Rustam Karimjonov
2.1K subscribers
1.59K photos
232 videos
5 files
630 links
Download Telegram
⚡️Республика ишчи гуруҳини оммавий сайёр қабули ўтказилмоқда

Бугун Миришкор туманида ўтказилаётган оммавий сайёр қабул жараёнида Халқ таълими вазири ўринбосари Рустам Каримжонов ҳамда вазирлик, вилоят халқ таълими бошқармаси масъул ходимлари томонидан фуқаролар мурожаати тингланмоқда.

📂Маълумот учун: Халқ таълими вазирлигининг "қўнғироқлар маркази"(ишонч телефони)га жорий йилнинг 10 ой давомида 57 минг (Қашқадарё 7 мингдан ортиқ 12.2%) қўнғироқлар қабул қилинган. Мурожаатлар маркази орқали кунига ўртача 200 дан ортиқ мурожаатларга амалий ёрдам кўрсатилиб келинмоқда.
Forwarded from Sherzod Shermatov
Халқаро талабалар куни билан табриклаб, талабаларимизга фойдали маслаҳат беришни ўринли деб билдим.

Германияда SAP раҳбарияти билан учрашувда, улар томонидан бепул тақдим этиладиган курсларни биздаги талабалардан атиги 32таси битиргани ва улар тўлиқ 100% юқори даромадли иш билан таъминланганини маълум қилишди.

Шунда мени бир савол қийнай бошлади, нега шунча талабаларимиз бўлсада ва Германияни ўзида юз мингдан ортиқ АКТ мутахассисига талаб бўлсада, бепул ва юқори маошли иш билан таъмнлайдиган касбни ўрганган талабалар сони шунчалик кам?

Маслаҳатим, ҳозир аввалгидек дипломни ўзи иш билан таъминланишга етарли эмаслигини, вақтларини бекор кетказмай халқаро тил ва бошқа касб сертификатларини олишга қунт билан ҳаракат қилишлари зарурлигини ҳамма талабаларимиз тезроқ тушунишлари керак. Бунга ҳозир жуда кўп имкониятлар бор, масалан ўша SAP сайтида: https://learning.sap.com/student-zone

Ёки битириб чиққунича жуда бўлмаса чет тили сертификатини олиб чиқса ҳам, келгусида чет элдан масофавий иш топишига жуда катта ёрдам бўларди, сертификатни олиш харажатини 100 фоизини давлат қоплаб беради: https://my.gov.uz/uz/service/413

АКТ йўналишидаги халқаро сертификатларни олиш учун ўқиш ва сертификацияни 50 фоиз харажатини давлат қоплаб беради: https://my.gov.uz/uz/service/622

Лекин бу иккала имкониятдан фойдаланган талабаларимизнинг сони умумий талабаларни сонини ичида жуда камдир! Шунинг учун яна бир бор талабалик даврингизда вақтни бекор кетказмай халқаро тан олинадиган сертификатларни ҳам олишга ҳаракат қилишингизни тилаб қоламан!
👍 Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand, Buxoro va hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida maktablarning raqamlashtirish jarayonlarini o’rganmoqda.

📍 Ishchi guruh tomonidan maktablarning internet tarmog‘iga ulanganligi, kompyuter xonalarining holatlari, moddiy-texnik bazasining mavjudligi, kompyuterda ta’lim resurslardan foydalanish holati, informatika fani o‘qituvchilarining salohiyati hamda ularning internet tarmog‘idan foydalanish samaradorligi o’rganilmoqda.

🌐 Aksariyat maktablar yuqori tezlikdagi internet tarmog’i va zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlangan bo’lsada, yaratilgan imkoniyatlardan samarasiz foydalanish va mas’uliyatsizlik bilan yondashish holatlari aniqlanmoqda.

🔖 Har bir hududdagi informatika fani o'qituvchilari va AKT bo'limi hodimlari uchun video muloqot tashkillashtirilib, joylardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berilmoqda.

📢Ishchi guruh tomonidan respublikaning barcha hududlarida maktablardagi raqamlashtirish jarayonlarini o’rganishda davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Qashqadaryo viloyatida bo’lib o’tayotgan Respublika ommaviy sayyor qabuliga kelgan 80 yoshga kirgan Dehqonobodlik otaxon murojaatlari xalq ta’limi vazirligi tomonidan ijobiy hal qilindi.

🔖 Otaxon prezidentimiz hamda mas’ullarga chin yurakdan rahmat aytib duo qildilar 🤲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AKT vaziri Sherzod Shermatov, o'zlarining 😀 telegramdagi rasmiy sahifalarida yoshlarga qimmatli vaqtlarini bekorga sarflamasdan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib kelajakda yaxshi daromad topishga harakat qilish kerakligi borasida maslahat bermoqdalar.

💳 Darhaqiqat, hozirgi kunda yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishlari va kelajakda yuqori daromadli kasb egasi bo‘lishlari uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud, misol uchun:

1. 😃 YouTubedagi Milliy taʼlim resurslari sahifasi yordamida (3D animatsiya, dasturlash, dizayn, logistika, e-tijorat va boshqalar) kabi 30dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘rganish uchun 1000ga yaqin o‘zbek tilidagi bepul videodarslar mavjud.

2. 🌐 IT-Parkning veb sahifasi taʼlim bo‘limida ingliz tili, dasturlash, veb dizayn va boshqa yo‘nalishlarni o‘rganish imkoniyatlari hamda respublika bo‘yicha o‘quv markazlar haqidagi maʼlumotlar mavjud.

3. 😀 Telegramdagi IT market kanalida 1000ga yaqin IT sohasida taklif etilayotgan ish beruvchilarning vakansiyalari (oyiga o‘rtacha $500 dan - $4000 AQSH dollarigacha daromad topishni taklif qilmoqda).

4. 🚩 Frilansing sohasinini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun telegramdagi Freelance.uz kanalidagi kerakli maʼlumotlar taklif etilmoqda.

Bundan tashqari internet orqali ko‘plab onlayn resurslar yordamida o‘z bilimlaringizni mustahkamlashingiz va kelajakda muvaffaqiyatli inson bo'lishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 #videolavha

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi 100-maktab-internatiga kompyuter jamlanmasi taqdim etildi

#mitc
#kibersport

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan 👍 vazirlikning Milliy taʼlim resurslari Youtube kanaliga yuklangan videodarslarga minglab ijobiy kommentlar 👏 👏👏

🔔 Qisqa muddatda mazkur kanal obunachilari soni 42 mingga yetdi, videodarslarni ko‘rishlar soni esa 600 mingdan oshdi. 🔝 (Xa to'g'ri o'qidingiz 2 oyda - 600 ming)

💬 Eng quvonarlisi kuzatuvchilarimiz tomonidan barcha yo‘nalishlardagi videolar ostida minglab ijobiy va samimiy izohlar qoldirishmoqda.

👍 Bizning jamoamiz tomonidan yaratilayotgan videodarslar mamlakatimiz yoshlari uchun qiziqarli va foydali bo'layotganini bilish biz uchun katta motivatsiya beradi.

⭕️ Hurmatli yoshlar !!!
Agar Siz zamonaviy bilim va ko'nikmalarni bepul o'rganmoqchi bo'lsangiz, kelajakda yuqori daromad kasb egasi bo'laman deb maqsad qilgan bo'lsangiz - Milliy taʼlim resurslari kanaliga obuna bo'lib o'zingiz qiziqqan yo'nalishlarda 700dan ortiq videodarslarni o'rganishni boshlang!

📝 Ushbu loyihani qo'llamoqchi bo'lsangiz yoki yaxshilash bo'yicha takliflaringiz bo'lsa mazkur post ostida fikringizni izohlarda qoldiring.

#like #komment #repost 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

https://t.iss.one/rkarimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM