Rustam Karimjonov
1.96K subscribers
1.58K photos
232 videos
5 files
629 links
Download Telegram
Siz o'z biznesingizni boshlamoqchimisiz yoki mavjud biznesingizni samarali yuritmoqchimisiz?

➡️ Unda, 👍 Xalq ta'limi vazirligining 😃 Youtubedagi Milliy ta'lim resurslari kanalida quyidagi 20ta mavzudagi BEPUL videodarslarni tomosha qiling:

1. Tadbirkorlik o'zi nima
2. Biznesni rejalashtirishning qanday asosiy qoidalari mavjud
3. Raqobat qonun qoidalari
4. Chekka hududlarda qanday tadbirkorlik qilish mumkin
5. Tadbirkorlikda marketing
6. Tashkilotingizni moliyaviy barqarorligini ta'minlash
7. Soliq turlari va to'lovlar
8. Eksport va investiciya
9. Biznes loyiha va startapni tashkil etish
10. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qanday hujjatlar kerak
va Boshqa savollarga javoblarni topish uchun - Milliy ta'lim resurslari kanalida Biznesni tashkil etish asoslari videodarslarini mutlaqo bepul o'rganing!

📢 Milliy ta'lim resurslari kanali o’quvchilarga bepul video kurslar yordamida mustaqil ravishda bilim olish imkonini beruvchi bilim platformasidir.

🔔"Milliy ta'lim resurslari" kanalimizni kuzatishda davom eting!

⬆️ Siz uchun tayyorlangan yangi, qiziqarli va foydali video-kontentlarimizni joylashda davom etamiz!

📞 71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yarim final: 🇺🇿 Nodirbek Abdusattov va 🇺🇸 Xikaru Nakamura

Bugun, 29-oktabr kuni soat 20:00 da Islandiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionatining yarim finalida Nodirbek Abdusattorov AQSH sharafini himoya qiluvchi Xikaru Nakamuraga qarshi dona suradi.

Onlayn kuzatish uchun: 👉 https://bit.ly/3WbJE8O

@alisher_sadullaev
📍 Samarqand viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida yo’l-yo’lakay Samarqand shahrida joylashgan ↪️ 20-umumiy o’rta ta’lim maktabiga kirib o’tdik.

🧐 Ushbu maktab jamoasi tomonidan qilingan ishlarni ko’rib hayron qoldim. Boshqa maktablar o’rgansa, o’rnak olsa arziydigan ishlarni bajarishganidan hayratlandim. Misol uchun:

➡️ maktab juda ozoda va fayzli, binoning kirish qismida gullar, har bir sinf xonasi o‘ziga xos ravishda dizayn bilan bezatilgan, barcha narsalar tartib va did bilan joylangan;

➡️ texnologiya xonasida o‘g‘il bolalarni qo‘l mehnatiga o‘rgatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan (eng qizig‘i shundaki, texnologiya fani ustozi o‘rta maxsus ma’lumotli bo‘lishiga qaramasdan 26 yildan beri bolalarni qo’l mehnatiga o’rgatib kelmoqdalar);

➡️ shaxmat klubi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali shaxmat to‘garagi tashkil qilingan;

➡️ yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish uchun alohida xona jihozlangan;

➡️ kutubxona, rassomlik, musiqa, qizlar uchun tikish-bichish to‘g‘araklari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan;

➡️ nutqida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar bilan alohida logoped shug‘ullanmoqda, ularning sinf xonalari ham barcha zamonaviy o‘quv qo‘llanma va jihozlar bilan ta’minlangan.

🟪 Eng hayratlanarlisi shundaki, yuqorida sanab o‘tilgan sharoitlarning aksariyat qismi maktab rahbariyatining say-harakatlari bilan, ya’ni openbudjet.uz portali orqali, homiylik mablag‘larini jalb qilish hamda mahalliy hokimlik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish evaziga amalga oshirilgan.

💎 Ushbu maktab jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni, ularning mehnatini, maktabga bo‘lgan mexrini ko‘rib, astoydil hursand bo‘ldim.

💎 Maktab jamoasi bilan birgalikda harakat qilinsa, ijobiy natijalarga erishish mumkinligining yaqqol misoli!

Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari - Rustam Karimjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xalq ta’limi vazirligining 📺YouTubedagi Milliy ta’lim resurslari rasmiy kanalida o'quvchi-yoshlar uchun yangi davrga mos 25 xil yo’nalishdagi zamonaviy IT-kasblarni 🖥 sodda, qulay va tushunarli ko‘rinishda hamda eng asosiysi o‘z ona tilingizda mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyati mavjud.

🎞 Youtubedagi Milliy ta’lim resurslari rasmiy kanali doimiy ravishda yangi video kurslar bilan boyitilib borilmoqda. ⬇️

🖥 Video kurslar ro'yxati:

1. Foto tahrirlash
2. AutoCAD
3. Logistika (Dispatch)
4. 2D Animatsiya
5. 3D Animatsiya
6. 3D MAX Start
7. 3D MAX Interyer
8. 3D MAX Eksteryer
9. Frontend
10. JavaScript Node JS
11. Elektron tijorat
12. Digital marketing
13. Android dasturlash
14. Видео монтаж
15. Microsoft excel jadvalining asosiy elementlari
16. Biznesni tashkil etish asoslari
17. Sun'iy intellekt
18. 3D animation (Character animation)
19. Composing
20. FX Simulation
21. Motion graphics
22. 3D animation (Character animation)
23. Personaj modeling
24. Shaxsiy rivojlanish
25. SMM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 3 nafar eng munosib informatika fani o’qituvchilarini 10 million so’mdan mukofot kutmoqda!

"Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasi
doirasida informatika o'qituvchilarini rag'batlantirish, yangi IT-ta'lim dasturlarini chuqur o'zlashtirishlariga ko'mak berish maqsadida 🌍"NanoDegree" dasturi bo'yicha tanlov e'lon qilinmoqda.

🔰Tanlov shartlari:

➡️ Joriy yilning 22-24-noyabr kunlari "NanoDegree" imtihoni bo'lib o'tishi haqida o’quvchilar orasida targ’ibot ishlarini olib borish;
➡️ OMUC (https://uzbekcoders.uz/) sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o’quvchilar shaxsiy kabinetida "NanoDegree" imtihonida qatnashishlari uchun maxsus havola orqali ro'yxatdan o’tishlarini nazorat qilish;
➡️ "NanoDegree" dasturiga eng ko‘p o'quvchilarni jalb qilishingiz kerak bo’ladi.

📢Diqqat!
Tanlov imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish 17-noyabrgacha amalga oshirilishi lozim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Республика ишчи гуруҳини оммавий сайёр қабули ўтказилмоқда

Бугун Миришкор туманида ўтказилаётган оммавий сайёр қабул жараёнида Халқ таълими вазири ўринбосари Рустам Каримжонов ҳамда вазирлик, вилоят халқ таълими бошқармаси масъул ходимлари томонидан фуқаролар мурожаати тингланмоқда.

📂Маълумот учун: Халқ таълими вазирлигининг "қўнғироқлар маркази"(ишонч телефони)га жорий йилнинг 10 ой давомида 57 минг (Қашқадарё 7 мингдан ортиқ 12.2%) қўнғироқлар қабул қилинган. Мурожаатлар маркази орқали кунига ўртача 200 дан ортиқ мурожаатларга амалий ёрдам кўрсатилиб келинмоқда.
Forwarded from Sherzod Shermatov
Халқаро талабалар куни билан табриклаб, талабаларимизга фойдали маслаҳат беришни ўринли деб билдим.

Германияда SAP раҳбарияти билан учрашувда, улар томонидан бепул тақдим этиладиган курсларни биздаги талабалардан атиги 32таси битиргани ва улар тўлиқ 100% юқори даромадли иш билан таъминланганини маълум қилишди.

Шунда мени бир савол қийнай бошлади, нега шунча талабаларимиз бўлсада ва Германияни ўзида юз мингдан ортиқ АКТ мутахассисига талаб бўлсада, бепул ва юқори маошли иш билан таъмнлайдиган касбни ўрганган талабалар сони шунчалик кам?

Маслаҳатим, ҳозир аввалгидек дипломни ўзи иш билан таъминланишга етарли эмаслигини, вақтларини бекор кетказмай халқаро тил ва бошқа касб сертификатларини олишга қунт билан ҳаракат қилишлари зарурлигини ҳамма талабаларимиз тезроқ тушунишлари керак. Бунга ҳозир жуда кўп имкониятлар бор, масалан ўша SAP сайтида: https://learning.sap.com/student-zone

Ёки битириб чиққунича жуда бўлмаса чет тили сертификатини олиб чиқса ҳам, келгусида чет элдан масофавий иш топишига жуда катта ёрдам бўларди, сертификатни олиш харажатини 100 фоизини давлат қоплаб беради: https://my.gov.uz/uz/service/413

АКТ йўналишидаги халқаро сертификатларни олиш учун ўқиш ва сертификацияни 50 фоиз харажатини давлат қоплаб беради: https://my.gov.uz/uz/service/622

Лекин бу иккала имкониятдан фойдаланган талабаларимизнинг сони умумий талабаларни сонини ичида жуда камдир! Шунинг учун яна бир бор талабалик даврингизда вақтни бекор кетказмай халқаро тан олинадиган сертификатларни ҳам олишга ҳаракат қилишингизни тилаб қоламан!