Ramzbek Nurkulov — BLOG
418 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
Full SMM kursimiz oʻquvchilari bilan birgalikda KIA avtosaloniga keldik.

Mobilografiya boʻlimida oʻquvchilarimiz oʻzlariga biriktirilgan kuratorlar bilan amaliyot qilishmoqda.

@ramzbek
🔥7👏4👍1
Iyun oyi oxirida amaliyot tugaydi. Oʻzi kursimiz 2 oy va qoʻshimchasiga 1 oy amaliyot, kurs toʻlovi ichida ya’ni bepul.

- Full SMM 2.0 iyul oyida start oladi

- 10 kishi qabul qilinadi kursga

- Kursda hamma ham oʻqiy olmaydi, suhbat orqali qabul qilinadi

- Eng qizigʻi kursga 4 kishi oldindan yozilib qoʻygan, 6 ta joy qolgan.

Havola orqali roʻyxatdan oʻting, oʻzim aloqaga chiqaman, ma’qul kelsangiz kursda koʻrishamiz!

Suhbatga yozilish
6👍3🔥3
Kurs uchun joy toʻldi doʻstlar, 10 kishidan ham oshib ketdi va toʻlovlarini ham qilib boʻlishyapti.

Yana 3-4 kishi yozdi. Endi xudo xohlasa sentabrda yanada koʻproq bilimlar bilan zoʻr guruh tashkil qilamiz 🙂

@ramzbek
👍13🔥4👏2
👍74🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Full SMM kursimiz bitiruvchilariga sertifikatlar topshirdik. Tadbirchamiz Mastermind koʻrinishida oʻtdi. Bu kursimizni 8 nafar oʻquvchilar tamomlashdi.

@ramzbek
🔥11👍7🤔3
2024-yil tugashiga 6 oy qoldi, maqsadlarningizni qanchasiga erishdingiz?

Har yili o'zimga maqsad qo'yaman va buni post tariqasida hisobot berib boraman.

Bu yilning yarimi ham o'tdi, maqsadlarimni bir tahlil qilib o'zgaritishlar kiritdim, sababi hammasi siz o'ylagandek ketavermaydi va maqsadlar o'zgarib turadi.

Yarim yil ichida:

1. Oila qurdim, yangi hayot boshladim
2. Bilimimga investitsiya kiritdim va kurslarda o'qidim.
3. Qarshida birinchi Full SMM kursini tamomladik va hozir Full SMM 2.0 start oldi.
4. Enter Marketing MCHJ tashkil qildik va jamoamizda hozir 7 nafar xodim bor.

@ramzbek
👍12👏3🔥2😱1🤩1
Murad Nazarovdan olingan insaytlar

1️⃣ Jamiyatga negativ boqma, u ham senga negativ boqadi

Ota-onanga, jufti halolinga va aka-ukalaringa, jamiyatga yaxshilik qil, ular seni duo qilishadi va u duolar ichingdagi qoʻrquvlarni parchalaydi.

Qoʻni-qoʻshnilaringa yaxshilik qil, u bu olib chiqib tur, shunda qoʻshnilaring ham ee bu yaxshi odam ekan deb xursand boʻlib rahmat aytadi va sen ham xursand boʻlasan men yaxshi odam ekanman deb, nimadir yaxshi ish boshlaganingda ham nimaga meni ishim oʻxshamasligi kerak deb ich ichingda ishonch paydo boʻladi.

2️⃣ Kunni yaxshilik qilish bilan boshla

Agar kunni yaxshilik qilish bilan, bir kishini boʻlsada xursand qilishdan boshlasang, xoh u bir ogʻiz shirin soʻz bilan, xoh u sovgʻa bilan boʻlsin oʻsha kuningiz juda boshqacha oʻtadi.

Chunki birovni xursand qilgan odam, oʻzi xursand boʻladi, oʻzi xursand boʻlgan odamda gormonal oʻzgarishlar ham boshqacha boʻlishni boshlaydi, oʻzi xudo yoʻlini ham ochib qoʻyishni boshlaydi.

#insight – ushbu heshteg bilan podkastlardan olingan insaytlarni ulashib boraman

@ramzbek
👍8🔥3👏2😱1🤩1
Telegram messenjeri borgan sari ijtimoiy tarmoqqa o'xshab boryapti.

Masalan endi heshteglar postlarni ommaviylashishida yordam berishi mumkin. Pastdagi skrenshotda buni ko'rishingiz mumkin.

Nafaqat o'sha heshteg bilan joylangan postlar, balki stories ham chiqib keldi.

P.S. Bu oldindan bor edi deyishmoqda…

#marketing, #smm@ramzbek
👨‍💻8👍6👀4😱2👌2
Shaxsiy yordamchi qidirilmoqda, zo'r imkoniyat

Talablar:

- O'g'il bola bo'lishi;
- 16-20 yosh bo'lishi;
- Qarshi shahrida yashashi;
- SMM bo'yicha tushunchasi bo'lishi;
- Kamida yarim kun bo'sh vaqti bo'lishi;
- Onlaynda ham, oflaynda ham ishlay olishi;
- iPhone'i bo'lishi;
- Kirishimli bo'lishi;
- Kamida 1 yil o'rganishga tayyor bo'lishi kerak.

Imkoniyatlar:

- Katta networking;
- Hozir davom etayotgan va bundan keyingi barcha kurslarda bepul o'qish;
- Jamoamizdagi ish jarayonlarini bemalol kuzatib, o'sish imkoniyati;
- Muhim va katta uchrashuvlarda qatnashish.

Bir yil davomida men bilan yelkama-yelka turib, bor bilimlarimni kuchli o'rganishga va kelajakda yaxshi daromad topishga tayyor bo'lsangiz aloqaga chiqing! – @nurqulov
👍7🔥4
Ko'pchilik yangi kurs haqida so'rashyapti, aniq biror nima deyolmayman qachon ochilishini. Lekin kursga qabul nazorati kuchaytiriladi bu safar.

Oxirgi patokda 10 ta o'quvchi qabul qilaman degan edim, 27 ta ro'yxatdan o'tdi, 10+ sotuv bo'ldi.

Lekin bir narsani bilaman yuqoridagi rasmda ham ko'rish mumkin, keyingi patok qachon ochilsa ham bu boshqacha kurs bo'ladi. Tizimli SMM kursi bo'ladi, hali bunaqasi bo'lmagan.

@ramzbek
6👍6
So'rovnoma: Qaysi yo'nalishda faoliyat olib boryapsiz? (Ushbu so'rovnomani to'ldirish orqali siz bilan yaqinroq bo'lishimizda yordam berasiz)
Anonymous Poll
21%
Sohaga endi kirib kelyapman
22%
SMM loyihalar bilan ishlayman
21%
Marketologman
8%
Targeting bo'yicha ishlayman
27%
Boshqa
👍6👏2🔥1👨‍💻1
O'zbek tilida ham ko'z tegmasin marketing, SMM, keyslar, kommunikatsiya, maqolalar va tavsiyalar berib boradigan kontentlar ko'paymoqda.

Lekin saviyalilari kam yoki yaxshi keyslarni va tavsiyalarni boshqalar bilan ulashishni ma'qul ko'rishmaydi. Yaxshilarini esa ko'pchilik ko'rmagan va bilmaydi.

Aslida keyslar va tajribali mutaxassislarning birgina keysi va tavsiyasi sizga ancha yordam berishi mumkin.

Xullas ana shunday tajribali mutaxassislarning Telegram kanallarini bitta papkada to'pladik. Barcha kanallarga birgina havolani bosish orqali qo'shilib olishingiz mumkin.

Havola: https://t.iss.one/addlist/ReV13exg31U4MDA6
2👍6🔥3🤝2
1. Sog'lik
2. Pul
3. Erkinlik

Inson hayotidagi eng muhim uchta jihat bo'lib, ular bir-biriga chambarchas bog'liq.

Birinchidan avvalo – Sog'lik. Doim gripp bo'lganimda, yoki uyda sog'ligim tufayli yotib qolganimda sog'lik muhimliligini eslayman.

Pul, erkinlik va barchasi keyingi darajaga tushib qolishini bilganman.

Ikkinchidan Pul – bu insonning moliyaviy barqarorligi va hayotiy/shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo'lgan vosita.

Lekin pul tez kelmaydi, tez kelsa demak u vaqtinchalik, davomiy emas. Men sohaga kirib kelganimga 4 yildan oshdi, hozirga qadar yangi narsa o'rganib maza qilaman va pulni o'zi yangi bilimlarim orqali keladi.

Hozir lekin juda ko'p kuzatilyapti, sohaga pul uchun kiradi va pul deb ketiladi. Pul esa yuqorida aytganimdek tez kelmaydi. Xullas bu mavzuda gapirilsa gap ko'p.

Uchinchidan Erkinlik – bu insonning o'z hayotini o'zi boshqarish va o'ziga mos keladigan tanlovlar qilish imkoniyatidir.

Erkinlikning yaxshi va yomon taraflari bor. Erkin grafikda ishlash qaysidir tomondan yaxshi va o'z hayotini mustaqil ravishda rejalashtirishi, istalgan vaqtda ishlashi mumkin bo'lsa, bir tomondan erkinlik ma'suliyatli bo'lishni, aynan belgilangan vaqtda emas, kechasi ham va xullas ixtiyoriy vaqtda ishlashni talab qiladi.

Erkinlikda ishlashni sohaga endi kirib kelganlarga tavsiya qilmagan bo'lar edim,

@ramzbek
5👍11🔥4💯1
Bizni sohamizda komfort zonaga tushib qolish holatlari tez kuzatiladi.

Oʻzimda ham bu narsa yaqin oylar ichida kuzatildi bu bundan chiqib ketish oson boʻlmadi.

Komfort zonaga tushib qolishda nimalar roʻy beradi - birinchi oʻrinda ishdan zerika boshlaymiz. Sababi stabil bir xil narsa boʻlgani uchun.

Eng asosiy sabab shu. Doimiy bir xil ish.

Komfort zonadan chiqish uchun 4 ta maslahat:

1. Rutina bilan tajriba qilish: Bir kunda qiladigan ishlaringizni boshqacha tarzda tashkil qiling. Birinchi qiladigan ishingizni oxirgi qilib ko'ring yoki vaqtini o'zgartiring.

2. Yangi bilimlar o'rganish: Doimiy ishingizga yangilik kiritish uchun yangi ko'nikma yoki texnika o'rganib ko'ring. Bu kichik o'zgarish ham bo'lishi mumkin, lekin yangi narsalarni o'rganish doimiy rutindan chiqishga yordam beradi.

3. Hobbi: Ishdan tashqari vaqtingizda yangi hobbi topish hayotingizga rang qo'shishi mumkin.

4. Kichik maqsadlar qo'yish: Har kuni yoki hafta uchun kichik maqsadlar qo'ying. Ularni bajarish sizga qoniqish hissini berishi mumkin.

Bu yondashuvlardan birini sinab ko'rish orqali ishdagi zerikishni kamaytirishga harakat qilib ko'ring.

@ramzbek
👍94🔥4