Ramziddin — Dasturlash haqida
1.99K subscribers
297 photos
29 videos
202 links
Ingliz tilida kanalim – @ramzcoder
Ramzcoder community – @ramzcodercom
Instagram — instagram.com/ramzcoder
Programming emoji pack – t.iss.one/addemoji/ramzcoder
Download Telegram
👋 Salom do'stlar! Bu kanalga nima yozishni ko'pinchi bilmiman. Foyda bergim keladiyu, lekin vaqtim yetmayapti.

Hozir mani eng ko'p vaqtim ishga, kurs yozishga va uydagi ishlarga ketvotti. LEKIN...

Har kuni yangi narsalarni o'rganishga harakat qilaman (va majbur man).

Masalan oxirigi 3 kun man ishxonamdagi bitta kichkina xatoni debug qildim. 3 kun ertalab turib soat 11 kechgacha debug qilganman. Kecha xatoni topdim. Umrimda shuncha debugger bilan ishlamaganman. Juda ko'p yangi narsa o'rgandim.

Shuning uchun, xech bo'lmasa, bu kanalga yangi o'rgangan narsalarni yozib turaman.

Oxirigi 3 kun ko'rgan va o'qigan maqolalar:

Bu video yordamida chromedagi debugger va react render fazasi bilan yaqinroq yanishvoldim

💿 Debugging JavaScript - Chrome DevTools 101

📃 React re-renders guide: everything, all at once

Keyinroq shu videoni ko'rmoqchiman

💿 Debugging React — Mark Erikson
👍10🔥42
Ramziddin — Dasturlash haqida
Kechki payt tablar
Agar sizda ham shunaqa holat bo’lsa — foydali layfhak!

Ctrl/Cmd + Shift + A
bosing tablarni orasida kereli tabi topish uchun (Chromeda)
🔥112
React render jarayoni oldin yaxshi tushunmaganman. Yaqinda yangi patterni o'rgandim.

Agar komponentingiz re-render bo'lvotgan bo'lsa balki shu pattern sizga to'g'ri keladi.

Agar komponentga parent komponentini state kere bo'lmasa yaxshi to'g'ri keladi.
🔥13👍1😁1
React-ni (aynan JSX-ni) asli JavaScript tabiyati ko'pincha esimdan chiqadi va bazi narsalar tushunarsiz bo'ladi. Keyin komponentlar shunchaki funksiya ekanligini esimga tushganida, hammasi yana tushunarli bo'ladi
👍12🤣1
https://youtu.be/tTGWfXPKxf4

Theo-ni youtubeda ko'p kuzataman, Flutter yoqtrimasligini anchadan beri eshitganman.

Bu qo'ygan videoda, Theo, React Native bilan Flutter farqini etibervotti. Uningcha:

- Murrakab animatsiyalar uchun Flutter ishlating

- Nativega yaqinroq (yani accessibility, sistemani o'zini ui/ux-iga) ilova yaratish uchun React Native ishlating

Fikrilariz?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥146👍4
svelte.dev bo’yicha yangi video qo’ydim ⬇️
instagram.com/reel/CwBAUQgqYr9/
🔥74
2013 yilda ustozim manga 2 tilni o'rgatdila: JavaScript va PHP.

JavaScript bilan qiynaldimu, lekin o'rganvoldim va manga u paytdan yoqadi. PHP esa, umuman tushunmagan edim, shunchaki uy ishi uchun nimadirla qilganman. Backend man uchun boshqa dunyo edi.

O'sha paytdan PHPga qaramaganman. YouTubeda shunaqa video tushib qoldi 👇

https://www.youtube.com/watch?v=ZRV3pBuPxEQ&ab_channel=AaronFrancis

Etganchi bu odamni videolarini (PlanetScale youtube kanalida) yaqinda ko'rishi bolshadim, obuna bo'lishingizni tavsiya qilaman (agar backend sizga qizu bo'lsa.

Bu videoda, Aaron (o'sha youtuber), PHPga yangi qo'shilgan narsalarni ko'rsatdi. Ajoyib
👍4
Man va ustozim 👆

Bir payt esimda bor XSS bilan saytini vzlom qilib ko'rmoqchi edim...o'xshamadi 😂

Mayli, ishlagani kettim
😁15💯3🔥1
Ramziddin — Dasturlash haqida
Man va ustozim 👆 Bir payt esimda bor XSS bilan saytini vzlom qilib ko'rmoqchi edim...o'xshamadi 😂 Mayli, ishlagani kettim
U paytda Notepad++/Sublime Text dan foydalanib qo'lda DOM bilan ishlirdik. Xech qanaqa deklarativ dasturlash, React haqida eshitmaganman.

Nevaramga hikoyala etib o'tiraman: "O'tir bolam. Hozirdaki, nima deydi, Svelte, Melte narsalar yo'q edi. Qo'lda jQuery dan foydalanib imperativ kod yozar edik. Xech qanaqa TypeScript yo'q edi, u payt CoffeeScript bilan eski Angular.js moda bo'lgan"
👍8😁5🔥3🥴2
Hozir ishxonada test yozvoman. Juda ko'p mocklar yaratib test qilinvotgan narsalarni haqiqiy muhitdan uzoqlashtirvoman.

Ichimda "yaxshi emas, nimadir noto'g'ri qilvoman" o'ylab testlar yozib otirudim. Hozir komponent masalan o'zgarsa, lekin foydalanuvchi ko'rgan natija o'sha o'sha bo'lsa (yani shunchaki refaktor) — testlar yeqiladi, yani "false negative" degan narsa paydo bo'lvotti.

https://kentcdodds.com/blog/testing-implementation-details

Kent Dodds, RTL kutubxonani yaratuvchisi, ajoyib maqola yozdi.

Bu maqolada:
- Testlarni qanaqasiga yozish to'g'ri (aynan UI testlarga mos keladi)
- Nimaga UIni ichki logikasini tekishirish zararli

Kent Dodds alohida test bo'yicha kursi ham bor — testingjavascript.com
The more your tests resemble the way your software is used, the more confidence they can give you. — Kent C. Dodds
👍7
Yangi shaxsiy rekord 🥳
🤩14🏆7🔥21👍1
Yangiladim 😂😂😂
👏13👍1
Ramziddin — Dasturlash haqida
Yangiladim 😂😂😂
Manimcha shunchaki omadim keldi, ko’ramiz, keyin yana harakat qilib ko’raman
👍12
Manda eng kotta muammo kitoblar bilan — o’qigan narsalar esimdan chiqadi.

Yaqinda Mat D’Avella-ni “hamma narsani eslab qolish tizimi” bo’yicha qisqa video ko’rdim.

Uningcha, kitob o’qivotganizda kalit fikrilarni (sizga tasir qilgan) — kichkina alohida-alohida “flash”-kartalarga yozib chiqish kere. Kitobi ichida esa fikrlarizi yozib kereli matnlani qalam bilan chizib qo’yasiz.

Bu jarayon bilan kitobni tugatganizdan keyin — siz yozgan narsalarni mavzu bo’yicha alohida-alohida qo’yib chiqasiz.

Siz yozgan fikrilarni boshidan o’qib chiqasiz va 2-3 haftadan keyin kitobni tez boshidan o’qib chiqasiz.

Keyinchalik kere bo’lsa siz yozgan kalit fikrlarga oson qaytsez bo’ladi kitobi boshidan o’qimastan. Ularni (fikrlarni) ham alohida tizimga (Notionga masalan) joylab qo’ysez bo’ladi.

Manimcha eng asosiy narsa: qiyinlashtirmastan tizimni amalga oshirish.

Ko’ramiz tasir qiladimi yo’qmi.
👍13