dan 5 nafar;
🟢ITPU dan 3 nafar talaba hamda
🟢TATU huzuridagi texnikum va akademik litseylarining 1 nafardan o’quvchilari tanlov g’olibi etib saralab olinadi.

🎓 Bu yil stipendiantlar uchun kvotalar soni deyarli 2 barobar oshirilgan bo’lib, stipendiantlarni saralashda yuqori talablar belgilanmoqda.

🗓 Batafsil ma’lumot hamda tanlov Nizomi: 👉 Raqamli texnologiyalar vazirligining telegram sahifasida.

📢 Barcha talaba va o’quvchilarga ulashing, hammada imkoniyat bor, harakatni hozirdan boshlang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1👏1
Samarqandda IT ta’lim eco-tizimini rivojlantirish va istiqboldagi vazifalarni belgilash uchun Raqamli Texnologiyalar vazirligi jamoamiz bilan xizmat safariga keldik.

Samarqand viloyatida IT ta’limni rivojlantirish bo’yicha takliflar bo’lsa izohda yoki shaxsiy habarda taklifingizni qoldirishingiz mumkin.
👍15🔥4👏2
Forwarded from Digital.uz
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Andijon viloyatida bo‘lib, bir nechta IT markazlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Hududda IT-ta’lim eko-tizimini rivojlantirish va istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov joriy yilning 10-11 mart kunlari Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4388

#mitc
#andijon

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
👍11👏3🔥2
📢 IT sohasini mukammal o’rganish hamda kelajakda yuqori daromad topish uchun talabalar, maktab o’quvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlarga foydali elektron resurslar bo’yicha navbatdagi tavsiyalar ishlab chiqildi!

🤳 Rasmda Raqamli texnologiyalar vazirligi tavsiyalari keltirilgan:

🟢 IT sohasiga oid tanlovlar, muhim yangiliklar va IT ta’limga oid foydali bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etuvchi rasmiy elektron resurslar;
🟢 IT sohasida daromad topish imkoniyatlarini taqdim etuvchi elektron resurslar.

🔰 O’zbekistonda IT sohasi yo’nalishida mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot olish hamda yuqori daromad topish uchun IT ta’lim olish bo’yicha savollar yoki takliflaringiz bo’lsa izohda qoldiring!

Raqamli texnologiyalar vaziri o’rinbosari, Rustam Karimjonov.

#repost #ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2👏2💯1
🏫“Acharya Institute of Technology”ning xalqaro aloqalar bo’yicha rahbari Vishesh Chandrashekar bilan “Acharya University of Uzbekistan” universiteti faoliyatini tashkil etish borasida batafsil gaplashib oldik.

💻Online uchrashuv davomida yangi o’quv yilidan boshlab - Buxoro viloyatida o’quv jarayonini samarali tashkil etish borasida kelishib olindi, unda:

🟢 2023/2024 o‘quv yilida 1400 nafar iqtidorli talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonlarini tashkil etish;
🟢 O’quv jarayoniga xorijiy IT yo‘nalishidagi zamonaviy o’quv dasturlar va darsliklarni qo’llash;
🟢 Xorijiy hamkor tomonidan universitetni zamonaviy moddiy texnik bazasi bilan ta’minlash uchun kamida 2 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritish;
🟢 Inkubatsiya markazi, eksport xizmatlari ko'rsatish markazi (BPO) hamda IBM, Microsoft, Oracle va boshqa IT korporatsiyalar bilan hamkorlikda IT kompetentsiyalarni rivojlantirish markazini faoliyati yo‘lga qo‘yilish;
🟢 O‘quv jarayonlarini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish;
🟢 “Achariya Institutes” tarmog‘ining yuqori malakali professor o'qituvchilarini jalb qilish borasida kelishuvlarga erishildi.

🇺🇿 Davaltimizda yaratilayotgan sharoitlar natijasida Xalqaro darajadagi IT unversitetlar salmog’i kengayib bormoqda, bu albatta O’zbekistonni mintaqaviy IT hub ga aylantirish hamda IT xizmatlar eksportini 1 mlrd. AQSh dollariga yetkazishda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimi yo’lga qo’yilayotganidan dalolat beradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥1👏1
❤️ Najot Ta'lim va Cambridge LC bilan hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan 100 nafar yoshlarga - ingliz tili, dasturlash hamda grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim olish imkonini taqdim etishmoqda.

🟢 Ushbu imkoniyatdan respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

🔖 Grant sohibi bo'lish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tib ariza qoldiring

💻 Arizalarni qabul qilish 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot olish uchun 📞 78-888-9-888
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏5