Ramzbek Nurkulov — BLOG
418 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Working process 📈

🌟 “Enter Marketing” jamoasi ushbu kichik xonada 10 ga yaqin loyihalarni yuritib kelmoqda.

🔥 Xudo xohlasa katta-katta ofislarda jamoamiz bilan Qashqadaryoda va kelajakda butun Oʻzbekiston boʻylab koʻplab bizneslarga oʻz xizmatlarini koʻrsatishni maqsad qilib qoʻyganmiz!

«Enter Marketing Agency» — Qarshi shahridagi eng professional darajada marketing xizmatlarini koʻrsatuvchi va raqamlar asosida ishlovchi kompaniya!

@ramzbek
🔥13👍8
Oila 🙃

Enter Marketing jamoamiz! Bu yilning soʻngi kursini 8 nafar oʻquvchilar tamomlashdi va 4 nafari bizning jamoamizga qoʻshildi!

Jamoamiz a’zolarini shu yil 10 nafarga yetkazamiz deb maqsad qoʻygan edik. Har bir jamoamizning yangi a’zosi oʻzining rizqi bilan keldi. Jamoa a’zolarimiz ham 10 ga yaqinlashib qoldi.

Bugun yil yakuni boʻyicha tadbir tashkil qildik.

@ramzbek
🔥13👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanishing, Jahongir, eng birinchi patok SMM kursimizni tamomlagan.

Hozirda Markwork marketing agentligida 6 ta loyihani yuritib kelyapti.

Jahongirda boshida qoʻrquv bor edi. Lekin viloyatda, qarshida boʻlishiga qaramasdan sohani oʻrganib, yangi kasb oʻrganib hozir yaxshigina daromadga ham chiqqan.

Xudo xohlasa yanvar oyida SMM ni endi oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun yangi kurs ochyapmiz.

– 20 kishi qabul qilinadi;
– Support teacherlar boʻladi;
– Kursga suhbat asosida qabul qilamiz;
– Qabulni tez orada yopamiz.

➡️ Suhbatga yozilish

@ramzbek
👍10🔥5
Katta ma'suliyatni olgan kishi katta ishlar qila oladi

O'zi ko'pchilik holatda yaxshi mutaxassis bo'lish uchun shunchaki ma'suliyatli bo'lishni o'zi yetarli bo'lar ekan.

Katta ma'suliyat esa katta ishlarga yo'l ochadi.

Katta ma'suliyatni lekin hamma ham ola olmaydi, shuning uchun ham o'sish bo'lmaydi.

Shunchaki ma'suliyati bo'lish bor, katta ma'suliyatni olish bor, alohida bular.

Masalan butun bir jamoa ma'suliyati, oila qurganingizdan keyin oila ma'suliyati, farzandli bo'lganingizdan keyin farzand ma'suliyati va boshqa.

@ramzbek
👍13🔥7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍4
Enter Marketing Agency'ni yuqori darajaga olib chiqish uchun “Biznesni marketing orqali rivojlantirish” kursiga yozildim. Bugun 1-dars.

Aslida bu kurs puliga bemalol oilaviy 2 kishi chet elda dam olib kelishi mumkin edi.

Lekin bu bilimga investitsiya. Biznesimni yana bir darajaga olib chiqish uchun bu muhim!

@ramzbek
🔥17👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥5
Darsdan keyin razbor qilyapmiz.

Bu yerdan chiqib qarshiga chiqib ketishimiz kerak. Ertaga ertalabdan esa ishga chiqamiz 🙂

@ramzbek
👍8🔥4
Nokia qanday qilib yo‘qolib ketdi?

Nokiani yoʻqolib ketish sabablaridan eng kattasi bu — davrga, yangiliklarga moslasha olmaslik. Bundan har kim xulosa chiqarishi mumkin.

1. Yangiliklarga moslasha olmaslik (Innovatsiyasizlik)

2000-yillarning boshida Nokia dunyodagi eng yirik mobil kompaniya edi. Lekin ular sensorli ekran va smartfonlar rivojlanayotganini inkor qilishdi. iPhone va Android telefonlar kelganda, Nokia hamon oddiy klaviaturalarga e'tibor berayotgan edi.

Xulosa: Bozordagi o‘zgarishlarga moslashish juda muhim. Brend kuchli bo‘lsa ham, texnologiya orqada qolsa, raqobat yutib ketadi.

2. Ishonchsiz operatsion tizim (Ekotizim yo‘qligi)

Nokia uzoq vaqt davomida Symbian operatsion tizimidan foydalangan, lekin u iOS va Android kabi rivojlangan emas edi. Keyinchalik ular Microsoft bilan hamkorlik qilib, Windows Phone yaratishdi, lekin bu ham bozorda katta o‘zgarish yasay olmadi.

Foydalanuvchilarga qulay ekotizim yaratish shart. Apple (iOS) va Google (Android) buni Nokia’dan ko‘ra yaxshiroq bajardi.

3. Brend imidjini yangilamaslik

Nokia uzoq yillar faqat “mustahkam va oddiy telefonlar” ishlab chiqaruvchi brend sifatida tanildi. Smartfon bozorida esa innovatsion imidj yaratishning iloji bo‘lmadi.

Brend imidji muntazam yangilanib borishi kerak. Tesla kelajakka moslashayotgani kabi, Apple va Samsung ham har doim innovatsiyalar bilan oldinda yurishadi.

– Nokia va boshqa brendlar solishtirilsa:

Apple – Innovatsiyaga doim tayyor bo‘ldi.
Samsung – Texnologik rivojlanishga katta mablag‘ ajratdi.
Tesla – An’anaviy avtomobil kompaniyalari o‘ylamagan yo‘nalishda ish boshladi.
Nokia – O‘zgarishlarga moslasha olmadi va yo‘qolib ketdi.

Yakuniy xulosa: Kuchli brend yaratish uchun nima qilish kerak?

– Bozor talablariga moslashish – Texnologiya va mijoz ehtiyojlariga e’tibor berish.
– Innovatsiyaga sarmoya kiritish – Rivojlanish va yangi trendlarni o‘zlashtirish.
– Brend imidjini yangilab borish – Faqat “o‘tmishdagi muvaffaqiyat” bilan yashamaslik.

@ramzbek
🔥6👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6
Darslarimiz ham davom etyapti.

Yuqoridagi kabi har kuni foydali postlar yozib bormoqchiman, nima deysiz? 🔥👍🏻
🔥15👍7
Forwarded from Enter Marketing Agency
“Hamkorlarimiz – bizning ishonchimiz” 😊

🤝 Har bir muvaffaqiyatli loyiha ortida ishonchli hamkorlik turadi. Bizning jamoamiz siz bilan birga o‘sib, rivojlanishdan faxrlanadi!

🔥 Enter Marketing Agency sifatida hamkorlarimizga nafaqat xizmat, balki ishonch va ishonchlilik taklif qilamiz. Birgalikda yuksak marralarni zabt etamiz! 🚀

Hamkorlarimiz qatorida bo'lishni xohlaysizmi? ⬇️

Hamkorlik uchun: 99 335 37 36
🔥11👍9
Har hafta 1000 km bosib oʻtdik. Qarshidan Toshkentga qatnab. 1 oylik kurs tugadi.

Odatda jaa koʻp kurslarda oʻqib tashlamayman.

Koʻproq oʻrganilgan bilimni ishda qoʻllashdan maza qilaman.

@ramzbek
🔥15👍11
Ko'pchilik tanishlarim Notion'da jamoani boshqarish, kontent plan tuzish bo'yicha savollar so'rashadi, shuning uchun ham proyektlarni qanday boshqarish va umuman notionda ishlash bo'yicha yo'riqnoma tayyorladim.

Yo'riqnomada o'zimizni loyihalarimizni Notion'da qanday boshqarishimi ko'rsatib berganman.

🎥 Yo'riqnomani ko'rish: https://youtu.be/Xt6w8T4X2Js

@ramzbek
🔥10👍5
Tug‘ma liderlik degan narsa yo‘q — ya’ni, hech kim lider, yetakchi bo‘lib tug‘ilmaydi, balki vaqt o‘tib, amaliyot va tajriba orqali shakllanadi.

Keling, buni batafsil tahlil qilamiz:

🌱 Yetakchilik — bu shakllanadigan narsa, qobiliyat emas

Ko‘pchilik odamlar lider bo‘lish uchun tug‘ma xarizma yoki tabiiy qobiliyat kerak deb o‘ylaydi. Aslida, Sinekning aytishicha, yetakchilik bu — tanlov va doimiy harakatlar yig‘indisi. Kimdir tabiatan ochiqko‘ngil yoki ishonchli ko'rinishi, dadil bo‘lishi mumkin, lekin bu uni avtomatik ravishda yaxshi yetakchi qilmaydi. Asosiysi bu — boshqalar manfaati uchun harakat qilish.

🔍 Yetakchilikning asosiy tamoyillari:
O‘rnak bo‘lish:
Yetakchi bo‘lish uchun boshqalardan talab qilish emas, avvalo o‘zingiz namuna bo‘lishingiz kerak. Masalan, vaqtida ishga kelish, vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish va jamoaning og‘irini yengil qilish orqali ishonch qozonish mumkin.

Tinglash san’ati:
Haqiqiy yetakchi ko‘proq gapirish emas, balki ko‘proq tinglaydi. Jamoa a’zolarining fikrlarini tushunish, ularning ehtiyojlarini bilish — bu yetakchilikning muhim jihatlaridan biri. Tinglash orqali siz jamoa ishonchini qozonasiz va ularning potentsialini ochishga yordam berasiz.

Boshqalarga xizmat qilish:
Sinek yetakchilikni xizmat qilish bilan tenglashtiradi. Bu shuni anglatadiki, siz jamoaning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishingiz, qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlashingiz va ularning muvaffaqiyati uchun qulay sharoit yaratishingiz kerak.

Sabr va davomiylik:
Yetakchilik bu — bir kunlik ish emas. Sabrli bo‘lish va vaqt o‘tishi bilan ishonchni shakllantirish juda muhim. Tez natijalarni kutish o‘rniga, uzoq muddatli muvaffaqiyatga e’tibor qaratish kerak.

Xatolardan qo‘rqmaslik:
Haqiqiy lider xatolar qilishdan qo‘rqmaydi va o‘z jamoasini xato qilishdan himoya qiladi. Xatolar orqali o‘rganish va ulardan saboq chiqarish yetakchilikning ajralmas qismi.

Munosabat:
Yetakchi jamoasi bilan haqiqiy munosabatlar o‘rnatishi kerak.

Simon Sinekning “Leaders Eat Last” – Yetakchilik va jamoa motivatsiyasi haqidagi kitobidan.

@ramzbek
🔥8👍5
Assalomu alaykum, yaxshi yangilik bilan keldim.

30 kunlik chellenj boshladim! 🙂

Har kuni blogga post yozib boraman, bu – shaxsiy fikrlar va kitoblardan olingan insaytlar bo'lishi mumkin.

Qo'llab quvvatlaysizmi?🔥

Hamma ham doimiylikni ushlab qololmaydi!
🔥22👍7