Ramzbek Nurkulov — BLOG
416 subscribers
246 photos
52 videos
3 files
83 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
Bugun 3 oy oldin ochilgan "SMM & Content Making" kursini so'ngi darsi bo'lib o'tdi.

Ushbu 3 oy:

- o'zim uchun ham katta tajriba bo'ldi
- 20 kishi 3 oy davomida katta Community tashkil qildik

@ramzbek
🔥14👍4👏3😢3
Bugun kun uchrashuvlar bilan oʻtdi. Jamoamiz bilan yana yangi loyihalar olish arafasidamiz.

Qarshi shahridagi yana eng katta bizneslar bilan ishlaymiz xudo xohlasa.

@ramzbek
👍8🔥42👏1🤩1
Ayni vaqtda jamoamiz bilan yangi loyihalar olyapmiz. Viloyatda, Qarshi shahrida.

Tadbirkorlar bilan muammolar bo'lyapti – SMM'dan kutuvi qanaqa, xohishlari nimalar, aniq maqsad yo'q.

Ha, bizda endi tadbirkorlar bilishyapti. Ya'ni nima uchun SMM yuritmoqchisiz deganimizda "hamma qilyaptiku" degan javob olyapmiz.

Ammo jamoa yaxshi tajriba olyapti deb o'ylayman, yaxshi dars bo'lyapti.

Ha, yaxshi, aniq raqamlar bilan gapiradiganlar ham yo'q emas 🙂

Yana bir narsa, va katta muammo – Qarshi shahrida mutaxassis tanqisligi paydo bo'lgan.

@ramzbek
👍7🔥4👌1
Loyihalarimiz uchun strategiya tuzyapman.

Oʻzi aslida bizni miyamizda gʻoyalar koʻp, faqat uni biz ogʻizda gapiramiz.

Aslida shu gapiriladigan narsalarni yozib chiqsak shunda u koʻzimizga koʻrinadi.

@ramzbek
🔥8💯5👍4
2023-yil oldingizga qoʻygan maqsadlaringizni qanchasiga erishdingiz?

Bundan 4 yil oldin meni bu narsalar hayolimga ham kelmagan edi. Men buni qilolmay deb oʻylar edim, yoʻq, aksincha aynan siz qilolasiz, aynan men qila olaman.

Birinchi boʻlib inson oʻziga ishonishi kerak deb oʻylayman, risk, qimmat mashinada yurish, qimmat kiyimlar kiyish, qimmat restoranlarda oʻtirish.

2023-yil esa qoʻygan maqsadlarimning hammasiga ham erisha olmadim, ammo bir qismiga erishdim:

- Yangi mashina olish (Gentra avtomobilini sotib oldim)
- Qarshi shahrida Media jamoa qurish
- Qarshi shahrida birinchi boʻlib “SMM & Content Making” kursini tashkil qilib bozorda yaxshi mutaxassislar chiqarish
- Oila qurish (afsus, keyingi yilga qoldi)
- Shahardan kvartira sotib olish
- Oylik daromadimni 5x ga oshirish
- Shaxsiy brendimni rivojlantirish

Xullas menda shunaqa, sizdachi👇🏻

@ramzbek
👏15👍5🔥5
1 oy oldin yangi loyiha olgan edim - Qarshi shahridagi maishiy texnika doʻkoni.

Taklif bilan chiqishdi, gaplashdik, kelishdik, ma’qul boʻldi, ishni boshladik.

Bundan oldin 2 ta loyiha taklif bilan chiqqanida bekor qilgandim. Sababi:

- 1. Loyiha rahbari ma’suliyatsiz
- 2. SMM'dan aniq nima xohlayotganini bilmaydi
- 3. Reklama budget ajratishni xohlamaydi
- 4. Bizga kamroq toʻlamoqchi, bilingki arzon narsani qadri boʻlmaydi va ikki tomonda ham ma’suliyat yuqori boʻlmaydi.

1 oy oldin olgan loyihamizga quyidagicha natijalar koʻrsatdik:

- Obunachilar soni 1000 taga oʻsdi. 1.5k edi, 2.5k ga olib chiqdi (auditoriyasi qarshi shahri boʻlgan loyiha uchun yaxshimi ?)

- stories koʻrishlar soni 5x ga oʻsdi. 60-70 ta koʻrilardi, 300+ ga chiqdi

- eng koʻp koʻrilgan video hozircha 85k. Target yoqilgan va organik ham oʻsdi.

@ramzbek
🔥11👍7🤩3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍12