Rustam Karimjonov
2.01K subscribers
1.89K photos
247 videos
5 files
704 links
Download Telegram
👨🏻‍💻 Фуқароларнинг ахборот коммуникация воситаларидан фойдаланиш маданиятини ошириш бўйича амалий чора-тадбирлар

Президент фармонига асосан ягона «Электрон таълим» тармоғини ишлаб чиқиш, шунингдек, 2022–2026-йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини «Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили»да амалга оширишга оид Давлат дастурига мувофиқ, фуқароларнинг ахборот коммуникация воситаларидан фойдаланиш маданиятини ошириш, хусусан, турли ёш тоифаси учун мўлжалланган ўқув курслари ҳамда онлайн дастурларни, профессионал таълим тизимининг тегишли дарсликларига киритилган медиа саводхонлик мавзуларини оммалаштириш вазифаси белгиланган.

Ушбу вазифалар ижроси доирасида Халқ таълими вазирлиги томонидан бир қанча ишлар амалга ошириб келинмоқда.

Батафсил
〰️〰️〰️〰️

🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏2
#Инфографика

ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ВАЗИРЛИГИ ТОМОНИДАН ЎТГАН ВАҚТ ДАВОМИДА 20 ДАН ОРТИҚ ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМ РЕСУРСЛАРИ ИШЛАБ ЧИҚИЛДИ

Халқ таълими вазирлиги томонидан умумтаълим мактаблари педагогларининг касбий маҳоратларини ошириш ва ўқувчиларнинг билим олиш кўникмаларини замонавийлаштириш борасидаги технологик жараёнлар давомий олиб борилмоқда.

Айтиш жоизки бугунги кунда республикадаги умумтаълим муассасаларида Ягона “Электрон таълим” тармоғи яратилиб, 2000 та мактабда тўлиқ жорий қилинди.

Жумладан, мамлакатимиздаги умумтаълим мактаблари ва “Баркамол авлод” болалар мактабларининг 12 мингдан ортиқ компьютер синфхоналари ва бошқа хизмат хоналари ички локал тармоғи ҳамда ўқитувчилар хоналари Wi-Fi қурилмалари билан таъминланди.

Мактабларда иш олиб бораётган информатика ўқитувчиларининг 6500 нафари ёки 41 фоизи Python, C++, Scratch каби замонавий дастурлаш тиллари бўйича ўқитилди. Шу билан бирга Жиззах, Наманган, Хоразм, Самарқанд вилоятларидаги 2500 та умумтаълим мактабларнинг директорлари жойлардаги IT-Park ўқув марказларида “АКТ саводхонлик” бўйича ўз малакаларини оширишди.

Яна бир хайрли ташаббус сифатида вазирлик томонидан ўтган вақт давомида Maktab.uz, Kitob.uz, Edukids, Smartland каби 20 дан ортиқ электрон таълим ресурслари ишлаб чиқилди.

Мазкур платформаларга мактаб ўқув дастурлари бўйича тайёрланган:

• 14 000 дан ортиқ видеодарслар;
• 4 000 дан ортиқ тақдимотлар;
• 4000 га яқин электрон ва аудио китоблар;
• 2 000 дан ортиқ интерактив кўринишдаги мантиқий ўйинлар тўплами жойлаштирилди.

Айни вақтда ўқувчиларнинг платформалардан кенг фойдаланишларини таъминлаш мақсадида доимий тарғибот ва тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli avlod - qizlarni zamonaviy AKT sohasiga o’qitishdan boshlanadi!

Mamlakatimizda qizlarni raqamli texnologiyalarga o’qitish eng muhim va prioritet masala hisoblanadi.

IT sohasiga qiziqqan 120 nafar o’quvchi qizlar uchun dunyoda eng dolzarb bo’lgan Iqlim o’zgarishi muammosiga Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yechimlarni topish bo’yicha amaliy o’quv seminarlar o’tkazildi.

O’quv seminar 3 kun davomida davom etgan bo’lib, Xalq ta’limi vazirligi, AKT vazirligi, IT Park hamda ITS markazi hamkorligida tashkil qilindi.

G’oliblarga noutbuk va esdalik sovg’alari topshirildi.

Siz ham IT sohasiga qiziqsangiz va turli o’quv seminar va tanlovlarda ishtirok etmoqchi bo’lsangiz kanalga a’zo bo’lib qo’ying, sizlarni qiziqarli yangiliklar kutmoqda.

https://t.iss.one/rkarimjonov
👍172🔥2👏2
Xalqaro darajadagi IT-ta’lim olishni niyat qilib kelajakda 🇪🇺Yevropa hamda 🇺🇸 AQShning TOP kompaniyalarida ishlamoqchi boʻlsangiz “IT Park University”ga oʻqishga arizangizni topshirishga shoshiling.

📣QABUL YAKUNIGA 3 KUN QOLDI!

Oʻqish muddati: 4 yil emas balki 3 yil
Ta’lim tili: 🇬🇧 Ingliz Tili

Oʻqishga ariza topshirish uchun batafsil ma’lumot - https://t.iss.one/itpu_uz/133

Eng yaxshi 10 nafar abiturient uchun Grant asosida oʻqish imkoniyati mavjud- https://t.iss.one/itpu_uz/124

Aytgancha, oʻqish uchun Toshkentga kelib, yotoqxona izlab, har kuni yo'lkira xarajat qilib yurish va boshqa qiyinchiliklarni boshdan kechirish shart emas. Oʻzbekistonning har qaysi burchagida boʻla turib yoningizda noutbuk, internet va xohish bo'lsa bas.

Oʻz imkoniyatingizni boy bermang!

Xalq ta’limi vaziri oʻrinbosari - https://t.iss.one/rkarimjonov
👍13🔥11🎉2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Азиз устозлар, ҳурматли ҳамкасблар!

Сизларни 1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан чин қалбимдан табриклайман!

Барчангизга сиҳат-саломатлик, бахт ва омад, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, файзу барака тилайман!

“Устознинг бутун ифтихори ва ғурури унинг шогирдларида, у эккан уруғларнинг униб-ўсиб чиқишида”

Ҳурмат ва эҳтиром билан,
Рустам Каримжонов.
👍27🎉5👏3🔥1
🟢Mamlakatimizda IT-taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotganini, “Bir million o'zbek dasturchilar” loyihasi zamirida ishtirokchilarni rag‘batlantirishga ajratilayotgan mablag‘ miqdori hamda amalga oshirilayotgan ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.

🤝 Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida “Bir million dasturchilar” loyihasini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olingan edi.

🏃‍♂️ Loyihaning 3 yillik faoliyati davomida:

🟢 O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida 10dan ziyod tanlovlar o‘tkazilib, ular g‘oliblariga jami 102 ming AQSH dollari (1,1 mlrd. so‘m) miqdorida sovg‘alar topshirildi;

🟢 2021-yilda eng yuqori natija ko‘rsatgan 2 ta umumtaʼlim maktablari direktorlariga «Spark» rusumli avtoulovlar hamda ushbu maktablar jamoalariga noutbuk va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi;

🟢 Har yili eng munosib deb topilgan 100 nafar (3 yilda jami 300 nafar) informatika fani o‘qituvchilariga BHMning 20 barobari miqdorida bir martalik mukofot pullari va sertifikatlar taqdim etildi (jami 1,5 mlrd. so‘m);

🟢 Loyihaning 3 yillik sarhisobi natijalariga ko‘ra, 10ga yaqin nominatsiyalar g‘oliblariga jami 2,5 mlrd. so‘mlik sovg‘alar berildi (“Coursera online” platformasida o‘qishga 1000 dan ortiq sertifikat, Smart sinflar, noutbuk va boshqa sovg‘alar);

🟢 BAA tomonidan “Bir million o‘zbek dasturchilari” platformasi hamda loyihani boshqarish uchun 450 ming AQSH dollari (qariyb 5 mlrd. so‘m) miqdorida investitsiya kiritildi;

🟢 Hududlarda xokimlar tashabbuslari bilan turli tanlovlar o‘tkazilib, munosib bo‘lgan o‘quvchi va o‘qituvchilar ko‘plab sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🖥 Ushbu loyiha yurtimizda IT-taʼlimini rivojlantirish hamda yoshlarni dasturlash sohasiga qiziqtirishga katta turtki berib, minglab yoshlar kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishga birinchi qadamlar qo‘yishdi.

🔝 Bularning barchasi mamlakatimizda IT-taʼlimiga bo‘lgan eʼtiborning yuqoriligidan dalolat beradi!

https://t.iss.one/rkarimjonov 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥2👏1
🔝👩🏻‍🏫👨🏻‍🏫 2022-2023-o‘quv yillari natijalariga ko‘ra, 14 ta hudud kesimida rag‘batlantirilgan eng munosib informatika fani o‘qituvchilari bilan ushbu havola orqali tanishing - https://t.iss.one/rkarimjonov/1372

Barcha g'olib bo'lgan o'qituvchilarimizni samimiy tabriklaymiz, yutuqlari bardavom bo'lib, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. 👏👏👏

Xalq ta'limi vaziri o'rinbosari - https://t.iss.one/rkarimjonov 🇺🇿
👍11