Ramzbek Nurkulov — BLOG
418 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
Bugun kursimizda o'qib kelayotgan va oldin tamomlagan o'quvchilarimiz bilan birinchi marta futbol tashkil qildik.

Bundan 3-4 yil oldin qarshida sohamiz bo'yicha mutaxassislar yo'q deb xafa bo'lib yurardim.

Yaxshi niyat qilib atrofimizda ushbu sohadagilarni ko'paytirib kelyapmiz, ko'z tegmasin Qashqadaryoda ham ko'payishib qolibmiz.

@ramzbek
👍13🔥7
700 ta obunachi va 250 stories koʻrishlar soni bilan Qarshi shahrida qanday qilib 3.000.000 soʻmlik kursimga 10 ta sotuv qilganim qiziqmi? (Bu 4-patok)

Har bir bosqichini aytib video qilmoqchiman
🔥21👍7
Ortga nazar

Bundan 5 yil oldin 2019-yil men endi talaba bo'lgan edim. Bu sohaga esa qiziqishim undan ham oldin boshlangan.

Talabalikka erishishim ham oson bo'lmagan, 3 yil abituriyent bo'lganman va Toshkentga o'qishga kirmoqchi bo'lganman. Lekin afsuski ball yetmadi va Toshkentga emas TATU Qarshi filialiga grant asosida o'qishga kirdim.

Matematika va fizika fanidan 3 yil tayyorlandim, lekin hozir mendan hech kim matematikani so'ramasada aniq fanlar fikrlashingizni, dunyoqarashingizni o'stiradi, kelajakdagi hayotda esa juda katta yordam beradi.

Universitetda o'qish mobaynida ko'plab tanish-bilish va do'stlar orttirdim. Shu bilan birga SMM sohasini ham o'rganib qo'yaverdim. 4 yil men uchun o'zini yo'lini topib ketish imkoniyati bo'ldi.

Sohaga juda qiziqardim va bu sohani ichida yashadim. Hozir o'quvchilarimizga ham shu narsani aytib kelyapman. Faqatgina darsga kelib-ketib, vazifalarni bajarishni o'zi yetarli emas, uni ichida yashash kerak.

Rasm va videolarda eski abituriyentlikdagi daftarlarimizni topib olgandim, o'shani ko'rsatganman🙂

@ramzbek
👍12🔥10
O'sish uchun eng zo'ri bu risk qila olish, ma'suliyatni olish

Roppa-rosa 1 oy bo'libdi blog uchun post yozmaganimga 😑

Ayni vaqtda jamoa bilan yangi loyihalar olish va ularni ishga tushurib yuborish bilan bandman.

Jamoa tuzganimizga ham 1,5 yil bo'libdi. Oldin inhouse'da ishlardim, o'sish uchun eng zo'r narsa bu risk ekan, ma'suliyatni olish ekan. Jamoa a'zolarini ma'suliyati ham sizni ishlashingiz uchun majburlaydi.

Keling endi qanday pozitsiyaga kelyapman shu haqida aytsam.

Oldin:
Loyihalarda o'zim SMM qildim
Jamoa tuzdim
Jamoada hozir rahbar ham, project manager ham vazifasida kelyapman

Endi:
Ayni vaqtda jamoamizda SMM manager'larini project manager'likka o'tkazib ishlarni topshirmoqchiman, hali buni vaqti kelmadi lekin.
O'zim esa kengayish va boshqa yuqoridagi ishlarga o'tishni reja qilyapman.

Xulosa qiladigan bo'lsam, kelajakda o'zimni mutaxassis emas, biznes egasi pozitsiyasida ko'ryapman, jamoada esa xudo xohlasa eng zo'r mutaxassislar jamlanib boryapti, bizda mana shunaqa gaplar, sizlardachi?

Bu keyingi 5-10 yillikdagi pozitsiyam bo'lsa kerak. Ungacha sohaviy o'sishda va bozorda mutaxassislarni ko'paytirish uchun kurslar qilishda to'xtab qolmayman🙂


@ramzbek
🔥8👍6
Dars o'tishim, kurslar qilishim haqida ham gap kelganida yozib ketsam

Sohaga kirib kelganimga 5 yil bo'lyapti ekan, shu vaqtga qadar ozmi-ko'pmi bilim oldik, jamoa tuzdim va jamoani kengayishining eng to'g'ri va samarali yo'li bu shogirdlar bilan o'sishi ekan.

Xuddi sizdek fikrlaydi va sizni prinsiplaringizni biladi.

Qarshi bozorida mutaxassis kam, shu sabab kurslar qilishga majbur bo'lganman, bu qaysidir tomondan daromad manbai bo'lsa, qaysidir tomondan bozorda mutaxassislarni ko'paytirish.

Lekin bunga asosiy daromad manbai deb qaramayman.

Ammo kurslarni to'xtatib qo'yadigan bo'lsam mutaxassislar bazasi to'xtab qoladi, shu sabab kurs qilib kelyapman. Shu vaqtgacha 1 yildan oshiq vaqt ichida 4 ta guruh tugatibmiz.

2024-yil hisobidan 3 ta kurs bo'ldi, xudo xohlasa endi keyingi yilda bo'ladi

Aslida loyihalar ko'p, ularni qila oladiganlar kam, katta jamoa ko'proq ishlarni qila oladi. Kursda o'quvchilar bilan o'zimiz bir jamoa bo'lib qolyapmiz. Xudo xohlasa katta jamoa bilan katta ishlarni qilamiz!

@ramzbek
👍8🔥7
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3
Samarqandda 40 ga yaqin SMM loyihalar bilan ishlab kelayotgan Khasan aka bilan koʻrishdik. Juda zoʻr suhbat boʻldi.

Xudo xohlasa Enter Marketingni Qarshi shahrida, Qashqadaryoda eng zoʻr agentlik qilishni niyat qilganmiz va harakatdamiz, oʻrganyapmiz.

Samimiy suhbat va insaytlar uchun rahmat!

@ramzbek
👍12🔥4
🌟 Enter Marketing uchun buyurtmalarimiz kelibdi

Xudo xohlasa katta brend darajasiga olib chiqmoqchimiz Enterni

@ramzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥7
Forwarded from Enter Marketing Agency
Bismillah!

Assalomu alaykum, xudo xohlasa biz boshladik!

🌟 Enter Marketing Agency shu vaqtga qadar Qarshi shahridagi bizneslarga oʻz xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda!

🎗️ Shu vaqtga qadar koʻplab loyihalar bilan ishladik, natijalarni va keyslarni ushbu profilda ulashib boramiz!

Bizning xizmatlarimiz:

• SMM
• Branding
• Web sayt yaratish

Murojaat uchun: 99 335 37 36
🔥9👍5
Birinchi marta Telegram kanal ochganimda, nom ham, ichidagi postlarni ham tikkasiga ko'chirib yuritdim, tasavvur qilyapsiz a, bir xil nom, bir xil postlar lekin ikalasi alohida odam tomonidan yuritiladi

– Keyin o'zim alohida kanal qilishim kerak ekan deb alohida kanal ochdim, uni ham bir kanalni kuzatib yurardim, o'sha kanal yo'nalishida qildim, o'sha kanalga o'xshatib yozishga harakat qilardim.

– Keyin SMM ga kirdim, bunda ham bu yo'nalishdagilar nima qilayotgan ekan deb ularni ishini o'zimni loyihalarimda qilishni boshladim, ular qilgan, men qilmaganmanku.

– Keyin bir loyiha bilan 2-3yil ishlaganimdan keyin qo'shimcha loyihalar olishni boshladim, loyihalarni oldim bir o'zim qildim, loyihalar ko'paygani sari esa buni bir o'zim qila olmasligimni, hech bo'lmaganida yonimda bitta mobilograf bilan qilishimni bildim, ikki kishi loyihalarni yuritdik.

– Keyin 2-3 ta loyihalarni yuritayotganlar qanday yuritar ekan deb qiziqib boshladim, jamoa qanday boshqarilarkan, vazifalar qanday taqsimlanarkan deb ularni o'rganishni boshladim.

– Keyin katta jamoa qilishni o'ylab qolib jamoani va loyihalarni kengaytirib boshladim, bu xuddi – marketing agentlik, ha bu ham qilingan, lekin men qilib ko'rmadimku.

Jamoani kengaytirish uchun esa mutaxassis kerak, qarasam mutaxassis yo'q, bor bo'lsa ham ular mendan bilimli va men bilan ishlashmaydi. Keyin o'zim bilganimni kurs qilib bollarga o'rgatishni boshladim

Bu 2023-yil kuz oylarida edi, kurs qildim va o'zim bilgan bilimimni o'quvchilarga o'rgatdim, natijalar jaa hammasi zo'r bo'lmasada qoniqtirdi.

Keyin jamoani kengaytirib boshladik, 3-4 kishi.

Shu yil, 2024-yil yoz oylari, loyihalar soni 6-7 taga chiqdi, boshqaruvni yaxshi bilmasdim, kelishuv qilishlarni aniq bilmasdim, tavakkal, olaverdik, nima qilib berish kerak tadbirkorga, uni xohishlarini qanday, bilmasdim, 7 ta loyihadan 2 taga quladik, qayerdadir xatolik ketdi, qilolmadik, shok boshlandi.

Buni qilolmaskanman, agentlik biznesi qiyin ekan, depressiya boshlandi.

O'rtada umuman loyiha ololmadik, loyiha chiqmadi ham.

Keyin o'rganishni boshladim, yon atrofimdagi tanishlarimdan so'rab boshladim, qanday bo'ladi, jamoani qanday boshqarasizlar, tizimi qanday, kim qanday KPI ga javob beradi, loyihalar bilan qanday kelishuv qilasizlar xullas ichim savollarga to'la, hozir ham, uyalmayman so'rashga, men bilmaydigan narsalarni u biladimi, nimadir ololamanmi bosh egib boraman.

Hozir ham Enter Marketing Agency'ni rivojlantiryapmiz, bu qilingan, men qilmaganman, lekin hozir o'zimni qiynab, majburlab qilyapman, o'sish nuqta shu aslida.

Xullas nima demoqchiman, ko'chirish yoki kimdir qilgan ishni siz qilishingiz normal.

@ramzbek
👍15🔥3
Eng birinchi postni 2020-yil, avgustda yozganman, 4 yarim yil bo'lyapti ekan blog boshlaganimga.

Yuqoridagi fikrlarimni o'qib ko'rib oldin qanday fikrlagan ekanman, hozir qanday fikrlayapman bilib boraman.

Mana sizga blog yuritish uchun yana bir sabab.
👍10🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Working process 📈

🌟 “Enter Marketing” jamoasi ushbu kichik xonada 10 ga yaqin loyihalarni yuritib kelmoqda.

🔥 Xudo xohlasa katta-katta ofislarda jamoamiz bilan Qashqadaryoda va kelajakda butun Oʻzbekiston boʻylab koʻplab bizneslarga oʻz xizmatlarini koʻrsatishni maqsad qilib qoʻyganmiz!

«Enter Marketing Agency» — Qarshi shahridagi eng professional darajada marketing xizmatlarini koʻrsatuvchi va raqamlar asosida ishlovchi kompaniya!

@ramzbek
🔥13👍8