Ramzbek Nurkulov — BLOG
414 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
SMM menejeri kerak komandamizga! Qarshi shahrida yashashi va oʻgʻil bola boʻlishi kerak.

Oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni @nurqulov ga yuboring.
👍8🔥5
Xullas oxirgi vaqtlar maza qilyapman, sababi bor buni — koʻp pul topayotganlarni ham koʻryapsiz maza qilmayapti, halovati yoʻq. Hammasini ham emas, ayrimlarini.

Aytmoqchimanki pul maza qildirmaydi ishoning.

– yoʻq, aniqrogʻi faqatgina pulni oʻzi yetarli emas deya qolay.

Maza qildiradigan narsa bu siz karyera qilayotganingiz, hozir men boshqaruvdaman, men oʻrganishim kerak boʻlgan narsalar koʻp, shularni jarayonda oʻrganib kelyapman.

Bu oʻrganganlarimdan miyam maza qilyapti.

1 yil orqaga qaytib koʻring, qanaqa edingiz? — hozirni koʻring, qandaysiz? Oʻsish bormi, yoʻq?!

Oʻzimga doim shu savolni berib yuraman. 5 yil orqaga qarang, birinchi postimni koʻring, qanday fikrlaganman, dunyoqarashim qanday boʻlgan.

Insonga karyera qilish bilan hayot qiziq, oʻsish bilan, nimadir vazifani bajargani bilan.

Xullas shunaqa gaplar, sizda qanday fikrlar bor, izoh ochiq, yozavering!

@ramzbek
👍12🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“SMM zoʻr soha ekan, yaxshi pul topsa bo‘larkan” deyishdi, shundaymi?

🥳 "Enter Marketing Agency" rahbari Ramzbek Nurkulov SMM ga qiziqadiganlar uchun maxsus BEPUL seminar tashkil qilmoqda!

Ushbu jamoa ayni vaqtda 10 dan ortiq SMM loyihalar bilan ishlab kelmoqda.

🔥 Katta tajribalar, katta imkoniyatlar, savol-javob qilish imkoniyati – qo'ldan boy bermang!

Kun: 04.06.2025
Vaqt: 10:00
Manzil: Qarshi shahri, malaka oshirish yonida, Global Education o'quv markazi coworking markazi

Joylar soni cheklangan, havola orqali ro'yxatdan o'ting!

👉 Seminarga ro'yxatdan o'tish

@ramzbek
👍9🔥6
Yangi boshlovchilar uchun seminar qilyapmiz xudo xohlasa. Maza qilib suhbatlashamiz! 🫡
👍10🔥6
SMM pro kursga start beryapmiz

Kunlari: Dushanba, chorshanba, juma
Vaqti: 16:00-18:00
Ochilish sanasi: 13-iyun

Kursni oʻzim olib boraman, katta tajribani 2 oydan pulga sotib olish imkoniyati bor.

– Kursga atiga 10 kishi qabul qilinadi;
– Oʻquvchilar suhbat asosida qabul qilinadi;
– Kurs umumiy 24-26 ta darsdan iborat, 2 oy davom etadi.
– Kurs 2 ta bo'limdan iborat, ya'ni SMM va mobilografiya.

💰 Kurs narxi: 3.600.000 soʻm (2 oy uchun)

🔗 SMM Pro kursi uchun ro'yxatdan o'tish

@ramzbek
👍12🔥8
Toshkentda ishlab yurgan asli Qarshilik katta tajribaga ega grafik dizayner kerak.

Mana shunday grafik dizaynerlarni tavsiya qilsangiz va u ishga olinsa 100$ pul mukofoti beriladi sizga.

Quyida manzilga yozing: @nurqulov
👍7🔥5
Oʻtgan yakshanba jamoa bilan toqqa bordik. Gʻelon qishlogʻiga, togʻni uchida joylashgan, harorat ancha past ekan.

Dam olib keldik, yuqoridagi rasmdagi bu Enter Marketing jamoasining bir qismi.

Dam olish zoʻr oʻtdi, har bir davraning oʻziga xosligi boʻladi. Bizni sohamizda ijodkor boʻlish kerak, yaxshi ijod kelishi uchun esa mana shunday joylarda dam olib, havo almashtirib ham turish kerak ekan.

Bu jamoamiz bilan birinchisi boʻldi. Xudo xohlasa endi davomiyga yoʻlga qoʻyib turamiz🙂

Telegram kanalga yozish yodimdan chiqqan ekan, kechroq ulashyapman:)

@ramzbek
👍16🔥4
Darslarimiz qizgʻin boʻlyapti. Ichimda aytadigan gaplarim koʻp, oʻquvchilarda esa 6 yillik tajribani pulga shunchaki sotib olish imkoniyati bor.

Darslarda oʻquvchilar asl mohiyatini tushunib yetadi kasbni, mana shu mohiyatini tushunganlar esa uyogʻini oson olib ketadi.

7-darsga kelibmiz. Hali davom etyapti.

Lekin aynan mana shu kursda oʻqimaganlar quyidagilarni yoʻqotyapti:

1. Ayni vaqtda 15 ga yaqin loyihalarni yuritib kelayotgan jamoa rahbari tajribasini

2. Bu narxga katta qiymat. Kelajasi yildan boshlab qimmat narxda boʻladi kurslar.

3. Bozorga ayni hozir mutaxassislar kerak, keyin kech boʻlishi mumkin.

@ramzbek
👍8🔥5
Birinchi Telegram kanal ochib daromad topib boshlaganimda daromadimni 2-3mln ga chiqarish haqida oʻylardim.

Oradan 5 yildan ortiq vaqt oʻtdi…

Hozir shundan 100x koʻproq topish haqida oʻylayapman.

@ramzbek
👍9🔥3
Sooooon
👍16🔥10
2025-yilning yarimidan koʻproq qismi yakunlandi, maqsadlarning qanchasiga erishdingiz?

Yil boshida BMW i3 olishni maqsad qilgan edim, lekin sedandan 2 yil oldin olingan birinchi moshinam gentra bor, dadam baland moshinalarga qiziqqanlari uchun BMW ni ozgina surgan holatda gentrani yoniga yana bir toychoq qoʻshildi — BYD Chempion Gibrid!

Maqsadlarga erishib galochka qoʻyishni yoqtiraman. 2025-yil boshidan qattiq ishga kirishib jamoani kengaytirdik. 2025-yilda tez oʻsdik, yangi koʻplab loyihalar, yangi ofis, yangi oʻrganilgan bilimlar va boshqalar.

Yil omadli keldi, kengayish, yangi jamoa a’zolari, yangi loyihalar, yangi yana bir moshina va eng quvonarlisi esa farzandli boʻldim.

Xullas hozircha shunaqa gaplar.

@ramzbek
🔥25👍11