Ramzbek Nurkulov — BLOG
415 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
💸 Daromad va xarajatlarni “50/30/20 qoidasi” asosida nazorat qilish

O‘z daromadingiz va xarajatlaringizni kuzatib boring. Har oy byudjet rejasini tuzing va uni “50/30/20 qoidasi” asosida boshqarib boring.

1️⃣ 50% — Asosiy ehtiyojlar:
Bu guruhga hayotingiz uchun zarur bo‘lgan majburiy xarajatlar kiradi. Masalan:

🏠 Yashash joyi: Ijara, kommunal to‘lovlar
🍽️ Oziq-ovqat: Do‘kondagi xaridlari, kundalik ovqatlanish uchun xarajatlar
🚗 Transport: Yo‘l haqi, yonilg‘i, mashina xarajatlari bo'lishi mumkin
🏥 Sog‘liq uchun xarajatlar: Dori-darmon bo'lishi mumkinn
📱 Aloqa vositalari: Internet, WiFi va telefon to‘lovlari

💡 Maslahat: Asosiy ehtiyojlar daromadingizning 50% dan oshib ketayotgan bo‘lsa, xarajatlaringizni tahlil qiling va qisqartirish yo‘llarini qidiring. Masalan, arzonroq uy topish yoki transport xarajatlarini kamaytirish.

2️⃣ 30% — Istak va qulayliklar:
Bu bo‘limda majburiy bo‘lmagan, lekin hayotingizni yanada qiziqarli va yoqimli qiladigan narsalarga pul sarflaysiz. Masalan:

🎉 Ko‘ngilochar tadbirlar: Kino, konsert, kafelarga borish
👕 Shaxsiy xarajatlar: Kiyim-kechak, sartarosh xarajatlari va shu kabilar.
✈️ Sayohat: Dam olish uchun safarlar
📱 Gadjetlar va texnika: Telefon, kompyuter kabi texnikalar

💡 Maslahat: Bu kategoriya bo‘yicha haddan tashqari sarf-xarajat qilmaslik uchun har bir oyda belgilangan limitdan chiqmaslikka harakat qiling.

3️⃣ 20% — Jamg‘arma va qarzlar:
Bu bo‘limda kelajagingizga sarmoya kiritish yoki moliyaviy majburiyatlarni kamaytirishga e’tibor qaratiladi. Masalan:

💵 Jamg‘arma: Favqulodda holatlar uchun jamg‘arma yaratish
📊 Investitsiya: Aksiyalar va doimiy pul keltirib turadigan joylarga investitsiya
💳 Qarzlarni yopish: Kredit qarzlari yoki boshqa majburiyatlarni to‘lash

💡 Maslahat: Agar qarzlaringiz ko‘p bo‘lsa, avval yirik foizli qarzlardan qutulishga harakat qiling. Keyin esa investitsiya va jamg‘arma bo‘yicha harakatni boshlang.

📌 Ushbu qoidani misolda koʻrib ketamiz:

Agar har oy 10 million so‘m daromad qilsangiz:

🏠 50% — 5 million so‘m asosiy ehtiyojlarga

🌟 30% — 3 million so‘m istak va qulayliklarga

💰 20% — 2 million so‘m jamg‘arma yoki qarzlarni to‘lashga ajratiladi.

Agar daromadingiz o‘zgarsa, ushbu foizlarni saqlagan holda summalarni moslashtirish mumkin)

Bu qoidaning asosiy afzalligi — daromadingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mablag‘laringizni aniq boshqarishga yordam beradi. Shunday qilib, moliyaviy barqarorlik va maqsadlarga erishish osonlashadi.

@ramzbek
👍9🔥6
Pul — bu vosita, maqsad emas. Bu fikr oddiy ko‘rinsa-da, hayotimizdagi moliyaviy qarorlarimizga chuqur ta’sir qiladi. Keling, bu fikrni batafsil tahlil qilamiz.

💡 Pul vosita sifatida — nima uchun muhim?
Ko‘pchilik odamlar moliyaviy mustaqillikni orzu qiladi, lekin ko‘pincha bu orzu pulning o‘zidan ko‘ra, uning ta’minlaydigan imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Aslida, pul sizga quyidagilar uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi:

Bilimga sarmoya:
Yangi ko‘nikmalar o‘rganish, kurslarda qatnashish, kitob sotib olish va malakangizni oshirish uchun pulingizni ishlating. Bu uzoq muddatda daromadingizni oshirishga yordam beradi.

Sayohat va tajribalar olish:
Yangi joylarga sayohat qilish nafaqat hordiq chiqarish, balki dunyoqarashingizni kengaytiradi, ijodiy fikrlashga turtki beradi va yangi imkoniyatlar ochib beradi.

Sog‘liq va farovonlik:
Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy mashg‘ulotlar, sog‘liqni saqlash xizmatlariga investitsiya qilish — kelajakdagi sog‘liq muammolarini oldini olishga yordam beradi.

Munosa­batlar va ijtimoiy hayot:
Do‘stlar va oila bilan vaqt o‘tkazish, sovg‘alar berish yoki qiziqarli tadbirlarda qatnashish — hayotingizga quvonch va mazmun qo‘shadi.

Moliyaviy xavfsizlik:
Favqulodda jamg‘arma yaratish yoki passiv daromad manbalarini shakllantirish orqali, o‘zingizga ishonch hosil qilasiz va kelajakdagi noxush holatlarga tayyor bo‘lasiz.

🚦 Qanday qilib pulni maqsad emas, vosita sifatida ko‘rish mumkin?

1. Maqsadingizni aniqlang:
Hayotda siz uchun eng muhim bo‘lgan narsalarni aniqlang. Masalan: oilaviy barqarorlik, sayohat, o‘z-o‘zini rivojlantirish.

2. Qadriyatlar asosida byudjet tuzing:
Pul sarflashda “Bu mening qadriyatlarimga mos keladimi?” degan savolni berib ko‘ring.

3. Kichik qadamlar qo‘ying:
Har oy kamida daromadingizning bir qismini o‘zingiz uchun haqiqatan qadrli bo‘lgan narsalarga ajratib boring.

4. Pulga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring:
Pul yig‘ish yoki tejashni qiyinchilik deb emas, balki erkinlikka qadam deb ko‘ring.

🌟 Natijada esa:
Pul — siz orzu qilgan hayotga erishish yo‘lida vosita. Uni maqsad deb bilib yashash esa ko‘pincha stress, doimiy pulni izidan quvish va qoniqmaslik hissini tug‘diradi. Haqiqiy boylik — o‘zingiz qadrlaydigan narsalarga investitsiya qilish orqali hayot sifatini yaxshilashdadir.

@ramzbek
🔥9👍2
G‘oyalarni odamlarning yodida uzoq saqlab qolish siri – SUCCESS modeli

🧊 S — Simplicity (Soddalik):
G‘oya qanchalik oddiy bo‘lsa, shunchalik yaxshi esda qoladi. Asosiy xabarni aniqlang va uni qisqa, lo‘nda tarzda yetkazing.
Masalan: “Asosiy xabaringizni toping va uni qat'iy saqlang.”

🧩 U — Unexpectedness (Kutilmaganda):
Diqqatni tortish uchun odatiy narsalardan chetlashish kerak. Kutilmagan fakt yoki savol orqali qiziqish uyg‘oting.
Masalan: “Odamlar e’tiborini jalb qilish uchun ularning kutganini buzib qo‘ying.”

📌 C — Concreteness (Aniqlik):
Noaniq tushunchalar o‘rniga, aniq va tasviriy ma’lumot bering. Odamlar ko‘rishi va tasavvur qilishi mumkin bo‘lgan narsalar yaxshiroq yodda qoladi.
Masalan: “Abstrakt tushunchalardan qoching, aniq misollar keltiring.”

🤝 C — Credibility (Ishonchlilik):
Xabaringiz ishonchli bo‘lishi uchun faktlar, statistikalar yoki ishonchli manbalarga tayaning. Shuningdek, shaxsiy hikoyalar ham kuchli ta’sir qiladi.
Masalan: “Odamlar ishonishi uchun dalillar va tajribalarni ulashing.”

💙 E — Emotions (Hissiyot):
Odamlar mantiqdan ko‘ra, hissiyotlar orqali qaror qabul qilishadi. G‘oyangizga hissiy rang berish uni kuchaytiradi.
Masalan: “Odamlar faktlarga emas, hissiyotlarga javob beradi.”

📖 S — Stories (Hikoyalar):
Hikoyalar orqali g‘oyalarni esda qoldirish osonroq. Yaxshi hikoya odamlarni ilhomlantiradi va harakatga undaydi.
Masalan: “Hikoyalar esda qoladi, faktlar esa unutiladi.”

Bu model asosida yaratilgan har qanday matn odamlarda kuchli taassurot qoldiradi va uzoq vaqt esda qoladi!

@ramzbek
👍8🔥5
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥5
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4
Reklama har safar yangidan boshlanmasligi kerak

Bu shuni anglatadiki, har bir reklamada brendingizning asosiy qadriyatlari va "Ton of voice"i saqlanib qolishi kerak. Har gal reklama qilganingizda hamma narsani boshidan yaratish shart emas. Asosiy xabarni aniqlab, uni turli formatlarda va kontekstlarda yetkazib berish muhim.

Misollar:

– Apple kompaniyasi har doim innovatsiya va minimalizmni oldinga chiqaradi va ko'rsatadi. Yangi mahsulot reklamasida dizayn o‘zgaradi, lekin asosiy "ovoz" o‘zgarmaydi — oddiy, aniq va zamonaviy.

– Coca-Cola har doim quvonch va do‘stlikni targ‘ib qiladi, shuning uchun reklamalari mavzuga qarab o‘zgaradi, lekin umumiy ohang saqlanib qoladi. Yangi yil – Coca-cola bilan, Navro'z, Coca-cola bilan va xullas, lyuboy xursandchilik Coca-cola bilan degan g'oyani oldinga suradi.

Xulosa:

Brend ovozi / ohangi — bu sizning imzongiz. Har bir reklama yoki post orqali brendingizni boshqatdan kashf etishga harakat qilmang. Asosiy qadriyatlaringiz va xabaringizni aniqlab, uni doimiy ravishda yetkazib borish orqali odamlarning yodida qolishingiz mumkin.

@ramzbek
🔥9👍4
🌟 Nega odamlar o‘zlari haqida gapirishni yaxshi ko‘rishadi?

Inson tabiatan e’tiborga muhtoj. Odamlar o‘zlari haqida gapirganda, miyalarida dopamin ajraladi — bu baxt va o'ziga ishonch hissini kuchaytiradigan gormon. Suhbat davomida kimdir bizga chin dildan qiziqsa, biz o‘zimizni muhim insondek va qadrimiz yuqoridek his qilamiz.

“Agar odamlar sizni qiziqarli suhbatdosh deb o‘ylashlarini istasangiz, ularga o‘zlari haqida gapirishga imkon bering.”

Qanday qilib suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish mumkin?

📝 Ochiq savollar bering:
Ochiq savollar odamni fikrini kengroq bayon qilishga undaydi.

👂 Ko'proq tinglang:
Faqat quloq solishning o‘zi yetarli emas. Tana tili orqali ham qiziqish bildiring – ko‘z bilan yoki bosh irg‘ab qo‘ying va qisqa tasdiqlar bering (“Ha, tushunaman”, “Ajoyib!”).

💬 Suhbatni yana ham chuqurlashtiring:
Suhbatdoshingiz qiziqqan mavzuni aniqlang va shu mavzu haqida batafsilroq so‘rang.

🌱 Tushunish va hamdardlik bildiring:
Odamlar o‘z his-tuyg‘ularini baham ko‘rganda, ularni qabul qilish va tushunish muhim:

– “Bu siz uchun oson bo‘lmaganini bilib turibman aka”

– “Ha yo'g'e, qoyil”

Yaxshi tomonlarini toping va uni ta’kidlang:
Odamlarning muvaffaqiyatlarini qadrlang. Ammo maqtovlaringiz samimiy bo‘lishi shart, ochiqchasiga "paxta" bo'lib qolmasin!

Odamlar bilan mustahkam aloqalar / munosabatlar o‘rnatish uchun ularga chin dildan qiziqish bildiring. Bu nafaqat ularni baxtli qiladi, balki sizni esda qolarli inson sifatida namoyon qiladi.

@ramzbek
🔥9👍4
Boshida - Ustoz
Keyin - aka
Undan keyin - oshna

Rostan, oʻzim ham bunga koʻp guvoh boʻlaman!

@ramzbek
👍15🔥8
Boy insonlarning eng muhim odatlaridan biri — ular atrofidagi odamlarni ehtiyotkorlik bilan tanlashadi.

Ko‘pchilik e’tibor bermaydigan muhim haqiqat shuki, insonning daromadi, fikrlash tarzi va hayoti atrofidagi odamlarning o‘rtacha darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Mashhur iborada aytilganidek:

"Sen eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan 5 kishining o‘rtacha ko‘rsatkichisan."

Agar inson doimiy ravishda passiv, negativ va rivojlanishga intilmaydigan odamlar bilan muloqot qilsa, u ham shunday bo‘lib qolishi ehtimoli yuqori. Aksincha, agar inson o‘zini rivojlantiruvchi, katta orzu-maqsadlarga ega, harakatchan va izlanuvnuvchan insonlar orasida bo‘lsa, u ham shunday bo‘lishga harakat qiladi.

Xulosa shuki, o'zgarmoqchimisiz, atrofingizdagilarini o'zgartiring!

@ramzbek
👍10🔥4
Shaxsan men ma’suliyatni olishni yaxshi koʻraman.

Ya’ni kattaroq vazifa bor, koʻpchilik nima qiladi undan qochishga harakat qiladi, hech kim indamasa va tinch hayotida davom etishni xohlaydi.

Lekin mana shu kattaroq ishlarni ma’suliyatini ololgan va qilib berolgan inson va tinch hayotida yashab yurgan inson oʻrtasida farq juda katta boʻladi.

Maslahatim kattaroq ishlarni, kattaroq loyihalarni olishga harakat qiling. Shunda masshtabli ishlarni qila oladigan, kam foizlik mutaxassislarni ichida boʻlasiz!

@ramzbek
🔥15👍9
Oxirgi 5 yilda oʻzimda shakllantirgan eng katta 3 ta koʻnikma

1. Muomala — insonlar bilan chiqishib keta olish, yaxshi munosabatda boʻlish, hurmat koʻrsatish va ularni eshita olish.

2. Insonlarni fikrini tushuna olish. Bu ham eng muhim koʻnikmalardan biri hisoblanadi.

3. Muammolarni hal qilish koʻnikmasi.

@ramzbek
🔥18👍9
Ertalab uyqudan turgandan keyin

— Telefonga qarash, nima xabarlar kelibdi deb

— Qaysidir funksiyalarni bajarish, ya’ni oʻz joyingizni yigʻishtirib qoʻyish

Bunda inson miyasi nimadir vazifani bajarganidan zavq oladi va keyingi jarayon yaxshi ketadi.

@ramzbek
👍13🔥5
Yozish menga fikrlarimni tartiblashga yordam beradi

Blog yozishni 2020-yili boshlaganman. Birinchi post.

Ko‘pincha bizning miyamizda turli fikrlar chalkash holda bo‘ladi. Blog yozish orqali ularni tartibga solib, mantiqiy ketma-ketlikda ifodalash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shuningdek, Blog yozayotganda, o‘zingiz bilgan ma’lumotlarni qayta ishlaysiz va tahlil qilasiz. Agar biror mavzuda chuqur bilimga ega bo‘lmasangiz, izlanishingizga to‘g‘ri keladi. Natijada, siz mavzuni yanada yaxshiroq tushunib borasiz.

Agar biror g‘oya miyangizda juda murakkab bo‘lsa, uni yozish jarayoni orqali sodda qilib ifodalash mumkin. Bu esa fikringizni boshqalarga oson yetkazish ko'nikmangizni ham shakllantiradi.

Blog yozish nafaqat bilim almashish, balki o‘z ustingizda ishlash vositasi ham hisoblanadi. Siz yozgan har bir maqola fikrlash qobiliyatingizni yaxshilaydi, nutqingizni aniq va ravon qilishga yordam beradi.

Blog yozing, padpischikingiz ko'p bo'lishi shart emas, o'zingiz uchun yozing!

@ramzbek
🔥8👍5
SMM menejeri jamoamizga olamiz, qarshi shahrida yashashi kerak

👉🏻 aloqa: @nurqulov
👍7🔥6
Xatoni tan olish odamni kuchsiz emas, aksincha hurmatini oshiradi va ishonchli inson sifatida ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda odamlar aybni yashirishga yoki boshqalarga yuklashga urinadi — bu esa ishonchni pasaytiradi.

Agar siz aybingizni tan olsangiz, hatto sizni tanqid qilmoqchi bo‘lgan odam ham yumshaydi.

➤ Aybini tan olish — o‘zini rivojlantirishning kaliti

Xatoni tan olmaydigan odam o‘zgarishdan qo‘rqadi, u ego qurshovida yashaydi. Aybingizni tan olganingizda esa siz:

– o‘zingizni real baholay boshlaysiz;

– xatolardan dars chiqara olasiz;

– yangi yondashuvlarni qabul qilasiz.

🧠 Psixologlar aytishicha, xato qilishdan qo‘rqmaydigan, lekin undan to‘g‘ri xulosa chiqaradigan odamlar tezroq o‘sadi va o‘z ustida ishlashga moyil bo‘ladi.

@ramzbek
🔥11👍7
Soon 🤫
🔥17👍11
Atrofingizdagi odamlar qandayligi va kimligi, nima ish qilishi, fikrlashi, qancha pul topishi juda muhim.

Siz kun oʻtkazadigan insonlar kim ekanligiga bir qarab qoʻying, siz ham shularni oʻrtachasi boʻlasiz!

Shuning uchun atrofingizdagilarga filtr qoʻyishni boshlang!

Atrofingizda yaxshi, dunyo qarashi keng va yaxshi pul topadigan insonlarni toʻplashga harakat qiling!

@ramzbek
🔥13👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4