Ramzbek Nurkulov — BLOG
418 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
Jamoamiz uchun Dji Osmo Pocket 3 oldik, sinab koʻryapmiz. Hozircha yoqyapti, ixcham, ichida Dji mikrafoni ham boʻladi. Narxi 740$ ekan.

@ramzbek
👏9👍8🔥4
Bizga ko'pincha loyihalar tavsiya orqali kelishadi, hozircha loyiha olamiz deb reklama qilmaganmiz, balki kelajakda kengayganimizda qilarmiz.

Ko'pchilik agentliklarda yoki mutaxassislarda bo'ladigan xato bu – asosiy fokusni yangi loyiha olishga qaratib qo'yish bo'lsa kerak.

Biz Qarshida ishlasak ham doimiy ishlaylik deydiganlar chiqib turadi, har qanday loyihani olmaymiz, qadriyatlarimizga to'g'ri keladigan va u loyiha bilan uzoqqa borolsak olamiz.

Bundan tashqari asosiy fokusimiz bor loyihalarimizni ishini maksimal zo'r qilib berish. Qoʻshimcha loyihalar ham olamiz, lekin asosiy fokusimizni bor loyihalarimizni ishini yanada zoʻr qilib berishga qaratamiz!

@ramzbek
👍13🔥7👏6
Dam olish kunlarida podkastlar yaxshi ketadi. Kontent planda uzoqdan bilgan holda mana shunday dam olish kunlariga moʻljallab YouTube uchun kontentlar qilsa odamlar koʻrishadi.

Sinab koʻrganman, yangi yil bayrami dam olish kunlarida story axvatlari 2x oshib ketgan, sababi hamma uyida, bekor, ijtimoiy tarmoqda oʻtiradi.

@ramzbek
👍8🔥3💯3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🤩3😎1
Full SMM kursimiz oʻquvchilari bilan birgalikda KIA avtosaloniga keldik.

Mobilografiya boʻlimida oʻquvchilarimiz oʻzlariga biriktirilgan kuratorlar bilan amaliyot qilishmoqda.

@ramzbek
🔥7👏4👍1
Iyun oyi oxirida amaliyot tugaydi. Oʻzi kursimiz 2 oy va qoʻshimchasiga 1 oy amaliyot, kurs toʻlovi ichida ya’ni bepul.

- Full SMM 2.0 iyul oyida start oladi

- 10 kishi qabul qilinadi kursga

- Kursda hamma ham oʻqiy olmaydi, suhbat orqali qabul qilinadi

- Eng qizigʻi kursga 4 kishi oldindan yozilib qoʻygan, 6 ta joy qolgan.

Havola orqali roʻyxatdan oʻting, oʻzim aloqaga chiqaman, ma’qul kelsangiz kursda koʻrishamiz!

Suhbatga yozilish
6👍3🔥3
Kurs uchun joy toʻldi doʻstlar, 10 kishidan ham oshib ketdi va toʻlovlarini ham qilib boʻlishyapti.

Yana 3-4 kishi yozdi. Endi xudo xohlasa sentabrda yanada koʻproq bilimlar bilan zoʻr guruh tashkil qilamiz 🙂

@ramzbek
👍13🔥4👏2
👍74🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Full SMM kursimiz bitiruvchilariga sertifikatlar topshirdik. Tadbirchamiz Mastermind koʻrinishida oʻtdi. Bu kursimizni 8 nafar oʻquvchilar tamomlashdi.

@ramzbek
🔥11👍7🤔3
2024-yil tugashiga 6 oy qoldi, maqsadlarningizni qanchasiga erishdingiz?

Har yili o'zimga maqsad qo'yaman va buni post tariqasida hisobot berib boraman.

Bu yilning yarimi ham o'tdi, maqsadlarimni bir tahlil qilib o'zgaritishlar kiritdim, sababi hammasi siz o'ylagandek ketavermaydi va maqsadlar o'zgarib turadi.

Yarim yil ichida:

1. Oila qurdim, yangi hayot boshladim
2. Bilimimga investitsiya kiritdim va kurslarda o'qidim.
3. Qarshida birinchi Full SMM kursini tamomladik va hozir Full SMM 2.0 start oldi.
4. Enter Marketing MCHJ tashkil qildik va jamoamizda hozir 7 nafar xodim bor.

@ramzbek
👍12👏3🔥2😱1🤩1
Murad Nazarovdan olingan insaytlar

1️⃣ Jamiyatga negativ boqma, u ham senga negativ boqadi

Ota-onanga, jufti halolinga va aka-ukalaringa, jamiyatga yaxshilik qil, ular seni duo qilishadi va u duolar ichingdagi qoʻrquvlarni parchalaydi.

Qoʻni-qoʻshnilaringa yaxshilik qil, u bu olib chiqib tur, shunda qoʻshnilaring ham ee bu yaxshi odam ekan deb xursand boʻlib rahmat aytadi va sen ham xursand boʻlasan men yaxshi odam ekanman deb, nimadir yaxshi ish boshlaganingda ham nimaga meni ishim oʻxshamasligi kerak deb ich ichingda ishonch paydo boʻladi.

2️⃣ Kunni yaxshilik qilish bilan boshla

Agar kunni yaxshilik qilish bilan, bir kishini boʻlsada xursand qilishdan boshlasang, xoh u bir ogʻiz shirin soʻz bilan, xoh u sovgʻa bilan boʻlsin oʻsha kuningiz juda boshqacha oʻtadi.

Chunki birovni xursand qilgan odam, oʻzi xursand boʻladi, oʻzi xursand boʻlgan odamda gormonal oʻzgarishlar ham boshqacha boʻlishni boshlaydi, oʻzi xudo yoʻlini ham ochib qoʻyishni boshlaydi.

#insight – ushbu heshteg bilan podkastlardan olingan insaytlarni ulashib boraman

@ramzbek
👍8🔥3👏2😱1🤩1